Degrez suv ombori Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani
Maydoni 0.68 km2 dan ortiq. Suv sig’imi 166 km2 O’rtacha chuqurligi 3 metr.
Dendiz sathidan balandligi 529 metr. Qirg’oqlarining umumiy uzunligi 4km.
O’rtacha suv sarfi 0,51 m3/sekund.
4-jadval
Surxondaryo viloyati suv omborlari va ularning asosiy ko’rsatkichlari
№
|
Suv ombori
|
Ishga
tushgan yili
|
Sug’orish maydoni, ga
|
Suv sig’imi, mln m3
|
Amaldagi suv sig’imi, mln m3
|
To’g’on
|
Uzunligi, km
|
Balandligi, m
|
1
|
Janubiy Surxon
|
1967
|
150110
|
800
|
503
|
5,2
|
30
|
2
|
To’palang
|
1986
|
61620
|
500
|
120
|
0,17
|
167
|
3
|
Uchqizil
|
1984
|
4950
|
160
|
160
|
4
|
11,5
|
4
|
Oqtepa
|
1982
|
24700
|
120
|
83
|
4,6
|
3
|
5
|
Degrez
|
1962
|
2200
|
12,8
|
12,8
|
3,5
|
12,7
|
2.3. Viloyat suv resurslaridan samarali foydalanish masalalari
Surxondaryo viloyatida oqar suvlar ko`p. Shu bilan birga uning yer osti suvlari resurslari qo`shni O`rta Zarafshon va Qashqadaryo viloyatidan ancha ko`p. Viloyatning asosiy suv arteriyalari Surxondaryo va Sheroboddaryo hamda ularning Qoratogʻdaryo, Toʻpolondaryo, Sangardakdaryo, Xoʻjaipok kabi irmoqlari. Togʻ qor va muzliklaridan, yogʻindan toʻyinadigan bu daryolar viloyat hududining shimoliy qismi, togʻ va tog’ oldi zonalarinigina suv bilan taʼminlay oladi, janubdagi keng tekisliklarda doimiy suv tanqisligi kuzatiladi. Yer osti (artezian) suvlaridan tobora keng foydalanilmoqda. Suvdan samarali foydalanish maqsadida 1950-1958 yillarda Uchqizil, 1959-1962 yillarda Janubiy Surxon va Degrez suv omborlari, Jarqoʻrgʻon gidrotuguni qurildi. Hazorbogʻ, Daytoʻlak, Qumqoʻrgʻon, Zang kanallari, Sherobod, Amu-Zang mashina sugʻorish kanallari barpo etildi.
Kanallar va suv omborlarining qurilishi daryolarning suv rejimiga ta’sir ko’rsatdi, sug’oriladigan yerlardan tuzlarning yuvilishi va ko’chishi jadallashdi, daryolar suvlarida sifat o’zgarishlar kuchaydi.
Daryolar sug’oriladigan hududlarga kirishi bilan kanal va ariqlar orqali tarqaladi. Sug’oriladigan yerlarda irrigatsiya eroziyasi keng tarqalgan. Bu ayniqsa, keyingi yillarda o’zlashtirilgan tog’ oldi tekisliklaridagi sug’oriladigan yerlarda keng rivojlangan. Yonbag’r qiyaligi 1-3o bo’lsa ham jo’yaklardan qo’yilgan suv pastlik tomon oqadi va kichik jarliklar hosil qilib tuproqlarni pastlik tomon oqizadi. Tuproqlarning yuvishi tezligi yonbag’r qiyaligi va suvning jo’yaklar bilan oqish miqdoriga bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi yer resurslari Davlat qo’mitasi ma’lumotlari bo’yicha Surxondaryo havzasida sug’orishga yaroqli yerlar maydoni 529 ming gektarni tashkil qiladi. Shundan sug’oriladgan yerlar maydoni 242,2 ming gektar. Sug’oriladigan yerlarni yanada kengaytirish uchun hozircha suv resurslari yetishmayapti. 1990 yillar oxirlarida ham Surxondaryo viloyatida sug’oriladigan jami yerlar 240,0 ming gektardan oshmagan edi.
Sug’oriladigan yerlar maydonini kengaytirish uchun tog’li va tog’ oldi hududlarda yirik soylarda kichik suv omborlarini qurish, hamda suvni tejaydigan ilg’or sug’orish texnologiyalaridan foydalanish zarur. Bunda, ayniqsa tomchilatib sug’orish texnologiyasining ahamiyati katta. 2012 yilda Surxondaryo viloyatining navbatdan tashqari sessiyasida prezidentimiz I.A.Karimov bu to’g’rida shunday deb aytgan edilar. “Hozirgi suv taqchilligi vaqtida Surxondaryoda tomchilatib sug’orish metodi bilan hammasi bo’lib 154 gektarga ekinlar ekilgan edi, bu juda kichik ko’rsatkich bo’lib, suvni iqtisod qilib sug’orish bo’yicha barcha ilg’or texnologiyalardan foydalanish zarur” deb aytgan edilar. Haqiqatdan ham tomchilatib sug’orish jo’yak qilib sug’orishga nisbatan suvni 7-8 marta iqtisod qilishi amalda isbotlangan.
Surxondaryo havzasida daryolardan yildan-yilga ko’p suv olinmoqda. 1940 yilda faqat vegetatsiya davrida 1,35 km3 sug’orishda ishlatilgan bo’lsa, 1965-67 yillarda ikki barovar ko’p suv, ya’ni 2,6-2,8 km3 suv sug’orishga olindi (Chembarisov, Baxriddinov, 1983). Havzaning sug’oriladigan hududida grunt suvlarning aksariyati 0,5 metrdan 4,0 metr chuqurlikda bo’lib, minerallashish darajasi daryoning bosh qismida 1 g/l gacha, Janubiy Surxon suv omboridan quyida Amudaryogacha chap sohilda 1 g/l dan 3 g/l gacha, Sherobod havzasida 3-5 g/l dan 10-20 g/l gacha, kamdan-kam hollarda 50 g/l gacha bo’ladi.
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |