Surxondaryo viloyatining sel xavfi katta bo’lgan hududlari:
Boysuntov tizmasining g’arbiy yonbag’irlari;
Boysuntov tizmasining sharqiy yonbag’irlari;
Bobotog’ tizmasining g’arbiy yonbag’irlaridagi daryolar havzalari;
Boysuntov tizmasining sharqiy va janubi-sharqiy yonbag’irlaridagi daryolar havzalari (Sangardakdaryo va Sherobod daryolar oraliqlari);
Hisor tizmasining janubiy yonbag’irlaridagi daryolar havzalari;
Boysuntov va Ko’hitangtov (Sherobod) tizmalarining sharqiy va
Janubi-sharqiy yonbag’irlaridagi daryolar havzalari;
Tog’li hududlardagivaqtincha va doimiy suvlardan samarali foydalanish usullaridan biri yuqorida ko’rsatib o’tilgan viloyatdagi sel xavfi mavjud hududlarda kichik-kichik suv omborlari va selxonalar qurish yuqori samara beradi.
Surxondaryo , G’uzordaryoning bir necha irmoqlari suvining o’rtacha loyqaligi, ularning tog’dan chiqish joylarida 2 kg/m3 dan ortiq. Ko’pchilik doimiy oqar suvlarining yillik loyqaligi 200-500 g/m3tashkil qiladi. Baland tog’lardagi suv to’plash maydoni ,o’tloq bilan qoplangan ,kichik daryolarni. ng boshlanishida ularning suvida qattiq zarrachalar deyarli uchramaydi.
Yer osti suvlarining tarkib topishi sharoitiga ko’ra mazkur hudud ikkita havzaga ajratiladi: a) Surxondaryo havzasi, bu yerda grunt suvlar daryo tomon oqib turadi; b) Sherobod havzasi. Bu havza Amudaryoning terrasalarini, Sheroboddaryoning yoyilma konusini, baland Kattaqum tekisligini, Kelif-Sariqamish qirlariga tutash tog’oldi tekisligini o’z ichiga oladi.
Aytib o’tish joizki, hududda Itbuloq, G’anchalik, Umizbuloq, Alamli, Jiydabuloq (sho’r), Oybuloq, Talli Chashmabuloq, Shiroqmozor kabi 20 dan ortiq buloqlar va Quruqquduq (sho’r), Uzunquduq (sho’r), Qumcheka (sho’r), Pistamozor Jayirmaquduq quduqlar ham bo’lib, ularning ahamiyati yuqoridir. Ushbu suvlardan samarali foydalanish bugungi kunda viloyat ahli oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida suvlardan oqilona foydalanish maqsadida ilg‘or chet el tajribalari joriy qilinmoqda. Tomchilab sug‘orish, suvlardan takror foydalanish, oqavalarni tozalash shular jumlasidandir. Suv havzalariga tushadigan sanoat oqavalari keyingi besh yil ichida ikki yarim marta kamaygan. Suvlarni me’yoridan ortiq ifloslaganligi uchun jarima va to‘lovlar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish maxsus (Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida". 6 may. 1993 yilda) qonun asosida amalga oshiriladi. Suvlardan oqilona foydalanish va suv havzalarini ifloslanishdan saqlashni ta’minlashda keng jamoatchilikning ishtiroki, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirishning ahamiyati kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |