KOREYA URUSHI
Madaminov Muhammadali
Reja: - Kirish
- Asosiy qism
- Xulosa
- Manbalar
Kirish Koreya urushi Shimoliy va Janubiy Koreya o'rtasidagi to'qnashuv bo'lib, 1950-yil 25-iyunda koreys kommunistlari 38-parallelni kesib o’tib, Janubiy Koreyaga bostirib kirganidan boshlanib, 1953-yil 27-iyulda sulh kelishuvi imzolangunicha davom etgan. Ko'pincha, ushbu Sovuq Urush mojarosi AQSh va uning ittifoqchilari hamda Xitoy va SSSR kuchlari o'rtasidagi bilvosita urush sifatida qaraladi. Urushdan oldingi voqealar 1910-1945-yillarda Koreya yapon hukmronligi ostida qoldi. Ikkinchi jahon urushida yaponlar mag’lubiyatga uchragach, Koreya sovet va amerikaliklar tomonidan okkupatsiya zonalariga bo’lindi. Chegara 38-parallel etib belgilandi. Koreyaning bir qismida kommunizm, bir qismida demokratiya g’oyalari singdirildi, bu koreyslarning o’zaro nafrati kuchayishiga olib keldi. Oqibatda, Koreya yarimoroli ikki dushman lageriga bo’lindi. Urushning boshlanishi Janubiy Koreyaning provokatsion reydiga nisbatan qarshi-hujum niqobi ostida shimoliy koreyaliklar 1950-yil 25-iyun yakshanba kuni tongda artilleriya o'qlari orqasida 38-chi parallelni kesib o'tdi. Shu tariqa Koreya yarimorolida ko’plab varyronagarchiliklarni olib kelgan urush boshlandi. BMT va AQSh intervensiyasi BMT Xavfsizlik Kengashi 1950-yil 27-iyunda a'zo davlatlarga Koreya Respublikasiga harbiy yordam ko'rsatishni tavsiya etuvchi 83-rezolyutsiyani e'lon qildi. Shu kuni prezident Truman AQShning havo va dengiz kuchlariga Janubiy Koreyaga yordam berish haqida buyruq berdi. 1950-yil sentabrdagi holat Shimoliy Koreyaning iyun-sentabr oylaridagi bosqini natijasida Janubiy Koreyaning 90% hududi egallandi. 1950-yil noyabrdagi holat BMT kuchlari urushga qo’shilganidan so’ng vaziyat tubdan o’zgardi, Janubiy Koreya hududi ozod qilinib, hatto Shimoliy Koreyaning katta qismi egallandi. 1951-yil boshidagi holat Kommunistik Xitoy bu urushda betaraf qolmadi. Xitoy Shimoliy Koreya tomonida turib urushga kirdi va bu holatni kommunistlar foydasiga o’zgartirdi. Shimoliy Koreya hududi ozod qilinib, 38-paralleldan janubdagi yerlarning bir qismi ham egallandi. 38-parallel atrofidagi janglar 1951-yil yanvar-iyun oylarida janglar ikki koreys davlati o’rtasidagi chegara – 38-parallel atrofida bo’lib o’tdi. Murosa va jang… 1951-iyuldn 1953-yil iyulgacha bo’lgan davrda muzokaralar davom etdi. Ammo urush harakatlari to’xtab qolmasdan, kichikroq doirada davom etdi. Urushning tugashi BMT qo'mondonligi, Shimoliy Koreyaning Koreya Xalq armiyasi va Xitoy Xalq Ko'ngillilari Armiyasi 1953-yil 27-iyulda jangni to'xtatish uchun sulh bitimini imzoladi. Tinchlik shartnomasi bo'lmagan taqdirda ham urush shu yerda tugadi deb hisoblanadi. Xulosa Xulosa qilib aytishim mumkinki, ikkinchi jahon urushidan keyin vujudga kelgan vaziyat, Qo’shma Shtatlar va Sovet davlati o’rtasidagi sovuq munosabatlar Koreya urushiga olib kelgan omil deb hisoblayman. Vazifasi yangi urishlarni oldini olish, dunyoda tinchlikni saqlash bo’lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotiloti bu urushni oldini olishga deyarli harakat qilmadi. Aksincha, uning tarkibidagi rivojlangan davlatlar intervensiya qilishga kelishishdi. Shunday qilib, urushning oldi olinmadi. Natijada, shafqatsiz urush besh million kishini yostig’ini quritdi. yuz minglab oddiy aholi halok bo’ldi, shaharlar xarobazorga aylandi. Shuncha yo’qotishlar yetmaganidek, urush hali nihoyasiga yetmadi. Hali-hamon ikki o’rtada keskinlik mavjud. Manbalar Adabiyotlar: - Korean War, Saylor Academy.
Internet manbalari: - https://resources.saylor.org/wwwresources/archived/site/wp-content/uploads/2011/03/Korean-War.pdf
- https://en.wikipedia.org/wiki/Korean_War
- https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%BE%D1%80%D0%B5%D0%B9%D1%81%D0%BA%D0%B0%D1%8F_%D0%B2%D0%BE%D0%B9%D0%BD%D0%B0
Do'stlaringiz bilan baham: |