Tuproqshunoslik va geografiya
“geoxronologik jadval va uning mazmun – mohiyati”
a) Tokembriy bosqichi (arxey va proterazoy eralari) Ushbu bo’limda xalqaro Stratigrafik komissiyaning 2000-yilda xalqaro geologik kongress (Braziliya) taqdim etgan xalqaro jadval asosida era va davrlarga qisqacha ta’rif beriladi. Yangi shkalaning asosiy yutug’i Tokembriy Stratigrafik tabaqalarini tavsiflanishidir. Chuqur metomorfizmga uchragan topaleozoy yotqiziqlari birinchi marta Amerikalik geolog D.Dena tomonidan 1972-yilda ajratilgan va ular qadimiy arxey metamorfik komplekslar deb nomlangan. Keyinchalik, 1989-yilda S.Emmons ularni ikki qismga ajratishni taklif etgan. Uning pastki qismi uchun Arxey nomi saqlanib qolingan. Uning ustki qismi esa proterazoy deb nomlangan. Bu nomlar hozirgacha saqlanib qolingan. Dastlabki Tokembriyni Stratigrafiyalashda tog’ jinslarining tarkibi, ularning metomorfzm darajasi, faol magmatizmi ayniqsa grinitoid magmatizm faoliyati bosqichlar, burmalanish fazalari, tektonik deformatstiya xususiyati va tektonik strukturalar nisbatiga asoslangan. Tarixiy geologik usul qo’llanilgan. Organik qoldiqlarning mavjud emasligi tog’ jinslarining yoshini aniqlash imkonini bermagan. Shuning uchun tokembriy Stratigrafiyasining rivojlanishi mintaqaviy va mahalliy Stratigrafik sxemalarni yaratish yo’lidan borgan. Tokembriy yotqiziqlari keng tarqalgan, ularning tarqalish maydoni er po’stidagi hozirgi zamon qit’alari maydonining 80 % ni tashkil etishi taxmin qilinadi. Tokembriy bosqichi arxey va proterazoy eralarini qamrab oladi. Bu bosqich deyarli to’rt milliard yil davom etgan. Yer tarixiining sayyora shaklidan to 550-570 millon yilllar ilgari oralig’ini egallaydi. 6-jadval Tokembriy bosqichining Stratigrafik shkalasi.
Yer taraqqiyotining 4,6 milliard yildan to 570 million yilgacha o’gan davrni neobiogen bosqich deb ataladi. Bu bosqichda geografik qobiqning asosi tarkib topadi, ya’ni litosfera, atmosfera va gidrosfera shakillanadi. Arxey erasiga mansub eng qadimgi «qo’ng’ir gneyslar», «yashil toshlar» o’ta kuchli metomorfizmga uchragan bo’lib, Shimoliy Amerika, Sharqiy Yevropa, Sibir kabi platformalarda topilgan. Yoshi 4,0-3,5 milliard yil. Ammo Avstraliyadagi «kulrang» arxey gneyslardagi sirkonlarning yoshi 4,2-4,4 millard yil deb aniqlandi. Arxey va quyi proterazoy evolyustiyaning boshlanishi hisoblanadi. Poleogeografiyasidagi asosiy o’zgarishlarga kremniyli jinslarda karbonat angidrid gazi 44,2 %, kislorod 5,5 %, azot 19 % va boshqa gazlar uchragan. Sayoz okean havzalari Orol va arxepelaglar bilan birgalikda tipik landshaft manzaralari bo’lgan. Tokembriyda iqlimiy zonallik mavjud bo’lgan. Ma’lumotlarga ko’ra qutb o’lkalari va tog’larda muz bosishlar, boshqa joylarda arid, yana boshqa joylarda gumid iqlimli sharoitlar tarkib topadi. Quruqlik qizg’ish rangdagi organizmlarsiz yalang yerlar ko’rinishida bo’ladi. Proterazoy («yunoncha» ancha erta hayot demakdir) – Tokembriyning yuqori Stratigrafik guruhi. Proterazoy atamasini amerikalik geolog E.Emmons 1888-yil arxey va kembriy oralig’idagi yotqiziklarni belgilash uchun taklif qilgan. 2000-yilgacha proterazoyda umumiy qabul qilingan Stratigrafik bo’linishlar bo’lmagan. Rossiyada proterazoy uch bo’limdan iborat deb qabul qilingan. Proterazoy yotqiziqlarining yuqori kismida organik qoldiqlar, yashil suvo’tlar va bakteriyalarning mahsuloti uchraydi. Hayvonot olamida siyrak tarqalgan chuvalchang va meduzasimonlardan iborat. Foydali qazilmalardan proterazoy yotqiziklarida asosan, temir, marganest, nikel, kobalt, mis, xrom, polimetall, uran, oltin uchraydi. O’zbekistonda Proterazoy yotqiziqlari Hisor, Tomdi, Sulton Uvays tog’larida tarqalgan. Bu jinslarda ko’pgina qazilma boyliklar uchraydi. b) Paleozoy erasi (kembriy, ordovik, silur, devon, toshko’mir, perm davrlari) Poleozoy yotqiziqlari A.Sedjvik tomonidan «Poleozoy guruhi» umumiy tushunchasi bilan birlashtirilgan bo’lib qadimgi hayot yotqiziqlarini anglatadi. Paleozoy erotemasi Paleozoy (poleo va yunoncha Zoe hayot) – yer geologik tarixining uchinchi erasi. Paleozoy erasi 560-570-million yil ilgari boshlanib, 310-320 million yil davom etgan. 1837-yili ingliz geologi A.Sejvik ajratgan. Paleozoy oltita davrga bo’linadi. Kebriy sistemasi kembriy (Uelsning lotincha nomi) yer geologik tarixda Paleozoy erotemasining birinchi davri. Strotigrafik shkalasida Paleozoy eratemasining ordovik va yuqori Paleozoyning vent sistemasi oralig’ida joylashgan bo’lib fanerazoy ionotemasining quyi Paleozoy eratemasiga mansub. Kembriy sistemasi 1835-yilda ingliz geologi A.Sejvik tomonidan ajratilgan Kembriy sistemasi uchta bo’limdan iborat bo’lib, XX asrning 50-yillarigacha yaruslarga ajratilmagan. 1956-yilda Sibir platformasini o’rganish asosida quyi bo’lim Aldan va Lena yaruslariga o’rta siamgin va may yaruslariga ajratilgan. Yuqori bo’limni 1982-yilda Qozog’iston kesmasi bo’yicha yaruslarga ajratildi. Bu yaruslar 1989-1992-yillarda xalqaro shkalaga kiritilgan. Kembriy davrida Ko’k yashil suvo’tlari, qizil suvo’tlar, arxeosiatlar, braxiopodlar, ignatikanlilir, chuvalchanglar, trilobitlar mavjud bo’lgan. Dengizlarning iliq suvida organizmlarning biologik strukturasining o’zgarishiga yangi formalarning paydo bo’lishiga ijobiy ta’sir etgan. Foydali qazilmalari orasida Qozog’istondagi fosforit koni, Shariy sibir va Xitoydagi Boksit, Rossiyaning Kuznest, Olatovdagi marganest, Sibirdagi tosh tuzi va neft konlari muhim o’rin tutadi. Bu davr yotqiziqlari barcha qit’alarda aniqlangan. O’rta Osiyoda kembriy yotqiziqlari shimoliy Tyanshan, Chotqol, Qoratog’, Norin, Pomir tog’larida bor. O’zbekistonda Pskom, Oloy, Turkistonning tizmalarida, Markaziy Qizilqumning Nurota va Tomdi tog’larida ham aniqlangan. Ordovik sistemasi ( indeksi 500-435 million yil ilgari) Ordovik sistemasi rasmiy ravishda 1969-yili Xalqaro geologik kongresning XXI sessiyasida tasdiqlangan. Ordovik nomi Buyuk Britaniyaning hozirgi Kelt qabilasi nomidan olingan. Paleozoy erasining 2-davri Ordovik sistemasi radiologik usul bo’yicha xozirgi davrda 490 mililion yil avval tugagan va taxminan 67 million yil davom etgan. Ordovik sistemasi dastlab 1979-yilda ingliz geologi Lepvort tomonidan ajratilgan. Ordovik sistemasining boshlanishi yer yuzasining cho’kishiga to’g’ri keladi. Ko’pgina hududlar dengiz suvi bilan koplangan. Vulkan jinslari Uels, Appalachi, Qozog’iston shimoliy Tyanshan geosinklinal oblastlarda uchraydi. Organik dunyosi giraptalit, trilobit, besh oyoqli molyuskalar, elkaoyog’lilar kabi hayvonlar yashagan. O’simliklardan Ko’k yashil suvo’tlari ko’p tarqalgan bo’lib, birinchi bor yuksak o’simliklar vujudga kelgan. O’rta Osiyoda kembriy sistemasi yotqiziqlari Shimoliy va Janubiy Tyanshan, Chotqol, Turkiston, Zarashan, Oloy, Nurota va Qizilqumdagi Tomditov, Bo’kantov tog’larida ma’lum. Ordovik sistemasi yotqiziqlarida neft, yonuvchi slanest va fosforitlar va boshqa metallar uchraydi. Silur sistemasi (davri, S) Silur Buyuk Britaniyaning Uels viloyatida yashagan qadimgi Keld qabilasi nomidan olingan. 1935-yili ingliz olimi R.Murchison tomonidan ajratilgan. Silur sistemasi yotqiziqlari Antraktidadan boshqa barcha materiklarda ma’lum. Uning klassik kesmalari Buyuk Britaniya, Chexiya, Shvestiya, Ural, Sibir, Marokash, O’rta Osiyo, Oltoy va Tuvada o’rganilgan. Materiklar relefi tekis bo’lgan. Quruqlikning yuvilishi natijasida terigen yotqiziqilar to’planib borgan. 7-jadval Silur davri (sistema) ning bo’linishi. (Geoxronologik shkala, 1993) .
Organik dunyosi-davr boshlarida umurtqasiz organizmlarning barcha asosiy sinflari shakllangan va soda umurtqalilir paydo bo’ladi. Psilofitlar o’tsimon o’simliklar taraqqiy etgan. O’rta Osiyoda silur davri yotqiziqlari keng tarqalgan. O’rta Tyanshan, Bo’kantog’, Chotqol, Qurama tog’larida jinslarning qalinligi 700-800 m, Zarafshon, Zirabuloq, Ziyoviddin tog’larida esa 300-900 m gacha etadi. Foydali qazilmalari – Ural va Norvegiyada mis kolchedoni rudalari bor. Janubiy Ural, Osiyodagi kremniyli qatlamlarda marganest va fosforit konlari uchraydi. AQShda temir rudalari, gips va tuzlar qazib olinmoqda. O’zbekistonda bu davr jinslari regional metomorfizmdan o’zgargan. Oltin-kumush, volfram, Xlor, Zirabuloq, Ziyovuddin tog’larida noyob va nodir metallar uchraydi. Devon sistemasi - (D: 410-355 million yil ilgari) Angliyada 1939-yil R.Murchison va A.Sedjviklar tomonidan ajratilgan. Uning nomi Buyuk Britaniyadagi Devonshir grafligi nomidan olingan. Bu davr 48 million yil davom etgan. Devon davri geologiya faniga dastlab 1839-yil ingliz geologlari A.Sejvik va R. Murchisonlar tomonidan kiritilgan. Uch bulim va yetti yarusdan iborat. Bu davrda Kaledon burmalanishi sodir bo’lganligi sababli yer yuzasining ko’p qismidan dengiz chekingan. Yer yuzasida qizil rangli kontinental – laguna yotqiziqlarining qalin qatlami hosil bo’lgan. Ayrim joylarda shiddatli vulqon otilishlari kuzatilgan. Ko’p joylarda yer po’stining cho’kishi natijasida eng kuchli transgressiya vujudga keladi. Organik dunyosi - suvo’tlari, qirqbo’g’inlar, plaunsimonlar, oddiy qirqquloqlar tarqalgan. Devon davri «baliqlar asri» deb ataladi. Dengizlarda foraminferalar, marjonlar, braxnopodalar, ammonideyalar keng tarqalgan. Sharqiy Evropa tekisligi, Kasbiy bo’yi pasttekisligiga va O’rta Osiyoga bu mintaqada Shimolda va Janubda esa tropik iqlim bo’lgan. O’zbekistonda devon davri yotqiziqlari Chotkol-Qurama, Turkiston-Oloy tog’ sistemasida, Zarafshon, Hisor, Sulton Uvays tog’larida tarqalgan bo’lib konglomerat, qumtosh, ohaktosh, mergel, kvarstit va boshqa jinslardan iborat. Devon davrida gerstin burmalanishining bir necha fazasi bo’lib o’tgan. O’zbekistondagi devon davri jinslarida qo’rg’oshin, mis, rux, simob konlari bor. Xorijda devon yotqiziqlari bilan neft va gazning katta zahirasi Sharqiy Evropada uchraydi. Shimoliy Amerika (Uiliston, Illinois, Michigan havzalari) Afrika (Sahroi-Kabir) va Avstraliya atformalarining ichki va chekka qismlardagi strukturalarida joylashgan. Osh tuzi va sulfatlarning qatlamli uyumlari mavjud. 8-jadval Fanerazoy davrining davom etish muddati, mln. yil.
Kitob davlat geologik qo’riqxonasi. Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi qo’riqxona Zarafshon tog’ tizmasining janubi – g’arbiy tarmoqlari Jinnidaryo so’l qirg’og’ida Kitob shahridan 45 km sharqda joylashgan. Maydoni 5378 ga. 1979-yil tashkil etilgan. Paleontologik – stratigrafik obektlarni o’rganish va muhofaza qilish. Mutloq balandligi 1300-2650 m. relefi qoyali. Qo’riqxona hududidagi Zinzilbon kesimida devon sistemasining xalqaro stratigrafiyasi bo’yicha xalqaro kichik komissiyasi tomonidan tanlangan va 1996-yilda Geologiya fanlari xalqaro uyushmasi tomonidan ratifikastiya qilingan. E.M.S Yarusining quyi chegarasi stratotipi joylashgan. Uning kesimlari qo’riqxonaga xalqaro maqom berilishiga asos bo’ladi. (Geolog kesmasi muallifi A.I.Kim). Toshko’mir davri (sistemasi) – Yer tarixi paleozoy erasi boshidan beshinchi geologik davr. Geologik indeksi S (Karbon). Bu davr bundan 350 million yil avval boshlanib, 65-75 million yil davom etgan. Rossiya, Xitoy, Yaponiyada toshko’mir sistemasi uch bo’limga, G’arbiy Evropada ikki bo’limga bo’linadi. Toshko’mir yotqiziqlari barcha materiklarda tarqalgan. Klassik kesmalari G’arbiy Yevropa (Buyuk Britaniya, Belgiya) Sharqiy Yevropa (Donbass, Moskva) va Shimoliy Amerikada mavjud. Janubiy yarim sharda kontinental yotqiziqlar rivojlangan. Geologik jarayonlar xususiyatlari va paleogeografik sharoitlarga ko’ra toshko’mir sistemasi deyarli butun yer sharida ikki bosqichga bo’linadi: 1) dastlabki toshko’mir (quyi). 2) o’rta va yuqori toshko’mir. Gersin burmalanish natijasida quruqliklar va dengizlar o’rni o’zgarib turgan. Yagona yirik quruqlik Gondvana bo’lgan. Toshko’mir sistemasining ikkinchi yarmida gerstin orogeneze zonalarida tog’ tizmalari ko’tarilgan. Iklim turli tuman bo’lib tez tez o’zgarib turgan. Tropik, Subtropik va mo’tadil mintaqalarning sernam iqlimi hamma materiklarda o’rmon va botqoqlik o’simliklarining keng tarqalishiga imkon tug’dirgan. O’simlik qoldiqlari to’planishi nitijasida ayniqsa, torfzorlarda ko’pdan – ko’p ko’mir havzalari va ko’mir konlari hosil bo’lgan. 9-jadval Organik dunyosi.
Foydali qazilmalari. Toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir barcha materiklarda bir qancha havza va konlarni hosil qiladi. Donbass (toshko’mir) Moskva, Kuzbass va Tunguska havzalari, Ukraina, Ural, Shimoliy Kavkaz va boshqa konlar: markaziy va sharqiy Yevropa (Polsha, Seliziya) Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Franstiyadagi havzalar va konlar shular jumlasidandir. Neft va gaz konlari – Volga–Ural oblasti va Dnepropetrovsk- Donbass botig’i va boshqa joylarda hosil bo’lgan. Toshko’mir davriga mansub temir rudasi, marganest, mis, qo’rg’oshin, rux o’ta chidamli keramik gil konlari mavjud. O’zbekiston hududida toshko’mir sistemasi yotqiziqlari keng tarqalgan. Uning kesmalari Qizilqum, Nurota tog’larida, Chumqartog’, Qoratepa, Piskom, Ugon tog’larida mavjud. Perm sistemasi – Poleazoy eratemasining so’ngi davri. Perm davri bundan 286 million yil avval boshlanib, 38 million yil davom etgan. Ingliz geologi Murchison 1841-yilda G’arbiy Uralda ajratgan. Uning nomi Perm guberniyasi nomidan olingan. Ushbu sistema quyi va yuqori bo’lim hamda yaruslarga bo’linadi. Yaruslar soni yettita. Perm sistemasida tektonik harakatlar juda kuchli bo’lgan. Gerstin burmalanish stikli davom etib nihoyasiga etgan. Bu harakatlar Ural, Tyanshan, Shimoliy Amerika tog’ tizmalari hosil bo’lgan. 10-jadval Organik dunyosi.
Perm regressiyasi natijasida poyonsiz dengizlar, ko’l, havzalarga aylangan. Iqlim keskin zonal bo’lib tobora quruqlasha borgan. Tetis dengizi atrofida nam tropik iqlim mintaqasi ajrala boshlagan. Janubiy mo’tadil mintaqada Gondvana ko’mir qatlamlari paydo bulgan. Perm boshlarida janubiy yarim sharda materikni muz bosgan. Quruqlik maydonini kengayishi natijasida quruqlikda o’simliklar va hayvon turlari ko’paya borgan. Perm davrida quruqlik florasining taqsimlanishiga ko’ra bir nechta flora oblastlari ajratiladi. Perm sistemasi yotqiziqlarida yirik tuz, mis, ko’mir, neft-gaz konlari mavjud. v) Mezozoy erasi (trias, yura, bo’r davrlari) Mezozoy erasi Paleozoy va Kaynazoy eralari oralig’ida bo’lib indeksi MZ 250-65 million yillarni o’z ichiga oladi. Mezozoy – o’rta hayot demakdir. Fonerozoy ionining o’rta yirik bo’linmasi va yer geologik tarixining shunga muvofiq erasi 230 million yil ilgari boshlanib, 163 million yil davom etgan. Bu erani dastlab 1941-yil ingliz geologi J. Filips ajratgan. Mezozoy erasi uch sistemaga bo’linadi: Tiras, Yura va Bo’r. Materiklar o’z shakliga ega bo’la boshlagan okeandagi botiqlar ham o’sha davrga shakllangan. faoliyat kuchayadi. Yurada esa katta maydonlarni dengiz suvi bosadi. O’simliklar olamida ulkan reptiliyalar kuchaydi. Ularning xillari kupayib, suv va quruqlik kaltakesaklariga bo’lindi. Bur davrning o’rtalaridan yopiq urug’li o’simliklar hukmron bo’lib, hozirgacha shu mavqeini saqlab kelmoqda. Hasharotlar keng tarqala boshladi. Trias sistemasi – Mezozoy erasining birinchi davri. Bundan 230 million yil avval boshlanib 35 million yil davom etgan. Bu sistema Perm sistemasidan keyingi yuradan avvalgi sistema hisoblanadi. Trias atamasini fanga 1834-yil nemis olimi F.Albertin kiritgan. U Germaniyadagi turli rangdagi qumtosh, chig’anoqli ohaktosh kabi tog’ jinslaridan iborat, uch majmua metalogik yotqiziqlarni birlashtirib trias deb nom bergan. Paleozoy erasi oxirida yer shari yuzasi juda o’zgardi. Yuqori Poleozoy geosiklinal o’rnida baland tog’lar paydo bo’ldi. Trias boshlarida shimoliy yarim sharda ulkan, lavraziya kontinenti mavjud bulib uni janubdagi gondvanadan tekis dengiz havzasi ajratib turgan. 11-jadval Trias sistemasi (davrining bo’linishi geoxronologik shkala 1993-yil).
Organik dunyosida o’simliklardan turli suvo’tlar, daraxtsimon plaunlar, nam yerlarda paparotnik va igna barglilir keng tarqalgan. Hayvonot dunyosi Perm davridan keskin farq qiladi. Bu davr boshlariga kelib to’rt turli marjonpolitlar kirilib bitgan. Yangi tur xayvonlar paydo bo’lgan. Umurtqalilardan baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar yashagan. Dinozavrlar timsohlar, toshbaqalar ham trias davriga xosdir. O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistondagi trias sistemasi yotqiziqlari dengiz va kontinental tog’ jinslaridan iborat. Ular Pomir, Darvoz, Hisor tog’lari, Farg’ona tizmasida uchraydi. Trias sistemasi foydali qazilmalaridan asosan toshko’mir, qo’ng’ir ko’mir, boksit, gil tosh tuzi, mis, neft va boshqalar bor. Yura sistemasi (davri ) mezozoy erasining boshidan ikkinchi davr Franstiya va Shveystariyadagi yura tog’lari nomi bilan atalgan. Radiogeologik usul bilan aniqlanishicha yura sistemasi bundan 190-195 million yil avval boshlanib 69 million yil davom etgan. Bu atamani fanga franstuz geologi A.Bronyar (1829) kiritgan. U trias sistemasidan keyin, bo’r sistemasidan oldin keladi. Yura sistemasi uch bo’lim (quyi, o’rta, yuqori) ikki yarusga bo’linadi. (Geoxronologik shkala 1993) Yura jinslari barcha materiklarda tarqalgan, okean tubidagilari burg’lash yo’li bilan aniqlangan. Jinslar tarkibi va paydo bo’lishiga ko’ra xilma-xildir. Ular gilli slanestlar, kumtosh gili, ohaktoshli, tuzli qatlamli jinslardan iborat. Triasga nisbatdan yura sistemasida tektonik xarakatlar avj oladi. Geosinklinallarda burmalanishlar sodir bo’ladi. Platformalarda dengiz bosib kelish va chekinish bo’lib o’tadi. Yaxlit quruqlik ikkiga Lavraziya va Gondvana materiklariga bo’lina boshlagan va yer kurrasi butunlay o’zgarib ketgan. Yura sistemasi boshlarida materiklarning ko’p qismida quruqlik saqlanib, faqat 18 % dengiz bilan qoplanadi. Materiklarning katta qismida iqlim juda sernam bo’lgan natijada kontinental formastiyalar to’plangan. Markaziy Amerika, Avstraliyaning sharqiy qismida qisman Evropada ko’mirli formastiyalar keng tarqalgan. Yura sistemasida neft-gazli formastiyalarning to’planishi uchun juda qulay paleotektonik va paleogeografik sharoitlar yuzaga kelgan. Bu davr formastiyalari bilan eng ko’p neft-gaz oblastlari bog’liqdir. Ularning asosiy qismi Lavraziya guruhidagi okean-kontenental tipli litosfera plitalari bilan bog’liq (shuningdek Evroosiyoda 45 ta, Shimoliy Amerikada 20 ta) kontinental litosfera plitalarida faqat 16 ta neft-gaz oblastlari mavjud. 12-jadval Organik dunyosi
Yura davri yotkiziqlari O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonda Farg’ona tizmasi, Hisor tizmasi Ustyurtda keng tarqalgan bo’lib, konglomerat, qumtosh, giltosh, oxaktosh, angidrid kabi jinslardan tarkib topgan. Yurada O’zbekiston va Turkmanistonning ba’zi joylari chuqur dengiz bilin qoplangan. Natijada bu yerlarda oxaqtosh keng tarqalgan. Yura davrida iqlim yumshoq va nam bo’lgan. O’rta Osiyodagi barcha ko’mir konlari – Tojikistondagi Sho’rob, Qirg’izistondagi Ko’kyong’oq, O’zbekistondagi Angren, Sharg’un ko’mir konlari yura sistemasida hosil bo’lgan. Ural – Emba, Mang’ishloqdagi neft konlari, Buxorodagi gaz konlari ham shu davrda paydo bo’lgan. Yura yotqiziqlari bilan ko’mir (14 %) va neft (15 % atrofida) ning Dunyo bo’yicha zahiralari bog’liq. Yura sistemasiga mansub yirik konlari Sharqiy Sibir, Baykalorti, Uzoq Sharq, Bolqon yarim oroli, Eron, Mongoliya, Xitoy, Koreya yarim oroli va boshqa rayonlarda mavjud. Neft va gaz konlari Kaspiyoldi, Kavkaz, G’arbiy Sibir, Shimoliy Amerika, Yaqin va O’rta Sharqda topilgan. Yura davridagi nurash po’sti bilan boksit, kaolin, temir, nikel konlari va ba’zan olmos sochmalari bog’liq. Yura sistemasidagi magmatik jarayon bilan Rossiya Federastiyasi xamda Shimoliy va Janubiy Amerikaning g’arbida qo’rg’oshin-rux, kamyob va nodir metallar konlari hosil bo’lishiga aloqador. Download 11,68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |