Tuproqshunoslik va geografiya



Download 11,68 Mb.
bet1/17
Sana03.07.2022
Hajmi11,68 Mb.
#735666
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
“geoxronologik jadval va uning mazmun – mohiyati”




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


TABIIY FANLAR FAKULTETI

TUPROQSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA” KAFEDRASI




Hamroeva Mayram Ergashevna

Geoxronologik jadval va uning mazmun – mohiyati”


5140600- Geografiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr kvalifikatsiyasini olish uchun

BITIRUV MALAKAVIY ISHI


BMI kafedraning “28” may 2017 yilda o’tkazilgan №9 sonli qarori bilan himoyaga ruxsat etilgan
Kafedra mudiri, dotsent __________ X.R.Toshov
Fakultet dekani, dotsent __________ H.T.Artikova
Ilmiy rahbar, katta o’qituvchi _______ A.A. Qodirov
BUXORO – 2017
MUNDARIJA


Kirish .......................................................................................................................3
I bob. Yer va tog’ jinslari yoshini aniqlash tarixidan
1.1. O’tmishda yer va tog’ jinslari yoshini aniqlash .................................................6
1.2. Nisbiy geoxronologiya va uning asosiy usullari (stratigrafik,
litologik, paleontologik).................................................................................. 9
1.3. Mutloq geoxronologiya va uning asosiy usullari.............................................11
1.4. O’zbekistonda tog’ jinslari yoshini aniqlash.............................19


II bob. Geoxronologik jadval uning tuzilishi va mazmun – mohiyati
2.1 Stratigrafiyaning asosiy qoidalari......................................................................23
2.2 Xalqaro stratigrafik jadvalni yaratish tarixi.......................................................25
2.3 Xalqaro geoxronologik (Stratigrafik) jadval.....................................................29
A) Tokembriy (Arxey va Proterazoy eralari) …………………………………...31
B) Paleozoy erasi (Kembriy, Ordovik, Silur, Devon,
Toshko’mir, Perm davrlari) ………………………………………………….33
V) Mezozoy erasi (Trias, Yura, Bo’r davrlari)…………………………………..41
G) Kaynazoy erasi (Paleogen, Neogen va Antropogen davrlari)………………..46
Xulosa va takliflar...................................................................................................52
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati........................................................................54
Ilovalar....................................................................................................................56
Kirish
Fan olg’a siljigan sayin
beto’xtov yangilanib boradi.
Viktor Gyugo.
Bizga ma’lumki O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida» qonunlariga asosan ta’lim sohasida tubdan o’zgartirish ishlari bormoqda. O’z kasbini bilimdoni, axborot texnologiyalari bilan xorijiy tillarni bilgan kadrlarga talab kun sayin ortib bormoqda.
XXI asr intellektual qadriyatlar ustunlik qiladigan asr ekanligini e’tiborga olgan holda vatanimiz yigit va qizlarini har tomonlama barkamol shaxslar etib shakllantirish borasidagi keng ko’lamli chora tadbirlar kompleksi amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yil 14 yanvarida mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishida “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” nomli ma’ruzalarida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini yanada isloh etish va takomillashtirish dolzarb masala ekanligini qayd etib o‘tdilar.
Shu bilan bir qatorda 20 aprel 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi
Mazkur qarorda O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi muammolar keng tahlil etilgan va chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilab berilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta’limning barcha tizimlarida geografiyani o‘qitishdagi kamchiliklarni ham bartaraf etishda ushbu qaror asos bo‘ladi.
Bu vazifalarni amalga oshirishda o’quv-biluv jarayonini yanada takomillashtirishga, yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvni va boshqa tadbiriy choralarni ko’rishga to’g’ri keladi. Chunki har bir fandan ma’lumotlarning singdirilishini sistematik va to’g’ri qo’yilishi fanni yaxshi o’zlashtirilishiga ko’maklashadi va unga nisbatan o’quvchilardagi qiziqishni orttiradi. Yuqoridagi fikrlar ushbu mavzuning dolzarbligini asoslaydi.
Ilmiy adabiyotlarda ko’rsatishiga ko’ra,eng qadimgi tog’ jinslarining yoshi 3,8 mlrd yil bo’lib yer sayyorasining yoshi esa o’rtacha 4.6 - 4.7 mlrd yil deb aniqlangan. V. I Libedinskiy o’xshatishicha aytadigan bo’lsak yer shari tabiat tomonidan yozib qoldirilgan bir katta qalin tosh kitobdir. Uni o’rganar ekanmiz, o’qir ekanmiz u ayrim tomonlardan (eralardan), boblardan (davrlardan) qismlardan (epoxa,) bo’limlardan paragraflardan (asrlar, yaruslardan) tuzilganligini ko’ramiz.
Bitiruv malakaviy ishidan ko’zlangan maqsad, geoxronologik jadvalning mazmun va mohiyatini ochib berish, o’rta umumta’lim va oliy ta’lim tizimi darsliklarida berilgan geoxronologik jadvalni o’rganish va uni tahlil qilish asosida xulosalar chiqarishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun tadqiqot oldiga geoxronologik jadvalni o’rganish bo’yicha quyidagi vazifalar qo’yildi.

  • Yer va tog’ jinslari yoshini aniqlash tarixini o’rganish va o’tmishda yer va tog’ jinslari yoshini aniqlash borsida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish

  • Nisbiy va mutloq geoxronologiya va uning asosiy usullarini o’rganish

  • O’zbekistonda tog’ jinslari yoshini aniqlash va bu borada amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish

  • Stratigrafiyaning asosiy qoidalari va xalqaro stratigrafik jadvalni yaratish tarixini tahlil qilish

Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida tarixiylik, adabiyotlar tahlili, geografik taqqoslash, mantiqiylik, kabi tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishi amaliy ahamiyati shundaki, undagi ma’lumotlardan o’rta, o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimida geografiya va geologiya hamda yer haqidagi fanlarini o’qitishda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishini bajarishda O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi muammolar va ularni hal etish chora-tadbirlari borasidagi fikr va mulohazalariga, shuningdek respublikamizda ta’lim sohasini isloh qilish borasida qabul qilingan qaror va qonunlarga shuningdek bevosita ushbu mavzuda olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga tayandik.
Ish kirish, ikki bob, yetti qism, tegishli ko’rgazmalar, jadval, rasmlardan iborat bo’lib 27 ta ilmiy, ilmiy-ommabop hamda elektron adabiyotlardan foydalanib yozildi.


Download 11,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish