Tuproqshunoslik va geografiya


Stratigrafik va geoxronologik birliklar nisbati



Download 11,68 Mb.
bet5/17
Sana03.07.2022
Hajmi11,68 Mb.
#735666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
“geoxronologik jadval va uning mazmun – mohiyati”

Stratigrafik va geoxronologik birliklar nisbati.

Cho’kindilarni stratigrafik bo’limlari

Shunga mos keladigan geologik vaqt birligi

Guruppa, guruh
Sistema
Bulim
Yarus
Zona, gorizont

Era
Davr
Epoxa
Asr
Vaqt (faza)

Geoxronologik bo’limlar ilmiy jihatdan kuraviy miqiyosida tarqalgan, ammo kesimlarning to’liq emasligi, kuzatish usullarining chegaralanganligi sababli faqat yirik geoxronologik bo’limlargina keng mikyosida belgilangan. Tokembriy uchun hozirgacha umumiy qabul qilingan bo’limlar yo’q. Xalqaro geologik kongreslar-geologlar ilmiy birlashmasi 3-4 yilda o’tkaziladigan xalqaro anjumani, 141 mamlakat geologlarining ilmiy qo’mitalari (jumladan O’zbekiston geologlari milliy qo’mitasi) 38 ga yaqin yer haqidagi fanlarning vakillari kiradi.
1875 yildagi nizomga ko’ra XGK har safar navbat bilan turli mamlakatlarda o’tkaziladi. 2004 yilgacha 32 ta kongress bo’lib o’tgan.
Ilk bor 1878-yil Parijda, Franstiya va navbatdagi so’nggisi Florenstiya (Italiya) 2004-yilda bo’lib o’tgan.
1881 yilda Bolonya va 1900 yili Parijda xalqaro geologik kongressining ikkinchi va sakkizinchi sessiyalarida butun yer shari uchun taaluqli geologik qatlamlarning stratigrafik shkalasi ishlab chiqildi. Bunda asosiy qism-gruppalar uzoq geologik vaqt (Era) davomida hosil bo’lgan tog’ jinslarining komplekslaridir. Gruppalar o’z navbatida bitta geologik davrga paydo bo’lgan tog’ jinslaridir. Sistemalar esa yana kichikroq bo’limlarga bo’linadi. Stratigratik shkala bilan yonma-yon holda geoxronologik shkala ham ishlab chiqiladi.
1.3. Mutloq geoxronologiya va uni aniqlash usullari.
Mineral va tog’ jinslari uzoq davr mobaynida hamda murakkab geologik jarayonlar natijasida vujudga keladi. Masalan, vulkan yoki marjon orollarining, ko’mir, neft-gaz qatlamining ruda yoki sochma oltin konlarining hosil bo’lishi bunga misol bo’la oladi. Hozirgi tabiiy jarayonlarni — daryolar, muzliklar, dengizlar va shamollarning geologik ishini o’rganish hamda tog’ jinslari va foydali qazilmalarning hosil bo’lish qonuniyatlarini bilish qadimiy tog’ jinslarining paydo bo’lishini aniqlashda katta rol o’ynaydi.
Barcha tabiiy-tarixiy fanlar kabi geologiya fani ham kuzatish, tajriba yoki eksperiment va aniqlash, xulosa yoki logik fikrlash usullariga ega. Geologiyaning tekshiradigan ob’ekti yer bo’lib, u uzoq rivojlanish tarixiga egadir. Binobarin, eksperiment geologik usullar ichida ikkinchi o’rinni egallaydi. Chunki tog’larning paydo bo’lishi ustida tajriba o’tkazish hozircha bizning qo’limizdan kelmaydi. Shunday qilib geologiyada qo’llanadigan eng qulay usul kuzatish usuli bo’lib, u to’la va aniq olib borilishi lozim. Yaxshi va aniq kuzatilgan tabiat hodisalaridan har taraflama mufassal ilmiy xulosalar chiqarish mumkin.
Geologiyadagi kuzatish usuli yer qatlamlarining stratigrafiyasi, fastiyasi va tektonikasini o’rganishga asoslangan. Stratigrafik tekshirish usuli deganda yer po’sti qatlamlarining tartib bilan yotishini va ularning o’tgan tarixiy davrlarda ketma-ket muntazam ravishda hosil bo’lishini tekshirish tushuniladi. Stratigrafik tekshirish usuliga ko’ra, eng pastda yotuvchi (agar qatlamlar buzilmasdan, uzilmasdan yotgan bo’lsa) qatlam qadimiy hisoblanadi.
Petrografik kuzatish esa (petros—tosh, grafo—chizish) tog’ jinslarining tarkibini, tuzilishini o’rganadi.
Paleontologik kuzatish yer po’stidagi tog’ jinslarida uchraydigan hayvon, o’simliklarning toshga aylangan qoldiqlarini o’rganishga asoslangan. Paleontologik kuzatishda biologiyaning yerda organik dunyoning hosil bo’lishi va rivojlanishi haqidagi qonuniyatlardan foydalanib xulosalar chiqariladi.
Bir xil tarkibli va bir xil fauna hamda floradan iborat bo’lgan qatlam yoki qatlamlar yig’indisi fastiya deb ataladi. Fastiya—tur degan ma’noni bildiradi. Qumning qizil rangda bo’lishi uning iliq, hatto issiq iqlimda vujudga kelganligini ko’rsatsa, qora yoki kul rang ekanligi sovuq iqlimda hosil bo’lganligidan dalolat beradi. Qum shamol, suv va issiq-sovuq ta’siridan toshlarning maydalanishi natijasida hosil bo’ladi, suvdagi loyqa suv tagiga cho’kib gil hosil qiladi.
Fastiyani o’rganish uchun jinslar orasidagi hayvon qoldiqlarini topish va aniqlash juda muhimdir. Masalan, qobig’i yupqa chig’anoqlar sokin va chuqur suvlarda, dag’al chig’anoqli hayvonlar to’lqinli, tez oqar suvda yashaganligini bildiradi. Jinsning fastial xususiyatlariga qarab geolog uning qanday tabiiy geografik sharoitda paydo bo’lganligi, ya’ni shu jins hosil bo’lgan davrning paleografiyasini aniqlashi mumkin.
Tektonik kuzatishlar natijasida esa tog’ jinslarining tuzilishini o’rganish mumkin. Qatlamli jinslar aslida gorizontal yoki qiya holda yotadi. Tektonik harakatlar natijasida qatlamlar ko’tarilib uziladi yoki burmalar hosil qiladi.
Keyingi yillarda fan va texnikaning taraqqiy etishi tabiatni yanada chuqurroq o’rganish uchun keng yo’l ochib berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida Pleyfer, Dobre va boshqalar geologiya faniga tajriba usulini kiritishga urindilar. Dobre tog’ jinslari qatlamlarining sun’iy sharoitda hosil bo’lgan shakllarini o’rgangan va vulkanik jinslarning ayrim xususiyatlarini bilmoqchi bo’lib, u jinslarni yuqori temperaturada eritgan va ularni qotguncha sovutgan. XX asrda o’tkazilgan bu xil tajribalar geologiyaning nazariy masalalaridan otqindi jinslarning hosil bo’lishini hal qilish bilangina cheklanmay, balki xalq xo’jaligida ko’p ishlatiladigan nodir metallar hosil bo’lishini hal qildi. Nazariy ahamiyatga ega bo’lgan bu tajribalar tobora sanoat tarmoqlariga kirib bormoqda.
Geologiyada geofizik va geoximik usullar keng qo’llaniladi. Yerning tortish kuchi aniq va sezgir asboblar bilan o’lchanadi. Yer yuzasida tortish kuchining tarqalishini geofizik usul gravimetriya tekshiradi. Tortish kuchining tarqalishini aniqlanishi Yerning fizik holatini — izostaziya, ya’ni muvozanat holatini tushuntiradi. Yerning magnitli va seysmik xossalarini o’rganish esa geologiya qidirish ishining eng muhim usuli bo’lgan magnitometriya seymometriya razvedkasida juda ahamiyatlidir. Qazilma boyliklarni qidirishda bu usul ko’p ishlatiladi.
Yerning eng chuqur qismini geofizika usuli bilan tekshirishda seysmometrik usuldan foydalaniladi. Bu usul yer qatlamlaridagi seysmik (zilzila) to’lqinlarning tarqalish tezligi, yutilish va qaytish qonuniyatlarini, yerning fizik va ximiyaviy xossalarini o’rganadi (1-jadvalga qarang). Shuningdek, geologiyada geoximiyaning yutuqlari ham katta o’rin egallagan. Geoximiya tog’ jinslaridagi ximiyaviy elementlarning tarqalish qonuniyatlarini o’rganadi.

Download 11,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish