Tuproqshunoslik va geografiya



Download 11,68 Mb.
bet6/17
Sana03.07.2022
Hajmi11,68 Mb.
#735666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
“geoxronologik jadval va uning mazmun – mohiyati”

Geologiyada tarixiy usul. Tabiat va jamiyatni o’rganishda tarixiy usul dialektikaning eng asosiy prinstiplaridan hisoblanadi. Bu usulda har qanday voqea va hodisa tarixiy rivojlanish sharoiti asosida o’rganiladi. Geologiyada tarixiy usul geologik tushunchalar paydo bo’lgandan keyin, ayniqsa ilmiy geologiya paydo bo’lishi munosabati bilan qo’llanila boshladi. Bu tarixiy marksistik ilmiy kuzatish usuli sovet geologiyasida keng rivoj topdi.
Yer sharining qazilma boyliklari bo’shliqda tasodifan joylashgan emas, balki ular Yer sharidagi ximiyaviy moddalarning fizikaximiyaviy jarayoni natijasida paydo bo’lgan. Mineral va tog’ jinslarining hosil bo’lishida geologik jarayonlar katta rol o’ynagan. Shuning uchun ham har bir geologik mahsulotning tadrijiy takomili tarixiy geologik voqealar bilan bog’lab tekshirilsa, uning asl mohiyati ochib berilgan bo’ladi.
Geologiyada aktualizm usulining roli. Geolog Yerning tuzilishini o’rganganda, avvalo yer po’stining qavatlarini ko’radi. Ma’lumki, yer po’sti turli geologik jarayonlar natijasida hosil bo’lgan minerallar va tog’ jinslaridan tarkib topgan. Bu tog’ jinslari hozir ham hosil bo’lmoqda. Ularning paydo bo’lish jarayonlarini sinchiklab o’rganish (ko’l, dengiz va daryo yotqiziqlarini hamda foydali qazilmalarning vujudga kelishini kuzatib, tekshirib) qadimgi geologik davrlarda hosil bo’lgan tog’ jinsi va mineral xom ashyolarning paydo bo’lganini aniqlashda qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tekshirish usuli geologiyada aktualizm usuli deb yuritiladi.
Shunday qilib, aktualizm geologiyada tarixiy usulning bir formasidir. Actual — inglizcha hozirgi zamon demakdir: aktualizm «hozirgi zamon o’tgan davrning kalitidir» degan ta’birdan kelib chiqadi. Binobarin, aktualizm, ya’ni hozirgi davrda erda bo’lib turgan geologik jarayonlarni tekshirib qadimgi geologik davrdagi tabiiy geografik jarayonlarni o’rganishda qo’llash demakdir.
Aktualizm usuli hozirgi zamon geologiyasining asosiy qismi bo’lgan dinamik geologiyani vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Keyingi yillarda (1970—76) materiklardagi qadimgi (Arxey) qatlamlarning tarkibini tekshirish shuni ko’rsatadiki, hozirgi zamon cho’kindilari orasida oksidlanish jarayoni u vaqtga nisbatan keng rivojlangan. Masalan pirit, markazit, xalkopirit minerallari qadimgi (Arxey) jinslarida oksidlanmagan, yotqiziqlar kul rang va yashil kul rang (quruqlikda hosil bo’lgani ham). Hozirgi davrdagisi esa qo’ng’ir qizil rangli cho’kindilarni hosil qilgan, bu u davrda kislorod ancha kam bo’lgan demakdir. Shuning uchun bo’lsa kerak (M. Rutten, 1973) Arxey, proterozoy-keksa tog’ jinslarida oltin, mis, kumush, kabi minerallar uchraydi. O’zbekistondagi Muruntov konlari shular jumlasidandir.
Yer yoshini aniqlash usullari. Yer paydo bo’lgandan to shu vaqtgacha o’tgan davrlardagi o’zgarishlarni, yer qatlamlarining qachon hosil bo’lganligini aniqlash masalasi olimlarni qadimdan qiziqtirib kelgan. Geologiyada yer qatlamlarining qaysisi oldin yoki qaysisi keyin paydo bo’lganini qiyosiy aniqlash usuliga nisbiy yosh aniqlash usuli deyiladi. Bu usulda yer qatlamlarining eng oldin paydo bo’lganini aniqlash uchun qatlamlardagi o’simlik va hayvon qoldiqlarini topib, birini ikkinchisiga taqqoslab ko’riladi, eng oddiy hayvon va o’simlik qoldig’i bor pastki qatlam undan yuqorida yotuvchi qatlamga nisbatan keksa hisoblanadi. Qavatlarning oldin yoki keyin hosil bo’lganligi va tarkibini o’rganish bilan geologiya fanining litologiya va stratigrafiya sohalari shug’ullanadi. Qatlamlar orasidagi o’simliklar qoldig’ini paleobotanika, hayvon qoldiqlarini esa paleontologiya tekshiradi.
Bu usullar asosida har bir qatlamning hosil bo’lish sharoiti va vaqtini taqqoslab aniqlash mumkin bo’ladi (8- rasm).
Organik qoldiqlarni tekshirish natijasida yer qatlamlarining eng oldin paydo bo’lgani va undan keyin hosil bo’lganlari aniqlandi va shu asosda geoxronologik shkalani o’rganish tartibi tuzildi.

Download 11,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish