Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet83/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Hayotiy davrasi. Bazidiyasi mitselliyda hosil bo‘ladigan bazidiomitsetlarning hayotiy davrasini biror soyabonli zamburug‘da ko‘rish oson bo‘ladi. Gaploid bazidiosporalar gaploid mitselliyni hosil qiladi. Keyin dikarionlik yuzaga keladi. Bunday mitselliy uzoq vaqt davomida bo‘ladi. Bu mitselliy gaploid mitselliyda xechqachon bo‘lmaydigan o‘rama-bog‘lamlar bo‘lishi bilan harakterlanadi. U bazidiya hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Askomitsetlardan farqlanib bazidiomitsetlarning mevatanalari dikarion gifalardan tashkil topgan. Xaltacha hujayralari va bazidiyalarni hosil qiladiganlari o‘zaro, bir biriga to‘la mos keladi.
Bazidiosporalar va askosporalar tashqi ko‘rinishida ancha o‘xshash: ular yumaloq yoki oval shaklida, kattaliklari ham deyarli bir xil. Asosiy farq ularning rangida: bazidiosporalar rangsiz, ko‘ng‘irning turlicha tuslarida, sapsar yoki deyarli qora. Bazidio-sporalarning juda ko‘pchiligida bazidiosporalar bir hujayrali, ikki undan ko‘p hujayralilari ham bor.
Bazidiyalar turli belgilariga qarab tavsiflanadi. Xolobazidiya (golobazidiya) va fragmobazidiya: birinchisi to‘siklar bilan ajralmagan, ikkinchisi to‘siqli.
Xolobazidiya – bu kattalashgan qari hujayra, u tabaqalashib ostki – gipobazidiy va ustki – epibazidiyli ham bo‘ladi, unda bazidiosporalar shakllanadi, bu geterobazidiya. Geterobazidiya maxsus tinim sporalaridan hosil bo‘lsa uni teliobazidiya deyiladi.
Bazidiomitsetlarning sistematikasi. Bazidiomitsetlarning sistematikasi bayon etilgan adabiyotlarda ilgari bitta sinf, bir necha tartib keltirilgan. Bo‘lim uchta sinfdan iborat.

  1. Uredinomitsetlar (Uredinomycetes) yoki Teliomitsetlar (Teliomycetes) bazidiyalari to‘siqli (fragmobazidiya) ular tinimdagi sporalardan (teliospora) hosil bo‘ladi.

  2. Ustilaginomitsetlar (Ustilaginomycetes) yoki ustomitsetlar (Ustomycetes). Bazidiyalar to‘siqli yoki yaxlit, to‘siqsiz, ular ham tinim sporalarida (bu sporalar ilgarigi mitselliydan yuzaga kelgan) rivojlanadi. Exobasidiales tartibining zamburug‘lari ham ultratuzulishli va biokimyoviy xususiyatlariga ko‘ra Ustilagino-mycetes sinfiga mansub.

  3. Xaqiqiy bazidiomitsetlar (Basidiomycetes). Bu sinfning zamburug‘lari bo‘limning asosiysini tashkil qiladi. Bazidiyalar mitselliyda, ko‘p hollarda maxsus mevatanalarda (bazidioma) hosil bo‘ladi. Bazidiylar gipo – va epibazidiylardan iborat emas.

Uredinomitsetlar – Urediomycetes yoki tellomitsetlar – Teliomycetes sinfi


Urediniomitsetlar rivojlanishida juda ko‘p hollarda maxsus mitselliydan hosil bo‘ladigan telospora bor. Sinfga mansub zamburug‘lar asosan o‘simliklarning tekinxo‘rlari, saprotroflari kam.

Zangkuyalar tartibi – Uredinales


Bu zamburug‘larning 5000 dan ortiq turlari bo‘lib hamma turlari yuksak o‘simliklarning xaqiqiy tekinxo‘rlar hisoblanadi. Ular o‘sgan joyida temirzangiga o‘xshash nuqta, chiziq ko‘rinishidagi zang – ko‘ng‘ir tusdagi metall zangiga o‘xshashni hosil qiladi (bu zamburug‘larni nomlash shundan).
Bu zamburug‘lar endofit, gaustoriyali mitselliy xo‘jayin to‘qimasida joylashadi. Mitselliyda pushti rangli moy tomchilari bor, ular sporalarda ham mavjud. Aynan ana shu zang ko‘rinishini beradi.
Zangkuyalarning ayrimlarida zamburug‘ning faoliyati bitta o‘simlikning o‘zida, boshqalarida gaploid mitselliy bitta o‘simlikda, dikariotlisi ikkinchi o‘simlikda rivojlanadi. SHu sababli birin-chilarini bir xo‘jayinli ikkinchilarini turli xo‘jaynli deb nomlanadi.
To‘siqlari bo‘lgan bazidiyalar (fragmobazidiyalar) tinimda bo‘lgan teliosporalarni unishidan hosil bo‘ladi. Teliosporalar bir hujayrali bo‘lishi yoki ikki, undan ko‘p hujayrali ham bo‘ladi. Barcha holatlarda har bir hujayra dikariotli.
Bazidiosporalar sterigmalarda hosil bo‘ladi. Kasallanishga moyil bo‘lgan o‘simlikga (odatda yaproqqa) tushgach unib to‘qimaga kiradi, bu bilan zamburug‘ning gaploid rivojlanish bosqichi boshlanadi.
Bir yadroli gaploid mitselliyda dikomitsetlarning peritetsiy-lariga o‘xshash piknidiyalar hosil bo‘ladi. Ularning maqsadi urug‘lanishni amalga oshirish.
Piknidiyalar xo‘jayin o‘simlik barglarining epidermisini ostida shar shaklida chigal ko‘rinishida bo‘ladi. Undan kalta gifalardan iborat perifizlar chiqib turadi. Ularni orasida spermatsiyli xidli suyuqlik bo‘ladi. Bu suyuqlik xasharotlarni jalb qiladi, spermatsitlarni bitta spermagoniyadagisi ikkinchisiga o‘tkazadi.



Zangkuyalardagi piknidiyalarning xilama-xilligi.

Dikariontlikdan keyin yangi boshqa sporalarni hosil qiladigan etsidiylar rivojlanadi. Ular odatda kasallangan bargining ostida bo‘ladi. Etsidiylarda zich joylashgan etsidiosporalar marjon ko‘rinishida yuzaga keladi.


Etsidiylarning bir necha ko‘rinishlari mavjud:

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish