Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet82/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Podosfera – Podosphaera turkumining kleystotetsiylaridagi o‘simtalarning uchi dixotomik shoxlangan. Bu tur – P. leucotricha olma, nok daraxtining bargi novdada oq, sarg‘ish rangdagi dog‘larni hosil qiladi. Bu zamburug‘ning tarqalishida marjon ko‘rinishdagi konidiyalar asosiy ahamiyat kasb etadi. Kleystotetsiylar yuzaga kelsa ham undagi xaltachalar etilmasligi mumkin. Bizning sharoitimizda bu zamburug‘ olma daraxtiga zarar etkazadi.
Erizifa - erysipha turkumi kleystotetsiyidagi o‘simtalar vegetativ mitselliyga o‘xshaydi, undagi xaltachalarning soni ko‘p. Bu turkum zamburug‘lari asosan o‘t o‘simliklarni kasallantiradi. Keng tarqalgan turlardan biri e. cichoriacearum turli oilalarga mansub o‘simliklarda tekinxo‘rlik qiladi. E. cichoracearum, f. cucurbitacearum qovoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklarda katta zarar keltiradi. Asosan bodring, qovun, xandalak, oshqavoq kuchli zararlanadi quriydi. Erizifa turkumidan e. graminis – hozirgi paytda aloxida turkum Blumera boshoqli o‘simliklarda tekinxo‘rlik qiladi.
Mikrosfera - Mikrosphaera kleystotetsiyni ustida uni aylanasi bo‘ylab qattiq o‘simtalar joylashadi. Kleystotetsiyda bir nechta xaltachalar hosil bo‘ladi. Bu turkumning zamburug‘lari daraxt va butalarda kasalliklarni hosil qiladi. Konidiyalari marjon ko‘rinishida hosil bo‘ladi.
Untsinula - Uncinula turkumining kleystotetsiylarida bir nechtadan xaltachalar hosil bo‘ladi, uni ustidagi o‘simtalarni qattiq, daraxtlar va butalarni kasallantiradi. O‘simtani uchi qarmoqsimon egilgan, spiral buralgan, kanidiyalari bittadan, marjon ko‘rinishini hosil qilmaydi.
U. necator tok-uzum barglari yashil novdalarida rivojlanadi. Ommaviy ravishda ko‘payishi uzum hosiliga katta zarar keltiradi.
Fillaktiniya – Phyllactinia turkumining turlarida kleystotetsiyning ustidagi o‘simtalar ancha murakkab tuzulishli: tepasida ingichka kuchli tarmoqlangan gifani uchi shilimshiq ajratadi, o‘rtasidagilari tikanga o‘xshaydi.
Kleystotetsiyning o‘simtalari uni substratda tutib turish, etilganidan keyin tarmoqlanishni osonlashtirishni bajaradi. SHamol tasirida uzoqlarga tarqaladi. Konidiyalari yirik, bittadan ancha uzun konidiyabandlarda hosil bo‘ladi.
Daraxt va butalarda tekinxo‘rlik qiladi. P.suffulta bizda tut daraxtining barglarini orqa tomonidan un sepgandek g‘uborlarni, kuzga kelib undagi to‘q rangli kleystotetsiylarni ko‘rish, qo‘l barmoqlari bilan sezish mumkin.

Labulbeniomitsetlar sinfi – Labulbeniomycetes


Bu sinf bitta labulbeniyalar (Laboulbeniales) tartibidan iborat xolos. Ular faqat askomitsetlar ichida emas, umuman zamburug‘lar orasida maxsus o‘ringa ega. Ularning vegetativ tanasini retseptakul deyiladi. Ular bo‘g‘imoyokli xayvonlarda asosan xasharotlarda ularning xitin qoplamida, tanasini ichida rizoidsimon tarmoqlangan qismlari bilan oziqlanadi. Labulbeniyalarda mitselliyning hujayra devori odatda qalin, to‘q tusli.
Askosporalari urchuqsimon, etilganda ikki hujayrali: bittasi bazal uzun, ikkinchisi apikal kalta. Xasharotga tushgan askospora xitin po‘stda rivojlanadi. Askosporalari 4 ta, peritetsiylari mayda parafiz va perifizlari yo‘q, faqat xaltacha bor xolos.
Labulbeniyalarning ko‘pchiligi ikki jinsli, ular orasida bir jinslilari ham bor.
Bu tartibga 1500 dan ortiqroq turlar mansub. Ular hamma joyda tarqalgan. Ular kattiq qanotli qo‘ng‘izlarda ko‘p uchraydi. Ko‘p hollarda zamburug‘ bitta xashorot-xo‘jayinda tekinxo‘rlik qilishga maxsuslashadi, u xasharotning muayyan joyda o‘sadi. Labulbeniyalar iqtisodiy jihatdan ahamiyatga ega emas.

BAZIDIOMITSETLAR BO‘LIMI – BASIDIOMYCETES


Bazidiomitsetlar quyidagi umumiy tavsiflarga ega.
1.Vegetativ tanasi askomitsetlardagi kabi hujayralarga bo‘lingan mitselliyga ega. Achitqisimon ko‘rinishga ega bosqichlari ham bor.
2.Vegetativ ko‘payishi mitselliyni hujayralarga bo‘linib ketishi, achitqisimonlarni kurtaklanishi bilan amalga oshadi. Jinssiz ko‘payishi faqat konidiyalar orqali ro‘y beradi, biroq bu holat bazidiomitsetlarda juda kam sodir bo‘ladi. Zangkuya zambu-rug‘larida (Uredinales) jinssiz ko‘payishi maxsus nomda aloxida o‘tadi.
3.Jinsiy ko‘payishi hech qanday maxsus hosilalar hosil qilmay somatogamiya tarzida ro‘y beradi.
4.Jinsiy jarayonda askomitsetlardagi kabi yadrolar dikarionlik hosil qiladi keyin ular bir vaqtda bo‘linadi.
5.Jinsiy jarayon natijasida bazidiya hosil bo‘ladi, u meyo-sporangiyga to‘g‘ri keladi, endi meyospora deyilmay ekzogen hosil bo‘ladi va bazidiospora deyiladi. Bazidiyalar butun, yaxlit yoki to‘sik bilan ajraladi. Bazidiamitsetlarning ayrimlarida bazidiyalar maxsus sporadan hosil bo‘ladi.
6.Jinsiy jarayon va bazidiosporali bazidiylarni yuzaga kelishi juda ko‘p turlarda turlicha kattaliklar va ko‘rinishlardagi mevatanalarni rivojlanishi bilan bog‘liq.
7.Hayotiy davrida dikariodavr ustunlik qiladi. Dikarion mitselliy uzoq muddat hatto yuz yillab hayotiyligini saqlash qobiliyatiga ega, xususan mevatanalar dikariot mitselliydan tashkil topadi. Bo‘limning zamburug‘lari orasida diploidlari ham uchra-tilgan.
8. Bazidiomitsetlar barcha geografik kengliklardagi turli tuman substratlarda tarqalgan. Ularning orasida saprotrof, o‘simliklarning tekinxo‘rlari va mikoriza hosil qiladiganlari ko‘p. Bazidiomit-setlarning orasida odamlar va xayvonlarda tekinxo‘rlik qiluvchi, lishayniklarning mikobiontlari, suv sharoitida tarqalganlari ham bor, biroq ular ozchilikni tashkil qiladi. Bazidiomitsetlarning juda ko‘pchiligi istemol qilinadigan ovqatda foydalaniladiganlari ham bor. Ularning ayrimlarini maxsus qurilmalarda ko‘paytiriladi. Bir qancha turlaridan biologik ilmiy tadqiqotlarda foydalaniladi.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish