Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet78/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Vegetativ ko‘payish. Lishayniklarning juda ko‘pchilik turlarida asosiy ko‘payish vositasi bu -vegetativ ko‘payish. U bo‘laklarga bo‘linib yoki maxsus hosila – sorediy izidiylar hosil qilish bilan amalga oshadi. Hayvon, odamlar bosib olganda sinib bo‘linadi, shamol yoki boshqa ta’sir tufayli tarqalib yangi tallomga aylanadi.
Sorediya – bitta yoki bir necha fotobiontni o‘ragan zamburug‘ gifasi u suvo‘tlar joylashgan joyda tallomini yuzasida, ayrim lishayniklarda zich tuzulma – soral ko‘rinishda hosil bo‘ladi. Serediylardan tashkil topgan lishayniklar ham mavjud. Qulay sharoitda ular rivojlanib yangi lishaynikni hosil qiladi.
Izidiylar lishaynik tallomidagi zamburug‘ gifasi va fotobiont hujayralardan iborat o‘simta. Izidiylar u hosil bo‘lgan tallomga, po‘stloqga, fotobiont qatlamga, o‘zakga ham o‘xshaydi. Tallomdan uzulganidan keyin qulay sharoitda rivojlanadi.
Sorediy va izidiylar o‘zaro morfologiyasi, o‘lchamlari bilan ancha farqlansa ham izidiyga o‘xshaydigan sorediylar, mayda izidiylarni sorediy ko‘rinishidagilari ham bor.
Jinssiz ko‘payishi. Lishayniklarni jinssiz ko‘payishi haqida gaplar munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik turlarida turli tuman ko‘rinishlaridagi piknidiyalar bor, ularda sporalar hosil bo‘ladi. (rasm) SHunga qaramay mikologlarning ko‘pchiligi bu sporalar konidiyalar, jinssiz ko‘payishni ta’minlaydigan sporalar emas, jinsiy jarayonni amalga oshiradigan spermatsiylar deb qarashadi.






Lishayniklar. YUqorida Cetraria; pastda Cladonia.


Jinsiy ko‘payishi. Jinsiy ko‘payishda mikobiont (arxikarp) mevatanalarni hosil qiladi. Lishayniklarning ko‘pchiligida u apotetsiylar, ozchiligida peritetsiy, psevdotetsiylar yuzaga keladi. Bazidiomitsetlardan iborat mikobiontlarda bazidiomitsetlarning afilloforalar va agarikalaridagi kabi mevatanalar hosil bo‘ladi. Lixenillashgan askomitsetlarda mevatanalar ko‘pyillik, bazidiyali zamburug‘i bo‘lganlarida bir yil, uncha ko‘p bo‘lmagan muddat yashaydi xolos.
Peritetsiylar tallomga ma’lum darajada cho‘kkan, uning uchi qora nuqta xolida ko‘rinadi. Sporali xaltachalar hosil bo‘ladigan peritetsiyni ichi to‘q yoki ochiq rangli parda – ekstsipul bilan o‘ralagan. Peritetsiyni xaltachalar, parafizlar hosil bo‘ladigan pastki va yon qismlari gimeniy qatlamni hosil qiladi. Ayrim lishayniklarda parafizlar umuman hosil bo‘lmasligi yoki erta shilliqcha aylanib ketadi. Tirqish atrofida perifizlar hosil bo‘lishi mumkin, ular gifa iplaridan iborat bo‘lib peritetsiy ichini ximoyalaydi.
Apotetsiylar lishayniklarda turlicha ko‘rinishlar va kattaliklarda bo‘ladi. Qo‘yqa va yaproqsimon lishayniklarning juda ko‘pchiligida apotetsiyning diametri 2 mm gacha tugmacha ko‘rinishida bo‘ladi. Apotetsiylar tallomning yuza tamonida Nephroma va Nephromopsis turkumlarida uning pastki tomonida joylashgan, etilishi bilan yuqoriga qayriladi. Sladonia turkumiga mansub lishayniklarda apotetsiy kichkina shar ko‘rinishida jigarrang yoki qizil bo‘ladi. Ba’zi quyqasimon lishayniklarda apotetsiy chiziq, tarmoqlangan chiziq ko‘rinishidaligi bilan ularni gisterotetsiy deb ataladi.
Apotetsiylarda markaziy yassi qism, uni o‘ragan gardish bor. YAssi qismni yuzasida gimeniy qavat u xaltalar va parafizlardan iborat. Parafizlar xaltachalaridan balandroq, ularni uchi jigarrang, yashil va boshqa ranglarda bo‘lib tig‘iz joylashib ximoyalovchi qavat - epitetsiyni hosil qiladi. Gimeniy qavatni ostida gifaning zich chigalidan hosil bo‘lgan gipotetsiy joylashadi, ularda xaltachalar yuzaga keladi. Xaltachalar lekonar, letsidiy va biator tiplarida bo‘ladi.
Lishayniklardagi xaltachalarsilindr, to‘g‘nog‘ich, nok kabi ko‘rinishlarda kattaligi uzunasiga 40 – 75 mkm, eniga 15-25 mkm keladi, ayrimlarida bo‘yi 400 mkm, eni 90 mkm keladiganlari ham bor.
Lishayniklarning ko‘pchiligida xaltachalar unitunikat, bosh-qalarida bitunikat tipida ochiladi. Xaltachadagi sporalarni soni ko‘pincha 8ta, undan oz yoki ko‘p bo‘lishi ham mumkin. Ayrim lishayniklardagi xaltada bitta katta spora bo‘lsa, 200 tagacha maydalari ham bo‘ladi. Sporalar odatda rangli ham, rangsiz ham bo‘ladi.
Sporalarning shakli shar, tuxum, urchuq, nina kabi ko‘ri-nishlarda, cho‘ziqlari to‘g‘ri, egik, spiral buralgan, bir hujayrali, ikki hujayrali, ko‘phujayralaridan iborat bo‘lishi mumkin. Sporalarni mevatanalardan atrofiga tarqalishi ko‘pchiligida faol, faol bo‘lmagan tarzda ro‘y beradi, qulay sharoitga tushsa fotobiont bilan yangi lishaynikni hosil qiladi.
Lishayniklarning ekologiyasi Lishayniklar atrof muxitning ko‘plab omillariga deyarli befarq holda bo‘lganligidan uzoq muddat davomidagi qurg‘oqchilikga, yuqori va past haroratga chidamli organizmlar. Ular boshqalar bo‘lmaydigan daraxt po‘stlog‘i po‘stsiz yogochli tuproq barg xayvonlarning suyagi toshlarni yuzasi xatto beton temir kabilarni yuzasida ham o‘saveradi. Lishayniklar sekin o‘sganligidan moxlar yoki to‘qimani o‘simliklar ularni o‘sayotgan joyidan siqib chiqaradi.
Lishayniklarning ayrim turlari atrof muxitning ifloslanishiga juda sezgir (masalan Lobaria pulmonaria ), boshqalari bunga beparvo, poleotorantli, masalan, Hypogymnia physodes. Ular orasida muayyan substratda, turli joylarda o‘sadiganlari ham bor.
Lishayniklarni bir necha ekologiya guruhlari bor, ularda asosiylari quydagilar.
Epigey lishayniklar oziq moddalari kam, boshqa organizimlar avvalo yuksak o‘simliklar uchun noqulay tuproqlarda tarqalgan. Tundra, o‘rmontundiraning juda katta xududlari asosan buta ko‘rinishidagi lishayniklar bilan qoplangan. Bu joylarda Cladonia, Alectoria, Cetraria, Stereocanlon turkumlarining turlari juda ko‘p.
Nam o‘rmonlarda yaproqsimon lishayniklardan Peltigera, Nephroma va boshqa turkumlarning zamburug‘lari moxlar bilan birga uchraydi. Bu guruhni epibriofit lishayniklar deb nomlansa to‘g‘riroq bo‘ladi. Epigey lishayniklarni tuproq hosil bo‘lishida ahamiyati katta.
Epifit lishayniklar daraxt tanasi, shoxlari, butalarda tarqal-gan.Ular yaproq va quyqa ko‘rinishlarda, buta ko‘rinishidagilari kam. Ba’zan daraxt tanasining po‘stlog‘ini ustida o‘sadiganlarini epifleoid po‘stloq ostidagilarni gipofileoid guruhlariga farqlanadi.
Epiksil lishayniklar qurigan hamda ishlov berilgan yog‘ochda o‘sadi. Bu ekologiya guruhiga quyqa, yaproq va buta ko‘rinishidagi lishayniklarning ko‘pchiligi mansub. Epiksillar boshqa substratlar amalda deyarli uchramaydi, ularga Cladonia botrytes misol bo‘ladi.
Epilit lishayniklar toshli substratda tarqalgan, ular asosan quyqa va yaproq shakliga ega. Buta ko‘rinishidagilari kam uchraydi. Epilit lishayniklar orasida qoyalarning yoriqlaridagilarni endolitlar tashkil qiladi.
Lishayniklarni suv sachirab turadigan joylarda tarqalganlari ham bor. Ularga misol sifatida Dermatocarpon turkumining turlarini keltirish mumkin.
Lishayniklarni ahamiyati. Lishayniklar atrofidagi moddalarni, shu jumladan radioktivlarni ham shimib to‘plash xususiyatiga ega. Lishayniklarda rux, kaltsiy, kaliy va qo‘rg‘oshin kabi kimyoviy elementlar moxlar va gulli o‘simliklardagidan ancha ko‘p miqdorda to‘planadi. Lishaynik fikobiontidagi fotosintezlovchi pigmentlardan xlorofill b va v miqdori gulli o‘simliklardagidan ancha kam bo‘ladi.
Lishaynikdagi ikkilamchi moddalar asosan organik birikmalar bo‘lib, hozirgi kunga kelib ularning turi 300 ga yaqinlashib qolgan. Bu miqdordan 100 ga yaqini faqat lishayniklarda uchraydi xolos. Bu moddalarning biologik ahamiyati xali o‘rganilmagan emas, bu borada bir necha farazlar bor. Lishaynikdagi ba’zi moddalar bakte-riyalardan ximoya qiladi. Lishayniklarning ko‘pchiligi yuqorida takidlaganimizdek juda sekin o‘sadi, noqulay sharoitning og‘ir paytlarida lishaynikdagi moddalar yashash uchun kurashdagi muxum “qurol” bo‘lsa ajab emas. Lishaynikdagi moddalar zambu-rug‘ va konkurent hisoblanadigan moxlarni o‘sishini, gulli o‘sim-liklar urug‘larini unish xususiyatlari pasaytirishini aniqlangan.
Lishaynikdagi moddolar ularning sistematikasi uchun aha-miyatli: ma’lum turlar ma’lum moddalarni hosil qiladi. Lishaynik-larning kimyoviy tarkibini murakkabligimi yoki boshqa bir qator tashqi omillar ularning o‘sish tezligiga katta ta’sir qiladi. Litofil lishayniklar eng sekin, bir yil davomida bor yo‘g‘i bir necha millimetrgina o‘sadi xolos. Qo‘yqa lishayniklari boshqalardan ancha sekin o‘sganligidan ayrimlari yoshi masalan rizokarpon (Rhizocarpus) 4000 yil, astspitsiliya (Aspicilia) 1000yil o‘sishi aniqlangan. YAssiyaproq va butasimon shoxlangan lishayniklar esa o‘rtacha 50 – 100 yil umr ko‘radi. Lishaynikni bir yilda qancha o‘sishini bilgan holda, tallomni o‘lchab uni yoshini aniqlash mumkin, bu usul lixenometriya deyladi.
Lishayniklar ham boshqa o‘simliklar kabi ular o‘sayotgan joy havosidan ta’sirlanadilar: ayrimlari havo tarkibini biroz o‘zgarishiga ham chiday olmay halok bo‘ladi, boshqalari axoli doim yashaydigan, havosi ifloslangan joylarda moslashib o‘saveradi. Bu xususiyatni o‘rganish bilan indekatsiya ekologiyasi maxsus yo‘na-lishi lixenoindikatsiya shakillangan. Lishaynik larni Evropadagi sanoati rivojlangan shaharlarda o‘sishi o‘rganib quydagi umumiy qonuniyatini aniqlangan.
SHaharda sanoat qanchalik kuchli darajada rivojlangan bo‘lsa, xavosi shunchalik ifloslangan, bu sarxadda lishayniklarning turi, ularni miqdori va o‘sish darajasi shuncha kam.
Xavoning floslanishi ortishi bilan avvalo butasimon shoxlangan lishayniklar, keyin yassi yaproqsimon, ulardan keyin quyqa xolidagi lishayniklar yo‘qolib ketadi. SHahar markazi, sanoatga boy sarxad-lari va uning atrofida o‘sadigan lishayniklarning turlari, miqdori, o‘sish darajasini turlichaligi aniqlangan. Lishayniklarga oltingugurt turt oksidining miqdori 0,05 mgm2 dan ortishi bilan xaloqatli ta’siri boshlanadi.
Lishayniklar beogeotsenozning bir qismi sifatida, shu bilan birga avtogeterotrofligi tufayli o‘zida quyosh energiyasini to‘playdi, organik va organik bo‘lmagan moddalarni parchalaydi. Boshqa o‘simliklarni o‘sish uchun noqulay bo‘lgan, masalan toshlar ustida o‘sadi ularni emiradi. Tundrada asosiy o‘simlik bo‘lib hisoblangan lishayniklar u erlardagi bug‘ularning asosiy ozig‘i bo‘lib hisob-lanadi. Bug‘ulardan tashqari lishayniklar boshqa uy hayvonlari uchun xam yaxshi ozuqa hisoblanadi.
Lishayniklarning kishilarni oziq ovqatida ahamiyati deyarli yo‘q hisob. Yaponiya mamlakatida uimblikariya (Uimblisaria esculenta) deb ataladigan lishaynikdan turli taomlar tayyorlashda foydalaniladi. O‘rta sharq mamlakatlarining axolisi cho‘llarda o‘sadigan aspitsiliya lishaynigini (Aspicilia esculehta) iste’mol qilishadi. Misrda esa everniya lishaynigini (Evernia lurfuraceae) maydalab uning kukunini nonga qo‘shishadi, hamda ziravor sifatida ishlatiladi. S vitamini ko‘pligi bilan azaldan mashxur hisoblanadi. Everniya, ramalina, parmeliya tarkumlariga mansub lishaayniklar xozir ham zebi-ziynat maxsulotlariga xushbo‘y xid berishda ishlatib kelinadi. Lishayniklarning ko‘pchiligi antibiotik moddalar hosil qiladi. Uneya (Usnea hirta), kladoniya (Sladonia deformis) Alektoriya (Alectoria ochraeica) hosil qiladigan usnin kislotasi asosida tibbiyotda shamollashga qarshi ishlatiladigan “binan” dorisi tayyorlanadi. Lishayniklar orasida zaharlilari yo‘q. Letariya (Lateria) turkumidan L.vilpia turida zahar xususiyatiga ega bo‘lgan vulpin kislotasi sut emizuvchilarda nafasni qiyinlashtiradi, tomir tortishish, qon bosimini oshirishni yuzaga keltiradi. Xayvonlar iste’mol qiladigan ksantoriya lishaynigi (Xanthoria parietina) ularga zaharli ta’sir qiladi.
Lishayniklarni qadim zamonlardan beri turli mamlakatdlarning axolisi tabobatda ham ishlatib kelishadi. Ilgarilari tabiblar o‘simlik tashqi ko‘rinishiga ko‘ra, odamning ichki a’zolaridan biriga o‘xshasa, uning kasallanishi bilan bog‘liqligi bor, deb hisoblashgan. Masalan, Lobariya lishaynigi, odamning o‘pkasiga o‘xshashligi tufayli, uning kasalligida usneya soqolsimon bo‘lganligidan sochni, sarg‘ish-pushti Ksantoriya sariq kasalligini davolashda ishlatishgan.
Lishayniklarni antibiotiklik xususiyati 70 dan ortiq turlarda aniqlangan. Dastlab everniya lishaynigidan (Evernia prunastri) teridagi turli yaralarga qarshi qo‘llaniladigan, “Evozin” dorisi olin-gan. Keyinchalik “Evozon2” olinib, u o‘pka kasalliklarini davo-lashda foydalanilgan. YAponiyada antibiotik xususiyatli teridagi aktinomikoz va boshqa kasalliklarda keng qo‘llaniladigan “Usnin” olingan.
Sobiq ittifoq davrida usnin kislotasining natriyli tuzi-”binan” olinib, stafilokokk, streptokokk, pievmokoklar, tuberkulyoz tayoq-chasi yuzaga keltiradtgan kasalliklarga karshi foydalanildi. Uning kislotasini o‘simliklarda ham foydalanilganda ancha yaxshi samara berishi aniqlangan.
Lishayniklardan zebi – ziynatda turli mamlakatlarda keng foy-dalaniladi. Ulardan olingan moddalar odekalon, duxilar, sovunlar tarkibiga qo‘shilganda ularni xushbo‘yligi ortadi va nixoyat, lishay-niklardan to‘qimachilikda qimmatli hisoblangan bo‘yoq olinadi, u yorug‘lik ta’sirida o‘chmasligi bilan sun’iylardan ustun va shu tufayli kadrlanadi.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish