Konioforalar (Consophoraceae) oilasiga mansublarda mevatana yassi cho‘ziq, po‘stloqsimondan terisimongacha, yumshoqlari ham bor, to‘qjirrang yoki qo‘ng‘irrangsimon kulchalar ko‘rinishida bo‘ladi. Gimenofori silliq, buklamali. Sporali massasi zangqo‘ng‘ir rangda. YOg‘och yuzasi hamda ichida mitselliy hosil bo‘ladi. Ayrim turlari imoratlarning yog‘ochligida ularni chiritadi.
Serpula - Serpula lacrymans turini Rossiya, Evropaliklar “uy zamburug‘i” deyishadi. Yog‘ochli imoratlarning yog‘ochligida uni ustida ko‘zga yaxshi ko‘rinadigan, ushlab ko‘rsa bo‘ladigan po‘panaklarni chiriyotgan ustun, poltaxtada hosil qiladi.
Boletdoshlar (Boletaceae) oilasiga mansub zamburug‘larning mevatanasi morfologiyasi bo‘yicha anchagina o‘xshash ko‘rinish-larida bo‘ladi. Ular faqat bir yilikgina bo‘lib qolmay, efemer birnecha kun o‘sadigan etdor soyabon va bandga ega. Soyabonning tagida bandidan oson ajraladigan naysimon gimenofori bor. Soyaboni va gimenofori tuzulishi sistematik jihatidan muhim belgi hisoblanadi.
Boletdoshlarga mansub zamburug‘larning mevatanalarini o‘lchamlari turlicha. Soyabonining eni birnecha santimetrdan to yarim metrlarga boradi, shunga ko‘ra ularning og‘irligi ham bir necha grammdan xatto 4 kg gacha, ammo bunuday kattalari juda kam uchraydi. Odatda o‘rtacha kattalikdagi soyabonning eni 10-15 santimetrlilari ko‘p tarqalgan.
Bolet zamburug‘lar asosan o‘rmonlarda daraxt ildizlari bilan ektotrof mikorizalar hosil qilib o‘sadi, ular biror ekologik yoki geografik muxitga bog‘lanmagan, kosmopolitlar hisoblanadi. Ayrim sarxadlarda bu oilaga mansub oq zamburug‘ bir gektar maydonda 500 kg, maslenok deb ataladigani esa xatto 1000 kg gacha hosil beradi. Bu zamburug‘laring ko‘pchiligini oziq-ovqat sifatida istemol qilinadi. Ularning orasida zaharlilari yo‘q.
Boletdoshlar oilasiga mansub zamburug‘lar
Oq zamburug‘ - Boletedulis boshqalaridan eng ko‘p tarqalgan, tansiq oziqa sifatida sevib istemol qilinadi. Albatta bizning sarxadlarimizda unchalik ko‘p uchramasa ham, istemolda ishlati-ladi. Soyaboni oqish, sarg‘ish ichi ham oq bo‘ladi. Quritilganda va qaynatib pishirilganda qoramaydi, shu tufayli oq zamburug‘ deyiladi.
Paksilladoshlar (Paxillaceae) oilasining zamburug‘larida gime-nofor yassi – plastina u, bandning pastiga ko‘plab anastomozlar bilan birikkan. Sporalardan iborat kukuni oq, oqish tusda. Bu oiladan Paxillusturkumining turlari (P.involutus, P.atrotomen-tosus) Rossiyaning turli xududlarini axolisi tomonidan qadimdan istemol qilib kelinadi. Evropada uni zaharli deyishadi. Unda eritrotsitlarni parchalaydigan modda borligi aniqlangan.
Gomfidadoshlar oilasi – Gomphidiaceae turkumlarida mevata-nalar etdor, o‘rtacha kattalikda, soyaboni shilliqli, gimenofor yassi-plastinka shaklida, sporalari to‘q qo‘ng‘irdan to qoragacha tusda. Gomphidius glutinosus turi Rossiyaning o‘rmonlarida keng tarqal-gan. Istemol qilinadi, biroq ko‘p hollarda u shilimshiqli tufayli kam teriladi.
Russulalar tartibi – Russulales
Mevatanalarida soyabon va band o‘zaro aniq farqlanib turadi. Gimenofori yassi-plastinka ko‘rinishida noto‘g‘ri tramali. Mevatanasi oson bo‘laklarga bo‘linib “sinadi”. Ayrim turlarida sutli yo‘llari bor. Sporalari naqtli parda bilan qoplangan. Bu tartib bitta oiladan iborat xolos. U ikkita turkum, ko‘plab turlarni birlashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |