Tuban o‘simliklar


Russulalar tartibining zamburug‘lari



Download 29,26 Mb.
bet92/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Russulalar tartibining zamburug‘lari


Laktaris - Lactarius turkumida mevatana sindirilsa undan turlicha rangdagi sutshira ajraladi. Ayrim turlarida sutshira xavoning tasirida rangini o‘zgartiradi. Bu turkumning ayrim turlarini yangiligida tuzlab va boshqacha tarzlarda istemol qilinadi.
Russula - Russula turkumida mevatana sutsiz. Gimenoforni tashkil qilgan yassi-plastinkasi tarmoqlangan, bandiga yaqinlarida tarmoqlanish kuchliroq namoyon bo‘ladi. Sporalardan iborat kukunni rangi uning turlarida sof oqdan sapsariqgacha.
Russula turkumi 150 dan ortiqroq turlardan iborat, ular turli tuman joylarda tarqalgan, ko‘pchiligi istemol qilinadi.

Agarikalar tartibi – Agaricales


Agarikalar tartibiga agarikoid gimenomitsetlarning ko‘pchiligi mansub. Bu guruh gimenomitsetlarga nisbatan aytilganlarning ko‘pi shu tartibga taalluqli.
Mevatanalari doimo bir yillik, odatda yumshoq, tez eriydi. Gimenofori yassi-plastinka ko‘rinishida. Sporalardan iborat kukuni turlicha ranglarda.
Agaricales – asosan tuproqda va tuproqning yuzasidagi chirindi, hazonda saprotrof holda, qisman mikoriza hosil qiluvchilar hisoblanadi. Bu turkumgi istemol qilinadigan va zaharli zambu-rug‘larning ko‘pchiligi mansub. Istemol qilinadiganlari maxsus ko‘paytiriladi.
Pleurotes - Pleurotus turkumida mevatana deyarli bandsiz, gimenofori yassi-plastinka ko‘rinishida. Bu turkumning turlari tirik yoki qurugan daraxt tanasida odatda bir guruh mevatanalarni hosil qiladi.
Bu turkumning turlari ko‘plab mamlakatlarda maxsus ko‘paytiriladi. Ulardan P.ostreatus turini gifalari nematodani bir tomchi suyuqligi bilan jalb etadi, zamburug‘ gifalari nematoda tanasiga kirib uni xalok qiladi.
Armillaria - Armillaria daraxt tanasini chiritadi. Mevatanalari bir guruh bo‘lib hosil bo‘ladi. Mevatananing bandida aniq ifodalangan halqa bor (armilla – lotincha bilak uzuk manosini bildiradi). Vegetativ gifalari hayotiy davri davomida diploid harakterda. Zamburug‘ kuchli taraqqiy etgan rizomofa hosil qiladi. Bu turkumning ko‘pchilik turlarini A.mellea turiga mansub deb hisoblanilar edi. Ularning ko‘pchiligi 200 dan ortiqroq turlarga mansub daraxtlarda saprotrof, tekinxo‘r holda tarqalgan. Bu o‘rinda ularning ko‘pchiligi irsiy jihatidan aniq farqlansada “qiyofa-doshlari” ko‘p.
Plyutey - Pluteus turkumining zamburug‘lari daraxtlarning to‘nkalari, chiriyotgan tanasida o‘sadi. Soyaboni qo‘ng‘ir-kulrang tusda qo‘ng‘iroksimon, keyinchalik do‘ng, yassi ko‘rinishda. YAssi – plastinkalari pushti rangda, har biri aloxida joylashadi. Bu turkumdan P.atricapulus boshqalaridan keng tarqalgan. Mevatanasi bir muncha katta, soyaboning diametri 4-10 sm gacha, ayrimlarida u 20-24 sm gacha boradi. Soyaboni kulrang-jigar tusli, bandi ingichka, uzun.
Amanita - Amanita turkumida mevatana ingichka kalta, umumiy parda bilan o‘raladi. Mevatana kattalashgan sari bandini pastida qopsimon yirtiq qoladi. Soyaboni qirrasida turlicha kattalik va o‘lchamlardagi oq momiq bo‘ladi. Soyabonni rangi oq, yashilroq, kulrang-sapsar, qizil-ko‘ng‘ir, qizil bo‘lishi mumkin.
Gimenofor qo‘shimcha yopqich bilan yopilgan. YAssi-plastinkalari yakka, ko‘shilib o‘sgan, band pastiga yo‘nalgan, oq yoki sarg‘ish rangda.
Bu zamburug‘ daraxtlarning ildizlari bilan mikoriza hosil qiladi. Juda katta maydonlarda tarqalgan. Bu turkumda A.muscaria barcha mintaqalarda uchraydi. Tarkibida xolin, muskarin alkaloidi, zaharli moddalardan asab tizimiga tasir qiluvchilari bor. A.phalloides turi o‘limga olib keladigan zaharli hisoblanadi. Evropa, qisman Rossiyada zamburug‘dan zaharlinish bilan o‘limni ro‘y berishi 90-95 % shu turga to‘g‘ri keladi.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish