Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet100/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

YOng‘oq marsoninasi - Marsonina juglandes yong‘oqning bargi, bandi va mevasi (po‘chog‘ida) qora dog‘lar hosil qiladi. Uning sporalari odatda bargning orqasida hosil bo‘ladi. Bizning sharoitimizda yong‘oq bu kasallik bilan ko‘p kasallanadi.

Sferopsidlar (shartli) tartibi - Sphaeropsidales


Sferopsidlar tartibiga mansub zamburug‘larda sporalar piknidalarda hosil bo‘ladi. Ularni bevosita ko‘rish mumkin.
Piknidiyalarning ko‘rinishi xaltachali zamburug‘dagi peritetsiy-larga bazan apotetsiylarga o‘xshaydi. Piknidalar sharsimondan nok ko‘rinishigacha bo‘lgan shakllarga ega. Piknidalar voyaga etgan sari ularning ichida bo‘shliq yuzaga kela boshlaydi. O‘sha joyda konidiyalar yuzaga keladi. Konidiyalar rangsiz, rangli, bir, ikki yoki ko‘p hujayrali bo‘ladi.
Sferopsid zamburug‘lar saprofit, tekinxo‘r bo‘lishi mumkin. Ko‘pchiligi o‘simliklarning turli joylarida nekrozlar hosil qiladi, ayrim hollarda zararlangan qismi qurib qoladi.
Fillostikta - Phyllostieta turkumining zamburug‘lari yuksak o‘simliklarning barglarida, qisman novdasida qora xoshiyali doirasimon, cho‘ziq yoki burchakli dog‘lar hosil qiladi. Zararlangan barg to‘qimasi tushib ketadi, bu bilan barg teshikli bo‘lib qoladi. Bunday kasallikni fillaktitozlar deb ataladi. Fillostikta danakli o‘simliklar, texnika ekinlariga katta ziyon etkazadi.
Septoriya - Septaria turkumining zamburug‘larida konidiyalar biroz egik, ninaga o‘xshashgan, rangsiz, ko‘p sondagi to‘siqli, yoki to‘siqsiz bo‘ladi.
Septoriyalar tekinxo‘rlar bo‘lib, o‘simliklarning turli qismlarida turlicha kattaliklar va ranglardagi dog‘lar hosil qiladi. Septoriya turkumining zamburug‘lari kurrai zaminmiz bo‘ylab keng tarqalgan, ular nam iqlimli sharoitlarda, ayniqsa ko‘p uchraydi. Septoriya bug‘doydoshlar, murakkabguldoshlar, labguldoshlar, ranoguldosh-lar, soyabonguldoshlar oilalarida ayniqsa ko‘p uchraydi. Ular qo‘z-g‘atadigan kasallikni septorioz deb ataladi. Bu kasallikka qarshi kurash asosan ular qishlaydigan qoldiqni yo‘qotish hisoblanadi.

Tuproqdagi deyteromitsetlar


Tuproqning muhim tarqibiy qismi bo‘lib undagi mikroskop bilan ko‘rsa bo‘ladigan, undagi moddalarning almashinuvi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi o‘simliklar va xayvonlar hisoblanadi. Xech mubolag‘asiz shuni aytish lozimki, tabiatda tuproq hosil bo‘lish jarayonlarini ko‘p qismi undagi o‘simliklar, suvo‘tlar, aktinomitsetlar va zamburug‘larning faoliya-tiga bog‘liq. 1 gr tuproqda bir necha mingdan 100 minglabgacha zamburug‘larning sporalari bo‘ladi. Tuproqdan topilganlarining hammasi ham xaqiqiy tuprog‘ zamburug‘lari bo‘lmaydi. Zamburug‘lar tuproqdagi organik qoldiqni organik bo‘lmaganlariga aylantiradi. Tuproqdagi zamburug‘lar murakkab organik birikma-larning transformatsiyasini ta’minlab, moddalarning tabiatda davra bo‘lib aylanishini taminlaydi. Bu bilan o‘simliklarning tuproqda o‘sishi yaxshilanadi. Tuproqda tarqalgan zamburug‘larning ko‘pchilik turlari deyteromitsetlar sinfiga mansub hisoblanadi. Bu zamburug‘larni laboratoriya sharoitida suniy ozuqa muxitida o‘stirib oson ajratib olsa bo‘ladi. SHu tufayli tuproqda tarqalgan zamburug‘lar orasida boshqalaridan deyteromitsetlar ularni geografiya jihatdan tarqalishi yaxshi o‘rganiladi. Har bir tuproqda iqlimiy mintaqalarga xos bo‘lgan zamburug‘ turlari bilan birga umumiylari ham mavjud. Ular faqat tur jihatidangina emas, miqdori bo‘yicha ham farqlanadi. Tuproqdagi o‘simliklar qoplami, uning tarkibi ham zamburug‘larning tarqalishiga va boshqa bir qator biokimyoviy jarayonlarga tasir qiladi. Tuproq hosil bo‘lishining turli bosqichlarida ham shunga xos va mos boshqalaridan miqdori bo‘yicha ham ortiq bo‘ladigan zamburug‘lar malumligi aniqlangan.

Xasharotlardagi deyteromitsetlar


Zamburug‘lar orasida xasharotlar tanasida tekinxo‘rlik qilib o‘sadiganlari ham bor. Ular orasida eng ko‘p tarqalganlari bo‘lib muskardinlar (frantsuzcha qand solingan meva degani) hisoblanadi. Italiyalik A.Bassi, 1835 yili birinchi marta tut ipak qurtining kasallanganlarida qand sepib quygandek ko‘rinish paydo bo‘ganini uni boveriya bassini zamburug‘i ko‘zg‘anganini aniqladi. SHunga ko‘ra bu kasallikka yuqoridagi nom berilgan. Keyinchalik bu kasallik juda ko‘p xasharotlarda tarqalganligi aniqlandi. Zamburug‘ faqat xasharotlarda emas, o‘simlik qoldiqlarida ham saqlanib qolaveradi.
Xasharotlarning asosiy patogenlaridan biri aspergilliyoz kasalligini qo‘zg‘atadigan aspergill (Aspergillus) turkumining zamburug‘lari hisoblanadi. Bu zamburug‘ asosan saprotrof hisob-lansa ham xasharot tanasida rivojlanib, zaharli moddalar ajralishi bilan xasharot halok bo‘ladi. Xasharot tanasiga kirgan zamburug‘ 32-48 soatda uni sporalar bilan to‘ldiradi. Zamburug‘ning tasiri u ajratadigan zaharli moddaning kuchiga bog‘liq. Xasharotlarda girzutella (Hirsutella), kaniotiriy (Caniotium), ashersoniya (Ascher-sonia), gipokrella (Hypocriella) turkumining zamburug‘lari ham tekinxo‘rlik qiladi.

Deyteromitset lishayniklar


SHartli ravishda olingan bu guruh lishayniklar sorediyalar bilan ko‘payadi. Ular tabiatda keng tarqalgan bo‘ylab 100 dan ortiqlari tavsiflangan. Ayrimlarida mevatanalar ham uchraydi. Sistematik o‘rnini aniqlashda ularning ultrastrukturulari, biokimyo va molekulyar biologiya malumotlaridan foydalaniladi.
Bu guruhdan leprariya (Lepraria) deb nomlanadigani tabiatda keng tarqalgan. Ular toshlar, tog‘ koyalari, daraxtlarning tanasida kukunsimon g‘uborlar hosil qiladi. Bu g‘uborlar odatda oqish-kulrang (L.aeruginosa), bazan yashil-sarg‘ish (L.chlorina) yoki tillarang-sarg‘ish (L.candelaria) ranglarda bo‘ladi.
RIZIARIYA SALTANATI – RHIZIARIA

Riziariya imperiyasi morfologiya, ekologiya va genetik jihatidan juda xilma- xil guruh hisoblanib fototrof va geterotrof flagellat, amyobaflagellat va amebalarni birlashtiradi. Ularning nomlanishi bu guruh organizmlarnig ko‘pchiligida filoz va retikulyar psevdopodiy va aksopodiylar mavjudligini anglatadi. Riziariya olami T. Kavale- Smit (T. Cavaliar – Smit, 2002) tamonidan molekulyar nuktasi nazaridan ajratilgan. Bu imperiyagaserkozalar olami mansub.


SERKOZOALAR – SERCOZOA OLAMI


Bu olamga xlororaxnofit suvo‘tlar, fikomiksinlar (ilgari zamburug‘lar bilan birga o‘rganilgan plazmodiofora shilimshiqlar), gaplostoridiyalar, ilgri geterokontlar bilan bog‘langan taumatomonadlar,serkomonadlar, evglifidlar mansub.

XLORORAXNOFITA – CHLORORACHINOPHYTA SUVO‘TLAR BO‘LIMI


Ushbu bo‘limni nomlanishi CHlororochinion (grek. chloros- yashil, arachnos- to‘r) nomi bilan bog‘lik. Xlororaxnofit suvo‘tlar quyidagi umumiy tavsifga ega.
1. Flagellat yoki ameboid floiz psevdopoidli. CHlororochnion meroplazmodiy holda koladi.
2. Xivchinli boskich davrida hujayra spiral aylanadigan xivchinga ega.
3. Xloroplastlarida xlorofil a va v bor. Xloroplastlarida 4-menbrana bilan o‘ralgan. Lamellalar 1-3 tilakoidli. Karatinoidlar xakida malumotlar yo‘q.
4. Xloroplastlari noksimon ko‘rinishli pirenoidli.
5. G‘amlangan oziq modda – 1-3 glyukan (paramilonda). Xloroplastdan tashqaridasitoplazmatik vezikulalarda to‘planadi.
6. Mitoxondriyning kristlari naysimon tuzulishli.
7. Trixotsistlari bor.
8. Ko‘payishi hujayrani ko‘ndalangiga bo‘linishi yoki zoosporalar yordamida amalga oshadi.
9. Dengizlarda tarqalgan.
Xlororaxnofita suvo‘tlar evolyutsiyani o‘rganadigan biologlarni xloplastlarni kelib chikishi va evolyutsiyasi tomonidan etiborni tortadi. Xloraraxnofita va kriptomonadlarda nukleomorfalar yadroni endibiozlanib xloroplastlarga aylangan degan qarash bor. Turli guruh eukariotlardagi xloroplastlar kanday hosil bo‘lagani haqidagi boshlama fikrni hosil qiladi. Xlororaxnofita suvo‘tlar 5 turkumga: CHlororachnion, Lotharella, Gynnochlora, Crypthochlara, Bigelowiella mansub bo‘lib xozircha 6 tur, xali nomlanmagani bor. Bu bo‘lim D. A. Hibbert, R.E. Noris (1984) tomonidan fanga kiritilgan. Xlororaxnofitalarga mansub turkumlar o‘zaro prenoidlarning ultra tuzilmalari va nukleomorflarning joylanishi bilan o‘zaro farqlanadi. Xlororaxnofita suvo‘tlarning hujayralari po‘stsiz, bir yadroli xloroplastlari ko‘p. Ular 4 menbrana bilan o‘ralgan. Xlororaxnofitalarning hujayrasini tuzilishida yadrosini kadimiyligini, uni periplast bo‘shliqdasitoplazma endosimbionti va eukariot ribosomalari bilan birga joylashganligi etiborga loyik. Nukleoformaning xususiy genomi 3 ta to‘g‘ri chiziqli xromosomasi mavjud (380000 ga yaqin genomli). Genom 300 ga yaqin oqsilni kodlaydi. Boshqa barcha DNK tutganlar kabi nukleoforma mustaqil tuzilma. U xloroplastlarni bo‘linishidan oldin bo‘linadi. Nukleoforma kriptofitlarda ham bor ularning tuzilishi tashkillanishi o‘xshash bo‘lgani bilan kelib chikishiga ko‘ra farqlanadi. Kriptofitlarning nukleofirmasi kizil suvo‘tlarning endosimbiotlaridan xlororaxnofitlarni yashil suvo‘tlarnikiday kelib chiqqan.
Xlororaxnofita suvo‘tlarning ko‘payishi hujayrani ikkiga bo‘linishi bilan vegetativ, zoosporalar yordamida jinssiz, izo- va anizagamiya tarzida jinsiy amalga oshadi. Hayotiy davrida kokoid, monad bosqichlarini o‘taydi.
Xloraraxnofitalar suvo‘tlar iliq dengizlarda tarqalgan, ular miksotroflar: bu foto sintezlovchi organizmlar bakteriyalar, flagellatlar va mayda eukariot suvo‘tlarini yutadi.
Xloraraxnofita suvo‘tlar xloroplastlarida xlorofill a va v bo‘lishiga qaramay xlorofill v tutgan evglena va yashil suvo‘tlarida filogenetik aloxidalangan. Xloraraxnofita suvo‘tlari monofitik guruh hisoblanadi.

PLAZMODIOFORALAR- RLASMODIOFOROMUCOTA BO‘LIMI


Plazmodioforalar bo‘limi quyidagicha umumiy tavsiflanadi.
1.Turli xo‘jayinlarining hujayrasini ichida tekinxo‘rlik bilan hayot kechiradigan vegetativ tanasi ko‘pyadroli protoplast.
2. Plazmodioforalarning rivojlanishida birlamchi, sporangiy hosil qiladigan plazmodiy va ikkilamchi yoki sporongiy yoki plazmodiy hosil qiladi.
3. Ayrim turlarida mitoz bo‘linish davrida yadrocha malum muddatgacha saklanadi, xromosomalari qo‘shuv alomatiga o‘xshash shaklini hosil qiladi.
4. Rivojlanishida unib zoosporalar hosil qiladigan (xakikiy shilimshiqlaridagiday) qalin po‘st bilan o‘ralgan tinim davrini o‘taydigan spora hosil qiladi.
5. Plamodiaforalarning barchasi oldingi qismida ikkita xivchini bo‘lgan zoosporalarni hosil qiladi. Ular morfologiyasidan o‘xshash bo‘lsa ham turlicha uzunlikka ega: bittasi ikkinchisidan uzunrok.
Plasmodiophora brassica 1- karam o‘simligi ildizidagi shishmalar; 2-ildizdagi hujayralari.

Bu bo‘lim plazmodioforalar (Rlasmodiophoramycetes) sinfidan iborat xolos. Unga 30dan ortiq turlar (1 tartib, 1 oila) mansub bo‘lib ular gulli o‘simliklarning turli qismlarida bo‘rtmalar hosil qiladi. Ular orasida karam va boshqa butguldoshlar oilasining o‘simlik-larida tarqalgan Plasmodiophora brassica muhim vakil hisoblanadi.



Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish