Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet103/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Sistematikasi. Kriptofit suvo‘tlarning 100 ga yaqin chuchuk, 100 dan ortiq dengizlarda tarqalganlari aniklangan. Ularning tuzilishlarini elektron mikroskop orqali o‘rganilganidan keyin sistematikasida o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Algologiyaga oid xozirgi adabiyotlarda kriptofitlar bitta Crytophyceae sinfi va ikkita tartibga bo‘linadi.

Rhodomonas sp.
Rhodomonas turkumi odatda qizil rangli bitta plastidi bo‘lgan monad tuzilishlilarni birlashtiradi. Pirenoidlari bor. 20 ga yaqin yirik edjektosomalari arikcha yaqinida joylashadi. CHroomonas turkumi N-simon havorang, ko‘k yoki ko‘k-yashil rangdagi pire-noidli chuchuk suvlar va dengizlarda tarqalgan tur-lardan iborat. Rangi 645 kriptonitsianin va 630 krip-totsianin bilan belgilanadi. CHroomonas turkumining suv o‘tlarida arikcha yo‘q, birok halqum bor. Ayrim vakillarida bakteriyani xazmlovchi vakuolalar bor ayrim turlari stigmaga ega.
Cryptomonas turkumi chuchuk suv havzalari va dengiz planktonida ko‘p uchraydi uning hujayralari qo‘ng‘ir tusli ikkita plastidga ega. Prenoidlari bor.
CHilamonas turkumining suvo‘tlari organik moddalarga boy suvlarda uchraydi. Hujayralari rangsiz lekoplastli, unda tilakoidlari yo‘q, biroq periplast bo‘shlikda nukleomorfa bor va pigmentlari yo‘q bo‘lsa ham kraxmal to‘planadi. Ikki xivchinli. Peroplastning ikki qismi yopqich xolida. Bir necha edjektosomalar halqum bo‘ylab joylashadi CH. paramecium uxtiotokcin hosil qiladi, biroq uning kontsentratsiyasi juda kamligidan balliqlarga tasir qilmaydi.
Ganiomonas turkumining suvo‘tlari chuchuk suvlar va dengizlarda tarqalgan. Uning rangsiz hujayralari ikki tomondan siqilgan, ularda plastitlar yo‘q. Hujayrasining oldingi qismida xalqa xolida yirik edjektosomalari, maydalari plazmolemma ostida joylashadi. Arikcha va halkqum bor. Xivchinlari hujayraning oldingi qismida elka tomonidan chiqadi. Ayrim turlari fagotsitozni amalga oshiradi.

PRIMNEZIOFITA – PRYMNESIOPHYTA BO‘LIMI


Bo‘lim Prymnesium turkumi (grek. prymnesion – dum, langar zanjiri) bilan nomlanadi.
Primneziofit suvo‘tlari quyidagi tavsifga ega.
1.Ko‘pchiligi bir hujayrali monad tuzilishli ikkita o‘zaro teng yoki teng bo‘lmagan xivchinli.
2. Xivchinlar orasida tuzilishga ko‘ra xivchindan farqlanadigan ipsimon o‘simta gaptonema joylashadi.
3. Xloroplast 4 menbrana bilan o‘ralgan. Periplast bo‘shlikda anaztomoz tibullardan iborat periplast to‘r bor. Lamellalar uch tikloidli xloroplastlardagi DNK xloroplast stromasida donalar xolida sochilgan. Pirenoid bor.
4. Xloroplastda xlorofil A1 S2 va S3 yoki S2 bor. qo‘shimcha pigmentlardan fikoksantin va uning hosilalari v- karatin, dianoksantin va diatoksantin bor.
5. Ko‘zcha bo‘lsa u hujayraning oldida xloroplastda yoki undan tashqarida joylashadi, u bir qator pigmet globulalardan tashkil topgan.
6. g‘amlangan modda xrizolaminarin, u xloroplastdan tashqari vokuolada, Pavlova turkumida paramilon to‘planadi.
7. hujayraning ustisellyulozali organik tangachalar yoki donachalar bilan qoplangan. Tangachalar Golji apparatida yuzaga keladi.
8. Har bir hujayrasitoplazma endoplazmatik to‘rning perifirik g‘o‘lachalari bilan o‘ralgan.
9. Mitoxondriylari nayli kristli.
10. Primnezemlarda mitoz ochik, pavlovalarda yopiq. Hujayra ariqcha hosil kilib bo‘linadi.
11. Ko‘pchiligi dengizlarda, bir necha turlari chuchuk suvlarda tarqalgan.
Primneozifit suvo‘tlarining ko‘pchiligi bir hujayrali, mayda qisman monad fototroflar hisoblanadi. Hujayrasining shakli yumolokdan ovalgacha, yassilangan. Hayotiy davri davomida ayrim vakillari kokkoid, ip, amebid va palmeloid holat ham ro‘y beradi.
Hujayrasidagi ikkita o‘zaro teng yoki teng bo‘lmagan xivchini apikal, subapikal yoki lateral joylashadi. Ko‘pchilik hollarda ular sillik, Pavlova turkumida uzun xivchin nafis tuklar va tangachalar bilan qoplangan.
Primneziofit suvo‘tlarning hujayrasida gaptonema deb ataladigan maxsus tuzulma xivchinlar orasida joylashgan ingichga ip ko‘rinishiga ega. Ayrim vakillarida uning uzunligi 160 mkm gacha etadi boshqalarida birnecha mikron keladi xolos. U silliq yoki mayda organik tangachalar bilan qoplangan.


Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish