Hujayra tuzilishi. Hujayrani shakli tuxum, ellips, nok, dukkak, urchuk kabi ko‘rinishlarda, hujayrasining oldingi tomoni xuddi kesilganday undan uzunasiga yo‘nalgan ariqcha o‘tib oxirgacha etmaydi.
Ariqchani mavjudligi uzunligi turkumining sistematikasida muxum belgilaridan biri hisoblanadi. halqum qopsimon ko‘rinishli uni atrofida trixotsitlar joylashadi. Trixotsitlari (edjektosoma) membrana bilan o‘ralgan.
Kriptosomalar atrof muxitdagi pH, suvidagi bosim, harorat o‘zgarishlarini tez sezadi. Hujayraning oldingi qismida kiskaruvchi vakuola joylashgan.
Kriptomonad suvo‘tlarining hujayrasida ikkitadan mono tanachasi bor. Nima vazifani bajarishi haqida xozircha malumot yo‘q. Hujayra periplast bilan o‘ralgan, hujayrasining oldida tanasining uzunligicha teng ikkita xivchin joylashadi. Harakatlanganda har ikkalasi oldinga yoki bittasi oldingi, keyingisi orqaga yo‘naladi.
K riptomanad suvo‘tlarining halqumi xloroplast bilan bog‘langan, xivchinli apparat bilan emas. Ayrim kriptomonad suvo‘tlarida ijobiy fototoksis ro‘y beradi.
Kriptomonas hujayrasini tuzilishi
| Kriptomonad suvo‘tlarining hujay-ralarida bitta yoki ikkita xloroplast bo‘lib ular ko‘k-yashildan sarg‘ish, qo‘ng‘ir to to‘q qizilgacha rangga ega. Xloroplast yo‘q bo‘lishi ham mumkin. Xlorofil a dan tashqari xlorofill S2 mavjud. Kriptomonad suvo‘tlarining hujayralarida allofikotsia-nin yo‘q. Fikobiliprotsin pigmentlardan kriptofikatsianin va kriptofikoeritrin qizil va ko‘k-yashil suvo‘tlaridagi fikobilipro-teinlardan farq qiladi. Ular tilokoidlar ichdagi bo‘shliqlarda joylashganligi tu-fayli kriptomonad suvo‘tlarining tila-koidlari boshqa suvo‘tlardan yo‘g‘onroq.
Cr
Cryptosoma pyrenoidifera
Fotosintezlovchi har bir kriptosoma suvo‘t fikobiliproteidning bitta tipiga yoki fikoeritrin yoki fikotsianing ega, xech kachon ikkilasi birga bo‘lmaydi. Kriptomanad suvo‘tlarda alloksantin, a va v karatinlar, kurokoksantin, zeyaksantin va monodoksantinlar ham bor. Xloroplastlarda prenoidlar bo‘lishi mumkin. Xloroplastlari to‘rt membranali. Har bir tur membrana orasida periplast bo‘shliq bo‘lib ularda ekariot tipli RNK 80 S ribosomalar joylashadi. Nukleoderma ko‘rinishidagi raduslangan yadro bir ikki qavat bilan membrana bilan o‘ralgan, uchtagina xromosoma 240, 225 va 195 ming juft nukleotidlari bor. Nukleoderma xloroplastni bo‘linishidan oldin mitoz yo‘li bilan bo‘linadi. Bo‘lingan nukleotidlar xloroplastlarni oxirida joylashadi.
Kriptofit suvo‘tlarning xloroplastlari qizil suvo‘tlaridan kelib chiqqanligi filogenetik taxlil bilan isbotlangan.
Kriptofit suvo‘tlarining asosiy g‘amlangan moddasi kraxmal u xloroplastning uchinchi va to‘rtinchi menbranalarning orsida to‘planadi. Kraxmalning bu joyda g‘amlanishi faqat shu suvo‘tlarga xos. Kizil suvo‘tlari kabi amilozadan ko‘ra ko‘prok amelopektin to‘playdi. YOd tasirida bu kraxmal kizil ranga kiradi.sitoplazmada lipid tomchilari ham bo‘ladi. Kiriptomanad suvo‘tlar orasida avtotraflar, geterotroflar (saprotrif va faktroflar) va miksotriflar ham bor. Ko‘pchiligi rivojlanish davridasiankolamin (V12) va tiamin (V1) vitaminlarga muxtoj bo‘ladi. Kiroptifit suvo‘tlarning o‘sishi rivojlanishini organik moddalar tezlatadi. Rangsiz vakillarida fagotroflik sodir bo‘ladi. CHroomonas pachmanni miksatrof oziqlanadi.
Kriptomanad suvo‘tlarning hujayralardagi bitta yadro ko‘pincha pastrokda joylashadi. Mitoz xloroplast bo‘lingandan keyin boshlanib u ochik tarzda ro‘y beradi. YAdroga yo‘qolmaydi. Sent-riola yo‘q. Kriptomanad suvo‘tlarda xromosomalarning soni 40 tadan 210 gacha. Ko‘payish davrida hujayra harakatlanishini saklaydi. Kuchli yoritilish va azot etishmasligi tinim davrining yuzaga kelishini tezlatadi. CHroomonas acuta turida xologam jinsiy jarayon kuzatilgan.
Kriptofit suvo‘tlar haqiqiy plankton vakillari hisoblanib sho‘r ko‘llarning, balchig‘idan, chuchuk suvlarda parchalanadigan qoldiqlarda tarqalgan, ular oligotroflar orasida ahamiyatlilardan. Kriptomanad suvo‘tlarning ko‘pchiligi harorat o‘zgargan bo‘lsa ham uchrayveradi. Stenoterm vakillar orasida Cryptomonas turku-mining suvo‘tlari qor va muzning yuzasida ham bo‘ladi. Bu suvo‘tlar bizning respublikamiz sharoitida qish va yoz faslida uchraydi. Rangsiz vakillari oqava suvlarda organik moddalar bilan ifloslangan havzalarda tarqalgan.
Kriptofit suvo‘tlar suv havzalarida kislorod, uglevod, azot va fosforni davra bo‘lib aylanishida, organik moddani minerallardan hosil bo‘lishida ahamiyatli.
Kriptofit suvo‘tlarning evolyutsiyasida Sryptomonas turkumiga yaqin turlar boshlangichi hisoblanadi. Rangsiz bu vakillarda nukleoforma, plastidlar yo‘q, ularda fagotsitoz ro‘y beradi.
Kriptominad suvo‘tlarning boshqa suvo‘tlar orasidagi o‘rni xozir ham muammoli. A.Pasher ularni xrizomonadalardan, kriptomonadlarni,peridinlarni ajratgan. U kriptomonad va peridinlarni bo‘limiga birlashtirgan. Ko‘pchilik algologlar buni kabul qilishmaydi. CHunki, kriptofit suvo‘tlar dinofitalardan yadro,xivchinli apparatni tuzilishi, nukleoformani bo‘lishi, pigmentlarini tarkibi,biokimeviy xususiyatlari bilan farq qiladi. SHu boisdan kriptofit suvo‘tlar dinafit suvo‘tlarga filogenetik qarindosh emas desak bo‘laveradi.
CHroomonas turkumining turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |