Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet105/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Primneziofitlar sinfiga mansub suvo‘tlar


CHrysochromulina turkumi Prymnesiales tarkibiga mansub bo‘lib ameboid boskichni hosil qiladigan asosan dengizlarda tarqalgan turlardan iborat. Hujayrasidagi xivchinlari bir xil uzunlikda, gaptonemasi uzun, hujayrasida 2- 4 ta tillarang – sarik tusli xloroplast mavjud. Ko‘pchiligi miksotrof oziqlanadi. Hujayrasini yuzasida turlicha ko‘rinishdagi organik tuzilishli tangachalar bo‘lishi mumkin. Ikkiga bo‘linish bilan ko‘payadi.
Prymnesium turkumi bir hujayrali ikki xivchinli, organik tangachalar bilan qop-langan, katta gaptonemali. SHo‘rlanganligi turlicha bo‘lgan suv havzalarda tarqalgan.

Pleurochrysis
Pleurochrysis turkumi Coccolitho-phorales tartibiga mansub bo‘lib 5- 10 mkm uzunliklardagi xivchinga ega, gaptonemasi kalta. Hujay-rasining yuzasida organik tangachalari bor.
Sitoplazmasida ikkita jigarang tusli har biri pirenoidli xromotofori bor.

STRAMINOPIL – STRAMINOPILA OLAMI


Straminopillar nomi grek: stramen- somon, ichi bo‘sh nay, Pila- tuk so‘zlaridan tashkil topgan.
Straminopillar- xilma xil guruh hisoblansada, filogenetika jihatidan yagonaligi tufayli aloxida olam sifatida karaladi. Strominopillar Letpe etal, (1994) fikricha “xivchinlarida uch mastigonemagi va mitoxondiriylaridagi kristlari naysimon tuzilishli protistlar bo‘lib ular shunday organizmlardan kelib kelib chikkan”. Bulardan tashqari subapikal yoki yonbosh geteromorf xivchinlari bor. Hujayrasining devorisellyulozali (bazan kremniy ham bo‘ladi), g‘amlanadigan maxsuloti – v- 1-3 glyukan. Fotosintezlovchilarida xloroplastli genom xalqa shaklida, xlorofill S bor. Xlorofill a, xlorofil v yo‘q, karotinoidlar bor. Xloroplastlardagi lamallalar uch tilokoidli.
Fotosintezlovchi straminopillar oxrofita bo‘limiga mansub (S. Noek van der et al. 1995). Oxrofitlar guruhiga xozirgi kunda Bolidophyceae, SHrysophyceae, SHrysomerophyceae, Dictyocho-phyceae (silikoflagellatlar), Eustigmatophyceae, Phaeothaminio-phyceae, Fucophyceae (phaeophyceae), Pedinellophyceae, pelagophyceae, phaeothamniophyceae, pinguiophyceae, Raphido-phyceae, schizocladophyceae, synurophyceae, tribophyceae (xanthophyceae ) mansub. Bu guruhga oomitsetlar va gifoxitridiomitsetlar ham kiritilgan. Bulardan tashqari ilgari zamburug‘larga kiritilgan labirintulidlar va geterotrof tillarang suvo‘tlardan bukozoetsidlar ham mansub. Mazkur olam doirasida avto – va geterotroflarning kaysi biri birlamchi ekanligini mloekulyar – biologik uslublar ko‘rsatgan. Strominopillar getetrof guruh sifatida yuzaga kelgan. Molekulyar filogenetika metodi primnezofitlarni strominopillarga yaqinligini isbotlaydi.

OOMIKOTA – OOMYCOTA BO‘LIMI.


Oomikota bo‘limiga mansub organizmlar kuyidagi umumiy tavsiflardan ega.
1. Ko‘pchilik vakillarining vegetativ tanasi yaxshi rivojlangan aloxida hujayralarga bo‘linmagan litselliy ko‘rinishida, ayrimlaridagina-rizomitselliy.
2. Jinsiy ko‘payishi ikkita yoki bitta (qisman) xivchinli. Tabaqalashganlarida zoosporangiy hosil bo‘lgan joyida ajralib zoosporalarga aylanmay bevosita gifaga aylanadi.
3. Jinsiy jarayon-izogamiya yoki o‘ziga xos oogam tipda o‘tadi. Anteriyda gametalar hosil bo‘lmaydi.
4. Oziqlanish-saprotrof va tekinxo‘rlik bilan o‘tadi. Ayrim gu-ruhlarining rivojlanashida kuruklik sharoitiga o‘tishga moslanishlar namoyon bo‘lgan.

Oomitsitlar-Oomycetes sinfi


Bu sinfga mansub zamburuglarda mitselliy yaxshi rivojlangan. Mitselliyning aloxida bir qismi rivojlanaoladi. Jinsiy ko‘payishi zoosporalar yordamida amalga oshadi. Perenosporales tartibining ayrim turlarida zoosporangiy zoosporalar hosil kilmay bevosita gifaga aylanadi, ya’ni konidiya vazifasini ham bajaradi.
Jinsiy jarayon-o‘ziga xos oogamiya tarzda anteridiy gametalar hosil qilmay ro‘y beradi. Saprofitlar va kuruklik sharoitdagilari tekinxo‘rlar hisoblanadi.

Saprolegniyalar-Saprolegnales tartibi


Vegetativ tanasi yaxshi rivojlangan u tarmoklangan yo‘g‘on gifalardan va ancha ingichka substratga birikadigan joyidan boshlanadigan rizoidlardan iborat (tuzilishiga ko‘ra xitridio-titsetlardan Monoblerharidiales tartibining vakillariga o‘xshaydi). Gifaning po‘stidasellyuloza bor. Gifaning uchida zoosporangiy, oogoniy va anteridiylar hosil bo‘ladi. CHiriyotgan oziq substratdagi zoosporalar rivojlanib mitselliyga, 3-4 kundan keyin ko‘zga yaqqol ko‘rinadigan po‘panakga aylanadi. Noqulay sharoitda gifa gemmalar – bir xil shaklida bo‘lmagan tig‘iz po‘stli xlamidospora-larni hosil qiladi. Ular vegetativ ko‘payishi, turni saqlab kolishda xizmat qiladi.
SHarsimon ko‘rinishli ooganiyda birnechta tuxum hujayra bo‘ladi. Anteridiy ingichkasilindrsimon hujayralar ko‘rinishiga ega.
Saprolegniyalardagi jinsiy jarayon peronosporalar tartibining vakillarida ro‘y beradiganga o‘xshash, farqi jinssiz sporalarni hosil qilishadi.
Saprolegniyalar asosan suv muxiti saprotraflari, ayrimlari balik baqalar,umurtqasiz xayvonlarning tuxumlari, voyaga etganlarining tanasida tekinxo‘r holda rivojlanadi. Ko‘pchilik turlari chuchuk suv havzalarida bizning sharoitimizda ham tarqalgan.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish