Eustigmatos turkumining suvo‘tlari bir hujayrali kokkoid bir xloroplastli, u tuproqlarda tarqalgan. 2- 4 avtosporalar yoki bir xivchinli zoosporalar hosil kilib ko‘payadi. Bu turkumning turlari ilgari sariq-yashil suvo‘tlari bo‘limidan Pleurochloris turkumiga kiritilgan.
Nannochloropsis turkumining turlari dengiz va chuchuk suvlarda ham tarqalgan, tashki ko‘rinishidan yashil suvo‘t SHlorella turkumiga o‘xshaydi, pirenoidi yo‘q. Hujayralari 2-4 mkm diametrli, bir xloroplastli. Avtosporalar hosil kilib ko‘payadi.
Tillarang suvo‘tlar sinfi - CHrysophyceae
Sinf CHrysococeus (grek. CHryso- tilla, coceus- dona) turkumi bilan nomlangan. Tillarang suvo‘tlari quyidagi umumiy tavsifga ega.
1. Tallomi turlicha tipda (ameboid, monad, palmeloid, kokkoid, psevdoparenximatoz) tabaqalashgan yoki koloniya hosil qilgan.
2. Plastidlari, xivchinlari oxrofitlarni umumiy tavsifga ega.
3. Xlorofil A, S1 va S2 mavjud, fukoksantin, violaksantin mavjud.
4. Stigma xloroplastda joylashgan.
5. G‘amlanadigan maxsuloti xrizolaminarin va lipidlar plastiddan tashqarida joylashadi.
6. Mitoxondiriylari ko‘p hollarda plazmolemma bilan qoplangan. Ayrimlarida hujayrasini ustida organik va anorganik tartibli tangachalari bor.
8. Mitoz ochiq.
9.ko‘payishi asosan vegetativ va jinssiz, jinsiy jarayon ayrimlaridagina kuzatilgan.
10. Rivojlanishi zigota reduktsiyasi ro‘y beradigan gaplobiontli ro‘y beradi.
11. Oziqlanishi avtotrof, miksotrof va geterotrof.
12. Asosan chuchuk suvlarda tarqalgan.
Tillarang suvo‘tlarning hujayralari faqat plazmolemma bilan qoplangan. Ko‘pchilik turlarida hujayra uychada joylashadi yoki plazmolemma organik va anarganik tartibli tangachalar bilan qoplangan. Uycha bokal-simon, shar, tuxum,silindr ko‘rinishlarida bo‘ladi. Hujayra uychaning ichki asosiga kalta band bilan birikadi. Birikmaydiganlari ham bor. Uycha xitin,sellyuza va boshqa organik birikmalardan tashkil topadi.
Harakatlanadigan tillarang suvo‘tlarda bitta uzun oldinga, ikkinchisi kalta orqaga yo‘nalgan xivchini bor. Ayrim turlarida ikkinchi xivchin yo‘q, bazal tana bor xolos. Tillarang suvo‘tlarida sistematikasida tartiblarga ajratishda xivchin apparatning tuzilishiga katta ahamiyat beriladi.
Xloroplastlari bu suvo‘tlarda sarg‘ish jigarrang, tillarang, sargishyashil ranglarda. Xloroplastni shakli yassi disk, yassiyaproq, yulduz va shu kabi ko‘rinishlarda. Ular to‘rt qavat membrana bilan o‘ralgan. Pirenoidlari bor. Spumella, Anthophysa kabi turkumlarida leykoplastlar borligi, xloroplastlarini yo‘qligi tufayli ular rangsiz. Ko‘zcha xloroplastlarini yo‘qligi tufayli ular rangsiz.
Ko‘zcha xloroplastda kalta xivchinning parabazal shishmasi yaqinida joylashgan. Tillarang suvo‘tlar asosan miksotraflar, plas-tidlari bo‘lsa ham erigan organik moddalarni, oziq zarrachalarini shimadi. CHuchuk suvda tarqalgan turkumlarining hujayralarida uning oldingi qismida bitta yoki
birnechta kiskaruvchi vakuolalar bor.bitta katta mitoxondriy hujayraning oldingi tomonida yadroning ro‘parasida joylashgan. YAdroda mitoz ochiq orto mitoz holda, kamdan-kam yarim yopiq mitoz holida ro‘y beradi.sitokinez bo‘linish arikchasini hosil kilib amalga oshadi.
Vegetativ ko‘payishi hujayrani teng ikkiga bo‘linishi, kolo-niyani bo‘laklarga ajralib ketishi tufayli sodir bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish zoosporalar, qisman aplanasporalar hosil kilib amalga oshadi.
Jinsiy ko‘payish ikkita hujayraning protoplastlarini o‘zaro quyilib xologamiya jarayoni natijasida zigota hosil qilish bilan amalga oshadi.
Tillarang suvo‘tlar odatda planktonda uchraydi, bentosda tarqalganlari ham bor. Ularning ko‘pchiligi biroz nordon, temir tuzlariga boy biroz iliq suvlarda asosan erta baxorda, kech kuzda va qishda ko‘p uchraydi. Bu davrda ko‘plab ko‘payib zooplankton uchun oziq bo‘lib xizmat qiladi.
Tillarang suvo‘tlar evolyutsiyada sariq yashil va diatom suvo‘tlar bilan boglanadi. Tillarang suvo‘tlarning sistematikasi P.Bourrelly (1981), R.A.Anderson (1999) o‘zgartirishlari bilan G.A.Belyakova va boshqalar «Vodorosli i gribы” 2 tom, Moskva “Akademiya” nashriyotida keltirilganlar asosida bayon qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |