Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet116/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Botrydium turkumining turlari tuproqlar yuzasida diametri bir necha millimetrli yashil pufakchalar ko‘rinishida bo‘ladi. Rangsiz rizoidlari bilan tuproqqa birikadi. Sifon tipidagi tallomida ko‘plab yadro va plastidalar mavjud. Po‘sti ko‘p qavatli unda ohak to‘planishi mumkin. Jinssiz ko‘payish ikki xivchinli zoosporalar yordamida amalga oshib ular pufakchani ustida hosil bo‘lgan tirqish orqali tashqariga chiqadi.



Botrydium. Alohida hujayrasi. O‘sayotgan joydagilari.

Namlik etishmagan vaktida Botridium aplonosporalar yoki qalin po‘stlisistalar hosil qiladi. Ko‘payish sharoitidasistalar bevosita yangi tallomni yoki zoosporalarni hosil qiladi. Jinsiy jarayon izogam yoki geterogam tipida o‘tadi. Jinsiy jarayonni amalga oshirishda alohida a’zolari hosil bo‘lmaydi.


Vosheriyalar- Vaucheriales tartibi


Mazkur tartibning barcha turlari sifon tuzilishdagi tallomli, jinsiy jarayon oogam, sinzoosporalar hosil qiladi.
Vaucheria turkumining turlari yaxshi rangdagi tarmoqlangan ip tuzilishida. Vancheria bizning sharoitimizdagi sug‘orish tarmoqlarini beton yotqizilmagan joylarida yashil gilam ko‘rinishni hosil qilgan. Uning tarmoqlangan tallomining uzunligi bir necha santimetrga etadi, tarmoqlangan rizoidlari bilan yumshoq tuproqqa mustahkam birikadi. Tarmoqlangan iplarida uni alohida hujayralarga bo‘ladigan to‘siklar yo‘q. Sitoplazmada ko‘plab yadro va plastidlar mavjud. Ko‘ndalang to‘siq ip uzilganda, jinsiy k o‘payish boshlanganda hosil bo‘ladi.


Voshereriya iplari zooporangiy bilan va jinsiy hosilalari oogoniy va anteridiyli ipi.

Vosheriyani ilgari yashil suvo‘tlar qatorida o‘rganib kelingan. Pigmentlarining tarkibini o‘rganish, g‘amlangan moddalari, molekulyar biologiya bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari vosheriyalarni tribofitsalar bilan aloqadorligini ko‘rsatadi.


Vosheriya vegetativ, jinssiz (sinzoosporalar, aplanosporalar yordamida) va jinsiy (oogam tarzda) yo‘llar bilan ko‘payadi. Zoosporalari ko‘p yadroli, ko‘p xivchanligi, ko‘zcha yo‘q. Zoosporalar ma’lum muddat suvda suzib yurganidan keyin cho‘kadi, qalin po‘st bilan o‘raladi, yangi tallomni hosil qiladi.

Rafidofitsalar – Raphidophyceae sinfi


Sinfi Raphiodomonos turkumi bilan nomlangan. Rafido-fitsalar sinfi kuyidagi umumiy tavsifga ega.
Bir hujayrali darsoventral tuzilishli monad organizmlar. Hujayrasi ikki xivchinli uzuni oldinga kaltasi orqaga yo‘nalgan. Xloroplastlari oxrofidlarga xos xususiyatli,dengizlarda tarqalganlari pirenoidli. Pigmentlari-xlorafli A va S1 va S2, chuchuk suvlarda tarqalganlarida vosheriaksantin bor. Ko‘zcha yo‘q. Mitoxondriy naysimon kristli. G‘amlanadigan modda-lipidlar.
Mitoz yopik. Ko‘payishi vegetativ. Hujayrada unga doimiy shakl beradigan po‘st yo‘q,trixotsistlari bor. Dengiz va chuchuk suvlarda tarqalgan.
Rafidofitsalar uncha katta bo‘lmagan guruh bo‘lib, xivchinli u yoki bu darajada metaboliyali, shakli nok, teskari nok, ellips, dukkak va shu kabi ko‘rinishlarda. Hujayraning oldida kichkina o‘yiq bor, undan ikkita bittasi oldinga, ikkinchisi orqaga yo‘nalgan xivchin chiqadi.
Hujayrasi plazmolemma bilan qoplangan, uni ostida bir qator turlarida trixotsistlar joylashadi. Ulardan tashqari hujayradan tashqariga ajraladigan shilliq hosil qiladigan mikotsistlar ham bor. Xloroplastlari mayda, yassi, ko‘p hollarda anchagina yashil, sariq-yashil va jigarrang yashil tusda.
Rafidofitsalarning dengizlarda va chuchuk suvlarda tarqal-ganlari pigmentlarining xillari bilan farqlanadi. Dengizlardagida fukoksantilol, chuchuk suvlardagilarda diadioksan mavjud.
Rafidofitsalar miksotraf: avtotrof yoki getrotrof oziqlanadi.
g‘amlanadigan oziq modda sifatida moy tomchilari bor. Mitoxondriylari ko‘p mikdorda. YAdro birmuncha yirik, hujayra markazida joylashadi, bitta yoki bir necha yadrocha mitoz davrida yo‘qaladi.
Rafidofitsalarning ko‘payishi harakatdan to‘xtamay bo‘linish egati bo‘ylab o‘tadi. Rivojlanishda palmeloid holatini xosol qiladi, shilliq o‘ramalisista ham uchraydi.
Rafidofitsalar chuchuk suvlarning planktomida RN biroz nordon sharoitda keng tarqalgan. Bu guruh suvo‘tlarni yashil ranggi xalqum mavjudligi tufayli evglenalar orasida sinf sifatida qaralgan.sitologiyasi, biokimyosi, fiziologiyasi, molekulyar biolo-giyasi ularni oxrofitlarga mansubligini ko‘rsatdi, monofilaktik guruh ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Rafidofitsalar 10 turkum, 20 turni jamlagan Raphidomanadales tartibi bilan iborat xolos.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish