Sphacelaria. 1- umumiy ko‘rinishi; 2-shoxchasining pastki;
3- yuqori qismi.
tabletkalarning usti qoplanadi. Tibbiyotda kaltsiy alginat qon oqishini to‘xtatuvchi, so‘ruvchi, radionukletidlarni (shu jumladan strontsiyni) chiqarib tashlaydi. Alginatlarni asosan Macrocystis, Nerocytis, Ascaphyllum turkumiga mansub turlardan olinadi. Yigirmanchi asrning oxiriga kelib dunyo bo‘yicha 21500 t shu jumladan Evropada 1280t, SHimoliy Amerikada-6700, Karea va YAponyada-1900, Lotin Amerkada – 100 tonna, Rossiyada 1990 yili jami 32 t oziq alginat natriy olingan. Mannit kandni o‘rnini bosuvchi hisoblanadi. qo‘ng‘ir suvo‘tlarining hujayralardagi yo‘dning miqdori 0,03 -0,3 % gacha etadi, uning dengiz suvidagisi 0,000005 % yani 1 litr suvda 0,05 mg bo‘ladi. AKSHda Macro-cystis puriferani ko‘paytirish uni qayta ishlab metan olinadi. 400 km2 maydondagi bu suvo‘tidan 620 mln m3 metan olish mumkinligi hisoblangan.
Qo‘ng‘ir suvo‘tlarini atmosferaga organik bromidlar (bromo-form, dibromometan) ajratishi ularning bir yillik mikdori 104 t, sanoat hosil qiladiganiga teng. Arktika atmasferasida azon qavati-ning emirilishida organik bromidlarning aloqasi bor degan farazlar bor.
Qo‘ng‘ir suvo‘tlar filogeniyasiga ko‘ra monofilitik guruh deb hisoblanadi. Ularni oxrofitlarga mansubligi xaqida olimlar yaxshi fikrdalar. Ul’tra tuzulishli, biokimyoviy xususiyatlari nukleotid-lardagi bardavomlik qo‘ng‘ir suvo‘tlarni tribofitsalarga (sariqyashil suvo‘tlar) yaqinlashtiradi. Bu sinf 265 turkum va 1500-2000 ga yaqin turlardan iborat. Biz yakka va boshqalar kabul qilgan S.G.A Draisma etal(2003) va Y.C.Ga etal (2004) taklifi amalga oshgan fikofitalar uchun 14 tartibdan iborat klasifikattsiyani qabul kildik. Ulardan biz muhim deb hisoblagan ko‘plab mumtoz adabiyotlarda keltirilgan turkumlarni bayon kilamiz.
Diktiotalar-Dictyotales tartibi
Diktiotalar tartibga mansub turkum suvo‘tlari apikal o‘sadi, vegetativ hujayralarida disk shaklida pirenoidlarsiz ko‘plab xloroplastlar mavjud. Tallomi to‘qima tuzulishli, izomorf shaklida nasllarni almashinishi ro‘y beradi. Jinsiy ko‘payishi oogam tarzda o‘tadi. Jinssiz harakatlanmaydigan sporalar yordamida, jinsiy bir xivchinli spermatozoidlar bilan amalga oshadi. Tropiklardagi dengizlar subtropik dengizlarda tarqalgan.
Dictyota turkumining turlarida tallom ayrisimon shoxlangan yassi shoxchali, bo‘yi 20 sm gacha etadi. qora va YApon dengizlarida uchraydi. Tallomi uch qavat hujayralardan iborat. O‘rta qavat yirik ko‘pincha rangsiz hujayralardan, pastki va yuqorisida xromotoforlari ko‘p. Dictyota dixotomik shoxlanadi, ikki uyli o‘simlik erkak gametofitlarda ko‘puyali sporangiylarda anteridiy hosil bo‘ladi. Ularda bir hujayrali spermatozoidlar yuzaga keladi. Urg‘ochi gametofitda ooganiylar rivojlanib ularda bittadan tuxum hujayra etiladi. Spermatozoidlarni jalb qilish tuxum hujayra feromonlar ajratadi. Uruglanganidan keyin oosiora darxol unib sprorofitni hosil qiladi. Sporofitlarda bir uyali spororangiylar rivojlanib ularda harakatlanmaydigan tetrasporalar hosil bo‘ladi, ikkitasi erkak gametofit, ikkitasi urg‘ochi sifatida unadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |