Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet117/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Heterostigma turkumining turlari dengiz flagellatlari hisoblanib hujayrasi ovval shaklida, ikki xivchinli, plastidalari sitoplazmani chekkasi bo‘ylab joylashgan. Trixotsistlari yo‘q. Kanada mamlakatining dengiz qirg‘oqlarida yoz mavsumi davomida ko‘payib 1 litr suvdagi mikdori 30 mln gacha etadi. Goniostomum turkumining turlari serharakat monadlarini uzunligi 40-90 mkm keladi. Elka tomoni qavariq, cho‘ziq, qorin qismi yassilangan. Ikkita xivchin uzunligi tanasiga teng keladi. Plastidlarisitoplazmani hujayra devori yaqinida joylashgan, plazmalemmani tagida trixotsistlari bor. CHuchuk suv havzalarida nordon ph li muhitda yaxshi o‘sadi.

Fukofitsalar (Qo‘ng‘ir) – Fucophyceae sinfi


An’anaviy tarzda tallomini rangiga ko‘ra “qo‘ng‘ir suvo‘tlar” deb nomlangan. Sinf Fucus turkumining (lotin – dengiz o‘ti, suvo‘ti) bilan nomlanadi.
Fukofitsalar quyidagi umumiy tavsifga ega:
1. Makroskopik ko‘phujayrali turlari turlicha yo‘g‘onlikdagi, psevdoparenximatez, parenximatoz, tuzilishligi.
2. Zoospora va gametalari 2 xivchinli, bittasi uzun, ikkinchisi kalta,ikkalasi akrosmali.
3. Xloroplastmalari barcha oxrofidlarga xos tuzilishli, pirenoidli.
4. Pigmentlari – xlorofil A, S1 va S2 karatinoidlardan fukoksantin ko‘proq.
5. Xivchinli boskichida ko‘zcha plastidda joylashgan.
6. G‘amlangan mahsuloti-laminarin, xloroplastdan tashqarida olti atomli spirt mannit va lipidlar xolida to‘planadi.
7. Mitoxondriy naysimon kristli.
8. Hujayra devori kaltsiy alginatli,sellyulozali mikrofibrillardan iborat.
9. Mitoz yarim yopik,sentriolali.
10. Ko‘payishi vegetativ, jinssiz, jinsiy ravishda amalga oshadi. Gametalari ko‘phujayrali mahsus gametangiylarda, zoosporalari bir uyali sporangiylarda hosil bo‘ladi.
11. Rivojlanishi gameta reduktsiyali diplobiont yoki spora reduktsiyali gaplo-diplobiont.
12. Fukofitsalarning hammasi fototroflar.
13. Juda ko‘pchiligi dengizlarda tarqalgan.
Qo‘ng‘ir suvo‘tlarining orasida bir hujayrali va koloniya hosil qilganlari yo‘q, hammasi ko‘p hujayrali. Bir yillik va ko‘p yilliklari, 15-18 yilgacha faoliyatda bo‘ladiganlari bor. Qo‘ng‘ir suvo‘t-larining tallomini uzunligi bir necha o‘nlab metrlarga etadiganlari bor. Tallomining ko‘rinishi suvda tik turadigan, yotgan, qirqilgan, yaxlit, yassi yaproq, qop, shoxlangan, buta shaklida bo‘ladi. Tallomni o‘sadigan joyda birikishi rizoidi yoki tovon qismi bilan amalga oshadi.
Tallom polimarialilar va fukuslarda ancha murakkab tuzilgan. Ularda hujayralarni maxsuslashuvi hisobiga to‘qimaga tabaqalashgan. Tallomda bir necha qavatli po‘stlok o‘zak qismi aniq farqlanadi. O‘zak moddalarni o‘tkazish mustahkamlik berish vazifalarni bajaradi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarini o‘sishi interkalyar, apikal, qisman bazal o‘sadi.
Qo‘ng‘ir suvo‘tlarning rivojlanishida xivchinli bosqich faqat gametalar va zoosporalarda bo‘ladi. Ikkita o‘zaro teng bo‘lmagan xivchin hujayraning yonboshiga birikkan. Patsimon tuzilishli uzuni oldinga, sillig‘i yoniga, orqaga yo‘nalgan. Qo‘ng‘ir suv o‘tlar hujayralarning qoplami qalin ikki yoki uch qavatli. Ichki qavat ko‘pinchasellyulozali tolalarda, tashqi pektinlisi algin kislota, uni natriyli tuzi fukoidda va boshqa sulfatli polisaxaridlardan iborat.
Selluloza qo‘ng‘ir suv o‘tlarida quritilgan tallomning 1-10% qismini tashkil etadi. Diktiotalar tartibining ayrim turkumlarida ( masalan, Dicyota) hujayrasining devorida arogonit ko‘rinishida ohak to‘planadi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarining hujayralarida bittadan anchagacha plastidlar bo‘ladi. Xloroplastlari mayda disk shaklida. Ularning shakli yulduz, tasma yoki yassi yaproq ko‘rinishlarda ham bo‘ladi, ularning shakli hujayraning yoshiga karab o‘zgarishi ham mumkin.
Xloroplastlarning po‘sti to‘rtta membranadan iborat. Xloroplaslarni yaqinida yadro joylashadi. Periplast bo‘shliq aniq ko‘rinadi. Xloroplastlarda xlorofil, A1, S1,S2 bor. Fukoksantindan tashqari v-karotin, vialoksantin, anteraksantin, neoksantin, diadi-noksantin va diatoksantin mavjud. Ectocarpales tartibiga mansub turkumlarning turlarini hujayralarida bitta yoki bir nechta noksimon tuzulishli pirenoidlar bor. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarining ayrim turlarini rivojlanishda hosil bo‘ladigan harakatli formalarida ko‘zcha bor, ular fatotaksis xususiyatli. G‘amlangan oziq maxsuloti- xrizola-minarin, usitoplazmadagi maxsus vakuolada, pirenoid yaqinida joylashgan. Hujayrada mannit va lipidlar ham moy tomchilari uchraydi.
Qo‘ng‘ir suvo‘tlarining yosh xali voyaga etmagan hujayra-larida mayda ko‘plab vakuolalar bo‘ladi. Kiskaruvchi vakuolasi yo‘k.sitoplazmada feofitsin, taninlar tutgan fizoidlar bor. Ular tallomni ximoyalab xayvonlarni eb ketishdan saqlaydi, deb hisoblanadi. Bundan tashqari tallomni yuzasida epifit suvo‘tlar va xayvonlarni bo‘lishiga ham to‘skinlik qiladi. Hujayrasidagi filirotaninlar xavoda oksidlanib suvo‘t kuritilganda ularga xos qo‘ng‘ir tusni hosil qiladi. Hujayradagi yadroni soni odatda bitta, ayrim vakillarida hujayrani yoshi ortishi bilan yadro soni ham ko‘payadi, yadrochasi bitta. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarining vegetativ ko‘payishi tallomni uzilib uni mustakil rivojlanishi Sphacelaria turkumida savatchalardagi kurtaklar yordamida Ficus turkumida tovon qismidagi bir guruh hujayralarini ma’lum sharoitda yangi tallom hosil qilishi bilan amalga oshadi. Jinsiy ko‘payish harakat-lanmaydigan tetra-va oogam tarzda o‘tadi. Gametalar ko‘puyali gametangiylarda bittadan yuzaga keladi. Jinsiy ko‘payishni amalga oshiradigan qo‘ng‘ir suvo‘tlarda 10 xilga yaqin feronlar aniklangan. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarining jinsiy ko‘payish ro‘y beradiganlarida spora reduktsiyali gaplo-diplo biontli yoki gametomorf rivojlanish ro‘y beradi. Jinssiz ko‘payishda sporalar diploid sporofitlarda, bir uyali sporangiylarda meyoz davrida yuzaga keladi. Gaploid zoosporalar va tetrasporalar gaploid gametafitni shakllantiradi, ularni ko‘puyali gametangiylarida gametalar hosil bo‘ladi. Gametalar o‘zaro ko‘shil-ganidan keyin yuzaga kelgan zigota diploid sporofitni shakllan-tiradi.
Rivojlanishning ikkinchi tipi gameta reduktsiyali diplobiondda reduktsion bo‘linish gameta hosil bo‘lishida ro‘y beradi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlar kurrai zaminimizda barcha dengizlarda tarqalgan, ularni zng ko‘p rivojlanishi mo‘tadil iklimli va qutb oldi kengliklariga to‘g‘ri keladi. Tropiklarda ularning ommaviy tarda rivojlanishi suvning sovugan vaktlariga to‘g‘ri keladi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlar turli narsalar-qoyalar, toshlar molyuskalarning chig‘onoqlari, boshqa suvo‘tlarga birikkan holda o‘sadi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarni chuchuk suvlarda 8turi uchraydi xolos. Ular Nerbahdiella, ectocarpus, Sphacelaria, Pseudobodanella, Lithoderma, Rleuracladia va Rorterinema turkumlariga mansub.
Qo‘ng‘ir suvo‘tlarining tabiatdagi ahamyati beqiyos darajada katta. Ular dengizlarning qirg‘oqlarida organik moddaning asosiy manbai, ko‘plab xayvonlarning oziqlanishi, yashash joyi, ko‘payishi uchun xizmat qiladi.
Qo‘ng‘ir suvo‘tlaridan oziq sifatida, xayvonlarga em hashak, o‘g‘it alginatlar va mannit olishda foydalaniladi. Laminariya turkumiga mansub turlardan har yili xo‘l massa hisobida 2 mln tonna yigishtirib olinadi. Alginatlar kolloid xususiyatli ekanligidan oziq- ovkat farmatsevtika sanoatida foydalaniladi. Alginat natriyni kukuni kofe, choy, kuritilgan sut kabilarni tez erishi uchun, alginatlarni suvli eritmalari go‘sht va baliq maxsulotlarini tuzlash uchun qo‘shiladi. Tekstil vaselyulloza qog‘oz sanoatida alginatlar bo‘yoqlarni qo‘yiqlashtirish uchun qo‘shiladi. Matolarga alginat kislotalarining tuzlari shimdirilsa ular namlanmaydigan, kislatalarga chidamli, mustahkamligi ortadi. Farmatsevtikada


Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish