Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet23/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Plankton suvo‘tlar. Plankton suvning yuqorisi-yuzasi-neystonda-hayot kechiradigan organizmlar kiradi. Suvning yuqori qatlamida mustaqil holda yashaydigan o‘simlik turlari fitoplankton deyiladi. Plankton suvo‘tlar xilma-xil suv havzalarida— okeanlar-dan tortib, to ko‘lmaklargacha bulgan joylarda o‘sadi. Turli suv havzalarining plankton suvo‘tlari sistematik jihatdan tarkibi doimo, hatto bir suv havzada, yilning turli fasllarida ham turlicha bo‘ladi. U albatta suvning fizikaviy va kimyoviy holatlariga bog‘liq. Suv havzasidagi suvo‘tlar guruhi, har bir mavsumda soni va turlari jihatdan ma’lum darajada farq qiladi. Bunday holat ko‘pincha chuchuk suv havzalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. qishda bir hu-jayrali evglenalar, dinofitalar, tillaranglar, sovuqsevar diatom suvo‘tlari ko‘proq uchraydi. Bahor va yozda suvning harorati ortishi bilan ko‘k-yashil va yashil, evglena suvo‘tlarining turlari ko‘p bo‘ladi.
Dengizlarning fitoplanktoni asosan diatom va dinofita suvo‘tlardan tashkil topgan. Plankton suvo‘tlari suv yuzasida qalqib o‘sishi uchun mahsus moslamalarni hosil qilgan. Bir xil turlari turlicha moslamalar-o‘simtalar, boshqalari koloniyalar, shilimshiq hosil qilsa, uchinchilari tanasida solishtirma og‘arliklarni kamaytira-digan modda (diatom suvo‘tlarda moy tomchilari, ko‘k-yashil suvo‘tlarda gaz vakuolalari)xosil qiladi. Bunday moslamalar chuchuk suvo‘tlarga nisbatan dengizlarda o‘sadiganlarda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Suv yuzasida bo‘lish uchun ularning o‘lcham-larini kichkinaligi ham muhim ahamiyatga ega.
Suvni yuzasida qalqib hayot kechiradiganlarni epineyston, uni ostidagilarni giponeyston deyiladi. Neyston organizmlar kichik suv havzalari (ko‘lmak, hovuz kabi) hamda dengiz va okeanlarda ham mavjud. Ayrim hollarda bu organizmlar juda ko‘p mikdorda ko‘payib suv sathini qoplab ham oladi.
Neystonda tillarang suvo‘tlaridan Chromulina ayrim yashil suvo‘tlari, masalan, Chamydomonda keng tarqalgan.
Bentos (suv tagi) organizmlariga suv tagi va undagi turli narsalarga birikib yoki birikmay, shu sharoitga moslashgan organizmlar kiradi. Bentos suvo‘tlar muayyan sharoitda o‘sishga abiogen va biogen omillar ta’siri ostida bo‘ladi. Bentos suvo‘tlarni o‘sishi uchun fotosintezlovchi organizmlar kabi yorug‘lik zarur. Undan foydalanish darajasi boshqa ekologik omillar: harorat, biogen va biologiya faol moddalari, kislorod, organik bo‘lmagan moddalar, eng muhimi bu moddalarini tallomiga shimilishi va suv oqimiga bog‘liq. Odatda suvning oqimi kuchli bulsa bentos suvo‘tlari ko‘p bo‘ladi.
Suv oqimining kuchi ayniqsa daryo, soy, kanal, irmoqlarda suvo‘tlarni tarqalishi va rivojlanishiga katta ta’sir qiladi. Bunday sharoitli suv havzalarida bentosning reofil organizmlar guruhi shakllanadi. Suv oqimi va biogen moddalar etarli darajada bo‘lmasa bentos suv o‘tlari yaxshi rivojlanmaydi. Biogen modda-larning manbai bo‘lib suv oqimi va suv osti cho‘kindilari hisob-lanadi. Bentos suvo‘tlarining rivojlanishiga ular bilan oziqlanadigan turli umurtqasiz hayvonlar va baliqlar ham ta’sir qiladi.
Bentos suvo‘tlari o‘sish joyiga ko‘ra epilit-qattiq joyda, epipielit-yumshoq joyda, epifit-o‘simliklar ustida o‘sadigan guruhlarga bulinadi.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish