Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet24/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Perifiton-deb nomlanadigan organizmlar (suvo‘tlar) guruhi ham bo‘lib ular suv havzasida suzib yuradigan turli predmetlarda o‘sadi.
Suvo‘tlar orasida haqiqiy bentos turlari bilan bir qatorda hayotini ma’lum vaqtini bentosda, boshqasini planktonda o‘tkaza-digan turlar ham kam emas. Ularni ko‘pchiligida o‘sish joyiga birikadigan moslamalar yo‘q, ayrimlaridagina shilimshiq bog‘lamlar yoki uzun o‘siqlar bor.
Qaynoq buloqlardagi suvo‘tlar 32-52°C da ayrim hollarda esa 90°C gacha haroratda o‘sa oladi. Ko‘pincha mineral tuzlar yoki organik moddalar ortiqcha bo‘lgan, masalan, zavod va fabrikalarning issiq oqova suvlarida o‘sadi. Bunday suv havzalarda odatda asosan ko‘k-yashil suvo‘tlar, kamroq diatom va ulardan ham kamroq yashil suvo‘tlar o‘sadi.
Qop va muzlikda o‘sadigan yashil, ko‘k-yashil va diatom suvo‘tlar kriofillar deyiladi. Ayrim vaqtlarda ular juda ko‘p mikdorda o‘sib qor va muzni yashil, sarik, moviy, qizil, jigarrang, qo‘ng‘ir hatto qora tusda tovlanishiga ham sabab bo‘ladi. Qorni zangori tusda bo‘lishiga Rhaphidonema nivelis, qizil ranga kirishiga esa CHlamydomonada, jigarranglikni Ancilonema hordenskiodii hosil qiladi. Bu suvo‘tlar qor yoki muzning yuza qismida bo‘lib, ular erish harorati 0°S atrofi vaqtida ommaviy ravishda ko‘payib, qor yoki muzni u yoki bu tusga kirishiga sabab bo‘ladi.
SHo‘r suv havzalarining suvo‘tlarini galobiontlar deyilib, ular suvda erigan osh tuzining kontsentratsiyasi 285 g/l dan 347 g/l gacha bulgan suv havzalarida tarqalgan. Suvning sho‘rligi bundan ortishi bilan suvo‘tlarning mikdori kamayib boradi. O‘ta sho‘rlangan (gipertalin) suv havzalarida Dunaliella, Asteromonas, Pedimonas tarqalgan. Ayrim gipergalin suv havzalarining tagi ko‘k-yashil suvo‘tlari bilan qoplangan, ularni asosiy qismini Microcoleus, Aphonothece, Spirulina, Oscillatoria turkumlarining turlari tashkil qiladi. Suvning sho‘rligi kamaya borishi bilan boshqa turlarga mansub suvo‘tlar ham paydo bo‘laboshlaydi.
Suvo‘tlar asosan suvda hayot kechirsada, undan tashqari turli tuman muhitlarda ham keng tarqalgan. Suv muhitidan tashqari-dagilarni aerofil, edafofil va litofil guruhlarga bulinadi.
Aerofil suvo‘tlarning o‘sish muhiti fizik, kimyoviy jihatidan ta’sir etmaydigan toshlar, tog‘ qoyalari, daraht po‘stloklari kabi qattiq substratlar hisoblandi. Ularni fakat atmosfera havosini namlanishi bilangina kanoatlanadigan hamda suv bilan yuvilib turadigan joylarda o‘sadigan guruhlarga bo‘linadi. Aerofil suvo‘tlar haroratni doimiy o‘zgarib turishi ta’sirida bo‘ladi. Kunduzi ular qiziydi, kechasi soviydi, kishda muzlaydi. Bu guruh suvo‘tlari asosan CHlorophyta, Cyanophyta qisman, Bacillariophyta guruh-lariga mansub bir hujayrali va ipsimon tuzulganlardan iborat.
Tuproq yuzasi va uning qa’ri ham suvo‘t uchun o‘sish muhiti bo‘lib, unga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsata oladigan suvo‘tlar guruhi edafofil deyiladi. Suvo‘tlarning rivojlanishi uchun fotorotof organizmlar kabi yorug‘lik ham zarur. SHudgor qilingan tuproqda yorug‘lik 1 sm gacha kirib boradi. Hayotiy xususiyatlarini saqlab qolgan suvo‘tlarni shudgorlanmagan tupoqlarda 20 sm gacha, shudgorlanganlarida esa 2,7 m chuqurlikgacha uchratish mumkin. Suvo‘tlar bu chuqurliklarda ko‘pincha tinim holida bo‘ladi.
Tuproq suvo‘tlariga xos harakterli xususiyat bo‘lib ularning “efemerligi”-tinim holatidan faol holatga tez o‘taolishi va aksinchaligi. Tuproq haroratining keskin o‘zgarishlariga ultrabi-nafsha va radioktiv nurlanishlarga chiday oladilar. Bu bilan ularning keng tarqalganligi ifodalanadi.
Tuproq suvo‘tlari asosan mikroskop orqali ko‘rsa bo‘ladigan tuzulishli bo‘lib, ularni orasida tuproq yuzasida o‘sib bemalol ko‘rsa, qo‘l bilan tutib ko‘rsa bo‘ladiganlarga ko‘k-yashil suvo‘t Nostoc commune yurtimizning to‘qbo‘zrang tuproqlarida, asosan adir va uning yuqori qismlarida, boshoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar tarqalgan sarhadlarda uchraydi. Tuproq suvo‘tlarining sistematik tarqibining asosiy qismini ko‘k-yashil va yashil suvo‘tlar tashkil qiladi. Tillarang va diatom suvo‘tlar ichida ma’lum darajada harakterlilari ham bor.

SUVO‘TLARNI AHAMIYATI


Suvo‘tlar jamiyatda bir qator amaliy ahamiyatga ega bulgan, oziq-ovkat, energetik muammolarni xil qilishda, atrof-muhit muhofazasida kosmosni, er qarini o‘rganish, sanoat hom-ashyosini qidirib topish, qurilish materiali, farmatsevtika preparatlari, biologik faol moddalar, biotehnologiyaning ob’ektlari sifatida muhim ahamiyatga ega.


Suvo‘tlar avvalo tabiatda organiq moddalar yaratish sifatida katta ahamiyatga molik hisoblanadi. Suv muhitidagilari usimlik va hayvonlarning nafas olishlari uchun zarur bulgan kislorodning yagona manbai bo‘lib hisoblanadi. Rus olimi V.I.Vernadskiy fikricha, gidrosferadagi organizmlar orasidagi kurash, bu kislorod uchun kurash demakdir. Suv havzalarining biologik mahsuldorligi, baliqchilik suvo‘tlari faoliyatiga bog‘liq.
Daryolar, ko‘llar va dengizlarda oziq-ovkat va kislorod manbai bo‘lib hisoblanadigan suvo‘tlari umurtkasiz hayvonlarning ko‘pchiligi uchun yashash joyi va baliqlarni uvuldiriq sochish hamda urug‘lanishi uchun joy hisoblanadi. Suvo‘tlar suvdagi organizmlarni kislorod bilan ta’minlashdan tashqari ifloslangan suvni biologik usul bilan tozalashda muhim ahamiyaga ega. Suvda ularning ommaviy ravishda ko‘payib ketishi ham biologik jihatdan ifloslanishga olib keladi.
Suvo‘tlar vitaminlar (tiamin, riboflavin, folat, nikotin va askorbin kislota) mikroelementlar va bir qator fiziologik faol moddalarning manbai ham hisoblanadi. CHlorella suvo‘tning 100 g tarqibidagi vitaminlar odamning 1 kecha-kunduzdagi ularga bulgan talabini kondiradi. SHu tufayli yurak-qon tomir va oshqozon kasalliklari bilan hastalangan bemorlarga ularning oziq-ovkatida suvo‘t bo‘lishi taklif etiladi.
Suvo‘tlar oziq sifatida ham ma’lum va mashhur qishloq-xo‘jalik mahsulotlaridan qolishmaydi. Ularning tarqibidagi oqsil-larning protsenti ko‘p (70% gacha). CHuchuk suv havzalari va dengizlarida o‘sadigan 170 turga mansub, ulardan 81 qizil, 54 qo‘ng‘ir, 25 yashil, 8 ko‘k-yashil suvo‘tlar odamlarning iste’molida mumkinligi aniqlangan. SHu maqsadlar uchun Porhyra, Laminaria, Gelidium, Macrocystis, Undaria, Rhodymenia, Monostroma, Ulva, enteromoroha, CHondris mahsus ko‘paytiriladi. Ular orasida Porphyia ko‘p mikdorda mahsus suv havzalarida o‘stiriladi.
Mikrosuvo‘tlardan CHlorella Malaziya va Filippinda oziq maqsadlarida har yili 500 tonna dan ortiq miqdora foydalaniladi.
Meksikada va boshqa bir qator mamlakatlarda ko‘k-yashil suvo‘ti Spirilina mahsus ko‘paytirilib yiliga 2000 tonna biomassa olinadi va uning kukunidan non mahsulariga 5-10% mikdorda qo‘shiladi va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Suvo‘tlar chorvachilikda oziqqa qo‘shimcha sifatida ancha keng qo‘llaniladi. Bizning respublikamizda ham chorvachilik va pillachilikda suvo‘tlardan foydalanish hisobiga o‘tgan asrning 80-yillarida olingan foyda 290 mln. so‘mdan iborat bulgan. CHorva mollarining ozig‘iga xlorella qo‘shib berilganda, bir qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan.
Tuproq suvo‘tlari organiq modda to‘plash, fizik-kimyoviy xususiyatini mikrobiologik faolligini yaxshilash bilan tuproq unumdorligini oshirishda ham ahamiyati katta. Suvo‘tlarni yuksak o‘simliklarning faoliyatiga ijobiy ta’sir etishi ham isbotlangan.
Dengiz suvo‘tlaridan olinadigan fikokolloidlar (agar, agaroid, agaroza, karraginin, agropektin) alginat kislota va uning tuzlar-alginatlar, mannit, sorbit va boshqalar sanoatning turli sohalari uchun muhim ahamiyatga molik hom-ashyo hisoblanadi.
Fikokolloidlar oziq-ovqat, farmatsevtika, kimyo, mikrobio-logiya, to‘qimachilik, qog‘oz-selluloza, parfyumeriya sanoati uchun eng zarur hom ashyodir.
Ilmiy maksadlarda (bakteriolgiya, amaliy mikologiya va algologiya) hamda sanitariya-epidemiologiyada agar moddasi ko‘p mikdorda ishlatiladi. Alginitlardan elim, lak, bo‘yok, plastmassa, sun’iy tolalar olishda, oziq-ovkatda (muzkaymok, mevalar sharbati, non mahsulotlari tayyorlashda) qo‘llaniladi.
Laminariya suvo‘tidan olinadigan laminarin gipotenzik ta’sir ko‘rsatuvchi, fukosterin sutemizuvchilar qon tarqibida holesterin moddasini kamaytiruvchi sifatida foydalaniladi.
Suvo‘tlarni yig‘ish va o‘rganish usullari xilma-xil. Bu turli guruh suvo‘tlarining ekologiya va morfologiya jihatidan o‘ziga xosliklari, shu bilan birga ularni o‘rganishning maksadlari bilan bog‘liq.
Fitoplanktonni o‘rganishda, agarda suvo‘tlar etarli darajada rivojlangan bo‘lsa, ozginasini mikroskop orqali ko‘rilaveradi. Suvo‘tlar bir qarashda etarli darajada rivojlanmagan bulsa, turli ko‘rinishlardagi plankton turi yordamida yig‘ib olinadi. Plankton turi metal halqa va unga o‘rnatilgan №77, 1sm2 da 5929 teshikchasi bo‘lgan kapron elakdan iborat. Fitoplanktondagi suvo‘tlarni miqdor jihatidan o‘rganishda ko‘pincha Rutner barometridan foydalaniladi. Fitobentosni o‘rganishda ham suv havzasi tagining harakteriga ko‘ra turlicha tadbir qo‘llaniladi.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish