Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet22/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Abiotik omillar. Abiotik omillarga harorat, yorug‘lik, suv va suvo‘t o‘sib turgan joyning tarkibi va xossasi, aerofit va suvdan tashqarida o‘suvchi suvo‘tlar uchun havoning holati va boshqa omillar kiritiladi.
Suvo‘tlarning ko‘pchiligi uchun suv doimiy o‘sish muhiti hisoblanadi. Suvda erigan tuzlar va shunga ko‘ra uni sho‘rligi suvo‘tlarni tarqalishiga ta’sir etuvchi omillar, cheklovchi darajadagi muhim omillardan hisoblanadi. Suvda erigan tuzlarni mikdori, shunga ko‘ra suvo‘tlarni bunday suv havzalarida o‘saolishlariga ko‘ra oligogalin, mezogalin, ultragalin guruhlariga bo‘linadi.
Bunday suv havzalarida o‘sadigan suvo‘tlarni turi va ularni mikdori suvni sho‘rligi bilan bog‘liq.
Har bir suvo‘tlar guruhida turli darajada sho‘rlangan suvlarda o‘sadigan turlarini topish mumkin. Ko‘k-yashil suvo‘tlar, asosan chuchuk suvlarda, qisman sho‘r suvlarda tarqalgan. Tillarang suvo‘tlarning anchagina turlari dengiz suvlarida ko‘p. Diatom suvo‘tlari dengiz va chuchuk suvlarda deyarli bir xil darajada tarqalgan.
Ko‘ng‘ir suvo‘tlari suvning sho‘rligini bir oz o‘zgarishini darhol sezadi. Xullas, suvo‘tlar suvning sho‘rlanishini ancha katta darajada o‘zgarishlariga moslashgan holda o‘sish imkoniyatlariga ega.
O‘sish muhitida suvo‘t uchun zarur bo‘lgan makro- va mikroelementlarning mavjudligi ularni rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Makroelementlar va ularning birikmalari (makrotrof biogenlar ham deb ataladi) organizm uchun ko‘p mikdorda talab qilinadi. Ular orasida azot va fosfor eng muhim ahamiyatga ega. Azot barcha oqsil molekulasining tarqibiga, fosfor oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarini muhim ahamiyatga ega bulgan yadroning tarqibiy qismi hisoblanadi. Kaliy, kaltsiy, oltingugurt, magniy kabi elementlar ham azot va fosfor kabi zarur.
O‘simlik uchun juda oz mikdorda zarur bo‘ladigan mikroele-mentlar ham ular hayotida alohida ahamiyat kasb etib, ayrimlari turli fermentlarni tarkibiga kiradi. Mikroelementlar ko‘pincha cheklovchi omil sifatida ham bo‘ladi. Ularga 10 element: temir, marganets, ruh, mis, bor, kremniy, kobalt, molebden, xlor va vanadiy kiradi. Fiziologiya nuktay nazardan ularni uch guruhga bo‘linadi:
Fotosintezni amalga oshrishda zarur bo‘ladiganlari: temir, marganets, rux, xlor va vanadiy. Azot almashinuvini ta’min-lovchilar: temir, bor, kobalt, molebden.
Boshqa metobalit jarayonlarni tezlashtirishda ishtirok etadiganlari: marganets, mis, bor, kremniy, kobalt. Turli sistematik guruhlarga mansub suvo‘tlarning makro- va mikroelementlarga bo‘lgan talabi ham turlicha. Diatom suvo‘tlari o‘sish va rivojlanish uchun hamda qattiq po‘sti sovutni hosil qilish uchun anchagina mikdorida kremniy tuzlari zarur. Kremniyni kamligi yoki ko‘pligi tufayli diatom suvo‘tlarning sovuti qalin yoki yupqa bo‘ladi. CHuchuk suvlar va dengizlarda o‘sadigan suvo‘tlarning deyarli barcha turlari uchun nitratlar va fosfatlar cheklovchi sifatida ishtirok etadi.
Quyosh yorug‘ligi o‘simliklar hayotida suvdan kam bulmagan ahamiyatga ega. YOrutlik o‘simliklarga fotokimyoviy reaktsiyalarni borishi uchun muhim manba va ularni rivojlanishini nazorat etuvchi omil hisoblanadi. Uning ortiqchaligi huddi etishmovchiligiday suvo‘tlarning rivojlanishida juda jiddiy buzilishlarga sabab bo‘ladi.
Suv kuyosh nurini atmosferaga nisbatan ko‘proq shimadi. To‘lqin uzunligi uzun bulgan iliq nurlar suvning yuzasidayoq shimiladi, infraqizillar bir necha santimetr chuqurroqda, ultrabi-nafsha nurlar esa bir metr, to‘lqin uzunligi 500 nm atrofidagilari esa 200 nm chuqurlikgacha etib boradi. Suv havzasining yoritilganligi:
1. Suv yuzasini yoritilish sharoiti bilan.
2. Suv yuzasidan yorug‘likni kaytarilish darajasiga.
3. Quyosh nurlarni suv qatlamida tarqalishi va shimilishiga bog‘liq.
Dengizdagi suvo‘tlari odatda 60 m, ba’zan 100-120 m, okeanlarning tinik suvlarida 140 m chuqurlikgacha tushib boradi. Ko‘llarda 10-15, ayrim hollarda 20-30 metr chuqurliklarida suvo‘tlari tarqalgan.
Suvo‘tlarni ham yorug‘likka nisbatan yuksak o‘simliklar kabi geliofil (yorug‘sevar) va geliofob (soyasevar) guruhlarga bo‘linadi.
Suvo‘tlarning turli guruhlarida pigmentlar fotoretseptorlarning tarkibiga bog‘liq holda fotosintez jadalligi turli yorug‘lik uzunligiga ega bo‘lgan nurlarga bog‘liq. Quruqlikda yoritilish deyarli o‘zgarmas, shunga ko‘ra fotosintez ham unga bog‘liq. YOrug‘lik suvdan o‘ta borgan sari qizil va ko‘k rang shimilib xlorofill tomonidan yaxshi shimilmaydigan yashil nyp chuqurroqqa kirib boradi. SHu tufayli chuqurroqda fikotsian, fikoeritrin va boshqa fotosintezlovchi pigmentlar bo‘lgan qizil va qo‘ng‘ir suvo‘tlar o‘sadi. Bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, dengiz va okeanlarda suvo‘tlarni chuqurliklar bo‘yicha taqsimlab tarqalishida: yuqori katlamda yashil, chuqurda qo‘ng‘ir, yana chuqurroqda qizil suvo‘tlar tarqalgan. Ammo bu konuniyat ham nisbiy muqum emas. Suvo‘tlarning ko‘pchiligi yoritilishi eng kam sharoitda ham o‘sa oladi. Ular kam yoritilgan joylarda pigment tarkibini o‘zgartirib yoki uni oziqlanishida moslanishlar hosil qiladi. Euglenophyta, SHrysohyta bulimlariga mansub suvo‘tlar yorug‘lik etishmaganda va organik modda ko‘pligida saprotrof oziqlanishga o‘tadi.
Suvo‘tlar tashqi muhitning haroratiga ko‘ra oddiy sharoitlardan tashqari, qaynash darajasiga yaqin bo‘lgan buloqlarda, muz va qorda ham o‘sayotganligi ko‘rinadi.
Harorat omilining ta’siriga ko‘ra, suvo‘tlar turli haroratda o‘sa oladigan evriterm va ma’lum haroratdagina o‘sa oladigan stenoterm guruhlariga bulinadi.
Stenotermlarga kriofil-sovuqsevar, suvni muzlash darajasiga yaqin haroratda o‘saoladiganlari kritiladi. Bunday Desmidiales, Ulothricales, Volvocales, tartiblarini suvo‘tlari keng tarqalgan. Arktika va Antarqtikaning suvlarida 80 turga mansub kriofil diatom suvo‘tlar aniqlangan. Hozirgacha 100 dan ortiq turga mansub kriofil suvo‘tlar bor.
YUqorida kayd etganimizday suvo‘tlar anchagina issiqbuloqlar vulqonlarining ko‘llari, sanoat qorhonalarida foydalanilgan issik suvlarda ham bemolol o‘saoladi. Bunday sharoitda o‘sadiganlarni termofillar deyiladi. Termofil suvo‘tlar 35-52 dan 84°S va undan yuqori haroratli suvlarda ham o‘sa olishlari aniqlangan. Bunday sharoitda 200 dan ortik turlarga mansub suvo‘tlar o‘sishi ma’lum. Oddiy sharoitli suvlarda o‘sadigan mezofillar esa ko‘pchilikni tashkil etadi.
Harorat omili suvo‘tlarni suv havzasida vertikal hatto geografik jihatdan taksimlanishiga ham ta’sir qiladi. Plankton va bentos suvo‘tlarining muayyan turlari belgilangan geografik sarhadlarda tarqalgan. Yirik tallomli qo‘ng‘ir suvo‘tlar, masalan, Macrocystis shimoliy dengizlarda keng tarqalgan. Janubga borgan sari qizil suvo‘tlar ko‘payib, qo‘ng‘irlari ikkinchi darajaga tushib qoladi.
Suvo‘tlarning geografik tarqalishida harorat bilvosita alohida turlarda fotosintezni tezlashishiga, shunga ko‘ra boshqalarida pasayishiga, bu esa ma’lum turlarni barq urib rivojlanishiga, ikkinchilarini siqib chikarishga olib keladi.
YUqorida bayon etilgan barcha abiotik omillar suvo‘tlarning o‘sish, rivojlanishi, geografik taqsimlanishiga hamjihat, o‘zaro bir birini to‘ldirgan holda ta’sir qiladi.
Suvo‘tlarning o‘sishi, tarqalishi kabilarga abiotik omillardan tashqari trofik omillar ham katta ta’sir qiladi. Suvo‘tlar ekosistemada organik moddalarni hosil qiluvchi bo‘lib hisoblanadi. SHu sababli muayyan ekosistemada ular bilan oziqlanadigan konsumentlar ham katta ta’sir qiladi. Ayrim baliqlar qo‘ng‘ir, yashil, qizil suvo‘tlar yumshok tallomini hush ko‘rib iste’mol qilishadi. Qorinoyokli molyuskalar ham baliqlardan qolishmaydi. Ularning ommoviy ravishda ko‘payishi suvo‘tlarning rivojiga ancha sezilarli darajada salbiy ta’sir qiladi. Suvo‘tlari orasida ham boshqa organizmlar bilan simbioz hayot kechirish uchraydi.
Suvo‘tlarni o‘sish muhit-substratga ko‘ra, boshqa o‘simliklar ustida-epifit, hayvonlar ustida-zoofit holda ham bo‘ladi. Molyuska-larning chig‘onoqlarini ustida Cladophora, Oedogonium va boshqa yashil, ko‘k-yashil, diatom suvo‘tlarning turlarida uchraydi.
Suvo‘tlar boshqa organizmlarning to‘qimlari orasida endofit sifatida ham o‘sishi mumkin. Bunday endosimbioz ko‘k-yashil, qo‘ng‘ir va boshqa bir hujayrali hayvonlar bilan birga bo‘ladi. Ularda ishtirok etadigan suvo‘tlarni zooxlorell va zooksantell deyiladi.
Suv paporotnigi Azolla filiculoides qaerda o‘sishiga karamay u bilan birga doimo ko‘k-yashil suvo‘tlardan Anabaena azolla simbioz holda o‘sadi. Har ikkala organizm orasida mahsus fiziologiyasi jihatidan aloqadorlik mavjudligi bilinib turadi. Suvo‘tlar simbiozlari orasida zamburug‘lar bilan hosil qilgan lishayniklar deb ataladigan mahsus o‘simliklar guruhi alohida ahamiyatga ega (bu hakida alohida batafsil tuhtalamiz).

SUVO‘TLARNI TARQALISHI


Suvo‘tlar er kurrasi bo‘ylab turli suv, quruqlik va tuproq biotoplarida keng tarqalgan. Bu organizmlarning quyidagi ekologiya jihatdan guruhlari ma’lum:


Plankton suvo‘tlar
Bentos suvo‘tlar
Quruqlik suvo‘tlari
Tuproq suvo‘tlari
Qaynoq buloqlar suvo‘tlari
Muz va qor suvo‘tlari
SHo‘r suvlardagi suvo‘tlar.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish