Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet20/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Jinssiz ko‘payish. Suvo‘tlarning jinssiz ko‘payishi maxsus-langan hujayra-spora yordamida amalga oshadi. Spora yoki zoospora (xivchinli cnopa) oddiy vegetativ hujayralardan o‘zining o‘lchami va shakli, hamda yuzaga kelishi bilan ham farqlanadigan maxsus sporangiy deb ataladigan hujayralarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Spora va zoosporalar oddiy vegetativ hujayralardan o‘lchamlarini ancha kichikligi bilan farqlanadi. Ular yumaloq, cho‘ziqyumaloq, tuxumsimon, tetraedr, po‘stli yoki po‘stsiz bo‘lishi mumkin. Sporangiyda hosil bo‘layotgan sporalarni soni bittadan (Oedogonium, Vaucheria) bir necha yuzlab (Cladophora) bo‘ladi. Suvo‘tlar hayotida sporalar tarqalish vazifasini ham bajaradi.
Sporalar hosil bo‘lishi va rivojlanish bosqichlariga ko‘ra ekzo- va endosporalar (ko‘k-yashil suvo‘tlarning harakatsiz sporalari) aplonosporalar (avtospora, gipnospora, gemizoosporalar yashil suvo‘tlarning harakatlanadigan sporalari, mono va tetrasporalar (qo‘ng‘ir va qizil suvo‘tlarning harakatlanmaydigan sporalari) bispora va guruhlariga ajratiladi.
Gaploid aplanosporalar va zoosporalar prokariot va eukariot suvo‘tlarda uchraydi. Ulardan ayrimlari, masalan Volvox turku-mining zoosporalari voyaga etgan hujayralarga aynan o‘xshash bo‘ladi. Zoosporalarning 1,2,4 yoki ko‘p miqdordagi xivchinlari bor. Aplanosporalar ko‘pincha sporangiy ichidayoq po‘st bilan o‘ralib, voyaga etgan hujayraga o‘xshashligi tufayli avtospora ham deyiladi. Aplanosporalar o‘zoq vaqt tinim davrida bo‘lishga moslashganligi tufayli gipnospora ham deyiladi. Xivchinlarini yo‘qotgan, ammo qisqaruvchi vakuola va ko‘zchasi mavjud zoosporani gemizoospora deyiladi.
Sporani tuzilishi va uni hosil bo‘lishi suvo‘t sistematikasi uchun katta ahamiyatga ega.

Jinsiy ko‘payish, jinsiy jarayon


Suvo‘tlarning jinsiy ko‘payishi jinsiy jarayon bilan bog‘liq bo‘lib, u ikki hujayrani qo‘shilishi va yangi suvo‘t yoki zoosproraga aylanadigan zigota hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Jinsiy jarayonni yuzaga kelishi suvo‘tlarning tarixiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan. Suvo‘tlardagi jinsiy ko‘payish bir qancha ko‘rinishlarda boradi. Hozirgi zamon suvo‘tlarida ham jinsiy jarayon juda soddaligicha qolgan. Bunga suv muhiti sabab bo‘lib, u uzoq asr, vaqtlar davomida kam o‘zgargan. Suvo‘tlardagi jinsiy jarayon maxsus hujayra hosil qilmay va shunday hujayra hosil qilish bilan amalga oshadi.






Plevromitoz

Ortomitoz

YOpiq

Tashqarida



------

YAdroda





YArim yopiq





Ochiq

----



Suvo‘tlardagi mitoz tiplarini umumlashtirilgan sxemasi(S.A.Karpov, 2001; I.B.Raikov, 19924

Jinsiy jarayonni maxsus hujayra hosil qilmay ro‘y berishini eng soddasi gologamiya- po‘sti bo‘lmagan ikki vegetativ hujayrani qo‘shilishidir. Bir hujayrali xivchinli suvo‘tlarda, masalan. yashil suvo‘tlardan Volvox turkumida voyaga etgan ikkita vegetativ hujayrani o‘zaro qo‘shilishi bilan ro‘y beradi. Xivchinsiz ikkita vegetativ hujayrani o‘zaro qo‘shilish jarayoni konyugatsiya deyiladi. Bu jinsiy jarayon yashil suvo‘tlaridan faqat matashuvchilar sinfi vakillari uchun xos holos. Jinsiy jarayonda ishtirok etayotgan hujayralar gametalar vazifasini bajaradi. Hosil bo‘lgan hujayra tashqi ko‘rinishidan xech ham farqlanmaydi, ammo ular fiziologiya jihatidan, biri erkak, ikkinchisi urg‘ochi vazifasini bajaradi. Zigota tinim davrini o‘tagach unib, bitta (Zygnematales) ikkita (Desmidiales) yoki to‘rtta (Mesataeniales) o‘simtani hosil qiladi.




Suvo‘tlardagi jinsiy jarayon, shu jumladan bir hujayrali xivchinli tuzilganlarida ham, ko‘proq hollarda hujayra borligini bo‘linib maxsus hujayra-gameta hosil qilishi bilan ro‘y beradi. Barcha suvo‘tlarda, shu jumladan, yashil suvo‘tlaridan Conju-gatophyceae va qizil suvo‘tlaridan tashqari erkak gametalar odatda xivchinli, urg‘ochi gametalarda esa doimo bo‘lavermaydi. Gametalar spora va zoosporalar kabi ham bo‘ladi. Sodda tuzilgan suvo‘tlarda gametalar vegetativ hujayralarda, murakkablarida maxsus hujayra gametangiylarga joylashadi.
Gametalarning o‘lchamlari turlicha, shunga ko‘ra jinsiy jarayon bir necha xillarga bo‘linadi. Agar qo‘shilayotgan hujayralarning o‘lchamlari va shakli bir xilda, o‘xshash bo‘lsa, bunday jinsiy jarayon izogam yoki izogamiya deyiladi. Haqiqiy izogamiya Volvocales tartibining bir hujayrali va koloniyali tuzilganlarida keng tarqalgan. Chlamydomonadales tartibining ayrim suvo‘tlaridagi jinsiy ko‘payishda zoosporaga o‘hshash 32 yoki 64 ta gametalar hosil bo‘ladi. Agar qo‘shilayotgan gametalar o‘zaro o‘xshash shaklda bo‘lib, o‘lchamlari turlicha, urg‘ochi gameta erkak gametadan kattaroq bo‘lsa, geterogam jisiy jarayon yoki geterogamiya ro‘y beradi. Jinsiy jarayonda kattaroq, xivchinsiz harakatlanmaydigan ug‘ochi gametaga tuxum hujayra va erkak spermatozoid yoki anterizoid ishtirok etsa oogamiya deyiladi. Tuxum hujayrali gametani oogoniy, spermatozoidlisi esa spermatangiy yoki ko‘pincha anteridiy deyiladi.
Erkak va ug‘ochi gametalar bitta suvo‘tda yoki koloniyada (ikki uyli yoki ikki jinsli) yoki ikkita suvo‘tda (ikki uyli yoki alohida jinsli) rivojlanishi mumkin. Izogam jinsiy jarayon ro‘y beradigan suvo‘tlarda gomotallik va getrotallik turlar bo‘ladi. Dastlabkisida gametalar bitta tallom yoki koloniyada, keyingisida esa har xil hosil bo‘lganlari o‘zaro qo‘shiladi, ular tashqi ko‘rinishlari jihatidan o‘zaro farqlanmaydi. Ularni “qo‘shuv” va “oluv” belgilari bilan belgilanadi va shunga ko‘ra qo‘shuv-gameta (+ gameta) va oluv-gameta (- gameta) deb nomlanadi. Suvo‘tlarda urg‘ochi gametani partenogenez rivojlanishini urug‘lanmasdan ham ro‘y beradi. Bunday gametalar zigosporalarga o‘xshab ketadi, ularni azigota yoki partenospora deyiladi. Avtogamiya deb ataladigan jinsiy jarayon ham uchraydi. Bunda hujayra meyoz yo‘li bilan bo‘linib to‘rtta yadroni hosil qiladi, ulardan ikkitasi qo‘shilib diploidli yadro zigotani hosil qiladi va u tinim davrini o‘tamasdan o‘lchamlari kattalashib auksosporaga aylanadi. Auksospora ma’lum muddat davomida etiladi, undan yangi hujayra rivojlanadi, o‘lchamlariga ko‘ra u ona hujayradan katta bo‘ladi.
Qizil suvo‘tlarining ayrimlarida boshqa suvo‘tlarida uchramaydigan oogamiyaning maxsus turi ro‘y beradi. Erkak va urg‘ochi gametalar xivchinini yo‘qotgan. Urug‘lanishda urg‘ochi gameta o‘zi hosil bo‘lgan gametangiydan chiqib ketmaydi erkak gameta spermatsiy spermotogoniy deb ataladigan gametangiydan chiqib ketadi va suv oqimi bilan tarqaladi. Oogoniy ancha murakkab tuzilgan. Xloroplastsiz bu hujayra-korpogon deb ataladi. Birmuncha sodda tuzilishli qizil suvo‘tlarda karpogonda plastidlar bo‘ladi.
Florideophyceae sinfining suvo‘tlarida karpogon maxsus tuzilishga ega. Hujayraning pastki yadroli qismi yumalok, yuqorisi cho‘ziq-trixogina spermatsiylarni tutish vazifasini bajaradi. Spermatsiy bir hujayrali yumaloq yoki tuxumsimon tuzilgan. Bangiophyceae sinfining vakillarida u yalong‘och, po‘stsiz, Florideophyceae sinfining suvo‘tlarida karpogon yuzaga kelgan vaqtida u yupqa po‘st bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Hara suvo‘tlaridagi jinsiy jarayon ham o‘ziga xos ravishda ro‘y beradi. Urg‘ochi jinsiy tuzilma oogoniy va erkak anteridiy ko‘p hujayrali tuzilgan va suvo‘tlarning ko‘pchiligida bitta o‘simlikda rivojlanadi, ammo ikki uylilari ham bor. Oogoniy cho‘zik yumalok, uzunligi 1mm ga etadi. Uni pastida kalta bandi, yuqorisida 5 yoki 10 hujayradan iborat tojsimon qismi bo‘ladi. Anteridiy 0,5 mm kattalikdagi yumalok shaklda va u 8 bo‘lakdan iborat, juda ko‘p jinsiy hujayralar-anterizoidlar hosil qiladi.
Urug‘langan tuxum hujayra oogoniy ichida rivojlanadi. Uni o‘lchamlari turli sistematik guruh suvo‘tlarda turlicha kattalikda va 0,3 mm dan deyarli 1mm gacha boradi. Oospora etila borishi bilan uni po‘sti qotib boradi suberin va kremniy tuzlari bilan shimila boshlaydi. Etilgan oospora jigarrang-sarg‘ish, to‘q jigarrang hatto qora tusda, yaltiroq bo‘ladi. Tinim davridan so‘ng oospora unadi va yangi hara o‘simligini hosil qiladi.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish