Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet19/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Sifonal tuzilma. Sifonal (hujayrasiz) tuzilma birmuncha yirik makroskopik tuzulgan tallom ichida ko‘p miqdorda organellalari bo‘lgan, ko‘ndalang devorlarga ajralmay hujayralarga bo‘linma-ganligi bilan harakterlanadi. Bunday tallomda ko‘ndalang devor (to‘sik) tasodifan masalan, uni jarohatlanishi yoki ko‘payish organlari hosil bo‘lgandagina yuzaga keladi. Har ikki holatda to‘siq ko‘p hujayrali organizmlarda hosil bo‘ladiganlaridan farqlanib yuzaga keladi.
Sifonal tuzilmani yuzaga kelishi kokkoid darajadagi tuzilmani polimerlanishi tufayli yuzaga kelgan deb qaraladi. Bu tuzilma darajasi ichida ham oddiydan murakkabga tomon morfologiya va vazifasi jihatidan murakkablashib borishi kuzatiladi. Tashqi ko‘rinishidagi murakkablanishlarini ayrimlari yuksak o‘simliklarni eslatadi.
Sifonal tuzilma ayrim yashil va sarikyashil suvo‘tlarda uchraydi. Bu tuzilmani yuzaga kelishi ayrim taksonlarni paydo bo‘lishiga va qadimgi geologik davrlarda dengiz va okeanlarda keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Ammo suvo‘tlarning bu morfologiya jihatidan evolyutsiyasi, hujayrani vegetativ bo‘linishi bilan ko‘payadiganlar evolyutsiyasidagi raqobatga dosh berolmay boshi berk tarixiy taraqqiyotga ega bo‘lib qoldi.
Sifonokladial tuzilma. Bu tuzilmaning asosiy belgisi bo‘lib, birlamchi hujayrasiz tallomdan segregat bo‘linishlar asosida ko‘p yadroli murakkab birlamchi tallomni hosil bo‘lishi hisoblanadi. Segregat bo‘linish asosida mitoz va sitokinezni o‘zaro bog‘lanmaganligi turadi.
Sifonokladial tuzilmani morfologiyasi ham turlicha bo‘lib, Volonia turkumida pufaksimon, Cladophora ipsimon tallomning qismlari tabaqalashgan holga ega.
Sifonokladial tuzilma faqat yashil suvo‘tlariga xos holos. Bu tuzilma morfologiya jihatidan turlicha tuzulishli tallomlarni hosil qilgan bo‘lsa ham tarixiy taraqqiyotda istiqbolli bo‘lmay boshi berk ko‘chaga kirib qolgan deb hisoblanadi.

SUVO‘TLARNI KO‘PAYISHI




Vegetativ ko‘payish. Suvo‘tlardagi vegetativ ko‘payish bir necha yo‘llar; oddiy ikkiga bo‘linish, kurtaklanish, ko‘p hujayrali tallomni o‘sishi, tallomni bo‘laklarga bo‘linib ketishi, tuganaklar va akinetalar hosil qilishi bilan ro‘y beradi.
Oddiy ikkiga bo‘linish bir hujayrali harakatlanadigan va harakatlanmaydigan suvo‘tlarga xos bo‘lib, u turli usullar bilan amalga oshadi. Eng oddiyi amyobali tuzilmalarda hoxlagan yo‘nalishda ro‘y beradi. Suvo‘t tanasi cho‘zilib, uni o‘rtasida ko‘ndalang devor paydo bo‘ladi va u tobora chuqurlashadi va organizm deyarli bir xil kattalikdagi ikki qismga bo‘linadi. Sitoplazmani bo‘linishi yadro bo‘linishi bilan bir vaqtda amalga oshadi, natijada ikkita yangi amyoba hosil bo‘ladi. Ba’zan bo‘linish oldidan amyoba harakatdan to‘xtab yumoloqlanadi. Bu vaktda unisitoplazmasi tiniqligi va ta’sirlanishini yo‘qotadi, vakuola erib ketadi, ya’ni hujayra o‘z belgilarini yo‘qota boshlaydi. Bo‘linish oxirida, telofazada hujayra cho‘ziladi, undan keyin yangi hosil bo‘lgan hujayrada amyobaga xos organoidlar paydo bo‘ladi. Agarda bo‘linish davridasitoplazmani to‘liq ajralib ketishi ro‘y bersa, eng sodda tuzulishli koloniya- plazmodiy yuzaga keladi. Bu plazmodiy miksomitsetlardagi plazmodiylardan farq qiladi. Miksomitsetlarda bu spora hosil qilish yoki jinsiy bosqichning o‘ziga xos bosqichi bulsa, suvo‘tlarda ko‘payishning hali ohiriga etmagani hisoblanadi.
Xivchinli suvo‘tlarda vegetativ ko‘payish birmuncha murak-kabroq bo‘lib; 1) hujayrasidagi o‘zgarishlarsiz harakatdan to‘xta-magan holda ko‘payish; 2) hujayrasida qisman o‘zgarishlar ro‘y berib ko‘payish; 3) hujayrani harakatdan to‘xtab harakatlan-maydigan hujayrada qisman o‘zgarishlar ro‘y berib; 4) harakat-lanmaydigan hujayrada to‘liq darajada o‘zgarishlar sodir bo‘lib,sista holidagi bo‘linish ro‘y beradi.
Tillarang va evglena hamda yashil suvo‘tlarning volvokslar tartibiga mansublarida ko‘payish hujayrada o‘zgarishlar ro‘y bermay, harakatdagi holatida ham bitta yo‘nalishda ro‘y beraveradi.
Harakatdan to‘xtagan hujayrada qisman o‘zgarishlar ro‘y berishi bilan ko‘payish volvokslarda mavjud. Ikkita xivchinlardan bittasini yangi hujayra oladi, ikkinchisini hosil qiladi. Agar xivchin bitta bo‘lsa, u yangi hosil bo‘layotganlardan birida qoladi, ikkinchisini hosil qiladi. Bunday holat bir xivchinli tillarang suvo‘tlarida ayrim evglenalarda va yashil suvo‘tlardan xlamido-monadalarda sodir bo‘ladi. Xloroplastning bo‘linishi bilan pirenoid ham bo‘linadi, agar ular ko‘p bo‘lsa yosh hujayralar orasida taqsimlanadi. YAlong‘och tuzulganlarida stigma xloroplast bilan bir vaqtda bo‘linadi, qalin po‘stli suvo‘tlarda stigma hujayrani bo‘linish vaqtida yangi hujayradan bittasiga o‘tadi yoki butunlay yo‘qolib ketib yangi, hujayralarda qaytadan hosil bo‘ladi, qisqaruvchi vakuolalar ham taqsimlanadi.
YUqorida qayd etib o‘tilgan ko‘payish barcha bir hujayrali monad tuzulgan suvo‘tlarga xos. Ba’zi o‘zgarishlar ham ro‘y berishi mumkin. Maxsus uycha ichida yashaydigan yoki hujayrasi sovutli bir hujayrali suvo‘tlar o‘zaro teng yoki teng bo‘lmagan qismga bo‘linadi. Bo‘linish tugagach eski uycha yoki sovutni tashlab yangisini hosil qiladi.
Kokkoid tuzilmali suvo‘tlardagi vegetativ bo‘linish soddaligiga ko‘ra amyoboidga uxshab ketadi. U bir yoki birnecha yo‘nalishlarda ro‘y berib, yakka hujayra yoki koloniyani hosil qiladi. Oddiy ipsimonlarning bo‘linishi bitta, plastinka shakldagilarda ikkita, boshqalarda uch va undan ko‘p yo‘nalishlarda amalga oshadi.
Ipsimon tuzilmali suvo‘tlarda vegetativ ko‘payishni ikkinchi xili yani kurtaklanish ham ro‘y beradi. Ipni uzunasiga o‘sishi hujayrani uzayishiga olib kelsa, interkalyar usulida kurtaklanish ro‘y berib, yonbosh qismini hosil qiladi. YOnbosh kurtakni hosil qilgan hujayra endi bo‘linishdan to‘xtaydi. YAshil suvo‘tlardan Draparnaldia turkumining markaziy qismi va undan tarmoqlangan yon qismlari birmuncha maydarok hujayralardan iborat. YOnbosh shoxlanish yashil suvo‘tlardan Chaetophoraceae, Cladophoraceae oilalarga xos va qizil suvo‘tlarning barcha turlarida ham ro‘y beradi. Suvo‘tlarni bir hujayralilardan ko‘p hujayralilargacha murakkab-lashib borishi bilan birga uning vegetativ ko‘payishida ham takomillashuv ro‘y bergan.
Koloniya hosil qilgan suvo‘tlarda ko‘payish bo‘laklarga bo‘linib ketishi,uni chekkasidagi hujayra yoki hujayralar guruhini ajaralib ketishi bilan amalga oshadi. Koloniyani ko‘payishiga undagi hujayralarni jadal ravishda o‘sishi yoki tashqi muxitning ta’siri hisoblanadi. Koloniyani ko‘payishi uni ikki bo‘lakga bo‘linishi bilan ham ro‘y beradi. Masalan, tillarang suvo‘tlarda (Synura) hujayralari eng katta o‘lchamga etgach, koloniya teng ikkiga bo‘linadi.
Ko‘p hujayrali ipsimon va parenximatoz tuzilmali suvo‘tlardagi bo‘linish davrida ulardagi o‘sish joylarini joylanishiga bog‘liq holda tallomning diffuz, interkalyar, apikal o‘sishi ro‘y beradi. Agar tallomdagi har bir hujayra bo‘lina olsa, ularda diffuz o‘sish ro‘y berib, u Siphonophyceae da kuzatiladi. Ipsimon suvo‘tlardagi interkalyar o‘sish eng oddiysi hisoblanadi. Apikal o‘sish tukima tuzilmalilarda ko‘p uchraydi.
Suvo‘tlardagi vegetativ ko‘payishlardan biri uni bo‘laklarga bo‘linib ketishi bo‘lib u turlicha ko‘rinishlarda; gormogoniyalar, gonidiyalar, kokkilar, ipni bo‘lakchalarga uzilishi, rizoidlarni o‘sishi kabi bo‘ladi. Bo‘laklarga bo‘linishning sababchisi mexanik ta’sir, masalan, suv to‘lqini, uni oqimi, hayvonlarni g‘ajishi yoki ular orasidagi mavjud aloqalarni buzulishi hisoblanadi. Keyingisi ko‘k-yashil suvo‘tlarida keng tarqqalgan bo‘lib, gormoniylar yordamida amalga oshadi, sinfni nomlanishi ham shundan. Gormoniy hosil bo‘lishidagi bo‘laklarga bo‘linishi trixomadagi birnecha hujayralarni haloqati bilan sodir bo‘ladi. Har bir gormogoniy 2-3 yoki ko‘proq hujayralardan iborat bo‘lib, ular ajratadigan shilimshiq yordamida (agar bo‘lsa) sirpanib yoki to‘lkinsimon harakatlanib asosiy qismidan ajralib ketadi. Har bir gormogoniy yangi suvo‘tni hosil qiladi. Gormogoniyga o‘xshagan hujayralar guruhi qalin po‘st bilan o‘ralgan bo‘lsa ularni gormospora yoki gormotsista deyiladi. Keyingisi ko‘payish va noqulay sharoitga bardosh berish vazifasini o‘taydi.
Ko‘k-yashil suvo‘tlarning ayrim turlarida tallomdan ajraladigan bir hujayrali qismlarni gonidiy, kokki yoki planokokki deyiladi. Gonidiyalar shilimshiqli, kokkilarda aniq bilinib turadigan po‘sti yo‘q, planokokkilar ham yalong‘och, ammo faol harakatlanadi.
Ipsimon tuzilmani bo‘laklarga bo‘linib ketib ko‘payishi barcha guruh suvo‘tlarga xos, bu ayniqsa yashil suvo‘tlaridan Zygne-matales tartibida yaqqol nomoyon bo‘ladi. Ipni parchalanishi uni xoxlagan joyidan bo‘lmay, ma’lum uzunlikni tashkil qiladigan joylarida, ammo ba’zi hollarda hamma ip aloxida hujayralarga parchalanib ketishi mumkin.
Tallomni bo‘laklarga bo‘linib ketishi har doim ham yangisini hosil bo‘lishiga olib kelavermaydi. Dengiz qirg‘oqlarining qoyalarida o‘sadigan suvo‘tlar suv to‘lkini ta’sirida bo‘laklarga bo‘linib ketadi, ular ba’zan yoki ko‘p hollarda butunlay parchalanib ketadi. Ularning bo‘lingan qismlari yoki to‘lik tallomlari qattiq substratga suv oqimi ta’sirida birika olmaydi. Bundan tashqari birikish qismlari, qaytadan hosil bo‘lmaydi bunday tallom balchiqqa yoki qumga tushsa o‘sib ketadi.
YAshil, ko‘ng‘ir, kizil suvo‘tlaridagi vegetativ ko‘payish yuksak o‘simliklarning vegetativ ko‘payishlaridagi kabi, o‘zining yakuniy
natijasiga etgan. Tallom qismlarini qaytadan shakllanish
xususiyatini saqlagan to‘qima tuzulishli maxsuslashgan hosilalarni
yuzaga keltira boshlagan. Qo‘ng‘ir suvutlarning ko‘pchiligida
substrat bo‘ylab joylashgan qismlarda po‘stlok yoki yulduzsimon
hosilalar paydo bo‘lib, ular vegetativ ko‘payishni amalga oshiradi.
Masalan, Laminaira longiceps tallom hosil qilgan qo‘ng‘ir
suvo‘tlaridan Sphaelaria turkuminining turlari tallomni yuzasida
‘‘bolacha’’ kurtaklar paydo bo‘ladi. Kizil suvo‘tlarning: parasporalari vegetativ ko‘payishga o‘tish hisoblanadi.
Bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali qishlovchi tuganaklar hara suvo‘tlarida mavsumga bog‘liq holda ko‘payishga hizmat qiladi. Masalan, yashil suvo‘tlardan Ulothrichales tartibining vakillar qalin po‘stli g‘amlangan moddasi ko‘p bo‘lgan maxsus hujayralar-akinetalar yordamida ham ko‘payadi. Noqulay sharoitda vegetativ hujayralar nobud bo‘lganda, ular bardosh berib yashab qoladi. YAshil, qo‘ng‘ir, kizil va qora suvo‘tlarining ayrimlari yangi tallom hosil qiladigan substrat buylab joylashgan o‘simtalar hosil qiladi.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish