1.4-rasm. Stoykaning yon tekisligini tayanch ta’mirlash:
1-stoyka, 2-payvand chok, 3-yamoq tumshug‘i,
1.5-rasm. Stoykaning tekisligini ta’mirlash:
1- stoyka 2-yamoqlarni payvandlab tekisligi, 3-stoykaning 4-yamoqlar.
Disk pichog‘ining asosiy nuqsonlari: disk tig‘i o‘tmaslashib qoladi, tig‘i uchib ketadi, vtulkasi va o‘qi yeyiladi, vilka va stoykasi deformatsiyalanadi. Disklarning o‘tmaslashib qolgan tig‘lari maxsus moslamali charxtoshda yoki tokarlik stanogida charxlanadi. Moslamada diskni gorizontal va vetikal tekisliklarda zarur charxlash burchagiga rostlanadi. Disk
1.6-rasm. Vtulkasi va yeyilgan g‘ildirakning vaziyati
ikki tomonidan tig‘ining 0,3-0,5 mm qalinligigacha (faskaning eni 4-5 mm) charxlanadi. Disk pichog‘ining eyilgan vtulka va o‘qlari yangisiga almashtiriladi. Disk pichog‘ining vilkasidagi eyilgan yo‘naltiruvchi teshikni yo‘nib kengaytirib, keyin unga po‘lat vtulka preslab kiritiladi, so‘ngra toretsi bo‘ylab payvandlab tiklanadi. Eyilgan disk pichog‘ining torets bo‘yicha tepishi 3 mm dan oshmasligi, o‘qda 2 mm dan ortiq siljimasligi lozim.
Plug ishlaganda g‘ildirakning vtulkasiga chang kirib, o‘q va vtulka tez eyiladi. O‘q va vtulka orasidagi zazor kattalashgan sari g‘ildirakning ish sharoiti yomonlashadi, g‘ildirak gorizontga nisbatan 90 gradusdan ortiq burchak hosil qilib aylana boshlaydi (7.3-rasm). Agar o‘q bilan gupchak orasidagi zazor 2 mm dan ortiq bo‘lsa, vtulka almashtiriladi. Vtulkani tokarlik stanogida yo‘nib, bu teshikka ta’mir o‘lchamidagi vtulka presslab o‘rnatiladi.
Plugning dala g‘ildiragi va egat g‘ildiragi o‘qini ta’mirlashda, o‘qlarning parallelligi maxsus andazalar bilan tekshiriladi. Plug dala o‘qining uchi ko‘rada 800-8400 gacha qizdiriladi va plitada to‘g‘rilanadi. So‘ngra 840-8500 gacha qizdirilib, moyli vannada sovitiladi. Toblangan o‘q 4000 gacha qizdirilib, so‘ngra havoda sovitiladi. Egat g‘ildiragi o‘qini remont qilishda sapfaning yeyilgan sirti tiklanadi. U tozalanadi, metall eritib yopishtiriladi va tokarlik stanogida normal o‘lchamgacha yo‘niladi. YOpishtirilgan metall qatlami zich bo‘lishi, unda darz va kuygan joylar bo‘lmasligi, yo‘nilgan sirt shilinishlarsiz toza bo‘lishi shart.
Plug dala taxtalari lemex po‘latidan yoki St.5 po‘latidan tayyorlanadi. Ish vaqtida dala taxtasi plugni to‘g‘ri yo‘naltiradi va egat devoriga qattiq ishqalanadi. Orqa qismi yeyilib, o‘tkir bo‘lib qolgan dala taxtasi yaroqsiz deb topiladi. Ko‘pchilik pluglarda dala taxtasini bo‘ylama o‘qiga nisbatan 1800 ga burib qayta o‘rnatish mumkin. Dala taxtasini ta’mirlashda uni yeyilgan orqa uchi kesib tashlanadi va uning o‘rniga po‘lat polasa bo‘lagi payvandlanadi. Payvandlangan qism termik ishlanadi: 820-8300 gradusgacha qizdirilib suvda toblanadi. Undan tashqari dala taxtasi yangidan tayyorlanishi ham mumkin. Tayyorlangan dala taxtasi toblanib yuqorida aytib o‘tilgan shartlarga mos kelishi ta’minlanadi. Yangi dala taxtasi o‘lchamlari shablon bilan tekshiriladi va shablon o‘lchamidan 8 mm uzun yoki kalta bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Lemex plugning asosiy ish qismlaridan biridir. Ish jarayonida plug umumiy qarshiligining 50 % i lemexlarga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun lemexlar boshqa detallarga qaraganda tez-tez ta’mirlanadi va almashtiriladi. Lemex tig‘ining o‘tmaslashishi, kesuvchi qirrasining yeyilishi plugning solishtirma qarshiligini ancha oshiradi. Bu esa yonilg‘ini ortiqcha sarflanishiga, erning esa sifatsiz haydalishiga sabab bo‘ladi (1.3-jadval).
1.3-jadval. Plug solishtirma qarshiligi va yonilg‘i sarfi bilan lemexning o‘tmaslanish darajasi o‘rtasidagi bog‘lanish (% da).
Do'stlaringiz bilan baham: |