20
Manekenning o’lchamlarning sozlash mobaynida uning uzunligini
belgilangan reprezentativlik darajasiga o’zgartishga mumkin.
Tos-son
tagligining oldingi uchida tizza bo’g’imini o’xshatayotgan ko’ndalango’q
joylashgan, undan o’ngva chap tomonda boldirni o’xshatayotgan yelementlar
o’rnatilgan. Manekenning bu qismlari ham teleskopik qilib bajarilgan.
Manekenning qismlariga yuklar joylashtirilgan bo’lib, ular bu qismlarning
massasini insonning tegishli gavda qismlarining
massalariga mos keluvchi
kattalikkacha olib boribga imkoniyat yaratadi. Manekenning umumiy massasi
75,6 kgni tashkil yetadi.
4- rasm. Uch o’lchamli o’tqazish manekenining konstruktiv sxemasi:
1- boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi sharnir; 2- boldir
og’irligining kronshteyni; 3- tizza sharnir; 4- son og’irligining yuki; 5- tos
suyagi bilan son suyagini tutashtirgan og’irlik; 6- sektor; 7- bo’ylama
darajaning kronshteyni;
8 - sozlash vinti; 9- orqa og’irlik; 10- buriladigan shtok; 11- buriladigan
shtokning uchi; 12- orqa panelning kronshteyni; 13- gavdaning tagligi; 14-
orqa og’irliklarning kronshteyni; 15- orqa panel; 16- quymuch panel; 17-
olinadigan tiqin; 18- tos suyagi bilan son suyagini tutashtirgan sharnirning
o’qi; 19- tizza sharnirlarining kronshteyni; 20- tos-son qismining tagligi; 21-
bo’ylama daraja; 22- ko’ndalangdaraja; 23 - boldir; 24 –boldir og’irligi; 25 -
oyoq yuzi.
21
Tos-son sharniri o’qidan yuqoriga buriladigan shtok uchligi bilan
yo’naltirilgan. Quymuch panel qiyaliq burchagini gorizontalga nisbatan o’lchash
uchun bu panelda darajalar o’rnatilgan. O’tqazish
manekenining yelementlari
chiziqli va burchakli shkalalar (A,V,S,D,E,F,K,M) bilan ta’minlangan.
1.14- rasm. Uch o’lchamli o’tqazish manekeni.
Uch o’lchamli o’tqazish maneken yig’ilgan holda 1.14- rasmda
ko’rsatilgan.
Manekenni o’rindiqqa joylashtirishdan keyin birinchi navbatda N nuqtaning
koordinatalarini konstruktorlik hujjatlarida ifodalangan
R nuqta koordinatalari
bilan bir-biriga to’g’ri kelishi tekshiriladi. Keyin vertikal (tik) o’rnatilgan
buriladigan shtokning burchakli shkalasi bo’yicha, o’rindiq orqa suyanchig’ining
amaldagi qiyalik burchagi aniqlanadi. Manekenning bo’g’imlarda mavjud
bo’lgan
burchakli shkalalar, bu yelementlar orasidagi burchaklarni aniqlashga
imkon beradi.
Manekenning son va boldir o’lchamlari uni aniq reprezentativlik darajasiga
sozlashda o’zgariishi mumkin (1.9- jadvalga qarang).
1.9- jadval. Turli reprezentativlik darajalarida uch o’lchamli o’tqazish
manekeni yelementlarning o’lchamlari
Maneken yelementi
(1.14- rasmga qarang)
Reprezentativlik darajasi, %
10
50
95
Maneken yelementlarining o’lchamlari, mm
A (“boldir”)
391
417
460
V (“son”)
406
432
455
22
Uch o’lchamli o’tqazish manekenidan faqat tayyor mahsulot- o’rindiq yoki
traktorni tekshirish mobaynida foydalanish mumkin. Konstruktorlik ishlarida ikki
o’lchamli o’tqazish manekenlari qo’llaniladi. Ular o’zlarining o’lchamlari
bo’yicha ma’lum reprezentativlik darajasiga sozlangan uch o’lchamli o’tqazish
manikeniga mos keladi.
Ikki o’lchamli o’tqazish manekenlarni (1.15- rasm)
qandaydir tiniq
materialdan tayyorlaydilar. Odatda 10%- li, 50%- li va 95%-li reprezentativlik
darajalaridagi uchta ikki o’lchamli manekendan foydalanadilar. Ikki o’lchamli
o’tqazish manekenlari konstruktorga ishlash uchun qulay bo’lgan
masshtabda,
misol uchun 1:5 masshtabda, tayyorlanadi.
1.15- rasm. Ikki o’lchamli o’tqazish manekeni.
1- ko’makchi yelement; 2- gavda; 3- tos suyagi bilan son suyagini tutashtirgan
qism; 4 - boldir; 5- oyoq yuzi; F,E,K,M- burchak shkalalari.
Standart ikki o’lchamli o’tqazish maneken:
- kuzov yoki kabinaning, shuningdek loyihalash bosqichlarida haydovchi va
katta yoshli passajirlarni o’tqazish o’rnilarining geometrik parametrlar topish
uchun;
- transport vositalarning turli modellarini
qiyosiy baholashda passajir
o’tqazish o’rnining parametrlari aniqlash uchun;
- uch o’lchamli o’tqazish manekeni yordamida o’lchangan parametrlarni
chizmalarda qaytadan tiklash uchun foydalaniladi.