25
yechimini hajmiy-fazoviy strukturasining estetik tavsifi bilan mosligi. Bu talabni
amalga oshirishning misoli bo’lib MTZ-142 universal xaydov traktori kapotining
yechimi xizmat qilishi mumkin. Traktorning boshqariluvchi g’ildiraklarini
ko’zdan kechiruvchanligini ta’minlash uchun kapot kabina bilan birikish
sohasida kengligi 580 mm, radiator sohasida esa 650 mm o’lchamga ega bo’ladi.
Motorning kapoti oldingi osma tizimni ko’rib chiqishni yaxshilash uchun qiya
bajarilgan.
Uchinchi talab - mashinalar kompleksiga uyg’un kirish qobiliyati
- ishlab
chiqarish muhitining predmetlik qismini tashkil etadigan to’plamni ishlab
chiqarishni oldindan belgilab qo’yadi. Qishloq xo’jalik mashinalar kompleksiga,
misol uchun, qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish yoki boshqa masalan, yo’l-
qurilish ishlarini bajarishni ta’minlayotgan texnik vositalar taalluqli bo’ladi.
Uchinchi talabni qishloq xo’jalik traktorlari uchun bajarish murakkab vazifa,
chunki faqat agregatlanuvchi jihozlar bilan emas, balki o’ziyurar mashinalar va
har xil yuk tortish sinflari va tayinlanishdagi traktorlar bilan uyg’unlashtirish
kerak bo’ladi. Bu yerda kompleksning uyg’unlashtirish talab etilgan ma’lum
qismini nazarda tutish kerak. Uni ajratib turuvchi belgisi bo’lib bir vaqtda dalada
ishlashi xizmat qilishi mumkin. Misol uchun, donli ekinlarni yetishtirishda, ularni
yig’ishtirish o’ziyurar kombaynlar bilan,
yerni tayyorlash, ekish, va transport
vositasida tashib ketish esa - mashina-traktor agregati (MTA) yordami bilan
amalga oshiriladi. MTA va kombaynlarni uyg’unlashtirish qobiliyati bo’yicha
kompleksga kirish talabini bajarishni istisno qilish maqsadga muvofiq. Ayni
paytda yer kovlash ishlarini mashinalar kompleksi bilan bajarish va ularni
uyg’unlashtirish hamma texnik vositalarga nisbatan bo’lishi mumkin. Bu sanoat
traktorlari guruhiga taalluqli bo’ladi.
To’rtinchi talab - grafika elementlari va ranglar yechimining bog’lash -
axborot tashuvchi grafika elementlari yaxshi ko’rinadigan bo’lishi kerakligidan
kelib chiqqan. Ularni umumiy fonda ajralishi shaklga qandaydir kontrast
boshlanish
kiritadi, unga katta jozibadorlik (ma’nodorlik) beradi, uni estetik
mukammalroq qiladi. Bu avtomobillar, traktorlar va ular bilan agregatlanadigan
mashinalardagi yozuvlarga taalluqli bo’ladi. Kompozitsiyani ishlab chiqishda
shaklning tugalligini ta’minlash, nisbiy mustaqillik funktsiyasiga ega bo’lgan
mahsulotlarga, birinchi navbatda avtomobillarga taalluqli bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan yakka talablar guruhi - uslub hosil qilish uchun asos
bo’ladi. Uslub tushunchasi kompozitsiyaviy mukammallik talablari guruhining
chegarasidan tashqariga chiqadi. Bu shaklning axborotchanligini ta’minlash
talabiga ham taalluqli bo’ladi. Uslub ostida o’ziga xos ko’rinish, kompleks va
narsalarning, shuningdek inson faoliyatining turli shakllarida yagona belgilarning
26
borligini tushunadilar. Uslubning egalari rasman
chegaralar deb ataluvchi
chiziqlar hisoblanadi, ular shaklning konturini, narsa va uning qismlarining
sharpasi (siluetini) hosil qiladilar. Ayrim narsalarning va bir qancha (tselыx)
komplekslarni uslublarini ajratadilar. Bu uslublar faqat ularning shakliga taalluqli
bo’ladi. Me’morchilik tarixidan roman, gotik, barokko singari uslublar ma’lum.
Ayrim millat va xalqlarning hayot tarzi, an’analari bilan bog’langan milliy uslub
alohida o’rin egallaydi.
Dizaynerning vazifasi - ishlab chiqilayotgan avtomobil va traktorning
oqilona uslubiy yechimini topishdir. U shaklni o’z
odatidagi uslubda ishlab
chiqadi, lekin bunda u atrof-muhit, vaqt va davr uslubi bilan bog’lanishni
ta’minlaydi. SHunday qilib avtomobil va traktorlar oilasining uslubiy yechimiga
qiyofa birligi xos. SHakl va elementlarning tanlangan materialga mosligi,
materialning plastikligining fizikaviy xususiyatlari rasmiy chegaralarga
cheklanishlar qo’yadi. Material plastikligining fizikaviy xususiyati texnikaviy
estetika
tushunchasiga, badiiy konstruktsiyalash esa - shaklning plastikligiga
o’tadi. SHaklning plastikligi ostida unda hajmiy-fazoviy strukturani,
materialning plastikligi va shakl hosil qilishning qonuniyatlarini, tektonikani,
ritmni, metrni, nyuansni muvofiqlashtirilgan namoyon bo’lishini tushunadilar.
Hajmiy-fazoviy struktura va aytib o’tilgan shakl
hosil qilish qonuniyatlari
avtomobillar va traktorlar shakliga qiyofalilik, xaykallik, bo’rtmalik beradi,
kompozitsiyani ifodali qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: