Transport tizimlari


Badiiy-konstruktorlik tahlil



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/26
Sana11.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#542933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
8-semestr lobarotoriya mashg`ulotlari to\'plami 1

Badiiy-konstruktorlik tahlil.
Badiiy konstruksiyalash avtomobil yoki traktorni 
yaratishning umumiy jarayoni doirasida bajariladi va ulaning tarkibiy qismi bo’ladi. 
Avtomobil yoki traktorning badiiy loyihasini yaratish bosqichlari ularni yaratishning 
asosiy bosqichlariga mos keladi. Yangi avtomobil yoki traktorning yuqori sifati dizayner 
ishtirokisiz ta’minlanishi mumkin emas. Dizaynerning loyiha ustidagi ishi mahsulotni va 
uning texnikaviy hujjatlarini ishlab chiqish uchun ilk hujjat bo’lgan texnikaviy topshiriqni 
tayyorlashdan boshlanadi. Texnikaviy topshiriq mahsulotni ishlab chiqish haqidagi 
umumiy ma’lumotlami, unga qo‘yilgan talablari va uni ishlab chiqish jarayonining 
talablarni o‘ziga qamrab oladi. Olingan ma’lumot badiiy-konstruktorlik tahlili bilan, texni-
kaviy estetikaga taalluqli bo’lgan o‘ziga xos talablarni kirgizib to’ldiriladi. Ulaning 
qatoriga morfologik va aksiologik maydonlar tuzish baholash ko‘rsatkichlami ishlab 
chiqish va analoglarning texnik-estetik darajasini baholash; ulaning patent tozaligi va 
amaldagi standartlarga mosligi ishlab chiqilayotgan avtomobil yoki traktorning darajasini 
loyihalash bosqichida qiyosiy baholash uchun sifatning bazaviy (namuna) ko‘rsatkichini 
tanlash kiradi. 
 
 



1-rasm. Traktor shaklini tuzishning kompozitsiyaviy qidirish sxemalari: 
a - traktorning shakli; b - traktorning tagligida kabinaning joylashish o ‘mi; 
d - kabinaning xavfsiz karkasi; e - shakl elementlarini shaklning bitta nuqtada 
uchrashadigan asosiy abris chiziqlari asosida tartibga solish. 
 
Badiiy-konstruktorlik sintezi
. Yangi avtomobilning (traktorning) belgilangan 
morfologik va aksiologik sxemasini, yaratilayotgan obyektga qo‘yilgan aniq talablarda 
ifodalangan, badiiy-konstruktorlik tahlili bajarilgandan keyin, yuksak maqsad, 
konstruktoriik va kompozitsiyaviy yechim g‘oyasi ishlab chiqiladi. 
Badiiy-konstruktorlik sintezi bo‘yicha ishlar quyidagilardan iborat: 
- loyihalanayotgan traktor (avtomobil) ning kompozitsiyaviy eskizlari va shaklining 
rasmlarini kichraytirilgani 1:5 masshtabda ishlab chiqish; 
- aerodinamik sinovlar uchun avtomobilning modelini 1:5 yoki 1:2 masshtabda 
tayyorlash; 
- avtomobil yoki (traktor)ning tabiiy chizmasini 1:1 masshtabda ishlab chiqish; 
- avtomobil(traktor)ning tabiiy maketini 1:1 masshtabda bajarish; 
- haydovchi va passajirlarning ishchi o‘rni bilan (o‘rindiq, boshqarish organlari va 
ularing joylashishi, asbob-uskuna paneli)ning eskizini ishlab chiqish va o‘tqazish maketini 
bajarish; 
- avtomobil yoki (traktor)ning kuzov yuzasini plazoviy chizmasini va ularing 
shakllarini master-modellarini bajarish. 
Kompozitsiyaviy eskizlar va rasmlami avtomobil yoki traktorning manzarasini har 
xil burchaklar ostida mumkin bo’lgan ko‘rinishini hisobga olib, bir nechta variantlarda 
bajaradilar. Ular umuman olganda yangi traktor (avtomobil)ning g‘oyasini,
konstruksiyaning maqsadini, shakl va kompozitsiyani aks ettirishi kerak. Avtomobil 
(traktor)laming eskizlari va rasmlari ularing o‘lchamlariga bog’liq holda 1:5 yoki 1:10 
masshtabda, katta buzib ko‘rsatishlar boimasligi uchun, aslida ulardan qutulib bo’lmasa 
ham, (perspektiva) manzaraning qonunlariga qatiy rioya qilib bajaradilar. Shakl va 
kompozitsiyani ishlab chiqishni takomillashtirish uchun xizmat qiladigan maketlar 
bajarilish hisobiga buzib ko‘rsatishning darajasi ancha kuchsizlanadi. Maketlar yoki 
modellar birinchi bosqichda eskizlar va rasmlardagi kabi masshtabda bajaradilar. Maketlar 
va modellami tanlangan masshtabda o’lchamlar i 1500x800 mm dan kichik bo’lmagan, 
yuzasiga 40x40 mm (maket 1:5 masshtabda) yoki 20x20 mm (maket 1:10 masshtabda) 
oichamli to‘r chizilgan metall razmetka plitasida bajaradilar. Maketga tayyorligiga qarab 



shunday to‘mi uning yuzasiga ham ko‘chiradilar. Shunday qilib hajmiy to‘r hosil qilinadi, 
bu yaratilayotgan traktor (avtomobil) shaklining chizmalarini ishlab chiqish uchun kerak 
bo’ladigan shablonlami model yuzalaridan olishni yengillashtiradi. Maket tayyorlashda 
material sifatida yaxshi shakl hosil qilish sifatiga ega bo’lgan plastilin qo’llanadi. Bunda 
maketni boshqa material masalan, yog‘och g‘oia bilan to’ldirish hisobiga, plastilinni 
tejashga erishish mumkin. Maket ustida ishlash jarayonida traktor (avtomobil)ning estetik 
xususiyatlari va uning shakli aniqlanadi. Tez yurar avtotransport vositalarga nisbatan, 
ularing aerodinamik xususiyatlami yaxshilash uchun, masshtab modellarini aerodinamik 
quvurda sinovlari o‘tkaziladi. Ko‘rib chiqilgan badiiy-konstruktorlik sintez usuli an’anaviy 
va hammasidan ko‘ra avtotraktorsozlikda keng tarqalgan hisoblanadi. Mashinalami 
loyihalashtirishda kompyuterlami keng qoilanishi bu jarayonga jiddiy o‘zgarishlar kiritadi, 
display ekranida shakllar va kompozitsiyalaming ko‘plab variantlarini ko‘rib chiqish 
imkoniyatini beradi, ishlami bajarish uchun vaqt va vositalar sarfini pasaytiradi, barcha 
mutaxassislaming malakasiga bo’lgan talablami rad etmaydi, aksincha, oshiradi. Badiiy-
konstruktorlik loyihasi mahsulotning texnikaviy darajasini ko‘tarish bo‘yicha avvalgi 
bosqichlarda aniqlangan mulohaza va takliflami hisobga olib dizayner va loyihaning 
yetakchi konstruktori bajaradigan keyingi takomillashtirish va loyihalanayotgan avtomobil 
(traktor)ni chuqurlashtirilgan ishlab chiqish bo’ladi. Shundan keyin kuzov (kabina)ni ishchi 
loyihalash, ularing ishchi chizmalarini oxirgi tekshirib chiqish va ishlab berish olib boriladi. 
Ular bo‘yicha bo’lg‘usi ishlab chiqarish obyektning metalldagi birinchi namunalari 
tayyorlanadi. Kabina va kuzovlaming birinchi namunalarini tayyorlash jarayonida, ulari 
ishlab chiqqan dizaynerlaridan mualliflik nazorati amalga oshiriladi. 
Kuzov va kabinalarning shakllarini ishlab chiqish usullari Avtomobil yoki 
traktoming tashqi shakli ko‘plab omillar bilan aniqlanadi: 
- mashinaning vazifasi va turi bilan; 
- mashinaning asosiy foydalanishdagi xususiyatlari bilan, 
ular albatta uning qiyofasida (tezlik, yuk ko‘tarishi, manevrchanligi, o‘tuvchanligi va 
boshqalar) o‘z aksini topadi; 
- ishlanma buyurtmachisining istaklari va so‘rovlari bilan; 
- berilgan turdagi mashinalaming rivojlanish yo'nalishlari bilan; 
- mumkin bo‘lgan foydalanuvchilar yoki xaridorlar doirasi bilan; 
- mahsulotning narxi bilan; 
- kuzov yoki kabinani tayyorlash uchun foydalaniladigan asosiy materiallar, ulaning 
texnologik o‘ziga xos xususiyatlari bilan; 
- modaning talablari bilan; 
- mashinaning aerodinamika bilan; 
- foydalanish mo‘ljallangan mintaqalarning iqlimiy o‘ziga xos xususiyatlari bilan; 
- har xil standartlar, me’yorlar va qoidalar bilan, xususan mashinaning faol va passiv 
xavfsizligini aniqlaydigan; 
- dizayneming didi va kasbiy tayyorlanganligi bilan; 
- ko‘plab boshqa omillar bilan. 
Mashinaning umumiy ko‘rinishini ishlab chiqish. Xomaki joylashish avtomobil yoki 
traktoming tashqi shakllarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Xomaki joylashtirish 
jarayonida mashinaning asosiy qismlari va uning agregatlarni o‘lchamlari va dastlabki 
o‘zaro joylashishi, salon yoki kabinaning geometrik parametrlari, haydovchining va 
passajirlaming vaziyati, o‘rindiq va boshqarish organlarining joylashishi, bagajning 
joylashishi, agarda u ko‘zda tutilgan bo‘lsa, yukning og‘irligi, agarda avtomobil yuk 



tashuvchi bo’lsa aniqlanadi. Ko‘pincha joylashtirish sxemalaming bir nechta variantlari 
ishlab chiqiladi, ulardan bittasi tanlab olinadi. Xomaki joylashish texnik topshiriqning 
tarkibiy qismi bo’ladi. Avtomobilning yoki traktorning xomaki joylashish chizmasi o‘zi 
bilan tasvimi uchta proyeksiyalarda tanishtiradi. Avtomobillar uchun boshlang‘ich 
koordinata tekisliklari sifatida chizmada: 
— vertikal bo‘ylama simmetriya tekisligini; 
—oldingi gildiraklaming geometrik o‘qi orqali o‘tadigan vertikal ko‘ndalang 
tekislikni; 
—ko‘pincha yuk tashish avtomobilining romining lonjeronlari yoki kuzovni ko‘tarib 
turuvchi polining yuqorigi yoki pastki yuzalari bo‘yicha o‘tadigan gorizontal ixtiyoriy 
tanlangan tekislikni qabul qilinadi. Chizma ko'pincha 1:5 masshtabda bajariladi va odatda 
boiinishlari 200 mm lik koordinat to‘r bilan ta’minlanadi. Xomaki joylashtirishda ishlab 
chiqilayotgan mashinaning asosiy o’lchamlari: gabarit uzunlik, kenglik va balandlik, 
g‘ildirak bazasi (oldingi va orqa g‘ildirak o‘qlari orasidagi masofa, agarda gildirakli 
transport vositasi ishlab chiqilayotgan bo’lsa, koleya (o‘ng va chap gidiraklar yoki 
o‘rmalovchi zanjirlaming o‘rta tekisliklari orasidagi masofa), yo’l yorug’lgi (prosvet), 
oldingi va orqa qiyalik (svesi) ko‘rsatiladi. Yetishmaydigan o’lchamlar koordinat to‘rining 
yordami bilan aniqlanadi. Joylashtirish chizmasida dastlab tomning, kapotning, oldingi va 
orqa oynaning, kuzov yoki kabinaning ko‘ndalang konturlarini qiyofasi keltiriladi. 
Maketlar odatda 1:5 masshtabda bajariladi. Yanada kichik 1:10 masshtab qismlami 
yetarlicha sifatli ishlashga birmuncha imkon yaratmaydi va agarda ishlab chiqarish obyekti 
juda katta o’lchamlar ga ega bo’lsagina qo’llanadi. Masshtab maketini yaratishdagi asosiy 
material - plastilin. Maket plastilini, odatda birorta neytral rangdagi, misol uchun kulrang-
yashil zich massa bo’ladi. Maket qattiq mahkam, ko‘pincha yog‘och plitada joylashadi
Plita uning yuzada chizilgan masshtab to‘r bilan ta’minlanadi. Avtomobilning masshtab 
maketi ustida ishlash 2-rasmda ko‘rsatilgan.
Boshida maketning kerakli pishiqligini ta’minlash uchun, yog‘och reykalar, faner 
qattiq penoplastdan o’lchamlar bo‘yicha, maketning kerakli o’lchamlar iga ko‘ra ozgina 
kichikroq sinchli g‘oia (bolvanka) qilinadi. G‘oia koordinatalar to‘ri bilan moslikda ishchi 
plitada mahkamlanadi, unga daraxtdan yoki qattiq penoplastdan kesib yasalgan va 
bo‘yalgan gildiraklar qotiriladi. G‘oiaga isitilgan plastilinning yetarli qalin qatlami 
surtiladi. Maketlash jarayoni plastilinni u keraksiz bo’lgan joydan kesish, o‘yib olish, u 
kerak bo’layotgan joyga yopishtirishdan iborat bo’ladi. Foydalaniladigan asboblar
2-rasmda ko‘rsatilgan.
2-rasm. Avtomobilning masshtab maketi ustida ishlash. 




Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish