Toshkent tibbiyot akademiyasi uash tayyorlash kafedrasi


Nefrotik sindromni asoratlari



Download 244,96 Kb.
bet19/22
Sana18.01.2022
Hajmi244,96 Kb.
#387572
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Toshkent tibbiyot akademiyasi

Nefrotik sindromni asoratlari

NS ko‘p hollarda turli asoratlar bilan kechadi va shuning uchun uni o‘ziga xos xavf omili deb hisoblash mumkin. Ular o‘z- o‘zidan yuzaga keladigan (spontan) va yatrogen bo‘lishi mumkin. Spontan asoratlar mavjud nefropatiyaning og‘irligi, asosiy kasallikning xususiyati va NS darajasiga bog‘liq. Ular ko‘pincha og‘ir kechuvchi nefrotik turdagi surunkali glomerulrnefritda va TQYU da kuzatiladi. NS ning yatrogen asoratlari bemorni tekshirish yoki davolash bilan bog‘liq bo‘lib, kpincha tavsiya qilingan dori vositalarga allergik ryaksiyalardir.

NS ning asosiy spontan asoratlari turli soxada joylashgan bakterial, virusli, zambrug‘li infeksiyalar, nefrotik kriz (gipovolemik shok), periferik flebo- va arteriotrombozlar; DVS -sindrom, miya shishi, ko‘z tubi pardasi shishi xisoblanadi.

Infeksion asoratlar bemorlarda immunitetning susayishi (immunodepresantlar ta’sirida) tufayli yuzaga keladi. Ular ichida qaytalanuvchi respirator kasalliklar, terining yiringli zararlanishlari, zotiljam, plevritlar (shu jumladan eksudatli), siydik yo‘llari yallig‘lanishi, saramas (β- gemolitik streptokokk chaqirgan) ko‘p uchraydi. NS ning eng og‘ir va qo‘rqinchli asoratlardan biri bo‘lib hozirgi kunda bakteriyaga qarshi terapiyani o‘z vaqtida qo‘llash bilan kam uchrayotgan pnevmokokli peritonit hisoblanadi. Bakteriyali peretonitni gipovolemik shokning boshlang‘ich ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan nefrotik krizdan farqlash lozim.

Nefrotik kriz NS ning o‘ta og‘ir asoratlaridan biri xisoblanadi. NS mavjud bo‘lgan bemorda to‘satdan ko‘ngil aynashi, turli joylashishga ega bo‘lgan qorindagi kuchli og‘riq (peretonitga o‘xshash), ko‘pincha qorinning oldingi devorida va son soxasida og‘riqli, ko‘chib yuruvchi saramasga o‘xshash eritematoz toshmalar (maxalliy ozod kininlarni xosil bo‘lishi xisobiga), tana haroratini ko‘tarilishi, anasarka, gipoproteinemiya (35 g/l gacha, gipoalbuminemiya -8-4 g/l gacha) va gipovolemiya xisobiga aylanib yurgan qon xajmini kamayishi sababli QB ni keskin tushib ketishi bilan namoyon bo‘ladi. Eritematoz toshma saramasdagi toshmadan o‘zini joyini tez o‘zgartirishi (o‘rmalovchi eritema) va aniq demarkatsion chegaraga ega bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Abdominal og‘riqlar qorin pardasini qo‘zg‘atish simptomlari bilan birga kechadi. Ushbu xolatni bakterial peritonit, oshqozon yoki 12 barmoq ichak yarasini yorilishi, mezenterial tomirlar, buyrak venalari yoki pastki kovak vena shoxlari trombozi, silli mezatenit, buyrak karbonkuli kabi kasalliklardan farqlash lozim. Tashxislash maqsadiga o‘tqazilgan abdominal punksiyada tiniq, ko‘pikli (tarkibidagi yuqori darajadagi oqsil xisobiga) steril, tarkibida ko‘p miqdorda gistamin, serotonin va bradikinin mavjud bo‘lgan transsuddat olinadi. YUqoridagi belgilarning zo‘rayishi oqibatida bemorlarda kollaps, gipovolimik shok yoki o‘lim yuzaga kelishi mumkin. Nefrrotik kriz ko‘pincha GN va TQYU chalingan bemorlar kuzatiladi. Nefrotik krizning birinchi belgilari bo‘lib, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, sababsiz qayt qilish hisoblanadi. Keyin asta-sekin yoki bir vaqtda qolgan belgilari paydo bo‘ladi. Uning ko‘p uchraydigan belgilaridan biri gemostazning turli xil klinik buzilishlari (chegaralangan buyrak ichi tomiri koagulyasiyasi, periferik flebotrombozlar, tomir ichi dissiminerlangan sindromi) hisoblanadi, Uning rivojlanishi interkurent infeksiya, qattiq charchash, jarohatlanish, NS ning trombotik asoratlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Qon tahlilida leykotsitoz, siydikda esa leykotsituriya, ba’zan mikrogematuriyaning kuchayishi kuzatiladi.

Ba’zi bemorlarda nefratik kriz negizida gipovolemik shok rivojlanishi mumkin. Uning rivojlanish belgilari adinamiya, taxikardiya, tana haroratining tushishi, oliguriya, atsidoz, gipoksiya, kollapsgacha zo‘rayadigan arterial gipotoniya hisoblanadi.

Periferik flebo- va arteriotrombozlar NS rivojlangan bemorlar kasalligining oqibatini belgilab beradi. Ushbu xolat trombaksan ko‘p ishlab chiqarilishi, qonda V, VII, VIII, XIII koagulyasiya omillari, fibrinogen miqdorini ko‘payishi xisobiga trombotsitlar agregatsiyasini oshishi natijasida yuzaga keladi. Bemorda periferik tromboflebitlar, o‘pka arteriyasi va buyrak tomirlari trombozi, insult, miokard infarkti rivojlanishi mumkin. NS bilan og‘rigan bemorlarda ko‘pincha antitrombin III defitsiti, giperkoagulyasiya, fibrinoliztizimini depressiyasi, urokinaza faolligini pasayishi xisobiga tomir ichi dissiminerlangan sindrom rivojlanishi mumkin. Ushbu xolat o‘tkir buyrak etishmovchiligi (oligouriya, qonda kreatinin va kaliy miqdorini keskin ko‘tarilishi) va tomir ichi dissiminerlangan sindrom keyinchalik gipokoagulyasiya va gemorragik sindromga olib keladi. Oqibatda organizmda trombogemorragiya, gipoksiya, atsidoz, distrofiya va a’zolarning disfunksiyasi rivojlanadi hamda ikkilamchi qon ketishlar kuzatiladi. Tomir ichi dissiminirlangan sindromining kechishi o‘tkir, qaytalanuvchi, surunkali va yashirin bo‘lishi mumkin.

Uning 4 bosqichi farqlanadi:

I. - giperkoagulyasiya xolati va trombotsitlarning tomir ichi agregatsiyasi;

II – koagulopatiya va trombotsitopatiyaning kuchayishi hamda kogulyasiya sinamalarining turli yo‘nalishdagi o‘zgarishlari;

III – chuqur gipokoagulyasiya va fibrinoliz jarayonini faollashishi (gemorragik) bosqichi. Qon ivish mexanizmining tubdan buzilishi va nazorat qilib bo‘lmaydigan qon ketishning rivojlanishi;

IV – tiklanish bosqichi (jarayon yomon kechganda –og‘ir asoratlar va o‘lim bilan tugashi). A’zolarda chuqur distrofik o‘zgarishlarning yuzaga kelishi.

NS da YUIK, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, insultlar, periferik flebotrombozlar va shu kabi kamroq uchraydigan qator boshqa asoratlar uchrashi mumkinligini UAV yodda tutishi lozim.

NS ni oqibati yomon. Ayniqsa keksalarda, AG rivojlanganda, makrogematuriya, amiloidoz va u uzoq vaqt davom etganda o‘lim xafi yanada oshadi.

NS bilan og‘rigan bemorlar o‘limiga olib keluvchi asosiy xolatlar:



  • buyrak etishmovchiligi;

  • infeksion asoratlar (pnevmoniya, plevra empiemasi, sepsis, apostematoz nefrit, glomerulonefritga o‘tkir pielonefrit qo‘shilishi);

  • gipovolemik shok;

  • tromboz, tromboemboliya, O‘ATE, insult, miokard infarkti;

  • nefrotik kriz;

  • yatrogen sabablar (sitostatiklar bilan davolanganda agranulotsitoz, og‘ir kechuvchi zardobli gepatit, steroid osteoparoz xisobiga umurtqa pog‘onasini sinishi va boshqalar).


Download 244,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish