Tizimli qizil yugurdak kasalligida nefrotik sindrom
Ushbu kasallikda qonda aylanib yuruvchi, tarkibida DNK hamda DNKga qarshi antitanachalari bo‘lgan immun majmualarining buyrakda to‘planishi oqibatida, immun zararlanishi yuzaga keladi va NS rivojlanadi.
Lyupus- nefrit klinik belgilari asta-sekin namoyon bo‘luvchi bemorning umumiy axvoli va kasallik oqibatiga deyarli ta’sir ko‘satmaydigan proteinuriya yoki qisqa vaqt ichida o‘limga olib keluvchi NS, AG va buyrak etishmovchiligi bilan kechuvchi o‘ta og‘ir nim o‘tkir nefrit ko‘rinishida kechishi mumkin.
Ba’zi bemorlarda buyraklar zararlanishi kasallikning ilk belgilaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. NS ko‘p hollarda TQYU kechishining ilk yillarida rivojlanadi va kasallik oqibitiga salbiy ta’sir etuvchi omillardan hisoblanadi. Buyraklardagi o‘zgarishlar TQYU kechishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, kasallik o‘tkir kechganda lyupus -nefrit xastalanishning birinchi yilidayoq, nim o‘tkir kechganda 3-4 yilida va surunkali kechishida esa 8-10 yilida yuzaga keladi.
TQYUda kuzatiladigan NS quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: proteinuriya kamdan -kam xollarda o‘ta yuqori selektiv bo‘lmagan xususiyatga ega; buyraklarning qizil yugurdak ta’siridagi yallig‘lanishi oqibatida leykotsituriya kuzatiladi; leykotsituriyani asosan neytrofillar hisobida bo‘lishi; periferik qonda limfopeniya va eozinofiliya, leykopeniya, trombotsitopeniya, ECHT oshishi, gemolitik yoki gipoxrom temir tanqisligi kamqonligi; yaqqol namoyon bo‘lmagan giper-α2 va yuqori γ-globulinemiya; giperxolesterenimiya (xolestirin miqdori ba’zan 10,3-12,9 mmol/l ga ortishi mumkin) kamdan -kam xolatlarda kuzatilishi.
Tez avj oluvchi yugurdakli nefritning NS, AG, (ba’zan xavfli), erta rivojlangan buyrak etishmovchiligi bilan birga kelishi, kasallik oqibati yomonligidan darak beradi. YUqorida keltirilganlarga asoslangan holda quyidagi belgilar bo‘lgan taqdirda NS TQYU bilan bog‘liq deb o‘ylash mumkin:
navqiron yoshli ayolda NS rivojlanishi;
nim o‘tkir nefrotik shaklda kechib, qisqa vaqt ichida AG va buyrak etishmovchiligi belgilari qo‘shilishi xamda avj olishi;
gematuriya, silindruriya kuzatilishi;
proteinuriyani selektiv bo‘lmagan xususiyatga ega bo‘lishi;
gipergammaglobulinemiya;
qon zardobida xolestrin miqdorini me’yorida yoki bir oz yuqori bo‘lishi.
NS bilan kechayotgan lyupus- nefrit bilan xasta bemorlarda kasallik oqibati o‘ta jiddiy bo‘lsada, aynan buyraklarning zararlanishi bemorlarning ko‘p qismida o‘limga sabab bo‘ladi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra TQYUda NS kuzatilganda bemorlar orasida 10 yillik yashash ko‘rsatkichi 65-70% unga qo‘shimcha AG rivojlangan holda esa ushbu ko‘rsatgich 45-60% ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |