Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar


Transfuzion vositalarning turlari va ularni qo‘llashga ko‘rsatma. Qon va qon



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Transfuzion vositalarning turlari va ularni qo‘llashga ko‘rsatma. Qon va qon 
o‘rnini bosuvchi eritmalarni birgalikda quyish. 


155 
Respublika Qurolli Kuchlar tizimi tibbiy xizmati transfuzion terapiya 
o‘tkazish uchun quyidagi tabelli vositalardan foydalaniladi. 
Qonni tarkibiy qismlariga: eritrotsitar massa, leykotsitar, trombotsitar massa, 
plazma (quruq, nativ, antigemofilli, immun) kiradi;
Plazma preparatlari: albumin, protein, fibrinogen, trombin, gemostatik 
gubka. Yo‘naltirilgan ta’sirli globulinlar, qoqsholga qarshi, antistafilakokkli, 
grippga qarshi; 
Plazma to‘ldiruvchi eritmalar: a) to‘ldiruvchi ta’sirli; b) dezintoksikatsion 
ta’sirli; v) parenteral ovqatlantirish uchun; 
g) boshqalar. 
Qon va plazma o‘rnini bosuvchilarni quyishga asosiy ko‘rsatma: 
O‘tkir qon yo‘qotish, travmatik shok, kuyish, yiringli infeksiya, 
regeneratsiyani pastligi, nur kasalligi, anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya, 
turli 
intoksikatsiyalar, 
gipoproteinemiya. 
Transfuzion 
terapiya 
o‘tkir 
gemorragiyani oqibatini yo‘qotishning asosiy usuli bo‘ladi. Terapiyani vazifalari: 
1. Gemodinamikani tiklash: poliglyukin, konservatsiya qilingan nativ va quruq 
plazma. 
2. 
Qonni 
reologik 
xususiyatini 
normallashtirish 
yo‘li 
bilan 
mikrotsirkulyasiyani tiklash (reopoliglyukin). Albumin yuqori reologik aktivlikka 
ega, lekin uni qo‘llashdan oldin kristalloidlar quyilishi kerak. 
3. Autogemodilyusiya jarayonida o‘rin egallagan interstitsial suyuqlikni 
tiklash, 
transkapillyar 
metabolizmni 
normallashtirish: 
fiziologik 
eritma, 
elektrolitlarning yaxshi tenglashtirilgan eritmasi, bufer qo‘shilmalar saqlovchilar, 
Ringer, laktat eritmasi yuboriladi. 
4. Qonning kislorod tashish funksiyasini tiklash: konservatsiya qilingan qon, 
kam muddatli saqlangan (4 kungacha) eritrotsitar massa quyiladi. 
Shunday qilib, o‘tkir qon yo‘qotishda qonservatsiya qilingan qon va plazma 
o‘rnini bosuvchilarni birga qo‘llab samarali davolash ta’minlanadi. Plazma o‘rnini 
bosuvchilar AQH oshiradi, qonni reologik xususiyatini va mikrotsirkulyasiyasini 
normallashtiriladi, qonni kolloid-osmotik bosimini tiklaydi. 


156 
Quyishdagi asoratlar, ularni profilaktikasi va davolash. Qon quyishda reaksiya va 
asoratlar rivojlanishi mumkin. Posttransfuzion reaksiyani: pirogen (40%), allergik 
(45%), anafilaktik (15%). Klinik kechishini og‘irligi bo‘yicha 3 darajasi farqlanadi: 
engil reaksiya –temperatura 1
o
S atrofida ko‘tariladi, muskullarda og‘riq, bosh 
og‘rig‘i, lanjlik; o‘rtacha reaksiya – temperatura 1,5-2
o
S ko‘tariladi, iztirob, puls, 
nafas tezlashishi; og‘ir reaksiya - temperatura 2
o
S dan ortiq ko‘tariladi, iztirobli 
titrash, lablar sianozi, qayd qilish, kuchli bosh og‘rig‘i, bel suyaklarda og‘riq, 
hansarash kuzatiladi.
Davolash: yurak-qontomir, sedativ vositalar, desensibilizatsion terapiya 
(novokain, kalsiy xlor, dimedrol, kortikosteroidlar). 
Qon quyishdan keyingi asoratlar. 
1. Mexanik xarakterdagi asoratlar, qon quyish texnikasi noto‘g‘riligi bilan 
bog‘liq: yurakni o‘tkir kengayishi, havo emboliyasi, emboliya va trombozlar, 
oyoq-qo‘lda qon aylanishi buzilishi. Bular arteriya ichi transfuziyasida 
kuzatilishi mumkin. 
2. Reaktiv xarakterdagi asoratlar. 
1) Mos bo‘lmagan qon quyilishi natijasida posttransfuzion shok: Rh-mos 
bo‘lmagan qon quyilganda, guruhlarni mos bo‘lmagan qon quyilganda, 
qonning boshqa faktorlarining mos bo‘lmasligi; 
2) Izoserologik xususiyatlari mos bo‘lgan qon quyilgandan keyingi 
posttransfuzion shok: infeksiyalangan qon quyilganda, o‘zgargan qon 
quyilganda. 
3) Anafilaktik shok; 
4) Sitratli shok; 
5) Posttransfuzion pirogen reaksiya; 
6) Massiv qon quyish sindromi. 
3) Kasal donor qoni quyilganda infeksion kasallikning yuqishi (virusli gepatit, 
bezgak, zahm bilan zararlanish). 
Mexanik asoratlarni ichida birinchi o‘rinda guruh (40-50%) va Rh-mos 
kelmasligi (30-40%) bo‘ladi. Qolgan asoratlar tahminan 10% ni tashkil qiladi. 


157 
Gemotransfuzion shok belgilari birinchi 25-50 ml guruhi mos kelmagan qon 
quyilganda kuzatiladi: titrash, bosh og‘rig‘i, bel va oyoq-qo‘l mushaklarida og‘riq, 
ko‘ngil aynishi, qayt qilish, gipotoniya, taxikadiya, oqarish bilan almashinadi, 
sianozga o‘tadi, bezovtalik, qo‘rquv paydo bo‘lishi. Rh-mos kelmagan qon 
quyilganda karaxtlik belgilari 2-3 soatdan keyin yuzaga keladi.
Guruhi mos 
bo‘lgan, ammo sifatsiz qon quyilganda transfuzion shok belgilari quyishda 20 
daqiqadan bir necha soat o‘tgandan so‘ng boshlanadi. Qon quyishda 
afibrinogenemiya, atrombotsitopeniya, gomologik qon sindromi va boshqa 
asoratlar ham bo‘ladi. 
Posttransfuzion asoratni davolash, shok belgilari boshlanganda: 1. Qon 
quyishni tezda to‘xtatish. 2. Vena ichiga 50-100 ml 40% glyukozaga 1 ml 
adrenalin eritmasi (1:1000), 250-500 ml 5% natriy bikarbonat yoki laktasol, 60-
120 mg prednizolon, 2 ml 1% dimedrol eritmasi, 200 ml 15% mannitol, 1 ml 
0,06% korglyukon 10-20 ml 40% glyukozada. 4. Keyin I guruhli qonni qisman 
yoki to‘liq almashinuv-o‘rinbosarlarni quyishga o‘tish mumkin, har bir 500 ml 
quyilgan konservatsiya qilingan qonga, boshqa vena orqali 5 ml 10% kalsiy xlor 
eritmasi yuboriladi. 
Ko‘rsatma bo‘yicha qayta 50 ml 40% glyukoza eritmasi, yurak-tomir 
vositalari va antigistami preparatlari kiritiladi. Mos kelmagan qon quyilganda 
yuzaga keladigan asoratlarda effektiv davolash chora-tadbirlari gemodializ 
hioblanadi. Shuning uchun bemor shokdan chiqarilgandan keyin gemodializ 
o‘tkazish uchun maxsus apparatlarga ega davolash muassasiga ko‘chiriladi. 
Posttransfuzion asoratlarni oldini olish uchun qon quyishni to‘g‘ri bajarish 
yotadi. Qon quyish uchun apparatlarni tayyorlash, quyish texnikasi, mayda teshikli 
filtrli sistemalar qo‘llash katta ahamiyatga ega. Sensibilizatsiyalashgan bemorlarda 
allergik reaksiyaning oldini olish uchun quyishdan oldin desensibilizatsiyalovchi 
vositalar quyiladi.

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish