Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar


Suv hammomida individual rezus-moslik sinamasini o‘tkazish qoidasi



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Suv hammomida individual rezus-moslik sinamasini o‘tkazish qoidasi. 
Kerakli anjomlar: suv hammomi, Petri piyolachasi, suv haroratini o‘lchash 
uchun termometr, sentrifuga. 
1. Retsipient venasidan probirkaga 3-5ml qon stabilizator qo‘shmasdan olinadi.
2. Qon sentrifugalanadi. 
3. Pipetka bilan retsipientdan 2 tomchi zardob so‘rib olinadi va uni Petri 
piyolasiga solinadi.
4. Zardobga 5-10 marta kam qon tomchisi qo‘shiladi va tomchilar aralashtiriladi.
5. Petri piyolachasi suv hammomiga qo‘yiladi (suv 42-46
o
S) 10daqiqaga. 
6. Natijani o‘qish: agar agglyutinatsiya bo‘lsa, qon mos kelmaydi va uni qo‘yish 
mumkin emas. 
Alohidagi Tibbiy otryadda (ATO) qon quyish usullari: 


152 
1) Qonni venaga quyish – ATOda ko‘p qo‘llaniladi. Qon quyishda har 
qanday yuza venadan foydalaniladi. Tirsak bukilmasi, kaftning tashqi yuzasi, bilak, 
oyoq kafti venalari. Venaga qon quyishda venepunksiya o‘tkaziladi (rasm-65), 
buning iloji yo‘q bo‘lsa, veneseksiya (rasm-66) qilinadi. Qon va qon o‘rnini 
bosuvchilarni uzoq vaqt quyish kerak bo‘lsa, vena plastik materialli trubka bilan 
kateterizatsiya qilib qo‘yiladi. 
Veneseksiya uchun yuza venalaridan foydalaniladi. Operatsiya aseptika va 
terini kesishdan avval to‘qimani og‘riqsizlantirish qoidalariga amal qilingan holda 
o‘tkaziladi. Veneseksiya uchun quyidagi jarrohlik asboblari kerak bo‘ladi: teri 
jarrohlik ignalar, ip, ketgut anesteziya va venepunksiyasi uchun shprits va ignalar, 
jarrohlik pinset, anatomik pinset, skalpel, qaychilar, 4-ta qon to‘xtatuvchi qisqich, 
igna ushlagich, 25-50 ml 0,25-0,5% novokain eritmasi. 
65 -rasm. Venepunksiya 
66-rasm. Veneseksiya 
 
Veneseksiya o‘tkazish qoidalari: 
1. Operatsion maydonga yodonat eritmasi bilan ishlov berish va steril choyshab 
qo‘yish. 
2. Vena uchun tayyorlangan teri, teri osti yog‘ to‘qimasi og‘riqsizlantiriladi. 
3. Vena bo‘ylab teri kesiladi. 
4. O‘tmas yo‘l bilan vena teri yog‘ kletchatkasidan ajratiladi. 
5. Vena ostidan 2-ta ligatura qo‘yiladi, distal ligatura ushlovchi bo‘lib xizmat 
qiladi. 


153 
6. “Ushlagich” vena fiksatsiyalanib, u igna bilan teshiladi. 
7. Qon paydo bo‘lgach ignaga sistema kanyulasi ulanadi va qon quyish 
boshlanadi. 
8. Igna venaga markaziy ligatura bilan fiksatsiyalanadi. 
9. Yara tikiladi 
10.
Yaraga aseptik bog‘lam qo‘yiladi. 
2) Magistral venani kateterizatsiyalash – yo‘qotilgan qon miqdorini tezda 
to‘ldirish yoki uzoq transfuzion terapiya uchun o‘tkaziladi. 
Bu maqsadda o‘mrov osti venasini punksion kateterizatsiyasi ham qilinadi.
3) Arteriya ichi transfuziyasi – qonni arteriya ichiga quyishga ko‘rsatma: 1. 
Massiv qon yo‘qotish natijasida, qon o‘rni to‘lmay yurak to‘xtab klinik o‘lim 
bo‘lganda terminal holat, agar u qon yo‘qotish natijasida uzoq vaqtli gipotenziya 
(AB - 60 mm. sim. ust.), travmatik shok, ichki transfuziya effektsiz bo‘lganda. 
Tezkor vaziyatda oyoq yoki qo‘lning distal qismida istalgan yuza joylashgan 
arteriya operatsiya yo‘li bilan ochiladi (bilak, orqa, katta boldir), u punksiyalanadi 
va flakondan qon bosim bilan transfuziyasi amalga oshiriladi. Flakondagi bosim 
rezina balon yordamida hosil qilinadi va arterial bosimni o‘lchash uchun 
apparatlardan manometr bilan nazorat qilinadi. 
4) Suyak ichiga qon quyish. Hozigi vaqtda kam qo‘llaniladi. Bu oddiy usul 
alternativ hisoblanadi, agar vena ichiga qon yoki qon o‘rnini bosuvchilarni 
yuborishning iloji bo‘lmasa. Unda keng bo‘shliqli igna bilan g‘ovak modda 
saqlovchi suyak punksiya qilinadi. Son va katta boldir suyagini epi- metafizar 
qismi, son suyagini katta dumbog‘i, yonbosh suyakni qanoti qulayroq. 
Og‘riqsizlantirish uchun 1% novokain, keyin mandrenli maxsus igna bilan suyak 
punksiya qilinadi. Mandren chiqarilgandan keyin, igna suyakning g‘ovak 
moddasida joylashganiga ishonch hosil qilinib, 10-15 ml 0,5-1% li novokain 
eritmasi yuboriladi. 5 daqiqadan keyin ignaga sistema biriktiriladi va tomchilab 
qon quyiladi. Suyak ichiga tez qon quyish zarar bo‘lganda, bu juda og‘riqli jarayon 
bo‘lgani uchun umumiy og‘riqsizlantirish qo‘llaniladi. 


154 
5) Qonni reinfuziyasi – tomirlar va parenximatoz organlar shikastlanganda 
ko‘krak yoki qorin bo‘shlig‘iga chiqqan qonni qayta quyish. Reinfuziyaga qarshi 
ko‘rsatmalar: 
1. Qorin bo‘shlig‘i organlarini shikastlanishida ularni ichidagi narsalar bilan 
ifloslanishi. 2. Oqib chiqqan qonni seroz bo‘shliqlarda 24 soat turganda. 
Qon reinfuziyasi usuli:
1. Plevra yoki qorin bo‘shlig‘iga quyilgan qon qoshiq yoki shisha bankacha bilan 
Bobrov bankasiga yoki flakonga yig‘iladi.
2. Qonga stabilizator yoki geparin 1000 ED 500 ml qonga yoki 10 ml 100 ml 
qonga 4% natriy sitrat qo‘shiladi. 
3. Qon ampulaga filtrlanadi. Ampulaga katta voronka kiritiladi, unda 8 qavat steril 
marli bo‘lishi kerak. Stabillashtirilgan va filtrlangan qonni bemorga hech qanday 
sinamalar va tekshirishlarsiz quyish mumkin. 
Transfuzion terapiya mezoni bo‘lib, qon yo‘qotish hisoblanadi. Engil 
darajada faqat plazmani to‘ldiruvchi suyuqliklar quysa bo‘ladi. O‘rta va og‘ir 
darajada qon tez oqma ko‘rinishda quyiladi. Yuborilayotgan konservatsiya qilingan 
donor qonidan yo‘qotilgan qon hajmining 50-70% gacha yuboriladi, qolgan 50-
30% esa plazmani to‘ldiruvchilar orqali to‘ldiriladi. Lekin yaralanganlar, 
shikastlanganlar va o‘tkir qon yo‘qotishlar bilan bo‘lganlar massiv tushganda esa 
qon va plazma to‘ldiruvchilar nisbati 1:1, 1:2 dan 1:5 va 1 gacha nisbatda ham 
quyiladi. 
Ixtisoslashtirilgan yordam bosqichida transfuzion (infuzion) terapiya. Bu 
bosqichda bevosita o‘choqda shikastlanib, massiv tushganlarga ko‘rsatma va 
transfuzion terapiya hajmi, xuddi malakali yordam bosqichida bo‘ladi. 
Bundan tashqari, gospital-davolash muassasalariga operatsiya amaliyotiga 
tayyorlash va uni o‘tkazish, operatsiyadan keyingi qon quyish va nur kasalligining 
kompleks terapiyasi, yarani yiringli-septik asoratlari, suvsizlanish va turli 
etiologiyali intoksikatsiyaga qarshi kurash uchun zahirida qon bo‘lishi kerak. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish