Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

 SHIKASTLANISH SINDROMI 
Shikastlanish deb – ma’lum bir muhitda ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir aholi 
guruhida (qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarishda, sportda va h.k.), inson
 
organizmiga 
tashqi muhit omillarining ta’siri natijasida a’zo va to‘qimalarda kuzatiluvchi 
anatomik va fiziologik o‘zgarishlar yig‘indisiga aytiladi.
 
Shikastlanish sindromi 


159 
hayotda juda ko‘p kuzatiladi. Tinchlik va urush davrilarida ham bu sindrom 
dolzarbligini yo‘qotmagan. Shikastlanishni aniqlash uchun shikastlarni uchrashini, 
sababini va sodir bo‘lgan atrof muhitini o‘rganib chiqish lozim. Bu jarayonni 
shikastlanish xirurgiyasi tinchlik vaqtida, urush paytida esa harbiy dala xirurgiyasi 
o‘rganadi. Sabablarni o‘rganish, shikastlanish profilaktikasi uchun katta 
ahamiyatga ega. Shikastlanishlarda mahalliy o‘zgarishlar bilan bir qatorda og‘ir 
umumiy asoratlar ham mavjud bo‘ladi. Ochiq va yopiq shikastlanishlarning 
mavjudligi, bemor organizmida har-xil og‘ir holatlarni yuzaga keltiradi. Bu xolat 
hamshiralardan jarayonni to‘g‘ri rejalashtirishni talab qiladi. Shikastlanish fanining 
mustaqil va muhim qismlaridan biri ortopediyadir, u tayanch-harakat a’zolarining 
kasalliklarini, shikasti va ularning asoratlarini, profilaktikasi va davolanishini 
amalga oshiradi. Shikastlanishni keltirib chiqaruvchi faktorga ko‘ra: mexanik, 
termik, kimyoviy, elektrik, nurli, ruhiy, operatsion, tug‘ruq va boshqalar. 
 
SHIKASTLARNING TASNIFI:
1. Ishlab chiqarish bilan bog‘lik bo‘lmagan:
- transport: temir yo‘l, avtomobil va tramvay, 
- piyodalarda, 
- maishiy – sport, 
- tabiiy hodisalar (falokatlar) vaqtida. 
2. Ishlab chiqarish bilan bog‘lik bo‘lgan shikastlar: sanoat, qishloq xo‘jaligi. 
3. Ataylab qilingan: harbiy, qasddan qilingan shikastlar, o‘z-o‘ziga qilingan 
suiqasdlar. 
Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra
: ochiq (teri va shilliq qavatlarni ochilishi) va yopiq, 
yuzaki va teshib kiruvchi.
Shikastlangan: 

tana qismiga ko‘ra:
bosh miya, ko‘krak qafasi, korin, 
tana, oyoq va qo‘llar.
– to‘qimaga ko‘ra:
teri, shilliq qavat, paylar, mushak, suyak, bo‘g‘im, a’zolar. 
– 
murakkabligiga ko‘ra:
oddiy shikastlanish – bir xil to‘qimalar shikastlanishida; 
murakkab – har-xil to‘qimalar shikastlanishida kuzatiladi. 
Bir xil travma
– 


160 
shikastlanish sababi bitta bo‘lgan shikastlanish. 
Kombinatsiyalashgan
– 
shikastlanish sabablari bir necha xil bo‘lsa (masalan, mexanik va termik 
shikastlanish bir vaqtda bo‘lsa).
Qo‘shma shikastlanish
– bir vaqtni o‘zida bir necha tizimlarni shikastlanishi 
(masalan, bosh miya chayqalishi, suyaklarni sinishi va bo‘g‘imlarni chiqishi). 
Bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri)
shikastlanish – shikastlovchi agentning ta’sir qilgan 
joyida hosil bo‘ladi. 
Bilvosita shikastlanish 
– shikastlovchi agent ta’sir qilish 
joyidan ma’lum bir masofada shikast hosil bo‘ladi. Shuningdek 
alohidalashgan va 
qo‘shma shikastlanishlar (politravma)
bo‘lishi mumkin. Shikastlanishlar 
rivojlanayotgan patologik jarayonga nisbatan 
o‘tkir va surunkali
bo‘ladi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish