Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

A’ZOLAR TRAVMATIZMI 
Klinik ko‘rinishi tufayli bosh, ko‘krak qafasi, qorinning shikastlari va uzoq 
muddat ezilish sindromi alohida guruhga bo‘lib o‘rganiladi. Kasallik belgilari esa 
shikastlanishning turi va og‘irligi, shikastlangan a’zolarning fiziologik 
xususiyatlariga bog‘lik bo‘ladi. 
Boshning yopiq shikastlari
Boshning yopiq o‘tkir shikastlari zamonaviy tasnifida quyidagicha klinik 
shakllar tafovut qilinadi (Konovalov A. N., 1992 y.): 
1) Bosh miya chayqalishi; 
2) Engil darajadagi bosh miya lat eyishi; 
3) O‘rta darajadagi bosh miya lat eyishi; 
4) Og‘ir darajadagi bosh miya lat eyishi; 
5) Bosh miyaning diffuz aksonal shikastlanishi; 
6) Bosh miyaning qisilishi; 
7) Boshning ezilishi; 
Klinikada og‘irlik darajasiga ko‘ra bosh miya shikastlari quyidagicha uchta 
darajaga ajratiladi:
1. Engil daraja. 
2. O‘rta og‘irlik darajasi.
3. Og‘ir daraja.
Engil darajadagi shikastlanishga bosh miya chayqalishi va engil darajadagi 
bosh miya lat eyishi kiritiladi.
O‘rta og‘irlikdagi bosh miya shikastlanishiga bosh miya lat eyishining o‘rta 
og‘irlikdagi darajasi va bosh miyaning nim o‘tkir yoki surunkali qisilishi kiritiladi. 
Og‘ir darajadagi bosh miya shikastlanishiga esa og‘ir darajadagi bosh miya 
lat eyishi, bosh miyaning diffuz aksonal shikastlanishi va bosh miyaning o‘tkir 
ezilishi kiritiladi.
Bosh miya shikast kasalligining kechishida uchta asosiy davr tafovut qilinadi: 1) 
o‘tkir davri, 2) oraliq davri, 3) kech davri. 


171 
O‘tkir davr —
bosh miyaga shikastlovchi mexanik ta’sirning boshlanishidan, 
bosh miyada boshqaruv va o‘choqli faoliyatning buzilishidan shu o‘zgarishlarning 
ma’lum bir maromda stabillishuvigacha yoki bemorning o‘limigacha bo‘lgan 
vaqtni o‘z ichiga oladi. 
Oraliq davr 
— shakstlanish bilan bog‘lik bo‘lgan umumiy, o‘choqli va 
organizmdagi barcha o‘zgarishlarning stabillashuvidan - ularning qisman yoki 
to‘liq tiklanishi yoki turg‘un bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. 
Kech 
davr 
— klinik jihatdan bemorlarning tuzalish, buzilgan 
funksiyalarning maksimal reabilitatsiyasiga erishish, yangi patologik o‘zgarishlar 
paydo bo‘lish, ularning zo‘rayib borish davri. 
Bosh miya chayqalishida o‘tkir davrninng davomiyligi — 1-2 hafta, oraliq 
davrning davomiyligi engil darajadagi shikastlanishda (bosh miya chayqalishi yoki 
engil darajadagi bosh miya lat eyishida) —2 oygacha cho‘zilishi mumkin. Kech 
davrning davomiyligi esa har-xil darajadagi shikastlanishlarda tuzaluvchi 
kechishida — 2 yilgacha, zo‘rayib boruvchi kechishida esa bu davrning 
davomiyligi cheklanmagan, ya’ni bemorlar umrining oxirigacha davom qilishi ham 
mumkin. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish