Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Bosh miya chayqalishi
 
Bosh miya chayqalishi 

miya shikastlarining ichida eng engili bo‘lib, 
miyaning funksional qaytar o‘zgarishlar shakli hisoblanadi, bosh miyadagi 
o‘zgarishlar tarqoq (diffuz) bo‘lib, klinik jihatdan 
og‘irlik darajalariga 
bo‘linmaydi. 
Mexanik energiya ta’siri ostida bosh miya to‘qimasida neyronlararo, 
hujayra, molekulyar darajada mikrostruktur o‘zgarishlar bo‘ladi. Bosh miya 
chayqalishi mahalliy jarayon bo‘lmasdan, miya asosi retikulyar formatsiyasi, 
gipotalamus, limbik tuzilma, gematoensefalik barerdagi (to‘siqdagi) mikrostruktur 
mexanik shikastlanish hisoblanadi. Miya chayqalishida makrostruktur o‘zgarishlar 
kuzatilmaydi. Mikroskopda hujayra, hujayra osti darajasidagi o‘zgarishlar 
perinuklear tigroliz, neyronlar yadrolarining ekssentrik joylashuvi, xromatoliz 
elementlari, neyrofibrillalarning shishi ko‘rinadi. 
 


172 
Klinikasi.
Klinik jihatdan o‘tkir davri sindromi umummiya simptomlari, 
engil va tez qaytar o‘choqli nevrologik simptomatika, vegetativ simptomlar bilan 
kechadi.
Diagnostikasi. 
Hushning buzilishi, amneziya, bemorning shikoyatlari – 
bosh og‘rishi, aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilishi, Gurevichning okulostatik 
fenomeni, yuz qon tomirlari tonusining labilligi, gipergidroz, o‘ziga xos klinik 
immunologik ko‘rsatkichlar, nevrologik status, vestibulyar sindrom, ko‘z to‘r 
pardasi angiopatiyasi, vegetativ sinamalar. Orqa miya suyuqligi bosimini aniqlash, 
kompyuter tomografiya diagnostikaga yordam beradi. 
Xushning buzilishi
(karaxtlanishdan sopor holatigacha)
sekundlardan bir 
necha daqiqagacha davom etadi. 
Karaxtlanishda —
xushning so‘nishi, so‘zli 
muloqot saqlanib qoladi, tashqi ta’sirotlar qabul qilish bo‘sag‘asi ortadi, ruhiy 
faollik susayadi, ruhiy faoliyatning qiyinlashuvi, sekinlashuvi va siyraklashuvi 
kuzatildi. Diqqat kamayadi, nutqli muloqot saqlangan, berilgan savolarga javob 
ma’lum bir vaqt-pauzadan keyin bo‘ladi. 
Amneziya
— ma’lum bir vaqtning ichida 
hozirgi yoki bo‘lib o‘tgan voqealarni xotiradan yo‘qolishi. Amneziya qisqa vaqtni 
o‘z ichiga oladi va retrograd (bevosita shikastlanishga olib kelgan hodisani 
xotiradan yo‘qolishi), 
kongrad
(xushning yo‘qolishi davridagi xotiraning 
yo‘qolishi) yoki 
anterograd
(shikastlanishdan keyingi vaqtni xotiradan o‘chishi). 
Ko‘pincha ular birgalikda kelib, 
anteroretrograd
amneziya kuzatiladi. Geskill S., 
Merlin A. 1996 y. ma’lumotlariga ko‘ra amneziya bemorlar xushini 
yo‘qotganligidan dalolat beradi.
Hush tiklanganidan keyin tarqoq bosh og‘rishi (ba’zan zarb tekkan sohada) 
og‘riqlar, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, quloq shang‘illashi, terlash, uyqu 
yomonligi, xotira, diqqat kamayganligi, apatiya va kayfiyatning yomonligi bo‘ladi. 
Ba’zan poliuriya kuzatiladi, bemorlarning ko‘ngli aynishi bo‘lib, qusish 
kuzatilmasligi ham mumkin. Ko‘pincha bemorlarni ko‘ngil aynishi, qusish bezovta 
qilib, odatda qusish bir ikki marotaba va bevosita shikastlanishdan keyin 
kuzatiladi
.
Bemorlarda bosh og‘rishi kuchayib, ko‘z harakatlarida va ko‘zini ochib-
yumganida ko‘z olmasida og‘riqlar sezishi mumkin, yorug‘lik nuridan peshona 


173 
sohasida va ko‘z olmasida og‘riqlar kuchayishi 
(Gurevich va Manna simptomlari

kuzatiladi.
 
Gurevichning okulostatik fenomeni
 
— ko‘z olmasini harakatlanashida muvozanat 
buziladi. Ko‘z yuqoriga harakatlanganda orqaga yiqilib ketish va pastga 
harakatlanganda oldinga yiqilib ketish bo‘ladi. Quloqlarda shang‘illash, bosh 
aylanish va ko‘ngil aynish kuzatiladi.
To‘r parda angiopatiyasi

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish