Travmatik toksikozni davolash.
Oyoq-qo‘llarni ezilishdan ozod qilishdan so‘ng, urush vaqtida harbiy dala
sharoitidan kelib chiqqan holda elastik bint bilan o‘rash, immobilizatsiya qilish,
shikastlangan sohalarni sovitish, sirkulyar novokainli blokada qilish kerak. Oyoq-
qo‘llar shishi orta borib, to‘qimalar ishemiyasi va ezilish belgilari kamaymaydigan
bo‘lsa bo‘ylama yunalishda fassiyalarni kesish bilan uzun-uzun, keng (lampas)
kesmalari qilinadi. Tinchlik davrida va urush vaqtida evakuatsion etaplarni
ta’minoti, vaziyati, funksiyalaridan kelib chiqqan holda giperbarik oksigenatsiya,
nekrektomiya, yoki oyoq-qo‘llarning amputatsiyasi amalga oshiriladi. Yaradorga,
shikastlanuvchiga narkotik anealgetiklar, antigistamin vositalar buyuriladi,
gemodez,
poliglyukin,
reopoliglyukin,
periston
vena
ichiga
quyiladi.
182
Gemodinamika buzilganda noradrenalin, mezaton, dopamin yuboriladi, qon,
plazma quyiladi. Intoksikatsiya va buyraklarning shikastlanish belgilari ortib borsa
infuzion terapiyaning hajmi kuniga 3-4 l gacha oshadi, vitaminlar, antibiotiklar,
tomirlarni kengaytiruvchi vositalar yuboriladi. Diurezning 40-50 ml/s dan
kamaymasligi ta’minlanadi. Anuriyada gemodializ, gemosorbsiya qilinadi.
X.
JAROHATLAR
Jarohat
deb
teri yoki shilliq qavatlar, ba’zan esa chuqur joylashgan to‘qimalar
yoki ichki organlar butunligining mexanik buzilishiga aytiladi. Jarohatning xavfi
quyidagilarga bog‘liq: yo‘qotilgan qonning miqdoriga, travmatik shokning
rivojlanish darajasiga, mahalliy yoki umumiy infeksiya rivojlanganligiga, hayot
uchun zarur organlarning shikastlanganligiga.
Klinikasi:
umumiy o‘zgarishlar: o‘tkir anemiya, shok, infeksiya, a’zolar hayot
faoliyatining buzilishi; mahalliy o‘zgarishlar: og‘riq, qon ketishi, jarohat
chekkalarining ochilib turishi. Jarohatdan qon ketishi: to‘qimalarning ajratuvchi
asboblar kanchalik o‘tkir bo‘lsa, jarohatdan qon ketishi shunchalik kuchli bo‘ladi,
shikastlanishlarda har doim ham qon ketishi tashqi bo‘lavermaydi.
Og‘riqning kuchi quidagi omillarga bog‘liq: shikastlangan retseptor va nerv
tutamlarining soniga, shikastlangan organizmning reaktivligiga, jarohat etkazuvchi
qurolning xarakteriga va jarohatning etkazilish tezligiga.
Jarohatlar tasnifi:
To‘qimalar shikastlanishining xarakteriga qarab:
1. o‘q otuvchi qurol bilan
etkazilgan jarohat, sanchilgan, kesilgan, chopilgan, lat egan, ezilgan, yirtilgan,
shilingan, tirnalgan, tishlangan, zaharlangan va aralash jarohatlar (76-rasm).
76-rasm.
183
Kesilgan Chopilgan Tishlangan yirtilgan
Aralash Tirnalgan Zaharlangan O‘q tekkan Lat egan
Chuqurligiga qarab:
yuzaki, ichki a’zolarning shikastlanishi bo‘lmagan,
bo‘shliqlarga teshib kiruvi jarohat, ichki a’zolarning shikastlanishi bo‘lgan,
bo‘shliqlarga teshib kiruvi jarohat.
Sababiga ko‘ra:
operatsion, tasodifiy.
Joylashishiga ko‘ra:
yuz sohasining, boshning, bo‘yinning, ko‘krak qafasining,
qorinning, oyoq yoki qullarning jarohatlari.
Infitsirlanganlik darajasiga qarab:
infitsirlangan, aseptik.
Vaqtiga qarab:
yangi, kechikkan.
Bitish usuliga qarab:
birlamchi tortilish bilan bituvchi va ikkilamchi tortilish bilan
bituvchi jarohatlar.
Jarohat kanalining xarateriga ko‘ra:
teshib o‘tuvchi, tegib o‘tuvchi, ko‘r.
Jarohatning bitish fazalari:
gidratatsiya (og‘riq, temperatura, shish, infiltratsiya),
regeneratsiya yoki degidratatsiya.
Jarohatning yomon bitishi sabablari:
Umumiy:
immun sistemasining etarli rivojlanmaganligi, gipovitaminoz, surunkali
yallig‘lanish kasalliklari, qandli diabet, yurak va buyrak etishmovchiligi.
Mahalliy:
yirik qon-tomirlarning shikastlanishi, jarohatda yot jismlarning bo‘lishi,
jarohatda nekrotik to‘qimalarning bo‘lishi, suyak bo‘laklari, virulent
mikroorganizmlar.
Jarohatlar bitishining 2 turi tafovut qilinadi:
jarohatning bilamchi bitishi (5-6
kun), jarohatning ikkilamchi bitishi.
184
Jarohatlar bitish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar:
biriktiruvchi to‘qima
hujayralari (fibroblastlar, fibrotsitlar), suv va elektrolit balansi bilan bog‘liq asosiy
oraliq substansiya, kollagen tolalar.
3-9 kunlarda jarohat chekkalarining ochilib ketishi xirurgik infeksiya bilan bog‘liq
bo‘lmay, balki quyidagilarga bog‘liq:
gipoproteinemiya, gipovitaminoz, suv-
elektroli balansining buzilishi, qon fibrinolitik sistemasidagi buzilishlar, organizm
immunobiologik kuchlarining holati.
Jarohatlarning ikkilamchi bitishi sabablari:
Mahaliy:
jarohat chekkalari hayotga layoqatligining yo‘qolishi, jarohat
chekkalarining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi, katta bo‘shliq, qontalash mavjudligi,
virulent infeksiya mavjudligi.
Umumiy:
kaxeksiya, gipo- yoki avitaminoz, modda almashinuvini buzulishi,
infeksion kasalliklar.
Granulyasion to‘qima qavatlari:
leykotsitar-nekrotik (leykotsitlar), qon tomirlar
(poliblastlar va kollagen tolalar), vertikal qon tomirlar qavati (fibroblastlar,
hujayralararo moddalar).
Kelloid chandiqlarning sabablari:
nerv, endokrin sistemalaridagi buzilishlar,
mahalliy qon aylanish etishmovchiligi.
Jarohatlar bo‘linadi:
aseptik, bakterial – ifloslangan, infitsirlangan –
yallig‘lanishning klinik manzarasi paydo bo‘ladi, yiringli.
Ikkilamchi infitsirlanish:
bu shikastlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatishda va
davolash jarayonida aseptika qoidalari buzilishining natijasidir! Harbiy dala
sharoitida yoki ko‘chadagi travmatizmda hamshiralik jarayonini rejalashtirishda bu
holatni e’tiborga olish lozim.
Jarohatni davolashdan maqsad:
shikastlangan a’zo va to‘qimalarning birlamchi
holatini, faoliyatini tiklash, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish.
Aseptik, infitsirlangan va yiringli jarohatlarni davolash usullari turlicha:
shikastlanuvchining murojat qilish vaqtiga, jarohat turiga, jarohatga tushgan
mikroorganizmlarning virulentligiga.
185
Jarohatlarni davolashda qo‘llaniladi:
operatsiya va qayta bog‘lash usullari,
mahalliy va umumiy medikamentoz, fizioterapevtik muolajalar, davolovchi badan
tarbiya.
Turli xil jarohatlarni davolash:
operatsion jarohatlarni (drenajlash, Redon drenaji),
tasodifiy jarohatlarni (jarohatga birlamchi xirurgik ishlovi, jarohat infeksiyasi
bo‘lganda ikkilamchi xirurgik ishlov berish, birlamchi – kechiktirilgan choklar),
infitsirlangan va yiringli jarohatlarni davolash.
Jarohatlarga birlamchi xirurgik ishlov berishning qadam-baqadam bosqichlari:
antiseptik bilan jarohat atrofiga ishlov berish, anesteziya, antiseptiklar bilan
yuvish, gemostaz, reviziya, yot jismlarni olib tashlash, jarohatni kesib kengaytirish,
chekkalari va tubini kesib olib tashlash, antiseptik moddalar bilan yuvib tozalash,
qavatma-qavat choklar qo‘yish, aseptik bog‘lam qo‘yish.
Yiringli va infitsirlangan jarohatlarni davolashda quyidagi chok turlari tafovut
qilinadi:
•
Birlamchi – kechiktirilgan choklar jarohatga birlamchi ishlov berishdan
2-4 kundan keyin qo‘yiladi.
•
Ikkilamchi – erta choklar granulyasion to‘qima paydo bo‘lgan jarohatga 2
haftadan keyin qo‘yiladi.
•
Ikkilamchi – kechki choklar 3-4 hafta yoki undan kechroq qo‘yiladi.
Jarohatlarni
davolashda
qo‘llaniladi:
kimyooterapiya
–
antibiotiklar,
sulfanilamidlar, lazeroterapiya geliy-neon lazer, SO
2
, lazer, oksigenobaroterapiya,
aeroterapevtik qurilmadagi abakterial muhitlarda, immunologik ko‘rsatgichlardagi
o‘zgarishlarga asosan immunoterapiya, dietoterapiya – yuqori kaloriyali
oziqlantirish, ba’zi toksinlarni tanlab chiqarish – gemosorbsiya, plazmoferez.
Do'stlaringiz bilan baham: |