2. Transfuzion va infuzion terapiya.
Transfuzion terapiya aniq
sharoiitlarga bog‘liq. Yaradorlar massiv holda kelib tushganda evakopunktda
asosiy transfuzion vositalar qon o‘rnini bosuvchilar xizmat qiladi. Qon quyishga
ko‘rsatmalar ko‘riladi. Turli etiologiyali shokda, intoksikatsiyada, suvsizlanishda
qon va qon o‘rnini bosuvchilar qo‘llaniladi (9-jadval).
Qon yo‘qotishni terapiyasi jarohatning xarakteri va joylashi, klinik va
laborator ma’lumotlariga asoslanadi. Malakali tibbiy yordam ko‘rsatishda har bir
bemorga bir guruhli qondan 750ml (yuqori doza) miqdorda quyiladi. Shunga ko‘ra
evakopunktda: 1. konservatsiya qilingan qon yaroqliligi mikroskopik baholanadi;
2. donor va retsipient qonining guruh mosligi aniqlanadi; 3. individual moslikka
sinama o‘tkaziladi;
4. Suv hammomida individual Rh moslik sinamasi; 5. biologik moslik sinamasi
o‘tkaziladi.
9-jadval. Suyuqlikka ehtiyoj bo‘lganda qon va uning vositalarining hajmi
148
Operatsiyagacha va undan keyingi kerak
bo‘ladigan suyuqlikning umumiy hajmi,
ml.
Terapiya
1500
1500-4000
4000 va undan ortiq
Maqsadli qonga ehtiyoj yo‘q
Qon: eritrotsit va erkin kolloidlar 1:1
Qon: eritrotsit va erkin kolloidlar 2:1
VIII.
QON GURUHLARI
Qon guruhlari 1901y. Landshteyner tomonidan kashf etildi, u 1930y. Nobel
mukofoti oldi. Bugungacha eritrotsit, leykotsit va trombotsitlarda 250ga yaqin
antigenlar aniqlangan. Guruh antigenlari tug‘ma xususiyat bo‘lib, umr bo‘yi
o‘zgarmaydi. Antigenlar antitana hosil bo‘lishiga olib keladi. Tug‘ma antitanalar -
alfa, beta, orttirilgan - antirezus. Tibbiy amaliyotda AVO sistemasi keng
qo‘llanilib, u orqali guruhlarni qon quyishdagi mutanosibligi aniqlanadi. Bu
tizimda 3 antigen (AVO agglyutinogen) va 2 antitana (α, β agglyutinin) bor. AVO
tizimi bo‘yicha 4 qon guruhi mavjud:
I. Agglyutinogen yo‘q, lekin α, β agglyutininlar bor (35 % insonlarda uchraydi).
II. «A» agglyutinogen va β agglyutinin bor (47%)
III. «V» agglyutinogen va α agglyutinin bor (20 %)
IV. «AV» agglyutinogen bor, agglyutininlar yo‘q (8 %)
Hamshiralik ishi davomida qon quyishda ikki qoidaga rioya qilinadi :
1. A ni α bilan, V ni β bilan birga uchrashishiga. Bu holat agglyutinatsiyaga
olib keladi
2. 500 ml gacha miqdorda qon quyilganda donorning α, β omili hisobga
olinmaydi, chunki ular retsipient qonida yoyilib ketadi.
Shuning uchun gemotransfuziyada Ottenberg qonuniga amal qilinadi.
Agglyutinatsiya
reaksiyasi
uchun
eritrotsitlardagi
agglyutinogenlar,
zardobda agglyutininlar bo‘lishi zarur. Agglyutinatsiya - A ni α bilan, V ni β
149
bilan uchrashganda eritrotsitlarning bir-biriga yopishib qolishi natijasida yorilishi,
toksinlar hosil qilishi va gemotransfuzion shokning rivojlanishi kuzatiladi. Hozirgi
kunda tibbiyotda faqat bir xil guruhdagi qon bir-biriga quyilishi qabul qilingan.
Chunki hamma antigen tizimlari bo‘yicha bir xil bo‘lgan individlar yo‘q.
Landshteyner tomonidan qon guruhlarining tekshirilishi 85% odamning
eritrotsitlarida Rh+ antigenlar borligini aniqladi, ularda tug‘ma antitanalar yo‘q.
Bunday nomlanishi makaka rezus turli maymunlar fanga hissa qo‘shgani bilan
bog‘liq. Bu antitanalar Rh+ antigenli qon quyilganda ba’zi odamlarda (15%) hosil
bo‘ladi. Bu antigenlarning turlari juda ko‘p. Ulardan biri D faol va antitana hosil
qila oladi.
Bir turga mansub hayvonlar eritrotsitlarining yopishishiga olib keluvchi qizil
qon tanachalari bilan zardobi o‘rtasidagi reaksiya izoagglyutinatsiya deb
nomlanadi. Mongoloidlar - 100% Rh+, aborigenlar (Avstraliya) 100% - Rh-. Qon
quyishda qon guruhlaridan tashqari Rh omilning ahamiyati ham katta. Rh+
odamning qoni Rh– odamga quyilganda, Rh– odam qonida anti Rh antitanalar
hosil bo‘ladi. Ular keyingi shunday qon quyishda eritrotsitlar agglyutinatsiyasiga,
gemoliziga va organizmning o‘limiga olib keladi. Rh- odamlarga faqat Rh- qon
quyilishi kerak. Rh+ erkak va Rh- ayol oilasida Rh+ fanzand tug‘ilishi ehtimoli
ko‘p. Bunda uning eritrotsitlari Rh- onaning qoniga o‘tib antiRh antitana hosil
qilishi mumkin. AntiRh antitana platsenta orqali homila qoniga oson o‘tib
gemagglyutinatsiya, gemoliz va homilaning nobud bo‘lishigacha olib kelishi
mumkin (4 haftadan keyin). Bu jarayon birinchi homiladorlikda kuchsiz
rivojlanadi va keyingi homiladorlikda kuchayadi.
AVO sistemasi bo‘yicha qon guruhini aniqlash uchun kerakli vositalar:
1. Uch guruhni standart izogemagglyutinatsiyalovchi qon zardobidan (AVO)
2 ta seriyada, 1:32 dan past bo‘lgan titrda olinadi. Qon zardoblari maxsus
shtativga 2 qator qilib qo‘yiladi. Har bir qon zardobda belgi qo‘yilgan pipetka
bo‘ladi. Yanada aniq ma’lumot uchun alohida stakanga AV (IV) qon zardobi
ampuladan solinadi.
150
2. Yassi tarelkalar yoki farforlangan planshetlar. Tarelkaning chap tomoniga
O(I), o‘rtasiga A( II), o‘ng tomoniga V(III) yozilgan bo‘ladi.
3. Fiziologik eritmali flakon.
4. Barmoq uchi teshish uchun steril igna, buyum oynachasi, shisha tayoqcha,
spirt, steril paxta.
Donor va retsipient qon guruhini aniqlash qoidalari.
1. Retsipient barmoq uchi spirtli paxta bilan artiladi.
2. Barmoq igna bilan teshiladi, pipetka bilan bir necha tomchi qon olinadi.
3. Tarelkaga qon tomchisidan 2 qator qilib to‘g‘nag‘ich boshchasi razmerida
O(I), A(II), B(III) yozuvlariga suriladi.
4. Har bir tomchiga 2 seriyali standart zardob (O(I), A(II), B(III) guruhlariga
mansub) qon tomchisi hajmidan 8-10 marta yuqori hajmida qo‘shiladi.
5. Shisha tayoqcha yordamida yoki tarelkani silkitib har bir qon zardob bilan
aralashtiriladi.
6. 5-8 daqiqa ichida agglyutinatsiya ko‘zatiladi.
Reaksiya natijalari (64-rasm):
1. Hamma 3 tomchida agglyutinatsiya yo‘qligi, tekshirilayotgan qonda
agglyutinogen yo‘qligini bildiradi. Qon O(I) guruhga kiradi.
2. O(I( va V(III) gruppalari zardob tomchisida agglyutinatsiya bo‘lishi, qonda
agglyutinogen A borligini bildiradi. Qon A(II( guruhga kiradi.
3. O(I) va A(II) guruhli zardob tomchisida agglyutinatsiya bo‘lishi, qonda
agglyutinogen V borligini bildiradi. Qon V(III) guruhga kiradi.
4. Hamma uchta tomchida agglyutinatsiya bo‘lishi tekshirilayotgan qonda
ikkala agglyutinogen A va V borligini bildiradi. Qon AV(IV) guruhga kiradi.
151
64
-rasm. Agglyutinatsiya natijalari.
Nospetsefik reaksiya hisobiga hamma zardoblar bilan ham agglyutinatsiya
bo‘lishini hisobga olish kerak. Shuning uchun tarelkaga 2-3 tomchi AV (IV) guruh
standart izogemagglyutinatsiyalovchi zardob solinadi va unga 1 tomchi
tekshiriluvchi qon qo‘shiladi. Qon va zardob aralashtiriladi va reaksiya natijasi 5
daqiqadan keyin ko‘riladi.
Variantlar: 1. Agglyutinatsiya yo‘q – qon AV(IV) guruhga kiradi.
2. Agglyutinatsiya bo‘lsa – reaksiya nospetsefik. Donor qon guruhini aniqlash
uchun flakondan qon tomchisi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |