SHIKASTLANISH SINDROMI
Shikastlanish deb – ma’lum bir muhitda ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir aholi
guruhida (qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarishda, sportda va h.k.), inson
organizmiga
tashqi muhit omillarining ta’siri natijasida a’zo va to‘qimalarda kuzatiluvchi
anatomik va fiziologik o‘zgarishlar yig‘indisiga aytiladi.
Shikastlanish sindromi
159
hayotda juda ko‘p kuzatiladi. Tinchlik va urush davrilarida ham bu sindrom
dolzarbligini yo‘qotmagan. Shikastlanishni aniqlash uchun shikastlarni uchrashini,
sababini va sodir bo‘lgan atrof muhitini o‘rganib chiqish lozim. Bu jarayonni
shikastlanish xirurgiyasi tinchlik vaqtida, urush paytida esa harbiy dala xirurgiyasi
o‘rganadi. Sabablarni o‘rganish, shikastlanish profilaktikasi uchun katta
ahamiyatga ega. Shikastlanishlarda mahalliy o‘zgarishlar bilan bir qatorda og‘ir
umumiy asoratlar ham mavjud bo‘ladi. Ochiq va yopiq shikastlanishlarning
mavjudligi, bemor organizmida har-xil og‘ir holatlarni yuzaga keltiradi. Bu xolat
hamshiralardan jarayonni to‘g‘ri rejalashtirishni talab qiladi. Shikastlanish fanining
mustaqil va muhim qismlaridan biri ortopediyadir, u tayanch-harakat a’zolarining
kasalliklarini, shikasti va ularning asoratlarini, profilaktikasi va davolanishini
amalga oshiradi. Shikastlanishni keltirib chiqaruvchi faktorga ko‘ra: mexanik,
termik, kimyoviy, elektrik, nurli, ruhiy, operatsion, tug‘ruq va boshqalar.
SHIKASTLARNING TASNIFI:
1. Ishlab chiqarish bilan bog‘lik bo‘lmagan:
- transport: temir yo‘l, avtomobil va tramvay,
- piyodalarda,
- maishiy – sport,
- tabiiy hodisalar (falokatlar) vaqtida.
2. Ishlab chiqarish bilan bog‘lik bo‘lgan shikastlar: sanoat, qishloq xo‘jaligi.
3. Ataylab qilingan: harbiy, qasddan qilingan shikastlar, o‘z-o‘ziga qilingan
suiqasdlar.
Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra
: ochiq (teri va shilliq qavatlarni ochilishi) va yopiq,
yuzaki va teshib kiruvchi.
Shikastlangan:
–
tana qismiga ko‘ra:
bosh miya, ko‘krak qafasi, korin,
tana, oyoq va qo‘llar.
– to‘qimaga ko‘ra:
teri, shilliq qavat, paylar, mushak, suyak, bo‘g‘im, a’zolar.
–
murakkabligiga ko‘ra:
oddiy shikastlanish – bir xil to‘qimalar shikastlanishida;
murakkab – har-xil to‘qimalar shikastlanishida kuzatiladi.
Bir xil travma
–
160
shikastlanish sababi bitta bo‘lgan shikastlanish.
Kombinatsiyalashgan
–
shikastlanish sabablari bir necha xil bo‘lsa (masalan, mexanik va termik
shikastlanish bir vaqtda bo‘lsa).
Qo‘shma shikastlanish
– bir vaqtni o‘zida bir necha tizimlarni shikastlanishi
(masalan, bosh miya chayqalishi, suyaklarni sinishi va bo‘g‘imlarni chiqishi).
Bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri)
shikastlanish – shikastlovchi agentning ta’sir qilgan
joyida hosil bo‘ladi.
Bilvosita shikastlanish
– shikastlovchi agent ta’sir qilish
joyidan ma’lum bir masofada shikast hosil bo‘ladi. Shuningdek
alohidalashgan va
qo‘shma shikastlanishlar (politravma)
bo‘lishi mumkin. Shikastlanishlar
rivojlanayotgan patologik jarayonga nisbatan
o‘tkir va surunkali
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |