Aseptika (yunoncha a — inkor qoʻshimchasi va septicos — yiringli) — mikrobsizlik holatini taʼminlaydigan usullar; fizik (kuydirish, nur, qaynatish, muzlatish), kimyoviy (antiseptik moddalar bilan taʼsir etish), mexanik, biologik va b. usullar bilan amalga oshiriladi. Aseptikaga nemis olimi E. Bergman asos solgan. Aseptika turli murakkab jarroxlik operatsiyalarini hech qanday asoratsiz va xavf-xatarsiz bajarishga imkon beradi. Aseptikaga quyidagilar kiradi: a) jarrohlik asboblari, bogʻlov materiallari va b.ni sterillash; b) jarroh qoʻlini maxsus usullarda yuvish va tozalash; v) operatsiya va b. tekshirish ishlarini bajarish vaqtida koʻrsatilgan qonun-qoidalarga qatʼiy amal qilish; g) davolash muassasalarida maxsus tashkiliy va sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarni toʻgʻri amalga oshirish. Aseptika antiseptika usuli bilan birga olib boriladi. Uy sharoitida kuygan yoki b. jarohatlarni bogʻlash vaqtida ham Aseptika qonunqoidalariga amal qilish lozim. Aseptika tibbiyotning barcha sohalarida qoʻllaniladi[1].
Antiseptika – jarohatlarni va ularni tozalab davolashda ishlati-ladigan asboblarni kimyoviy moddalar bilan yuqumsizlantirish usuli. 1867 yilda ingliz olimi J. Lister fransuz bak-teriologi L. Paster tajribalariga asoslanib operatsion xona havosidagi, jarroh qo‘lidagi va jarohatga ishlati-ladigan narsalar (doka, jarrohlik as-boblari) dagi bakteriyalarni yo‘qotish bilan jarohatlarni ko‘pgina asoratlardan saqlab qolish mumkin, degan xulosaga keldi. Buning uchun u 5% li karbol kis-lota eritmasiga ho‘llangan bir necha qavat bog‘lov ishlatdi. Antiseptik kimyoviy preparatlar yuza va chuqur qo‘llaniladi. Yuza A.da jarohat va bo‘shliklar xlora-min, xloratsid, vodorod peroksid, kaliy permanganat va boshqa moddalar eritmasi bilan yuviladi yoki jarohat yuzasiga antisep-tik mazlar (mas, A. V. Vishnevskiy mazi) surtiladi. Chuqur A.da esa avj olayotgan jarohat atrofidagi teri ostiga anti-septik suyuqliklar (furatsilin, riva-nol va boshqa eritmalar), teri osti, muskul orasi yoki venaga antibiotiklar singari antiseptik moddalar yuboriladi. Ikkala holda ham mikroblar yo o‘ldiriladi yoki ularning hayot faoliya-ti uchun noqulay sharoit tug‘diriladi. Hozir mexaniq fi-zik, kimyoviy va biologik A. usullari mavjud. A. jarrohlik davo usulining ajralmas tarkibiy qismidir.
Antiseptika turlari
Antiseptikaning fizik, mexanik, ximiyaviy, biologik turlari farqlanadi.
Fizik antiseptika. Jarohatlarni kechish bosqichlariga qarab ochiq davolash, ya'ni qurutuvchi steril tamponlar, qizdiruvchi lampalar, fen apparatlari ishlatish, jarohat suyuqligini tez shimib oluvchi bog’ichlar, tamponlar, drenajlar va oq gigroskopik doka fizik antiseptikaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mexanik antiseptika. Hamma yaralar bakteriya bilan zararlangan hisoblanadi, shuning uchun ham asosiy vazifa ularni birlamchi xirurgik yo'l bilan tezroq tozalashdan iborat. Bu esa mexanik usullar yordamida amalga oshiriladi: yarani antiseptik eritmalar bilan yuvish, yot jismlarni kesib tashlash, yaralar atrofini tekislash va kerak bo'lganda ularni tikish bilan erishiladi.
Kimyoviy antiseptika. Bu usulda bakteriosid va bakteriostatik xususiyatga ega bo'lgan turli
kimyoviy antiseptik moddalarni ishlatish ko'zda tutilgan. Antiseptiklar bilan mikroblarni
yo'qotish yoki uni jarohatda rivojlanishini to'xtatishdan iborat.
Asosiy antiseptik vositalarga antiseptik moddalar kirib, ular turli kimyoviy guruhlarga
mansubdir.
Xloramin eritmasi qo'lni tozalashda, yiringli yaralarni davolashda metallmas asboblar, bemorlar uchun ishlatiladigan asboblar va xonani tozalashda qo'llaniladi.
Kaliy permanganat. Suvda yaxshi eruvchi qoramtir kristalldir. Pushti rangli eritmalari og'iz bo'shlig'i, qovuq va boshqa organizm chayish uchun ishlatiladi. Kuchliroq qoramtir binafsha rangli eritmasi bakteriosid xususiyatga ega bo'lib, to'qimalarni kuydiradi. Shuning uchun kuyishda qora qo'tirlarni davolashda, badbo'y hidlarni yo'qotishda, shuningdek chirayotgan, yiringli jarayonlarni yuvishda qo'llaniladi.
Vodorod peroksid. 3-5%li eritmasi ishlatiladi. Rangsiz suyuqlik vodorod peroksid to'qima fermenti katalaza bilan qo'shilib, kislorod ajraladi, bu ko'p miqdorda ko'pik ajralishiga olib keladi. Ko'pik harakati tufayli jarohatdan yot jismlar, qon quyqasi, yiring chiqib ketadi.
Formaldegid. U gazsimion o'tkir xidli, suvda yaxshi eriydigan modda. Formaldegidning 40%li suvdagi eritmasi formalin deb yuritiladi. Asboblarni, drenajlarni, qo'lqoplarni sterillashda keng qo'llaniladi.
Spirt ya'ni etil spirti xirurgiyada keng qo'llaniladi. Spirtni qo'lni zararsizlantirish, operasiya joyini tozalashda, kesuvchi asboblarni, optik asboblarni dezinfeksiya qilishda va ipakni sterillashda ishlatiladi.
Biologik antiseptika. Maxsus zardoblar, vaksina va antibiotiklar ta'sirida bemorning himoya kuchlarini oshiradigan, jarohatlarda infeksiyaning rivojlanishini to'xtatuvchi antiseptik xususiyutlari bo'lgan davolash vositalari (maxsus zardoblar va vaksinalar, anatoksinlar, immunglobulinlar, qon va plazma quyish va boshqalar shuningdek, ma'lum bir organizm, (viruslar, zamburug’lar va boshqalar) faoliyatida paydo bo'lgan moddalar orqali boshqalarga ta'sir qiluvchi antibiotiklar, bakteriofaglar va proteolitik fermentlardan iborat.
SULFANILAMID PREPARATLARI. Bularga streptosid, norsulfazol, etazol, urosulfan,
sulgin ftalazol, sulfadimetoksin, sulfalen kabi dori moddalari kiradi. Organizmga mahalliy va umumiy ta'sir ko'rsatadi.
ASEPTIKA. Bu fizik omillar, kimyoviy preparatlar, biologik usullari qo'llash bo'yicha o'tkaziladigan tashkiliy ishlar tufayli, operasiya yarasiga mikroblar tushishini oldini olish demakdir.
Aseptikaning asosiy qonuni quyidagicha sharxlanadi: yaraga tegadigan har bir narsa bakteriyalardan holi bo'lishi, ya'ni sterillangan bo'lishi kerak. Yaraga mikroblar ikki xil yo’l bilan tushadi: ekzogen va endogen.
Mikroblar va ularning sporalarini xirurgik operasion oqliklar, asboblar, chok solish va yara bog’lash materiallarini, xirurgning qo'lqopi, xalati, qo'llaridan yo'qotishga sterilizasiya deyiladi. Sterilizasiyani turli usullarda: bug' bilan bosim ostida avtoklavlash, quruq issiqlik,qizdirish,qaynatish,kuydirish yo'li bilan, antiseptik eritmalarda va antibiotiklarning eritmalarida saqlash bilan amalga oshiriladi.
Radioaktiv nurlanish nurlar (gamma - nurlar), ultrabinafsha nurlar (simob-kvars lampalar), gazlar bilan sterilizasiya qilish birmuncha keng qo'llaniladi.
Ma'lumki, qaynoq suv bug'i issiqlik o'tkazish qobiliyatiga ega. U qaynoq havoga nisbatan yuqori issiqlik darajasiga ega bo'lgani uchun sterilizasiya qilinayotgan jismga issiqlikni tez o'tkazadi. Oquvchi bug' bilan sterillash avtoklavda bajariladi.
Quruq issiqlik bilan sterlizasiya qilinadigan sohalarni qizdirishga asoslangan va unda
sterilizasiya qilinayotgen jismlardagi harorat 170 C-200 C ga yetishi kerak. Avtoklavlar qarovsiz qoldirilmaydi. 180 C temperaturada sterilizasiya qilish vaqti 15 minutga teng.
Nur bilan sterilizasiya qilish, bu usul katta energetik kuchga ega bo'lib, sterilizasiyaning kuchi materiallarning har - xil chuqurligigacha yetib boradi.
Ultra tovush bilan sterilizasiya qilish. Bu usulda sterilizatorlar kuchsiz antiseptik vosita
bilan to'ldiriladi va ultra tovush to'lqinlari ta'sirida xirurgik asboblar. kichik plastmassa
asboblar yoki jarroh barmoqlarini dezinfeksiya qilinadi.
Kimyoviy (sovuq) sterilizasiya deb, etilen oksidi hamda kuchli antiseptiklarni qo'llashga
aytiladi. Sovuq sterilizasiyadan oqsillar koagulyasiyasi 45 C dan 60 C gacha harorat atrofida
bajariladi. Bu usul bilan avtoklavda yoki havo sterilizatorida kateterlar, xirurgik qo'lqoplar,
tomir protezlar, endoskoplar, respirator va sun'iy qon aylanish apparatlari sterilizasiya
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |