Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Tekshirish usullari.
Oʼt pufagi va oʼt yoʼllarining diagnostikasi avvalo 
bemorlarning shikoyatlarini, anamnezni va organizmni fizik usullar bilan tekshirish 
natijalarini oʼrganishga asoslanadi. 
Bemorlar quyidagilarga eng koʼp shikoyat qiladilar: ogʼriq, dispepsiya, istma, 
et junjiqishi, teri qichishi, sariqlikdir. Аnamnezni Аniqlashda bemorda ilgari 
sariqlik va jigar hamda oʼt pufagining oʼtkir kasalliklari, sanchiq xurujlari boʼlgan-
boʼlmaganiga ahamiyat berish zarur, ular bu organlarning (Surunkali xoletsistit, 
xolangit va oʼt-tosh kasalligi) shu kasallikni boshlab bergan boʼlishi extimol. Fizik 
tekshirish usullaridan bemorni koʼzdan kechirish, paypaslab koʼrish, perkussiya
auskultatsiyadan foydalaniladi. Ular anatomik va funktsional oʼzgarishlar 
toʼgʼrisida tushuncha hosil qilishga imkon beradi va koʼpincha bemorni davolash 
jarayonida oʼning xolati dinamikasiga baho berishda asosiy usullardan sanaladi. 


338 
Jigarni funktsional tekshirish bu organning spetsifik faoliyatini, masalan, 
pigment, zararsizlantiruvchi, oqsil hosil qiluvchi, farmakometabolizm kabi 
vazifalarni aks ettiradi. 
Biliar kasalliklarni diagnostika qilishda UZI, KT yoki rentgenologik 
tekshirish koʼp xollarda hal qiluvchi axamiyatga ega boʼladi (Ras.133). 
Bemor qornini bosib yotganida olingan suʼrat jigarning oʼlchamlari, shakli va 
joylashuvi va undagi yirik strukturaviy oʼzgarishlar toʼgʼrisida maʼlumot berishi 
mumkin. 
Xoleografiya. Xoleografiya usuli jigarning oʼt yoʼllariga tushganda organ - 
yod saqlaydigan moddalar ajratish qobiliyatiga asoslangan boʼlib, ularning rentgen 
kontrast tasvirini olishga imkon beradi. Vena ichi xoletsistoxolangiografiyasi oʼt 
pufagining holatidan qatʼy nazar, uning qisqarish funktsiyasi buzilganda, pufak 
yoʼli blokadasida, shuningdek xoletsistektomiyadan keyin pufak olib tashlanganda 
oʼt yoʼllarining rentgen kontrast tasvirini olishga yordam beradi. 
Teri orqali xoletsistografiya qilish. Kattalashgan oʼt pufagi punktsiya 
qilingandan va kontrast modda yuborilgandan keyin oʼni rentgenologik 
tekshirishdan iborat. Operatsion xolangiografiya xirurgik operatsiyalar vaqtida oʼt 
yoʼllarini rentgen kontrast tekshirishdan iborat. Xozirgi sharoitlarda bu tekshiruv 
oʼt yoʼllaridagi operatsiyalarda albatta oʼtkaziladigan bosqich xisoblanadi, chunki 
u diagnostika sifatini oshirib, asoratlar sonini kamaytirishga va xirurgik davolash 
natijalarini yaxshilashga imkoniyat yaratadi. 
Ras.133 


339 
Endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya (RPXG) - Fater surgʼichiga 
yoki duodenoskopiyada biliar anastomoz ogʼziga kiritilgan kateter yordamida 
kontrast modda yuborishdan iborat(Ras.134). 
Ras.134
Teri orqali jigar orqali xolangiografiya (ChChXG) jigar ichidagi oʼt yoʼllarini 
punktsiya qilish, ularga kontrast modda yuborish va keyin rentgenologik 


340 
tekshirishni oʼz ichiga oladi. Odatda teri orqali xolangiografiyani mexanik 
sariqlikda oʼtkaziladi: bu usul oʼt yoʼllarida obturatsiya borligini tasdioʼlash, uning 
joyini Аniqlash va sababini bilishga imkon beradi. Tekshirish uchun ingichka 
poʼlat ignalar va rentgentelevizion moslamalardan foydalanish tufayli bu metodika 
keng tarqaldi. 
Oʼt yoʼllarini manometrik tekshirish - xolangiomanometriya ularga suyuqlik 
yuborilgandan keyin bosim koʼrsatkichlarini aniqlashdan iborat, bu oʼt chiqaruvchi 
yoʼlning funktsional qobiliyati va oʼtkazuvchanligi toʼgʼrisida xulosa chiqarish 
imkoniyatini beradi. 
Jigar oʼt yoʼllarini ultratovush bilan tekshirish. Oʼt pufagini ultratovush bilan 
tekshirishda juda qimmatli maʼlumot olish mumkin, bu ularda konkrementlar yoki 
yangi xosil boʼlgan tuzilmalar borligini Аniqlash imkonini beradi. 
Jigarni radioizotop tekshirish - uning radioaktiv moddalarni yutish 
xususiyatiga asoslangan. Shunga asoslanib, jigarning radioaktiv preparatni yutish 
dinamikasi boʼyicha funktsional qolati aniqlanadi va radioaktiv preparatning jigar 
toʼqimalariga taqsimlanishiga doir morfologik xususiyatlari oʼrganiladi. 
Oʼt yoʼllarini endoskopik tekshirish usullari. Xirurgiya amaliyotida 
laparoskopiyani aksariyat jigarning oʼchokli zararlanishi, oʼt yoʼllari saratonini 
aniqlash maqsadlarida, shuningdek sariqlikni differentsial diagnostika qilishda 
qoʼllanishga toʼgʼri keladi. 
Duodenoskopiya - katta duodenal surgʼich xolatini tekshirish, oʼn ikki 
barmoq, ichak patologiyasini istisno qilish imkoniyatini beradi. 
Xoledoxoskopiya – operatsion diagnostika usullari qatoriga kiradi va 
tekshirishning muhim bosqichi xisoblanadi. 
Oʼt yoʼllarining yalligʼlanish kasalliklarida konservativ davolash. Oʼtkir 
xoletsistitli hamma bemorlar statsionarda xirurgning doimiy nazorati ostida 
boʼlishlari kerak. Tarqalgan peritonit simptomlari boʼlganda shoshilinch operatsiya 
qilish talabetiladi. Boshqa hollarda bemorlar dori-darmonlar bilan davolanadi. 
Bemorlarga ovqatni cheklangan miqdorda berilib, faqat ishqoriy suyuqliklar 
ichishga ruxsat etiladi.


341 
Bu bemorlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: 
1. Meʼdani nazogastral zond bilan bushatish kerak, chunki meʼda parezi oʼt 
pufagida va oʼt yoʼllarida dimlanishni battar qiyinlashtiradi. 
2. Paranefral novokain blokadasi. 
3. Spazmolitiklar. Kuniga ikki marta til ostiga 1-2 tabletka nitroglitserin 
tayinlash shart, chunki u Oddi sfinkteriga tanlab spazmolitik taʼsir koʼrsatadi. 
Аtropin, no-shpa, galidor oʼt pufagi boʼynidagi sfinkter apparatiga xuddi shunday 
boʼshashtiruvchi taʼsir koʼrsatadi. 
4. Infuzion terapiya 5%li glyukoza eritmasi va Ringer eritmasi yuborishni oʼz 
ichiga oladi. 
5. Mikrob florasi aktivligini pasaytirish uchun gepatotoksik bulgan tetratsiklin 
qatoridagi preparatlardan tashqari, taʼsir spektri keng antibiotiklar tayinlanadi. 
6. Simptomatik va kardial terapiya. Oʼtkir xoletsistopankreatitda dori-
darmonlar bilandavolash kompleksi oʼtkir pankreatitni davolash uchun 
qoʼllaniladigan preparatlarni ham oʼz ichiga olishi kerak. 
Koʼpchilik bemorlarda oʼtkir xoletsistit xuruji toʼxtashi mumkin. Xuruj 
toʼxtagandan keyin bemorni oʼt pufagida toshlar bor-yoʼqligiga tekshirish zarur. 
Аgar oʼtkir xoletsistitni 12-24 soat davolash zaminida bemorning ahvoli 
yaxshilanmasa, qorinda ogʼriq saqlanib qolsa yoki kuchaysa, qorin oldingi devori 
mushaklarining oʼz-oʼzini ximoya qilish qobiliyati saqlanib qoladi va kuchayadi, 
puls tezlashadi, leykotsitoz oshadi, shoshilinch xirurgik operatsiya oʼtkazish talab 
etiladi. 
Operativ davolash usullari: ochiq usulda xolesistektomiya, laparoskopik 
xolesistektomiya, xoledoxolitotomiya, papillasfinkteratomiya, xolesisto- va 
xolangiostomiya, xoledoxaduodenoanastamoz, xolesistoenteroanastamoz o’t 
pufagi va o’t yo’llari kasalliklari, ularning asoratlariga qarab belgilanadi. 


342 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish