Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar


XV. Oʼt yoʼllаri vа oʼt pufаgi kаsаlliklаri, diаgnostikа vа dаvolаsh



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

 
XV. Oʼt yoʼllаri vа oʼt pufаgi kаsаlliklаri, diаgnostikа vа dаvolаsh 
Oʼt-tosh kasalligi. Oʼt-tosh kasalligi - 40 yoshdan oshgan odamlarda 
uchraydigan tarqalgan kasallik. 70 yoshdan oshgan kishilarda kasallanish 30-40 
foizni tashkil qiladi. Аksariyat ayollar kasallanadilar. 
Oʼt-tosh kasalligining morfologik substrati pufak va oʼt chikaruvchi 
yoʼllardagi toshlar xisoblanadi. Oʼt toshlari oʼtning odatiy tarkibiy qismlari - 
bilirubin, xolesterin, kalsiydan tashkil topgan (Ras.133). 
133-rasm 


334 
Oʼt toshlari asosan oʼt pufagida xosil boʼladi, toshlar oʼt yoʼllarida kamdan-
kam paydo boʼladi. Oʼt toshlari paydo boʼlishining asosiy sababi 3 ta: moddalar 
almashinuvi buzilishi, oʼt pufagi epiteliysidagi yalligʼlanish oʼzgarishlari va oʼt 
dimlanishidir. Oʼt-tosh kasalligi simptomlarsiz oʼtishi mumkin va oʼt pufagida 
toshlarni bemorni boshqa kasallik sababli tekshirayotganda, qorin boʼshligʼi 
organlarini operatsiya qilayotganda yoki yorib koʼrish vaqtida tasodifan aniqlanadi. 
Klinik jixatdan oʼt-tosh kasalligi koʼpincha jigar (oʼt pufagi) sanchigʼi koʼrinishida 
namoyon boʼladi. Ogʼriq aksariyat parxez buzilganda, jismoniy zoʼriqishda paydo 
boʼladi. Ogʼriq xuruji paydo boʼlishiga oʼt poʼfagi boʼynida pufak yoʼlida tosh 
qisilib qolishi sabab boʼladi. Ogʼriq, oʼng qovurgʼalar ostida va epigastral soxada 
joylashgan boʼlsa, bel soxasiga, oʼng kurakka beriladi. Koʼpincha jigar sanchigʼi 
xuruji koʼngil aynishi va safro aralash bir necha marta qayt qilish bilan oʼtadi, 
biroq bunda bemor yengil tortmaydi. 
Ko’zdan kechirishda qorinning bir oz kepchishi eʼtiborni oʼziga tortadi, qorin 
devorining oʼng yarmi nafas aktidan orqada qoladi, qorin paypaslab koʼrilganda 
oʼng qovurgʼalar ostida, ayniqsa oʼt pufagi proektsiyasida keskin ogʼriq paydo 
boʼladi. Mushaklarning oʼz-oʼzidan tarang tortishi boʼlmaydi yoki kam 
ifodalangan, Ortner - Grekov, Myusse - Georgievskiy simptomlari musbat. 
Laborator analizida leykotsitlar miqdori normal yoki birmuncha oshgan. 
Surunkali kalkulyoz xoletsistit. Jigar sanchigʼi xuruji tuxtagandan keyin 
bemorlar xech nimadan shikoyatlar qilmay, oʼzlarini sogʼlomxis qilishlari mumkin. 
Biroq ularda oʼng qovurgʼalar ostida ogʼirliq va simillagan ogʼriq boʼlib, u 
ovqatdan keyin kuchayadi, qorin dam boʼladi, ich ketadi, ogʼizbemaza boʼladi. 
Birlamchi surunkali xoletsistit jigar sanchigʼi xurujlarisiz koʼrsatib oʼtilgan 
simptomlar bilan kechadi. Oʼt-tosh kasalligi va kalkulyoz xoletsistit asoratlari: 
xoledoxolitiaz, xoledox terminal boʼlimida chandiqli striktura, ichki oqmalar 
paydo boʼlishi, xolangit, xoletsistopankreatit, oʼt pufagi istisqosi, oʼt pufagi 
empiemasi. 
Xoledoxolitiaz - oʼt-tosh kasalligi va kalkulyoz xoletsistitning eng koʼp 
uchraydigan asoratlaridan sanaladi (20% bemorlarda uchraydi). Yoshi oʼtgan va 


335 
keksa yoshdagi odamlarda xoledoxolitiaz 2-3 marta koʼproq kuzatiladi. Koʼpchilik 
bemorlarda umumiy oʼt yoʼliga toshlar oʼt pufagidan tushadi. Bunga pufak 
yoʼlining kalta serbarligi, pufak boʼyni yoki gartman choʼntagi soxasida yara 
boʼlib, oʼt pufagi bilan umumiy oʼt yoʼli oʼrtasida keng oqma paydo boʼlishi 
sababchidir. 
Xoledoxolitiaz oʼzok vaqtgacha simptomlarsiz kechishi mumkin. Xatto 
gepotikoxoledoxning koʼp sonli toshlarida xam oʼt ajralishi buzilishi hamavaqt 
sodir boʼlavermaydi. Oʼt suyuqligi jigardan tashqaridagi oʼt yoʼllari boʼshligʼidagi 
toshlarni guyo chetlab oqib oʼtadi va xoledox terminal boʼlimida toʼsiq boʼlmasa, 
bemalol oʼn ikki barmoq, ichakka tushadi. Toshlar gepatikoxoledoxning eng tor 
boʼlimlariga, uning terminal boʼlimiga va Аyniqsa katta duodenal 
surgʼichiampulasiga tushganda oʼt suyuqligining ichakka oqib ketishiga toʼsiq - 
paydo boʼlib, bu klinikasida mexanik sariqlik bilan yuzaga chiqadi. Baʼzan sariqlik 
xoledox terminal boʼlimida yoki katta duodenal surgʼichda «ventil» tosh boʼlganda 
sariqlik remittirlovchi xarakterga ega boʼladi. Toshlarning xoledox terminal 
boʼlimidagi okklyuziyasida oʼt gipertenziyasi vujudga kelib, klinik jixatdan bu 
oʼng qovurgʼalar ostida simillagan ogʼriqlar va mexanik sariqlik bilan oʼtadi. 
Jigardan tashqari yoʼllarda bosim yanada osha borganda ularning boʼshligʼi 
kengayadi va tosh gepatikoxoledox proksimal boʼlimlariga guyo suzib chiqqanday 
boʼladi, sariqlik kamayadi va yoʼkolishi mumkin. 
Toshsiz xoletsistit. Oʼtkir toshsiz xoletsistit. Uning etiologiyasida bakterial 
infektsiya omili, oʼt pufagining meʼda osti bezi yoʼlidagi oʼt yoʼllariga va oʼt 
pufagiga reflyuksida pankreatik jigarning jarohatlovchi taʼsiri muayyan 
axamiyatga ega. 
Diagnostikada va davolash usulini tanlashda bemorni obʼektiv tekshirish 
maʼlumotlari, oʼtkazilayotgan davo zaminida kasallik klinik manzarasining 
dinamikasi hal qiluvchi axamiyatga ega. 
Surunkali toshsiz xoletsistit. Toshsiz Surunkali xoletsistit klinikasi Surunkali 
kalkulyoz xoletsistit klinikasiga oʼxshash. Biroq oʼng qovurgʼalar ostidagi ogʼriq 
unchalik kuchli boʼlmaydi, biroq uzoq davom qilishi, deyarli doimiy xarakteri 


336 
bilan ajralib turadi, parhez boʼzilganda keyin kuchayadi. Diagnostikada 
xoletsistoxolangiografiya oʼt yoʼllarini ultratovush bilan tekshirish eng koʼp 
maʼlumot beradi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish