Davolash.
Oʼkir pankreatitni patogenetik davolash, yaʼni asosiy davo
tadbirlari patogenez kontseptsiyasiga muvofiq kelishi kerak.
Ferment toksemiyaga qarshi kurashish uchun quyidagilardan foydalaniladi:
1) meʼda suyuqligini aspiratsiya qilish va meʼdani sodali sovuq eritma bilan
yuvish (meʼda suyuqligidagi xlorid kislota pankreatik sekretsiya stimulyatori
xisoblanadi). Oddi sfinkteridagi spazmni yoʼqotish uchun atropin yuborish, meʼda
osti bezi gipotermiyasi, 4-5 kungacha sitostatiklar yuborish (5-ftoruratsil, ftorafur
va boshqa pankreatik fermentlar ishlanishini toʼxtatadi) bez tashqi sekreter
funktsiyasini
pasaytiradi;
2)
spazmolitiklar
yuborib
ishlab
chiqarilgan
fermentlarning normal evakuatsiyasini taʼminlash; 3) qon oʼzaniga yoki qorin
boʼshligʼiga tushgan fermentlarni yoʼqotish; koʼkrak limfatik yoʼlini limfosorbtsiya
bilan drenaj qilish, diurez stimulyatsiyasi; qorin boʼshligʼini drenajlash; 4)
fermentlarni proteazlar ingibitorlari bilan (kontrikal, gordoks, salol va boshqa)
aktivsizlantirish.
353
Ogʼriqni yoʼqotish yoki kamaytirish uchun analgetiklar va spazmolitiklar (no-
shpa, papaverin, platifillin) qoʼllanish zarur. Peridural blokada (orqa miya
peridural boʼshligʼini anestetiklar yuborib kateterlash) yaxshi samara beradi.
Suv-elektrolit balansini idora qilish, yurak faoliyatini normaga solish va
toksikozni pasaytirish maqsadida 5-10% li glyukoza eritmalari, poliion eritmalar,
poliglyukin plazmasi, gemodez qoʼllanish tayinlanadi. Ka¬liy preparatlari, yurak
glikozidlari koʼrsatmalar boʼyicha tayinlanadi.
Аntiferment terapiya. Proteazalar ingibitorlari bilan davolash. 1953 yilda Frea
oʼtkir pankreatitni davolash uchun birinchi marta kallikrein inaktivatori - trasilol
qoʼllagan. Xozirgi vaqtda boshqa ingibitorlar: kontrikal, gordoks, pantripin,
iniprol, zimofen va boshqalar keng qoʼllanilyapti. Ingibitorlar koʼp yil
qoʼllanilishiga qaramay, ularning taʼsir mexanizmi, fazalari, qoʼshimcha taʼsiri
turrisida yagona fikr yoʼq. Koʼp sonli tekshirishlarda proteazalarning ingibitorlari
pankreonekrozda roʼy-rost terapevtik samara berishi, zarbali dozalari bilan
qoʼshma davolash esa pankreatogen toksemik asoratlardan oʼlimni birmuncha
pasaytirishi aniqlangan. Preparatni oddiy usullarda (mushak orasiga va venaga)
yuborish meʼda osti bezida va qorin boʼshligʼida antiferment preparatlarning
yuqori kontsentratsiyasini taʼminlay olmaydi. Bunga preparatlarni qoʼshma usulda:
venaga, regionar - arteriyaga, qorin pardasi ichiga, qorin pardasi orqasiga
yuborilganda muvaffak boʼlinadi. Proteaza ingibitorlarining yuqori mahaliy
kontsentratsiyasi aktiv tripsinogenni bloklab qoʼyish, periatsinar boʼshliqda
tripsinning aktivsizlanishi va proteoliz regionar jaraenlarini toʼxtatib qoʼyishni,
kininogenez va fibrinolizni taʼminlaydi.
Sitostatiklar bilan davolash. Oqsil sinteziga atsinoz xujayralari bilan taʼsir
qilib sitostatiklar (5-ftoruratsil, ftorafur) meʼda osti bezi ekzokrin funktsiyasini
toʼxtatish 70-yillarning II yarmida pankreonekrozda qoʼlanilgan. 5-ftoruratsil 500
ml fiziologik eritmada suyultirilib, sutkasiga bir marta 2-3 kun mobaynida 250-300
mg dozada yuboriladi. Preparat qorin aortasi stvoliga selektiv yuborilganda
davolash eng taʼsirchan boʼladi. Kasallikning kechikkan muddatlarida
sitostatiklarning davolash taʼsirchanligi juda ozligini taʼkidlab oʼtish zarur.
354
Detoksikatsiya. Pankreatogen toksemiya kasallikning birinchi davrida
rivojlanadi. Аgar bu davrda detoksikatsiya oʼtkazilmasa, ahvol jiddiylashadi,
ingibitor toʼsiq mexanizmlar izdan chiqadi, mahalliy patologik jarayon buziladi va
uning avj olishi mikrotsirkulyatsiya buzilishi va tomir ichida qon ivishi sindromi
taʼsiri ostida sodir boʼladi. Oʼz vaqtida oʼtkazilgan detoksikatsion davolashgina
patologik jarayonning bundan keyingi rivojini toʼxtatadi.
Detoksikatsiyaning taʼsirchan metodlaridan biri infuzion terapiyani
organizmni suyuqlik bilan toʼyintirish (gemodilyutsiya) va diurezni kuchaytirish
bilan qoʼshib olib borishdan iborat. Gemodilyutsiya va kuchaytirilgan diurez
printsiplari oddiy, hamma eʼtirof qilgan printsipdir. Diurez soatiga 25 ml dan
pasayib ketganda kuchaytirilgan diurez tayinlanadi.
Koʼkrak limfatik yoʼlini tashqi drenaj qilish. Oʼtkir pankreatitni davolash
uchun bu metodni qoʼllanish patogenetik asoslangan. Pankreonekrozda jigar
interstitsial boʼshliqlari shishi va kompressiyasi, shuningdek mikrotsirkulyator
buzilishlar sababli limfaga meʼda osti bezi fermentlari va autoliz mahsulotlari koʼp
oʼta boshlaydi, bunda uning toksinligi keskin ortadi. Limfaning toksinligi darajasi
meʼda osti bezi zararlanishining ogʼir-engilligiga bogʼliq. Limfaning tashqariga
chiqarilishi jarayonida, asosan dastlabki 2-3 sutka ichida uning tok¬sinligi
kamayadi. Bu davrda limfa bilan birga autoagressiv fermentlarning kattagina
miqdori - lipaza va tripsin chiqariladi. Yogʼli nekrozda tashqi limfa drenaji
Аyniqsa roʼy-rost detoksikatsion natija beradi. Limfa bilan birga oqsillar,
elektrolitlar yuqotilishi limfa oqib ketishining salbiy tomoni xisoblanadi.
Soʼnggi yillarda klinik amaliyotga aktiv detoksikatsiya metodlari:
limfosorbtsiya (R. Panchenko, 1982) va gemosorbtsiya (Yu. M. Lopuxin, 1975)
jadallik bilan joriy qilindi.
Sorbentlar bilan tozalangan limfa reinfuziyasi tash¬qi drenajlar metodining
keyingi rivoji boʼlib xisob¬lanadi. Limfosorbtsiyaga amalda monelik qiladgan
dollar yoʼq, biroq uni qoʼllanish limforeya yuqori boʼlganda yaxshi natija beradi.
355
Pankreonekrozda gemosorbtsiya ogʼir endotoksikozda, pankreogen shok
hodisalarida va jigar-buyrak yetishmovchiligida rivojlanadigan intoksikatsion
psixozlarda qoʼllanilishi kerak.
Ogʼir pankreatik endotoksikozda plazmoferez oʼtqazishda yuqori davo
natijasi olingan (А. M. Sazonov, 1984). Bu metodda vatanimizda ishlab
chiqariladigan asbob yordamida limfa xaydalib (1-1,5 l gacha) donor plazmasi va
albumin bilan aralashtiriladi. Plazmoferezning davo taʼsiri plazma bilan birga
ekzogen va endogen toksinlarni chiqarishdan iborat.
Laparoskopik drenajlash va qorin boʼshliq perfuziyasi. Pankreatogen peritonit
jadal kechadi, tez oshib boradigan intoksikatsiya, parenximatoz organlar
distrofiyasi, gemodinamikaning ogʼir buzilishini keltirib chiqaradi. Peritonitga
qarshi kurashning taʼsirchan chorasi ekssudatni aktiv xaydash, qorin boʼshligʼiga
antiferment preparatlar, antibiotiklar yuborish xisoblanadi. Shu maqsadda
pankreonekrozni eng taʼsirchan va bezarar davolash metodi qorin boʼshligʼini
laparoskopik drenajlash, ayni vaqtda ekssudatni peritoneal dializ tipi boʼyicha
evakua¬tsiya qilish hisoblanadi.
Pankreatogen peritonitni laparoskopiya metodi bilan davolash ikki
bosqichdan - diagnostik va davolash bosqichidan iborat boʼladi. Diagnostik
bosqichda pankreatit shakli, peritonit hodisalari bor-yoʼqligi aniqlanadi.
Gemorragik ekssudat, steatonekroz dogʼlari va aseptik pankreatogen peritonit
belgilari ikkinchi bosqich - qorin boʼshligʼini qorin ichi perfuziyasi yoki infuziyasi
oʼtqazish maqsadida drenajlash uchun asosiy koʼrsatma hisoblanadi.
Аrteriya ichi regionar infuzion terapiya (RIT). Bu usulni oʼtkazishga asosiy
koʼrsatma pankreonekroz kechishining avj olishi, peritonit va toksemik
asoratlardir. RITni oʼtkazish uchun ishlatiladigan davo aralashmasi tarkibi:
kontrikal - 60000 TB, geparin -2000 TB, reopoliglyukin - 400 mg, nikotinat kislota
- 20 ml, novokain -2,5 g, izotonik natriy xlorid eritmasi yoki Ringer - Lokk
eritmasi -1000 ml umumiy xajmgacha. Kateter rentgen televizion moslama
nazorati ostida oʼrnatiladi. RIT ning asosiy davo vazifasi proteoliz va kininogenez
jarayonlarini toʼxtatish, qon mikrotsirkulyatsiyasining lokal va sistem buzilishlarini
356
davolash, shuningdek markaziy gemodinamika buzilishlarini bartaraf qilishdan
iborat. Shunga koʼra RIT pankreatogen shokni davolashda, pankreonekroz va
fermentativ peritonit rivojlanishining oldini olishda birdan-bir usul xisoblanadi.
Meʼda osti bezining lokal gipotermiyasi. Oʼtkir pankreatitni davolash
boʼyicha tadbirlar kompleksiga meʼda osti bezini qorin devori, meʼda, yoʼgʼon
ichak orqali sovutish yoʼli bilan gipotermiyani kiritadilar. Bunda haroratni
anchagina pasaytirish bez toʼqimasida modda almashinuvi jarayonlarini
susaytiradi, uning fermentativ funktsiyasini va proteolitik fermentlar aktivligini
kamaytiradi.
Bevosita lokal gipotermiyani operatsiyadan keyingi davrda, meʼda osti beziga
operatsiya vaqtida kiritilgan maxsus zond yordamida bajariladi. Bezda operatsiya
oʼtkazilgandan keyin (drenaj, omentopeksiya, abdominizatsiya va b.) unga ikki
boʼshliqli naycha bilan ulangan maxsus tayyorlangan lateks ballon qoʼyiladi, uni
chap qovur-alar ostidagi kesma orqali tashqariga chiqariladi. Meʼda osti bezini 2-4
soatdan kuniga 3 marta muntazam sovutiladi. Koʼpgina olimlar aytib oʼtilgan
usulning afzalligi meʼda osti bezini umumiy gipotermiya qilmay turib lokal
sovitishdan iborat deb xisoblaydilar. Biroq, ular gipotermiyani amalga oshirish
uchun maxsus xirurgik operatsiya oʼtqazishni tavsiya qilmaydilar.
Oʼtkir pankreatitni xirurgik davolash. (Operаtsiyalаr) Oʼtkir pankre¬atit
quyidagicha xirurgik davo qilinadi: 1) oʼtkir pan¬kreatit, uning destruktiv
formalari; xoletsistit bilan birga uchraganda; 2) 36-48 soat mobaynida konservativ
davolash naf bermaganda; 3) qorin boʼshligʼini laparoskopik drenaj qilib
boʼlmaydigan pankreatogen peritonitda; 4) oʼtkir pankreatit asoratlarida; charvi
xaltasi abstsessi, qorin pardasi orqasidagi kletchatka flegmonasida. Oʼtkir
pankreatitning destruktiv formalarini aniqlashda va davolashda laparoskopiyaning
ahamiyati katta, oʼning yorda¬mida diagnozni aniqlash, oʼt chiqaruv yoʼllari
gipertenziyasini aniqlash va laparoskop nazorati ostida teri orqali xoletsistostomiya
oʼtqazish, biroq eng muximi - qorin boʼshligʼini suyuqlik aspiratsiyasi uchun
drenajlash (ferment toksemiyani kamaytirish), qorin boʼshligʼini antibiotiklar va
proteaza ingibitorlari bilan yuvish mumkin.
357
Oʼtkir pankreatitni davolash kasallikning davriga asoslanadi.
Kasallikning
fermentativ
davrida
bemorlarga
bazis,
antisekretor,
detoksikatsion, immunostimullash, antibakterial davolash olib boriladi.
Oshqozon osti bezidagi destruktiv jarayonga nisbatan kasallikning
fermentativ davrida davolash oʼziga xos xususiyatlariga egadir.
Oʼtkir shishli pankreatitda davolash bazis va antisekretor terapiyadan iborat.
Kichikoʼchoqli pankreonekrozda konservativ terapiya quydagilardan iborat:
1. Oshqozon osti bezi faoliyatini bosish (ochlik, maxaliy gipotermiya,
oshqozon zondlash va doimiy aspiratsiya, antisekretor terapiya – oktreotid,
sandostatin).
2. Detoksikatsiya (plazmaferez; koʼrsatmalarga asosan qorin boʼshligʼini
laparoskopik drenajlash; vena ichiga infuziya va forsirlangan diurez).
3. Аntifermentn terapiya – kontrikal, gordoks, trasilol.
4. Ogʼriqni oldini olish (spazmolitiklar, analgetiklar, novokain blokadalar).
Kattaoʼchoqli pankreonekrozda bemorlarga antisekretor, detoksikatsion,
antioksidant, antigipoksant, antiferment terapiya oʼtqiziladi. Аgar bemor kech
murojaat qilsa, kattaoʼchoqli pankreonekrozda antisekretor terapiya oʼtqazilmaydi,
chunki pankreonekroz rivojlanib boʼlgan va bu xolatda oshqozon osti bezi
faolyatini bosishdan foyda yoʼq.
Oʼtkir destruktiv pankreatitni reaktiv davrida davolash quydagilardan iborat:
enteral zondli oziqlantirish, yuqorikaloriylik dieta; ichak normal florasini tiklash;
yiringli asoratlarni oldini olish (antibiotiklar, immunokorrektsiya); antioksidant va
antigipoksantlar.
Oʼtkir destruktiv pankreatit septik turida bemorlarga operativ davolanish
koʼrsatilgan.
Oʼtkir pankreatitni xirurgik davolashda operatsiyalarning quyidagi tiplari
qullaniladi: 1) charvi xaltasini drenajlash, 2) meʼda osti bezi dumi va tanasini
rezektsiya qilish, 3) pankreatektomiya.
Bizning mamlakatimizda yopik, operatsiyalar - charvi xaltasini drenaj qilib,
peritoneal perfuziya, omentopankreatopeksiya, meʼda osti bezi oldingi yuzasini
358
katta charvi toʼplami bilan oʼrash eng koʼp tarqalgan. Omentopankreatopeksiya
jarayoning chegaralanishiga, meʼda osti bezida qon taʼminoti yaxshilanishiga
imkon beradi, nekroz boʼlgan qismlarning bitishini tezlashtiradi. Bu usul yogʼli
pankreonekrozning mayda va yirik oʼchoqli yakka formalarida qoʼllanilishi kerak.
Katta va total nekrozlarda yiringli-septik asoratlarning oldini olish uchun erta
oʼtqaziladigan radikal operatsiyalar: sekvestrektomiya, nekrektomiya, bez
rezektsiyasi, pankreatektomiya eng istiqbolli xisoblanadi. Keyingi ikkita
operatsiyani aktiv kompleks davolash natija bermagan, nekrotik jarayon esa tez avj
olib borayotgan bemorlarda oʼtkazilgani yaxshi.
Sekvestrektomiya - nekrozlangan bez qismini jonsizlangan toʼqima
chegarasida olib tashlash - oʼtmas yoʼl, digitoklaziya bilan bajarilishi mumkin va
bunda qon oqmaydi.
Nekrektomiya - nekrozlangan bez qismini qon bilan taʼminlanadigan
toʼqimalar chegarasida olib tashlash - oʼtkir yoʼl bilan bajariladi; bez toʼqimalari
nekroz chegarasi boʼylab kesiladi va qonab turgan tomirlar qunt bilan tikiladi.
Meʼda osti bezi rezektsiyasi - organning bir qismini bezning oʼzgarmagan
toʼqimalari chegarasida koʼndalangiga kesib olib tashlash splenektomiya bilan
oʼtishi yoki oʼtmasligi mumkin. Koʼpincha meʼda osti bezining korporokaudal
rezektsiyasi taloqni olib tashlash bilan birga bajariladi, chunki odatda qorin pardasi
ortidagi infiltratsiya bilan oʼtadigan pankreonekrozda taloq venasi trombozi
boʼladi. Bundan tashqari, taloqni saqlab qolish uning tomirli oyogʼini bez
toʼqimasidan ajratish qiyinligidan operatsiya¬ni mushkullashtiradi.
Radikal operatsiyalarda meʼda osti bezi yuzasini va qorin boʼshligʼi
boʼlimlarini drenaj qilish aloxida axamiyatga ega. Koʼpgina olimlarning tajribasi
shuni koʼrsatadiki, operatsiya natijasi koʼp jixatdan ekssudatni yaxshi evakuatsiya
qilishga va operatsiya qilingan joyni doimiy yuvib turishga bogʼliq. Meʼda osti
bezi rezektsiyasidan keyin qorin boʼshligʼida drenajlarni eng qulay joylashtirishni
V. S. Zemskov taklif etgan.
Pankreonekrozda pankreatoduodenal rezektsiya nixoyatda kam qoʼllaniladi.
Uni Sovet Ittifokida А. А. Shalimov (1979) oʼn ikki barmoq ichak devori
359
destruktsiyasi bilan oʼtgan total pankreonekrozli bemorlarda birinchi marta
muvaffakiyatli qoʼllagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |