Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Jigar sirrozi bosqichlari 
Kasallik bir necha bosqichlarda boradi, har bir bosqich oʼziga xos klinik 
belgilarga ega boʼladi. Xastalik qanchalik rivojlanganligiga qarab, nafaqat 
bemorning ahvoli, balki davolanish yoʼllari ham farq qiladi. 
1-bosqichi, kasallikning kompensator fazasi. 
Rivojlanishning ushbu bosqichida jigar sirrozi alomatlari oʼzini hech qanday 
yoʼl bilan namoyon qilmaydi. Аgar kasallik bu vaqtda aniqlanadigan boʼlsa, unda 
paydo boʼgan aʼzo yetishmovchiligini dori vositalari yordamida kompensatsiya 
qilsa boʼladi. Shuning uchun ham shifokorlar bu bosqichni kompensatsiya bosqichi 
deb atashadi. 


364 
Bemorda oʼzida hech qanday kasallik belgilarni sezmasa ham, aʼzoda 
allaqachon oʼzgarishlar boshlangan. Bu fazada jigar hujayralari – gepatotsitlar 
nekrozga (oʼlimga) uchrab yemirilib, ularning oʼrniga fibroz chandiq toʼqimasi 
hosil boʼlib boradi. Аgar oʼz vaqtida davolanish boshlanmasa tez orada aʼzo oʼz 
funktsiyalarini toʼliq bajara olmay qoladi. 
Bu vaqtda labaratoriya analizlar billuribin darajasi ortgani, protrombik indeks 
esa 60 gacha pasayadi. Lekin odam oʼzini umuman sogʼlom xis qiladi, faqat 
baʼzida oʼng qovurgʼalar osti ogʼrib turadi. Shu sababli shifokor koʼrigidan doimo 
oʼtib turish lozim. 
2-bosqich kasallikning subkompensator fazasi 
Keyingi bosqich subkompensatsiya deb ataladi. Nomdan kelib chiqqan holda 
tushunrcsish mumkinki, xastalik belgilari yaqqolroq koʼzga tashlanadi. Bu esa 
oʼlik gepatotsitlar (jigar hujayralari) sonining ortishiga bogʼliq. 
Ushbu bosqichda har bir kishi oʼz organizmida nimalar sodir boʼlayotgan 
oʼzgarishlarni 
sezishi 
mumkin. 
Bemor 
zaiflik, 
apatiya 
(befarqlik), 
samaradorlikning kamayishi, koʼngil aynish, vazn yoʼqotish va kasallikning 
boshqa erta belgilari tufayli qiynaladi. Erkaklar bu bosqichda oʼzida 
ginekomastiyaning birinchi belgilari mavjud. 
Laboratoriya koʼrsatkichlariga kelsak, albuminning darajasi kamayib boradi 
va protrombik indeks 40 ga yetadi. Аmmo, agar davolash oʼz vaqtida boshlangan 
boʼlsa, bu bosqichni kompensatsiya bosqichiga oʼtkazishga umid qilsa boʼladi. 
3-bosqich kasallikning dekompensatsiya fazasi. 
3-bosqichda normal ishlayotgan gepatositlar soni oʼta kamayadi. Bu esa jigar 
yetishmovchiligining rivojlanishiga va kasallik belgilari ortishiga olib keladi. Teri 
sariq tusda, qorinda ogʼriqlar odamni koʼproq qiynaydi. Tez-tez bu bosqichda astit 
(qorin boʼshligʼida suyuqlik toʼplanishi) rivojlanadi. 
Labatoriya analizida albuminlar darajasi va protrombik indeks juda ham 
pasayib ketadi. 


365 
Ushbu bosqichda davolanish kam samara beradi, lekin oz boʼlsada dori-
vositalari xastalikni yengishi ehtimoli yoʼq emas. Bemor shifokor nazorati ostida 
stantsionarda boʼlishi kerak. 
Ushbu bosqichda sirroz asoratlari katta xavf tugʼdiradi. Eng yomon 
asoratlarga – jigar komasi, saratoni , ichki qon ketish, peritonit va pnevmoniya 
kiradi. 
4-bosqich kasallikning oxirgi fazasi 
Kasallikning yakuniy bosqichida aʼzo shunchalik qattiq shikastlanganki u 
endi oʼz vazifasini bajara olmaydi. Judayam kuchli ogʼriq kuzatiladi, bemorga 
kuchli ogʼriq qoldiruvchi vositalar tayinlanadi. 
Ushbu bosqichda kasallikning rivojlanishini toʼxtatishning imkoniyati yoʼq. 
Prognoz, odatda, salbiy. Yangi jigar koʼchirib oʼtkazilmasa odam kasallikning 
ogʼir asoratlaridan nobud boʼladi. 
Jigar sirrozi prognozi 
Vaqtida boshlangan yetarli darajadagi davolash bilan patologik jarayonning 
rivojlanishini toʼxtatish mumkin. Yoʼldosh kasalliklarning mavjudligi, asoratlar, 
bemorning turmush tarzi, sirrozning kasalligining bosqichi ham muhim yashab 
qolish koʼrsatkichida muhim rol oʼynaydi. 
Аgar gepatotsitlarning (jigar hujayralarining) katta qismi oʼz faoliyatini 
saqlab qolgan boʼlsa. Undan tashqari bemor turmush tarzini qayta koʼrib chiqib 
zararli odatlaridan voz kechsa va shifokor tomonidan belgilab qoʼyilgan terapevtik 
sxemaga rioya qilsa, bemorning umr koʼrish koʼrsatkichi 7 yil va undan koʼp. 
Bunday qulay prognoz faqat kasallikning kompensatsiyalangan formasiga nisbatan 
amal qiladi. 
Subkompensatsiya formasida oʼrtacha umr koʼrish muddati taxminan 5 yilni 
tashkil etadi. Buning sababi, gepatotsitlar asta-sekin kamayib borishi va oxiri 
ularning miqdori aʼzoning normal ishlashi uchun yetarli boʼlmay qoladi. 
Dekompensatsiya bosqichidagi bemorlarning 40% dan koʼprogʼi uch yil 
yashaydi. 


366 
Bundan tashqari, ayrim kriteriylarga koʼra, xastalikda yashab qolish muddat 
prognozini hisoblash uchun maxsus ishlab chiqilgan tizimlar mavjud. Bular orasida 
«Chayld-Pyu» prognostik tizimi, Koxning proporsional xavf modellari va 
boshqalar mavjud. Ularning hammasi kasallikning kechishi va oqibatlari haqida 
nisbatan yuqori aniqlikda taxmin qilishga imkon beradi. 
Chayld-Pyu boʼyicha jigar sirrozi kasalligi klassifikatsiyasi 
Xastalikning oʼgʼirlik darajasini shifokorlar Child and Pyu tomonidan tavsiya 
etilgan tasnif boʼyicha baholash imkoniyati mavjud. Ushbu metodda har bir jigar 
sirrozi kasalligi belgilariga maʼlum miqdorda ballar beriladi. Mutaxassislar 
toʼplangan ballarga qarab kasallikni uchta sinfga boʼladilar А, B va C. Har bir sinf 
uchun oʼziga mos ogʼirlik darajasi bor. 
Yuqoridagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi jadval. 
Baholanadigan belgilar 
Child-Pyu bo’yichalar guruhlar 
A (1ball) 
B (2 ball) 
C (3 ball) 
Plazmadagi umumiy 
bilirubin, mmol / l
<34 mmol /l
34-50 mmol / l 
> 50mol / l 
Qon plazmasi albumin , g 
> 3.5 g 
2.8-3.5 g 
<2.8 g 
Astit 
(qorin bo’shlig’ida suyuqlik 
to’planishi) 
Yo’q 
Davolash 
osonroq 
Og’ir, nazorat 
qilish 
murakkab 
Jigar ensefalopatiyasi 
Yo’q 
I-II darajali 
(engil, terapevtik 
nazorat ostida) 
III-IV darajali 
(og’ir, nazorat 
qilish 
murakkab) 
Protrombin indeksi (PTI),% 
> 60% 
40-60% 
<40% 


367 
protrombin vaqti (PTV), p 
xalqaro normallashgan 
munosabatlar (INR) 
1-4 b 
> 1.70 
4-6 soniya 
1.71-2.20 
> 6 soniya 
> 2.20 
Ballarni hisoblash va baholash 
1. 
Аgar bemor toʼplagan ballar 5 dan 6 gacha boʼlsa, 1 yil davomida 
yashab qolish darajasi 100% ni tashkil qiladi, ikki yil ichida omon qolish ehtimoli 
esa 85% ga teng. 
2. 
Bemor 7-dan 9-gacha ball toʼplasa u B sinfiga kiradi: 1 yil mobaynida 
yashab qolish darajasi 81%, ikki yillik yashovchanlik darajasi esa 57% ni tashkil 
etadi. 
3. 
C sinfi 10 dan 15 ballgacha teng boʼlsa, prognoz sezilarli darajada 
yomonlashadi. Omon qolishning yillik darajasi 45 foizni tashkil etadi, ikki yillik 
omon qolish darajasi esa 35 foizga yetadi. 
Taʼkidlash kerakki, ushbu baholash tizimi toʼliq haqqoniy emas. U 
kasallikning barcha barcha alomatlarini hisobga olmaydi. Masalan qiziloʼngach 
tomirlarining varikoz kengayishi, ichki qon ketish va hk. 
Jigar sirrozi diagnostikasi. 
Bunday jiddiy tashxisni shifokor bemorni keng koʼlamli tekshiruvdan 
oʼtkazmasdan qoʼya olmaydi. Аvvalo, bemor biokimyoviy tahlilga qon topshirishi 
kerak boʼladi. Аgar natijalar shifokorni xavotirga solsa, u bemorni chuqurroq 
koʼrikdan oʼtkazishga yuboradi. 
Koagulogramma qon ivish tizimida muammolar bor yoki yoʼqligini 
koʼrsatadi. Umumiy qon tahlilida gemoglobin miqdori oʼlchanadi, koʼpincha, jigar 
sirrozi bilan ogʼrigan bemorlarda gemoglobin miqdori kamaygan boʼladi. Аnemiya 
– kam qonlik aniqlanadi. Bundan tashqari, leykotsitlar va trombotsitlar soni 
sezilarli darajada kamaygan boʼladi. 


368 
Kasallikning virusli tabiatini tasdiqlash yoki inkor qilish maqsadida, gepatit – 
А, B, C, D va E ga tekshiriladi. Oshqozon-ichak traktidan yashirin qon 
ketayotganligini tekshirib koʼrish uchun tahlilga najas topshiriladi. 
Buyrak yetishmovchiligi elektrolitlar va kreatin darajasida aniqlanadi. Jigar 
saratoniga shubha tugʼilsa, bemorga alfa-fetoproteinga qon topshirishi kerak 
boʼladi. 
Bundan tashqari, qorin boʼshligʼining barcha aʼzolarini va organning portal 
tomirlarni ultratovush tekshiruvidan oʼtkaziladi. Аstsit va taloqning kattalashgani 
aniqlashi muhim ahamiyatga ega. 
Ezofagoskopiya yordamida shifokor qiziloʼngach va meʼdaning venalarining 
varikoz kengayishi haqida xulosa qiladi. 
Tashxisni aniqlashtirish va kasallikning bosqichini aniqlash maqsadida 
organning biopsiyasi tayinladi. Kerak boʼlsa, shifokor bemorni jigar 
sintigrafiyasiga yoki KT, doplerografiya va angiografiya, splenoportografiya, teri 
va jigar orqali portografiya tekshiruviga yuboradi. 
Bemorlarning koʼpchiligi, shifokorning dahshatli tashxisini eshitgandan 
soʼng, kasallikdan butunlay qutulish mumkinmi degan savolni beradi. Zamonaviy 
tibbiyotda afsuski bunday imkoniyatga hozircha ega emas. Toʼliq tuzalib 
ketishning birdan bir imkoni yangi donor aʼzoni koʼchirib oʼtkazishdir. Аmmo, 
jigar transplantatsiyasi har bir bemorga ham toʼgʼri kelavermaydi, undan tashqari 
juda ham murakkab operatsiya. 
Shunga qaramay, umidsizlikka tushish kerak emas, chunki agar sirroz 
dastlabki bosqichlarda aniqlangan boʼlsa, uni rivojlanishini toʼxtatib qoʼyishni iloji 
bor. Xastalik kechikkan bosqichlarda aniqlangan boʼlsa, shifokorlar kasallikning 
rivojlanishini biroz sekinlashtirishga va ogʼir asoratlarning boshlanishini mumkin 
qadar ortga surishga qodirlar. 
Davolanishga keladigan boʼlsak, u har bir bemor uchun, har bir vaziyatda 
qatʼiy individual ravishda belgilanadi. sirrozning kompensatsiyalangan 
bosqichidagi bemorlarda xastalik sababi aniqlandi va uni bartaraf etishga qarshi 


369 
choralar koʼriladi. Masalan gepatitga qarshi dorilar tayinlanadi yoki alkogolizmdan 
qutulishiga yordam beriladi. 
Bemor aniq bir parhezga rioya qilishi zarur, dieta tarkibida yetarli darajada 
oqsil va uglevodlar boʼlishi shart. Аlkogol va zararli mahsulotlar butunlay isteʼmol 
qilmaslik kerak. Barcha dori vositalari faqat shifokor tavsiyasi bilan qoʼllaniladi. 
Odatda, bemorga fizioterapevtik vositalar, jismoniy mashqlar, issiqlik 
yordamida davolanish tavsiya etilmaydi. Hech bir xalq tibbiyoti vositalaridan 
davolovchi mutaxassis maslahatisiz foydalanish kerak emas. 
Аgar bemor dekompensatsiya bosqichida yordam soʼrab murojaat qilsa, jiddiy 
asoratlar paydo boʼlish ehtimoli yuqoriligi sabab u shifoxonada davolanadi. Ushbu 
davrda shifokorning asosiy maqsadi kasallikning rivojlanishining sekinlashtirishga 
qaratilgan. Buning uchun bemorning ahvoliga va sirroz shakli va bosqichiga qarab 
alohida sxema boʼyicha tanlab olingan dorilar ishlatiladi. 
Mutaxassis tomonidan gepatoprotektorlar, ursodeoksikolik kislota, nitratlar va 
b-adrenoblokerlarni tayinlanish mumkin. 
Jigar sirrozini oldini olish proflaktikasi 
Sirroz – muayyan profilaktik chora-tadbirlarga amal qilish yoʼli bilan oldini 
olish mumkin boʼlgan kasallik, shu jumladan: 
• Gepatitni malakali gepatolog yordamida davolash va belgilangan terapevtik 
rejimga rioya qilish; 
• Dori-darmonlarni oʼzboshimchalik bilan qabul qilishni cheklash, zararli 
sanoat korxonalarida ishlashdan qochish; 
• Vitamin va mineral komplekslarni qabul qilish; 
• Yogʼli, qovurilgan va achchiq taʼmli , konserva va yarim tayyor 
mahsulotlarini isteʼmol qilmaslik 
• Yomon odatlardan, ayniqsa, spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilishdan bosh 
tortish; 
• Gepatitning tarqalishini oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar; 
• Ovqat hazm qilish tizimining endoskopik tekshiruvini har yili oʼtkazish; 
• Shaxsiy gigienaga rioya qilish va shaxsiy gigiena vositalaridan foydalanish; 


370 
• Virusli gepatit B ga qarshi emlash. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish