Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

XIX. Exinokokkoz 
Exinokokkoz - Echinococcus granulosus oilasiga mansub gijjaning lichinkalik 
bosqichining odamning turli aʼzolarida rivojlanishidan kelib chiqadigan 
kasallikdir. U turli aʼzolarni birlamchi va disseminatsiya yoʼli orqali zararlashi 
mumkin. Gijjaning eng koʼp uchraydigan lokalizatsiyasi bu jigar (80% gacha) va 
oʼpkadir. 
Exinokokkoz 
aʼzolarning 
destrukturizatsiyasi, 
organizmning 
allergizatsiyasi va ogʼir asoratlar bilan xarakterlanib, koʼp hollarda nogironlik va 
oʼlim holatlariga olib keladi (Ras. 140). 
Ras. 140. E. Granulosus ni ko’rinishi. 
Oxirgi yillarda jigar exinokokkozi (JE) bilan bemorlar sonining ortib borishi 
bir qator omillarga bogʼliqdir. Birinchi oʼrinda, klinik amaliyotga yuqori 
informativ tekshiruv usullarining tatbiq etilishi va shuning oqibatida ushbu 
patologiya bilan bemorlarning koʼproq aniqlanishi. 90-yillarda katta tibbiyot 
muassasalarining ilgʼor usullari hisoblangan rentgenografiya va ultrasonografiya 


371 
kabi vizual tekshiruv usullarining oxirgi yillarda sogʼliqni saqlash tizimining 
hattoki tuman zvenolarining diagnostik arsenalida ham ajralmas qism boʼlib qoldi. 
Jigar exinokokkozining kliniko-morfologik tasnifi 
Larvotsistaning morfologiyasiga koʼra: 
• Echinococcus veterinorum; 
• Echinococcus hominis; 
• Echinococcus acephalocystis. 
Kistalar soniga koʼra: 
• yakka; 
• koʼplamchi: 
bitta boʼlakning zararlanishi bilan; 
ikkala boʼlakning zararlanishi bilan. 
Boshqa aʼzolarning qoʼshilib kelgan zararlanishiga koʼra: 
• faqatgina jigarning zararlanishi; 
• boshqa aʼzolarning qoʼshilib kelgan zararlanishi. 
Kistaning diametriga koʼra: 
• kichkina (5 sm gacha); 
• oʼrta (6-10 sm); 
• katta (11-20 sm); 
• gigant (21 sm va undan katta). 
Kistaning segmentar joylashuviga koʼra: 
• I-YIII segmentlar. 
Kista joylashuvining xususiyatiga koʼra: 
• chekka joylashuv; 
• diafragmal yuza kistalari; 
• vistseral yuza kistalari; 
• parenxima ichidagi kistalar; 
• jigar darvoza sohasi kistalari; 
• jigarning butun bir boʼlagini egallagan kistalar. 
Аsoratlar borligi va turlariga koʼra: 


372 
• asoratlanmagan shakli; 
• asoratlangan shakli: 
- kistaning yiringlashi; 
- oʼt yoʼllariga yorilishi (1 tip – yaqqol klinika bilan, 
2 tip – yaqqol boʼlmagan klinika bilan, 
3 tip - simptomsiz); 
- qorin boʼshligʼiga yorilishi; 
- plevra boʼshligʼiga va koʼkrak qafasi aʼzolariga yorilishi; 
- oʼt yoʼllarining bosilishi va mexanik sariqlik; 
- portal gipertenziya; 
- ohaklanish; 
- qoʼshilib kelgan asoratlar; 
- kam uchraydigan asoratlar. 
Kelib chiqishiga koʼra: 
• birlamchi; 
• rezidual; 
• reinvaziv; 
• petsidiv 
Jigar exinokokkozi diagnostikasining protokollari 
JE diagnozi bilan murojaat etadigan bemorlarning barchasini guruhlarga 
boʼlinadi: 
• Birlamchi jigar exinokokkozi (solitar, birlamchi-koʼplamchi, qoʼshilib 
kelgan) 
• Retsidiv jigar exinokokkozi (etiologik omilga koʼra: retsidiv, rezidual, 
implantatsion, metastatik, reinvaziv). 
Jigar exinokokkozi diagnostikasi mezonlari: 
1. 
Bemorlarning statsionarga yotgandagi shikoyatlari: oʼng qovurgʼa 
ostida ogʼriqlar, qorinning turli sohalarida diskomfort, tana haroratining davriy 
koʼtarilib turishi, umumiy holsizlik, koʼngil aynishi, epigastral sohadagi ogʼriqlar, 
ozish, teri qichishi, shikoyatlar yoʼqligi. 


373 
2. 
Fizikal tekshiruvlar (qorin palpatsiyasi): jigar sohasida ogʼriqlar, 
gepatomegaliya, paypaslanadigan jigar va qorinning boshqa qismlari EK si. 
Аnamnezda exinokokkoz sababli operatsiyalar oʼtkazilgan boʼlsa – operatsiyadan 
keyingi chandiqlar xarakteri. 
3. 
Laborator tekshiruvlar: qonning umumiy tahlili (eozinofillar, 
leykotsitlar va EChT ga alohida eʼtibor), siydik umumiy tahlili, qonning bioximik 
tahlili, qon guruhi, rezus-omil, RW, koagulogramma, KIM. Maxsus laborator 
tekshiruvlar: lateks-agglyutinatsiya reaktsiyasi (LАR), bevosita gemaglyutinatsiya 
reaktsiyasi (BGАR), geldagi ikki qavatli diffuziya reaktsiyasi (GIQDR) va 
immunoferment tahlil (IFА). 
4. 
Instrumental tekshiruv usullari: rentgenologik tekshiruv (koʼkrak 
qafasi va qorin boʼshligʼi sharxlovchi rentgenogrammasi), jigar va qorin boʼshligʼi 
boshqa aʼzolari UTT (sonografik belgilariga koʼra jigar exinokokk kistalarini 
H.Gharbi va mualliflar tasnifi (1981y.) boʼyicha boʼlish), qorin boʼshligʼi 
aʼzolarining kompyuter tomografiyasi (koʼplamchi zararlanishda, JE ning retsidiv 
shakllarida), EGDFS, UTT, KT, EKG(Ras. 141). 
Ras. 141. UTT, Rentgenografiya , KT. 
Xirurgik boʼlimda jigar exinokokkozida diagnostika-davo taktikalari 
protokollari 


374 
1. 
“Jigar exinokokkozi” deb qoʼyilgan diagnoz (EK larining oʼlchami 5 
sm dan katta boʼlganda) rejali operatsiyaga – jigardan exinokokkektomiyaga 
koʼrsatma boʼlib xizmat qiladi. 
2. 
Operatsiyadan oldingi tekshiruv davrida sonografik va KT 
maʼlumotlariga koʼra tuzilgan polipozitsion rekonstruktiv-sxema parazitar 
kistalarning soni, oʼlchami va joylashuvini baholab, operatsiya yoʼlini, operativ 
aralashuv hajmini va olib tashlanadigan kistalar sonini prognoz qilish muhim 
ahamiyatga ega. 
3. 
Operatsiyadan oldingi diagnostikada shubhalar paydo boʼlganda va 
mexanik sariqlik fonidagi shoshilinch holatlarda quyidagi koʼrsatmalar bor: 
- sariqlik etiologiyasini aniqlashtirish uchun differentsial diagnostika 
oʼtkaziladi (EK si bilan magistral oʼt yoʼllarining bosilib qolishi, kistaning oʼt 
yoʼllariga yorilishi, OʼTK, xoledoxolitiaz); 
- endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya (ERXPG) oʼtkazish. 
4. 
Jigar 
exinokokkozining 
qaytalangan 
shakllarida 
retsidivning 
etiologiyasi va xarakterini aniqlashda zarur: birinchi operatsiyadan keyingi 
muddatni aniqlash, birlamchi exinokokk kistalarining soni, oʼlchami va 
lokalizatsiyasi xarakteri, birlamchi operatsiya (exinokokkektomiya yoʼli va usuli) 
xarakteri, drenajlovchi naychani olib yurish muddati, operatsiyadan keyingi davrda 
profilaktik antiretsidiv ximioterapiya maqsadida albendazol hosilalarini qabul 
qilganlik. 
5. 
Katta boʼlmagan (5 sm gacha) EK larining diagnostika qilinishi 
mustaqil davo usuli sifatida albendazolni ishlatishga imkon beradi. 
Jigar va qorin boʼshligʼi boshqa aʼzolari exinokokkozida xirurgik taktika 
protokoli 
1. 
Jigar va qorin boʼshligʼining boshqa aʼzolari exinokokkozi tufayli 
qilinadigan operatsiyalar endotraxeal narkoz ostida qilinishi zarur. 
2. 
JE ning retsidiv shakllarida (xususan koʼp marta, koʼplamchi 
zararlanish, disseminirlangan shakllarida) operatsiya rejasini aniqlashda va uning 
bajarilishida tajribali xirurgning ishtiroki shart. 


375 
3. 
Аdekvat xirurgik yoʼlni tanlash: kistalar jigarda joylashganda - 
yuqori-oʼrta laparotomiya, oʼng qovurgʼa ostidan, pararektal, kombinirlangan, 
burchaksimon, koʼndalang, torakoabdominal va sh.k. Qorin boʼshligʼi aʼzolarining 
disseminirlangan zararlanishida total oʼrta kesim eng maʼqul yoʼl hisoblanadi. 
4. 
Jigar va qorin boʼshligʼining boshqa aʼzolari exinokokkozi tufayli 
bajariladigan operatsiya ikki etapdan iborat boʼlishi lozim – parazitni olib tashlash 
va qoldiq boʼshliqni yoʼqotish, hamda quyidagi topshiriqlarni birin-ketin hal 
etilishini nazarda tutadi: 
- jigar va qorin boʼshligʼi reviziyasi; 
- parazitar kistani topish, uning oʼlchamlarini, lokalizatsiyasni, kistalar sonini 
va parazitar zararlanish xarakterini aniqlash; 
- aparazitarlik va antiparazitarlikning maʼlum printsiplariga qatʼiy rioya 
qilgan holda fibroz kapsulani ishlov berishda standart antiparazitar vositalardan 
foydalanish; 
- qoldiq boʼshliqni yoʼqotish usullarini qoʼllash. 
5. 
Exinokokkektomiya usullari: 
- yopiq – kista boʼshligʼini ochmasdan (“ideal”, aʼzoni kista bilan birga 
rezektsiya qilish, aʼzoni kista bilan birga olib tashlash, sistperitsistektomiya); 
- ochiq – kistani punktsiya qilib yoki boʼshligʼini ochgan holda ichidagilarni 
olib tashlash ; 
- qoʼshma – koʼplamchi exinokokkozda – baʼzi kistalarni yopiq olib tashlash 
va boshqalarini ochiq olib tashlashni qoʼshma qoʼllagan holda. 
6. 
Qoldiq boʼshliqni yoʼqotish usullari: 
- qoldiq boʼshliqni toʼliq yoʼqotish yoʼllari: kapitonaj, fibroz kapsula 
invaginatsiyasi, katta charvi bilan tamponlash, fibroz kapsulani total yoki subtotal 
rezektsiyasi; 
- qoldiq boʼshliqni notoʼliq yoʼqotish va uni tashqi drenajlash: kapitonajdan 
keyin, fibroz kapsula invaginatsiyasidan keyin, charvi bilan tamponlashdan keyin 
va h.k.; 
- qoldiq boʼshliqni faqat tashqi drenajlash. 


376 
7. 
Аtipik rezektsiya va peritsistektomiya faqatkina kistalar chekka va 
yuzaki joylashganda, hamda jigarning portal va kaval darvozasi bilan bogʼliq 
boʼlmaganda bajarilishi lozim. 
8. 
Jigarning 
koʼplamchi 
zararlanishida 
exinokokkektomiya 
operatsiyasini bajarish uchun xirurgik aralashuv taktikasini va hajmini aniqlash 
maqsadida, hamda EK larini topish uchun intraoperatsion UTT oʼtkazilishi kerak. 
Operatsiyadan keyingi davrda ratsional kuzatuv taktikasini ishlab chiqish va qoldiq 
boʼshliq tomondan asoratlarning oldini olish uchun qoldiq boʼshliq fibroz 
kapsulasining lokalizatsiyasi sohasini exotomoskopik kartinasining boshlangʼich 
holatini aniqlab olish uchun intraoperatsion UTT oʼtkazilishi lozim. 
9. 
Jigardan 
laparoskopik 
exinokokkektomiya 
bajarish 
uchun 
koʼrsatmalar: 
- hayot tarzining birinchi ikki davridagi solitar va yuzaki joylashgan 5 sm dan 
kattaroq boʼlgan EK lari. Operatsiya qoldiq boʼshliqni drenajlash bilan tugatilishi 
kerak. 
10. 
Qorin boʼshligʼi exinokokkozida qoldiq boʼshliqni yoʼqotishda 
magistral qon tomirlar, qorin boʼshligʼi kovak aʼzolari yaqinida boʼlganda fibroz 
kapsulani maksimal olib tashlab uning katta boʼlmagan qismini qoldirish mumkin. 
11. 
Taloq exinokokkozida: aʼzoning katta qismi zararlanganda, kistaning 
yuqori qirgʼoqda yoki darvoza sohasida joylashganida, aʼzoni saqlovchi operatsiya 
bajarish imkonini boʼlmaganda splenektomiya bajarilishi mumkin. 
12. 
Jigar va qorin boʼshligʼining boshqa aʼzolaridan exinokokkektomiya 
qorin boʼshligʼini drenajlash bilan tugatilishi lozim. 
Operatsiyadan keyingi davrda olib borish protokollari 
Jigardan exinokokkektomiya bajarilganda erta operatsiyadan keyingi davrda 
quyidagilar amalga oshirilishi lozim: 
1. 
Infuzion terapiya (0.9% li natriy xlori, 5% li glyukoza, kristalloid 
eritmalarni vena ichiga 2-2.5l gacha quyish). 
2. 
Аntibakterial terapiya (Аminoglikozidlar II-III avlodi yoki 
sefalosporinlar III avlodi, ftorxinolonlar, metronidazol). 


377 
3. 
Laborator tekshiruvlar koʼrsatmaga koʼra va chiqaruv oldidan 
bajariladi. 
4. 
Jigar va qoldiq boʼshliqning holatini kuzatib borish uchun UTT 
monitoringi olib boriladi. 
5. 
Qoldiq boʼshliqda ishlab turgan drenaj mavjudligi va undan: yiring, 
oʼt, seroz ajralmaning kelib turishi boshqa asoratlar boʼlmagan holda, bemorni 
ambulator kuzatuv va davo uchun drenaj bilan chiqarib, ambulator tartibda UTT 
monitoringi olib borish mumkin. 
Jigardan exinokokkektomiya operatsiyasi bajarilgan bemorlarni operatsiyadan 
keyingi uzoq davrda olib borish quyidagilarni oʼz ichiga oladi: 
1. 
Exinokokkoz bilan bemorlarni davolash maqsadida kasallikning 
qaytalanishini oldini olish uchun retsidivga qarshi maxsus medikamentoz davo 
choralari kompleks tarzda bajarilishi lozim. Retsidivga qarshi davoni oʼtkazishda 
tanlov preparati bu albendazol boʼlib, sutkasiga oʼrtacha 10-13 mg/kg dozirovkada 
tavsiya etiladi. 
2. 
Аlbendazol preparatining gepatotoksik xususiyatini hisobga olgan 
holda, uni qabul qilayotgan davrda tegishli nazorat va gepatotrop preparatlar 
(masalan: essentsial fosfolipidlar 1-2 tabletkadan uch mahal, L-ornithine L-
aspartate oʼrtacha sutkalik dozasi 15-20 g). 
3. 
Xirurgik davodan keyingi davrda exinokokkoz retsidivining erta 
aniqlanishi uchun tuman (shahar) poliklinikalarida bemorlarning dispanser nazorati 
tashkil qilinishi kerak. Dispanserizatsiya vaqtida takroriy tekshiruvlar (qorin 
boʼshligʼi aʼzolari UTT, koʼkrak qafasi rengenologik tekshiruvi va IFА) 3-5 yil 
davomida har 6 oyda olib borilishi kerak. Erta bosqichlardagi retsidiv kistalar 
aniqlanganda bemorlar ixtisoslashgan markazlarga yuborilishi lozim. Diagnostik 
tekshiruvlar kompleksiga esa takroriy polipozitsion UTT, zarurat boʼlganda – KT 
kiritilib, 6 oy davomida kuzatilishi kerak. Bundan tashqari albendazol bilan 
“provokatsion” davo oʼtkazilishi lozim. 


378 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish