383
destruksiya bo’lganda dispeptik belgilar kasallikni yetakchi belgilari bo’lib
ahisoblanadi. Shetkin-Blyumberg belgisi muhim belgi hisoblanadi, uning musbat
bo’lishi, destruktiv jarayonga qorin pardasining aloqadorligi haqida dalolat beradi.
Peritonitning toksik va terminal bosqichida
differensial diagnoz, odatda,
jiddiy qiyinchiliklar tug’dirmaydi, biroq xuddi shu bosqichlarda peritonitni
davolash ko’pincha kam foydali bo’ladi. Peritonitning boshlang’ich bosqichida
aniqlash birmuncha qiyin bo’ladi, chunki uning klinik belgilari peritonit manbai
bo’lgan (o’tkir appenditsit, o’tkir xoletsistit yoki b.) kasallik belgilaridan kam farq
qiladi.
O’tkir pankreatitda peritonit uchun xos qator belgilarni aniqlash mumkin.
Ayni vaqtda pankreatitda to’xtamaydigan qayt qilish ta’sirida, qorin old devori
mushaklari taranglashuvi yaqqol namoyon bo’lmasligi mumkin. Qorin pardasining
alohida ta’sirlanish belgilari yo’q, kasallik boshlanishida harorat normalligicha
qoladi. Qon va siydik tahlilida diastaza fermenti miqdorini oshganligi aniqlanadi.
O’tkir mexanik ichak tutilishi klinik jihatdan peritonitdan faqat boshlang’ich
davrlarida farq qiladi, keyinchalik to’g’ri muolaja bo’lmaganda, ichak
perforatsiyasi rivojlanadi va ichak tutilishi belgilariga peritonit ham qo’shiladi.
Agar o’tkir ichak tutilishining boshlang’ich davrida og’riqlar kuchli (xurujsimon)
xususiyatga ega bo’lsa, peritonit uchun doimiy og’riqlar xos bo’ladi. Ichak tutilib
qolganda peristal’tika
avvaliga keskin kuchaygan, hattoki ba’zan ko’zga ilg’ab
olinadigan darajada peristal’tika aniqlanadi. Peritonitda ham rentgenologik
tekshiruvda, ichak tutilishiga xos belgi - Kloyber “kosachalari”ni aniqlash
mumkin.
Jigar sanchig’i uchun o’ng qovurg’alar ostida, o’ng kurak osti yoki o’ng yelka
ustiga irradiatsiya beradigan (o’tadigan) xurujsimon og’riqlar, tarkibiga o’t
aralashgan oz miqdorda me’da suyuqligini qayt qilish xos bo’ladi. O’ng
qovurg’alar ostida mushak taranglashuvi ba’zan yaqqol emas, qorin pardasining
ta’sirlanish belgilari bo’lmaydi. Issiq tutish va muolaja jigar sanchig’i xurujini
tezda yuqotadi.
384
O’tkir xoletsistit va peritonit o’rtasida differensial diagnoz o’tkazish ancha
qiyin kechadi. O’tkir flegmonoz xoletsistitda maxalliy peritonit uchun xos belgilar:
doimiy og’riqlar, mushaklar taranglashuvi, qorin pardasi ta’sirlanish
belgilari,
ichak peristal’tikasi aktivligining pasayishi, gipertermiya, leykotsitozni aniqlash
mumkin. Bemorlarni soat sayin qunt bilan kuzatish, yallig’lanish jarayoni
ob’yektiv belgilarini – harorat, pul’s tezligi, arterial bosim darajasi, leykotsitozni
bemor shikoyatlaridagi o’zgarishlarni va ob’yektiv tekshirish ma’lumotlarini
hisobga
olgan xolda, bir necha marta aniqlash vrachga o’t qopchasidagi o’tkir
jarayonining kechish bosqichini bilib olish, samarali davo o’tkazish va keyingi
muolajani qanday olib borishga yordam beradi.
Me’da va 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi xurujida, ayniqsa yirik kallez
yoki yoyilgan yaralarda yallig’lanish jarayoniga qorin pardasi qo’shilganda,
qorinda doimiy kuchli og’riklar, mushaklar taranglashishi, ba’zan musbat
Shchetkin-Blyumberg belgisini ko’rish mumkin. Ayni vaqtda peritonitdan farqli
ravishda ovqatdan so’ng og’riqlarning
bir oz kamayishi, peristal’tikaning
yuqolmaganini aniqlash mumkin. Tana harorati normalligicha qoladi, taxikardiya
xos bo’lmay, bemorning tili nam, qon formulasidagi o’zgarishlar odatda kam
bo’ladi.
Buyrak sanchig’i qorinda og’riq sezgilari, uning dam bo’lishi, ich kelish va
yel chiqishning tutilishi bilan o’tishi mumkin, bu peritonitda ham bo’ladi. Biroq
og’riqlarning o’ziga xos joylashuvi (asosan bel sohasida),
ularning xurujsimon
tabiati va songa, jinsiy a’zolarga berilishi (irradiatsiyasi), og’riqlarning bemor tana
vaziyatini o’zgartirishiga aloqador emasligi, bemorning bezovtaligi, gipertermiya,
qorin pardasi ta’sirlanish belgilarining yuqligi, shuningdek siydik tahlilidagi
o’zgarishlar (gematuriya, leykotsituriya), bu ikala kasallik o’rtasida aniq
differensial diagnostik tafovut o’tkazishga imkon beradi.
Qorin bo’shlig’i a’zolarining kasalliklariga aloqador bo’lmagan ba’zi bir
boshqa kasalliklar (bazal plevrit, pnevmoniya, miokard infarkti, qovurg’alarning
ko’plab sinishi) peritonitga xos belgilar bilan o’tishi mumkin.
Bunday hollarda
385
ko’krak bo’shlig’i a’zolarini qunt bilan instrumental tekshirish usullari va
rentgenologik tekshiruvdan foydala- nish yordam beradi.
Keksa yoshdagi shaxslarda peritonitni diagnostika qilish jiddiy qiyinchiliklar
tug’dirishi mumkin. Bunda ham anamnez yig’ish qiyin, organizm reaktivligini
pasayib ketishi hisobiga og’riq sezgilari va kasallikning ba’zi ob’yektiv belgilari
(mushak himoyasi, gipertermiya, leykotsitoz) pasayganligi sababli,
kam yuzaga
chiqishi mumkin.
Bolalarda peritonitni diagnostika qilishda bemor bilan o’zaro muloqat
yo’qligi, kasallikning qimmatli anamnezini yig’ib bo’lmasligi, tashxis qo’yishni
qiyinlashtiradi. Bolalarda peritonit ko’pincha yaqqol og’riq sezgilari, qorin
mushaklarining keskin taranglashuvi, yuqori gipertermiya va leykotsitoz bilan
giperergik reaksiya tipi bo’yicha kechishini unutmaslik lozim bo’ladi.
Diagnostika qilishda operatsiyadan keyingi peritonitlar alohida qiyinchilik
tug’diradi, chunki bu dahshatli kasallik operatsiyadan keyingi davrni kechishini
og’irlashtiradi.
Mazkur holda, infeksiyaning asosiy manbai qorin bo’shlig’i
a’zolari o’rtasida qo’yilgan anastomoz choklarining nobopligi (etishmovchiligi),
qon yoki ekssudat yig’ilishi, keyin esa ularning yiringlashi hisobiga bo’lishi
mumkin. Chunki operatsiya vaqtida aseptika qoidalariga qanchalik rioya
qilinmasin, operatsiya maydoniga mikroblarning tushishini batamom oldini olib
bo’ladi deb bo’lmaydi. Diagnostika qilishning qiyinligiga sabab shuki,
operatsiyadan keyingi davrda organizm o’z himoya kuchlarini operatsiya
jarohatiga javoban safarbar qilganidan, peritonit belgilari yaqqol namoyon
bo’lmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: