Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Oʼtkir xoletsistit 
Oʼt pufagining oʼtkir yalligʼlanishi kalkulez xoletsistitning eng koʼp 
uchraydigan asoratlaridan biridir. Oʼt pufagi devorida oʼtkir yalligʼlanish jarayoni 
paydo boʼlishining asosiy sabablari: pufak boʼshligʼida mikroflora boʼlishi va oʼt 
suyuqligi oqib ketishining buzilishi xisoblanadi. Oʼtkir xoletsistitning klinik 
formalari: kataral, 
flegmonali, gangrenali (oʼt pufagi teshiladigan 
va 
teshilmaydigan). 
Tana xarorati subfebrilgacha koʼtariladi. Minutiga 100 martagacha oʼrtacha 
taxikardiya, qorin nafas olish aktida qatnashadi, qorin devori oʼng yarmining nafas 
olish aktida bir oz orqada qolishi qayd qilinadi, qorinni paypaslab koʼrilganda oʼng 
qovurgʼalar ostida, ayniqsa oʼt pufagi proektsiyasi soxasida keskin ogʼriq paydo 
boʼladi. qorin devori mushaklari taranglashgan yoki bu unchalik yuzaga 
chiqmagan, Ortner - Grekov, Myussi - Georgievskiy simptomlari musbat. Baʼzan 
kattalashgan, oʼrta darajada ogʼrib turadigan oʼt pufagini paypaslab koʼrsa boʼladi. 
Tahlillarda leykotsitoz urtacha: 10000-12000. 
Flegmonali xoletsistitning klinik simptomatikasi birmuncha ifodalangan 
boʼladi. Ogʼriq, kasallikning kataral formasiga qaraganda kuchliroq. Ogʼriq nafas 
olishda, yoʼtalishda, gavda vaziyatini oʼzgartirishda kuchayadi. Koʼpincha koʼngil 
ayniydi, bemor koʼp marta qayt qiladi, umumiy ahvoli yomonlashadi, gavda 
xarorati subfebrilgacha yetadi, taxikardiya minutiga 100-120 gacha oshadi. 
Ichaklar parezi hisobiga qorin birmuncha kepchigan, ichak shovqinlari sustlashgan. 
Paypaslab koʼrilganda qorinning oʼng qovurgʼalar ostida keskin ogʼriq paydo 
boʼladi, infiltrat yoki kattalashgan va ogʼriydigan oʼt pufagini aniqlash mumkin. 
Oʼng yuqori kvadratida Щetkin-Blyumberg simptomi musbat. Ortner - Grekov, 
Myussi - Georgievskiy simptomlari musbat. Tahlillarda leykotsitoz 20000- 22000 
gacha, leykotsitar formulasi chapga surilgan. 


337 
Morfologik tekshirganda pufak oʼlchami kattalashgan, uning devori 
qalinlashgan, toʼq, qizil-koʼkimtir rangda, uni qoplab turgan qorin pardasi fibrinli 
parda, boʼshligʼida yiringli ekssudat boʼladi. 
Gangrenali xoletsistit klinik jixatdan jadal kechadi, odatda flegmonali 
bosqichdagi yalliglanishning davomi hisoblanadi, bunda organizmning himoya 
kuchlari virulent mikrob florasi bilan kurasha olmaydi. Intoksikatsiya simptomlari 
bilan maxalliy yoki tarqalgan yiringli peritonit xodisalari birinchi oʼrinni egallaydi. 
Yaligʼlanishning gangrenali formasi tuqimalarning regenerativ xususiyatlari 
pasayib ketgan, organizmning reaktivligi pasaygan yoshi katta va keksa yoshdagi 
odamlarda koʼproq kuzatiladi. Pufak yorilganda tarqalgan peritonit simptomlari tez 
rivojlanadi. Bemorlarning ahvoli ogʼir boʼladi, ular boʼshashgan, kam harakat, tili 
quruq, qorni ichak parezi hisobiga kepchigan, uning oʼng boʼlimlari nafas aktida 
qatnashmaydi, ichak peristaltikasi keskin pasayib ketgan, qorin pardasining oldingi 
devori ushlab koʼrilganda taranglashadi, qorin pardasining qoʼzgʼalish simptomlari 
bor. Laboratoriya analizlarida: yuqori leykotsitoz, leykotsitar formulaning chapga 
keskin siljigani, SOE oshishi, qon elektrolit tarkibi va kislota-ishkor xolatining 
buzilishi, proteinuriya, silindruriya buzilishi aniqlanadi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish