Reja: Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalari



Download 92 Kb.
bet1/4
Sana10.09.2022
Hajmi92 Kb.
#848585
  1   2   3   4
Bog'liq
Reja Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalari


3-ma’ruza. Davlat metrologik tekshiruv va nazorati.

Reja:

  1. Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalari.


  2. Davlat metrologik tekshiruv va nazorati faoliyati.



Tayanch so‘z va iboralar: metrologik tekshiruv, metrologik nazorat, davlat metrologik tekshiruv, o‘lchash vositalari, o‘lchash va sinash vositalari.

1. Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalari.


Metrologik tekshirish – O‘lchash jarayonida qatnashuvchi elementlar tafsilotlarining me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash bo‘yicha vakolatli idoralar va shaxslarning faoliyati.


Metrologik tekshirish quyidagilardan iborat:
– o‘lchash vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;
– o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash;
– sinash vositalarini attestatlash;
– o‘lchash vositalarini qiyoslash;
– o‘lchash vositalarini kalibrlash;
O‘lchash vositalarini kalibrlash – o‘lchash vositalarining haqiqiy metrologik tafsilotlari (xarakteristikalari) ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar majmui.
– o‘lchashlarni bajarish va bajarish sifatini baholash metodikalarini metrologik attestatlash;
– me’yoriy va texnik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish;
– metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarni o‘lchash vositalarini qiyoslash, sinash, o‘lchash vositalarini, o‘lchashlarni bajarish metodikalarini metrologik attestalash, o‘lchash vositalarini kalibrlash va bu ishlarning bajarilishini msetrologik ta’minlash sifatini baholash maqsadida boshqa muayyan metrologik faoliyatga akkreditlashda qatnashish;
– o‘lchash vositalrini tayyorlash, sotish va ijaraga berish faoliyatini ro‘yxatga olish;
– muayyan metrologik tekshirish va nazorat turlarini amalga oshiruvchi xodimlarni attestatlash.
Davlat metrologik tekshiruvi turlari:
– o‘lchash vositalari xillarini sinash va tasdiqlash;
– o‘lchash vositalari va o‘lchashlarni bajarish metodikalarini metrologik attestatlash;
– o‘lchash vositalarini, shu jumladan etalonlarni qiyoslash, kalibrlash;
– metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarni sinash, qiyoslash, o‘lchash vositalarini va o‘lchashlarni bajarish metodikalarini metrologik attestalash, o‘lchash vositalarini bajarish metodikalarini metrologik attestatlash, o‘lchash vositalarini kalibrlash va boshqa muayyan metrologik faoliyat turlariga akkreditlash;
– tadbirkorlik sub’yektlarining o‘lchash vositalarini tayyorlash, sotish, ijarag berish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalashtirishda o‘rnatilgan metrolgik me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishini baholash va tasdiqlash;
– o‘lchashlarni bajarish va metrologik faoliyatning boshqa turlari sifatini baholash.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati idoralari tomonidan metrologik me’yorlar va qoidalariga rioya qilinishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati metrologiya sohasidagi qonun talablariga muvofiq bajariladi.
Metrologik teshiruv va nazorat o‘lchashlar birliligini ta’minlash, davlat va jamiyatni, atrof tabiatni o‘lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalari:

  • metrologiya bo‘yicha qonunlarning va me’yoriy hujjatlar talablarining bajarilayotganligini tekshirish;

  • metrologik me’yorlar va qoidalarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, zarur bo‘lganda esa, oldini olish;

metrologik tekshiruv va nazorat quyidagilarga nisbatan qo‘llaniladi:

  • o‘lchov birliklari;

  • o‘lchash va sinash vositalari, shu jumladan etalonlar, modda va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalari, axborot-o‘lchash tizimlari;

  • o‘lchash va sinashlarni bajarish metodikalari;

  • o‘lchash va sinashlarning natijalari;

  • o‘lchash vositalarini yaratuvchi, ishlab chiqaruvchi, foydalanuvchi, qiyoslovchi va ijaraga beruvchi, o‘lchashlarni bajarish metodikalarini yaratish, attestatlashni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari;

  • o‘lchashlarni amalga oshiruvchi shaxslar;

  • metrologik talablar qo‘yiladigan boshqa ob’yektlar.

Metrologik tekshiruv va nazorat quyidagilarga bo‘linadi:

  • davlat metrologik tekshiruvi va nazorati;

  • Yuridik shaxs tomonidan bajariladigan metrologik tekshiruv va nazorat.

Metrologik nazorat – O‘lchash jarayoni elementlarining hoaltini va qo‘llanilishini hamda o‘rnatilgan metrologik me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishini tekshirish bo‘yicha vakolatlangan idoralar faoliyati.
Davlat metrologik xizmati o‘tkazadigan metrologik nazoratga quyidagilar kiradi:
– o‘lchash vositalarini chiqarish, ularning holati va qo‘llanlishi, attestatlangan o‘lchashlarni bajarish metodikalari, o‘lchashlarning birxilligini ta’minlash, metrologik me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish;
– akkreditlangan metrologik xizmatlar, markazlar va laboratoriyalar metrologik faoliyatining muayyan turlarini bajarayotganda metrologik me’yorlar va qoidalarga rioya qilinayotganligini tekshirish;
– savdo ishlarini bajarayotganda tasarrufidan chiqariladigan mollar miqdorini nazorat qilish;
– har qanday idishda qadoqlangan mollar miqdorini nazorat qilish.
O‘zstandart Agentligining qarori bo‘yicha, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohada, zarur bo‘lgan hollarda, metrologik nazoratning boshqa turlari va shakllari o‘rnatilishi mumkin.
O‘lchash vositalarini chiqarish, ularning holati va qo‘llanilishi, sinashlar, o‘lchashlarni bajarish metodikalari, o‘lchashlar birliligini ta’minlash, metrologik me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan davlat metrologik nazoratini o‘tkazishda mos me’yoriy hujjatlarda o‘rnatilgan me’yorlar va qoidalarning xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan bajarilayotganligi tekshiriladi va baho beriladi.
Bunda quyidagilar tekshiriladi:
– o‘lchov birliklarining to‘g‘ri qo‘llanilayotganligi;
– o‘lchash va sinash vositalarining holati;
– o‘lchash va sinash metodikalarining qo‘llanilishi va ularga rioya qilinishi;
– sinashlar, metrologik attestatlash, o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlashni o‘tkazish metrologik shart-sharoitlariga rioya qilinayotganligi;
– o‘lchash vositalarini chetdan keltirish, ishlab chiqarishda tayyorlab chiqarish, sotish, ta’mirlash, ijaraga berishda metrologik qoidalarga rioya qilinishi;
– metrologik ishlarni bajaruvchi xodimlarning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi.
Metrologik nazoratning bunday turlarini o‘tkazish va mazmunini O‘zstandart Agentligi belgilaydi.
Akkreditlangan metrologik xizmatlar, markazlar va laboratoriyalarning faoliyati ustidan metrologik nazorat akkreditlangan sub’yekt tomonidan metrologik me’yorlar va qoidalarning bajarilayotganligini tekshirish va baholashdan iborat.
Savdo ishlarini bajarishda tasarrufdan chiqariladigan mollar miqdori ustidan Davlat metrologik nazorati iste’molchining huquqlarini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi va massa, hajm, uzunlik va boshqa fizik kattaliklarda ifodalangan mollar miqlorining to‘g‘ri aniqlanganligini tekshirish, foydalaniladigan o‘lchash vosiatlarining to‘g‘riligini aniqlashdan iborat.
Nazoratning bunday turlarini o‘tkazish tartibini O‘zstandart Agentligi o‘rnatadi.
Har qanday idishda qadoqlangan mollar miqdorini, ularni qadoqlashda va sotishda davlat metrologik nazorati, qadoqlangan idishni ochish bilan bog‘liq bo‘lgan, idishdagi molning massasi, hajmi, uzunligi yoki boshqa ko‘rsatkichlari molning etiketkasida ko‘rsatilgan hollarda o‘tkaziladi.
Davlat metrologik nazoratining ko‘rsatilgan turini o‘tkazish tartibi O’z DSt 8.022:2002 de belgilangan.
Yuridik shaxsning metrologik xizmati amalga oshiradigan metrologik nazoratda, odatda, quyidagilar o‘tkaziladi:

  • o‘lchash vositalarining holatini va qo‘llanilishini tadqiq qilish;

  • o‘lchashlarni bajarish metodikalarining holati va qo‘llanilishini tekshirish;

  • o‘lchashlarning to‘g‘ri bajarilayotganligini baholash;

  • o‘lchash vositalarining qiyoslash va kalibrlashga o‘z vaqtida taqdim etilishini tekshirish;

  • o‘lchash vositalaridan foydalanish sharoitlariga, kalibrlashni o‘tkazish qoidalariga, kalibrlash va o‘lchash laboratoriyalarida ishlarni bajarish shart-sharoitlariga rioya qilinishini tekshirish;

  • metrologiya bo‘yicha me’yoriy hujjatlarning talablariga rioya qilinishini tekshirish.

Metrologik xizmatlar to‘g‘risidagi nizomlarda yoki boshqa me’yoriy hujjatlarda metrologik nazorat bo‘yicha boshqa ishlar ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Bu maqsadda Yuridik shaxs metrologik xizmatni yoki boshqa kichik bo‘linmani tashkil qiladi, O‘zstandart Agentligi ishlarning mazkur turiga akkreditlagan chet tashkilotlarning xizmatlaridan, shuningdek davlat metrologik xizmati xizmatlaridan foydalanadi.

2. Davlat metrologik tekshiruv va nazorati faoliyati.





Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish