288
2. Asoratlangan churralar (to’g’rilanmaydigan,
qisilgan, koprostaz, churra
yallig’lanishi).
G. Rivojlanish bosqichlari bo’yicha:
1. Noto’liq (boshlang’ich, kanal, urug’ tizimchasi churrasi).
2. To’liq.
Churraning tarkibiy elementlari — churra darvozasi, churra qopchasi, churra
ichidagi narsa, churra pardalaridir
(
118-rasm).
118-rasm. Churra elementlari: 1-churra darvozasi, 2-churra tarkibi, 3-churra
qopi
Churra darvozalari — qorin devorining churra chiqadigan
kuchsiz joylaridir
(chov chuqurchasi, kindik halqasi, qorinning oq chizig’i,
diafragmadagi teshik).
Normada bu teshiklar orqali u yoki bu anatomik tuzilmalar o’tadi (urug’
tizimchasi, bachadonning yumaloq, boylami,
tomir-nerv dastalari va x, k.).
Travmatik va operatsiyadan keyingi churralarda qorin shikastlanganda muskullar
va aponevrozlarda yoki xirurgik operatsiyada hosil bo’lgan teshiklar churra
darvozalari bo’lib xizmat qilishi mumkin. Churra darvozalari operatsiyadan
keyingi vertikal churralarda yoriq ko’rinishida yoki katta o’lchamli bo’lishi
mumkin. Darvozalarining o’lchamlariga ko’ra churra darvozasi kichik (diametrda
2 sm gacha), darvozasi o’rtacha (2 dan 4 sm gacha)
va churra darvozasi katta
churralar (4 sm dan ko’p) farq qilinadi.
289
Churra darvozasi — qorin pardasining churra darvozalari orqali chiqadigan
ichki organlarni qoplab turadigan pariyetal varag’idir. Tug’ma chov churralarida
qorin pardasining o’sib yetilmagan qin o’simtasi (processus vaginalis peritonei)
churra qopchasi bo’lib hisoblanadi.
Churra qopchasida: og’zi,
bo’yinchasi, tanasi va tubi farq qilinadi. Churra
xaltachasi turli o’lchamda va shaklda bo’lishi mumkin.
Xaltacha qorin bo’shlig’i bilan tutashadigan joy og’zi deyiladi. Bo’yinchasi
— churra xaltachasining og’zi bilan tutashadigan eng tor uchastkadir. Bo’yinchada
aksariyat churra qisilishi ro’y beradi.
Asoratlanmagan churralarda xaltacha devori
qorin pardasining silliq
yupqa varag’idan iborat bo’ladi, uning yuzasida yog’ qatlamlari bo’lishi ehtimol.
Asoratlangan churrada xaltacha devori doimo shikastlanib turishi natijasida u qalin
tortadi, biriktiruvchi to’qima rivojlanishi va xaltacha ichida bitishmalar borligi
hisobiga dag’al bo’lib qoladi. Churra qopchasi ichki yuzasi xaltacha ichidagi narsa
bilan yoki devorlarining bir-biri bilan bitib qolishi oqibatida churra
to’g’rilanmaydigan bo’lib qoladi.
Churra xaltachasining to’liq obliteratsiyasi deyarli bo’lmaydi. Aksariyat
xaltacha ikki yoki uch bo’shliqli tuzilmaga aylanadi, yoki «qum soat» ko’rinishini
oladi, uning devorida kistalar paydo bo’lmaydi.
Churra xaltachasi embrional kindik churralarida bo’lmasligi mumkin,
ulardagi tushgan ichki organlar amnion bilan qoplangan. «Sirpanuvchi»
churralarda ham xaltachasi qisman bo’lmaydi. Bu qorin bo’shlig’idan
tashqarida
joylashgan organ (ko’richak, qovuq) chiqqanda va qorin pardasi yorilgan soxta
travmatik churralarda kuzatiladi. N. V. Antelava ma’lumotlariga ko’ra
sirpanuvchan churralar 4,6% xollarda uchraydi.
Parda churralari churra bilan birga chiqadigan va churra xaltachasini
qoplab oladigan qorin devorining hamma katlamlarini hosil qiladi. Ularga qorin
pardasi
oldidagi kletchatka, fassiya plastinkalari, muskul tolalari (masalan, m.
cremaster), urug’ tizimchasi elementlari kiradi.
290
Churra xaltachasida qorin bo’shlig’idagi organlardan xar qaysisi bo’lishi
mumkin. Ichki organlardan ayrimlari quyidagi tartibda uchraydi:
a) ingichka ichak qovuzlog’i; b) charvi; v) ichak tutqich bilan ta’minlangan
yo’g’on ichak bo’limlari; g) chuvalchangsimon o’simta va yo’g’on ichakning yog’
qo’shimchalari; d) bachadon naychalari va tuxumdon, ba’zan bachadon; ye) ichak
tutqich; j) qorin pardasi bilan qoplangan organlar (siydik pufagi, chambar
ichakning yuqoriga ko’tariluvchi va pastga tushuvchi bo’limi, ko’richak); z) qorin
pardasi ortida joylashgan organlar (buyrak, siydik yo’li, me’da osti bezi,
prostata
bezi fiksatsiyasi buzilganda); i) me’da, taloq, o’t pufagi, Mekkel’ divertikuli.
Bo’rtib chiqadigan xaltacha churra ichidagi organ va churra darvozalari
vaziyati o’rtasidagi nisbatni hisobga olish amaliy jihatdan ahamiyatlidir. Xaltacha
qorin devorining yuqorisiga kirgan, biroq uning qatlamlari orasiga surilib
ulgurmagan boshlang’ich churra; kanal churrasi va teri ostiga o’tgan to’liq churra
farq qilinadi.
Ba’zan churra xaltachasi ayrim muskul va fassial
qatlamlar orasidan oraliq
yoki interstitsial churra ko’rinishida yo’l soladi, teri ostidan emas, balki muskul
yoki aponevroz ostidan chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: