Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Sirpanuvchan churralar. 
Bu churra xaltchasining devorlaridan biri qorin 
pardasi bilan qisman qoplangan (masalan, qovuq, yuqoriga ko’tariladigan va 
pastga tushadigan ichak) churralardir. Churra xaltachasi kamdan-kam xollarda 
batamom bo’lmaydi. 
Yo’g’on ichakning sirpanuvchan churralari aksariyat qiyshiq chov 
churralarida, qovuqniki esa — to’g’ri chov churralarida bo’ladi. Sirpanuvchan 
churralar hamma chov churralarining 1—1,5 foizini tashqil qiladi. Ular tug’ma va 
orttirilgan bo’lishi mumkin (119-rasm). 
Yo’g’on ichakning sirpanuvchan churrasining patognomonik simptomlari 
bo’lmaydi. Odatda bu yoshi ulg’aygan va keksa odamlardagi churra darvozasi 
keng katta churradir. 
Diagnostikasiga yo’g’on ichakni rentgenda tekshirish yordam beradi. 
Qovuqning sirpanuvchan churralarida siydik chiqarish buziladi yoki siydik 
ikki bo’lib chiqariladi (avvaliga bemor kovug’ini bo’shatadi, keyin churra 
bo’rtmasini bosganidan keyin qaytadan siydik chiqarish mayli paydo bo’ladi va 
bemor yana siya boshlaydi). Qovuqning sirpanuvchan churrasiga shubxa 
qilinganda qovuqni kateterlash va sistografiya qilish zarur. 


294 
119-rasm. Sirpanuvchi churra. 
Asoratlanmagan churralarni davolash. 
Churralarni faqat operatsiya usuli 
bilan radikal davolash mumkin. Churralarning hamma turlarida operatsiya qilish 
prinsipi bir xil. Uning vazifasi: 
a) churra xaltachasini churra pardalaridan ajratish; 
b) xaltachani ochish, bitishmadan churra ichidagi a’zoni ozod qilish va 
qorin bo’shlig’iga kiritish; 
v) churra xaltachasini tortib olish, uni og’zi
satxida — bo’ynida tikish va 
qirqib tashlash; 
g) churra darvozalarini choklar bilan yopishdan iborat. 
Churra devorlarini mahalliy bir xil turdagi to’qimalar tikish yo’li bilan yopish 
usullari lozim bo’lgan. 
Operatsiyadan keyingi davrda yo’tal, bronxit, zotiljam, qorin dam 
bo’lishining oldini olish muxim ahamiyatga ega — nafas gimnastikasi, erta 
o’rindan turish (2—4- kuni), 2—3 xafta mobaynida dam olish, 2—3 xafta 
mobaynida profilaktik dam olish maqsadga muvofiq. 
Operatsiyaga monelik qiladigan xollar: yurak va nafas yetishmovchiligi 
bo’lgan juda keksalik, kon aylanishi dekompensatsiya bo’lgan yurak nuqsoni, III 
boskichdagi o’pka sili, jigar va buyrakning og’ir kasalliklari va boshqa 
tuzalmaydigan kasalliklar. 


295 
Asoratlanmagan 
churralarni 
konservativ 
davolash 
bandaj 
taqishni 
tayinlashdan iborat. Bandaj korset va belbog’lar shaklida bo’ladi yoki qoringa 
mahkam qilib tasma bog’lanadi. 
Bandaj taqish churra ichida chandiqlar, bitishmalar hosil bo’lishiga sabab 
bo’ladi, ba’zan terini ta’sirlantiradi va ichki organlarni chiqib kolishdan va 
churrani qisilishdan hamisha ham saqlab qola olmaydi. 
Qorin churralari profilaktikasi quyidagicha o’tkaziladi: 
1) qorin devori muskullari mustahkamlanadi, buning uchun gimnastika 
mashg’ulotlari, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish tavsiya etiladi; 
2) ishda churraga sabab bo’ladigan ortiqcha jismoniy zo’riqishlardan 
saqlanish lozim, shu maqsadda mehnatni mexanizatsiyalash, uni muxofaza qilish, 
ishchilarni jismoniy ishlarga to’g’ri tanlash lozim; 
3) xomilador ayollar xomiladorlikning oxirgi oylarida belbog’-bandaj
taqib yurishlari kerak, tug’ruqdan keyin esa qorinni massaj qilish va qorin 
muskullarini mustaxkamlash uchun maxsus mashqlar tavsiya etiladi; 
4) bolalarning gigiyena, ovqatlanish qoidalariga rioya qilishi, ularda ichak 
faoliyati, nafas organlari va siydik chiqarishning normal o’tishini kuzatib borish, 
qorin devoridagi nuqsonlarni aniqlash maqsadida ularni qunt bilan sinchiklab 
tekshirish, bordi-yu, churra aniqlansa, bolalikda operatsiya usulida olib tashlash; 
5) yog’ bosishga va ayniqsa undan keyin qattiq oriqlab ketishga qarshi 
kurashish; 
6) 
operatsiyadan 
keyin 
churralarning 
profilaktikasi 
jaroxat
yiringlanishining profilaktikasidan iborat, buning uchun qorin jaroxati 
tamponada qilinadi, laparotomiyani boshdan kechirgan shaxslarga 2—4 xafta 
muddatga dam olish beriladi. 
Jismoniy ishga qaytishda asta-sekinlik prinsipiga amal qilish va qorin devori 
muskullarini chiniqtirish zarur. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish